Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so'zladi


Download 84 Kb.
bet1/8
Sana05.03.2022
Hajmi84 Kb.
#599040
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so\'zladi
Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo, 2 5215619773852813937, Iqtisodword, EZN Mustaqil ish-2, til va nutq, til va nutq, Organik birikmalar, Kimyoviy reaksiya turlari, Nuyuton qonuni, 2 5199588181355271706, боланинг ривожланиш харитаси (2), Буйруқ MOmiqcha, Titul, Титул комп, Tasdiqlayman

Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so'zladi

O'zbekiston


08:40 / 15.10.2017


13381
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktabr kuni Xorazm viloyatiga safari davomida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, nutq so'zladi. Nutq matni O'zA tomonidan keltirildi.
Assalomu alaykum, hurmatli deputatlar! 

Muhtaram do'stlar! 

Qadrli Xorazm ahli! 

Avvalambor, bugun mana shunday ajoyib, shukuhli bir kunda siz, azizlar bilan uchrashib, barchangizni ko'tarinki kayfiyatda ko'rib turganimdan xursandman. 

Sizlarga, sizlar orqali ko'pni ko'rgan, mehnatkash va olijanob Xorazm eliga o'zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ruxsat etgaysiz. 

Bugungi kunni “ajoyib”, “shukuhli kun” deb aytganim, albatta, bejiz emas. Kuni kecha Xorazm vohasining mirishkor dehqon va fermerlari mamlakatimizda birinchi bo'lib paxta bo'yicha shartnoma majburiyatini bajardilar. 

Sizlarni fidokorona va mashaqqatli mehnat hisobidan 250 ming tonnadan ziyod paxta xirmoni bunyod etib, mana shunday ulkan g'alabani qo'lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. 

Halol va samarali mehnatingiz uchun sizlarga, butun Xorazm eliga chuqur minnatdorchilik bildirib, barchangizga mustahkam sog'liq, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. 

Haqiqatan ham, Xorazm – o'z kasbining fidoyisi va ustasi bo'lgan asl dehqonlar yurti ekani bilan har qancha faxrlansak, sizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak arziydi. 

Bu zamindagi og'ir iqlim va murakkab tuproq sharoitiga qaramasdan, voha mirishkorlari barcha qishloq xo'jaligi ekinlaridan mo'l hosil yetishtirib kelmoqda. Buning uchun odam avvalo o'z yurtini, o'z Vatanini sevishi, unga sadoqat ko'rsatib yashashi kerak va Xorazm ahli buni o'z tarixida, o'z hayotida takror va takror isbot etib kelmoqda, desak, ayni adolatni aytgan bo'lamiz. 

Aziz do'stlar, axir, o'zingiz o'ylang, yozi jazirama issiq, qishi qahraton sovuq, yerlari kuchli sho'rlangan bu hududda nafaqat mehnat qilish, balki mo'l hosil undirish – bu, ochiq aytish kerak, har kimning ham qo'lidan kelmaydi. Shuning uchun xorazmlik dehqonlarni bir emas, ikki marta qahramon, desak hech qanday mubolag'a bo'lmaydi. 

Shu bois ham men hayot sinovlarida toblangan, odamni, odamiylikni yuksak qadrlaydigan Xorazm ahlini yuragimga yaqin olaman. Sizlar bilan muloqotda bo'lib, Vatanimizning bugungi va ertangi taqdiri haqida mazmunli suhbatlar qurishni, qanday qilsak hayotimiz yanada obod va farovon bo'ladi, xalqimiz, farzandlarimiz tinch va osoyishta, baxtli yashaydi, degan masalalar bo'yicha fikrlashib, maslahatlashishni zarur deb bilaman. 

Albatta, bugungi safarimni men ancha avval reja qilib qo'ygan edim, ya`ni, qani edi, birinchi bo'lib Xorazm ahlini g'alaba bilan tabriklasam, deb niyat qilgan edim. Nega deganda, mana shunday qutlug', quvonchli kunda sizlarning xursandchiligingizga sherik bo'lib, hormanglar, azizlarim, qadrdonlarim, deb barchangizga rahmat aytishni men nafaqat o'z burchim, balki o'zim uchun katta sharaf deb bilaman. 

Xorazm vohasi shunday xosiyatli bir yurtki, uning har qanday odamni ham o'ziga tortadigan beqiyos sehri, jozibasi bor. Chunki, Xorazm deganda, jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan, milliy davlatchiligimizning tamal toshi qo'yilgan betakror bir o'lka ko'z oldimizga keladi. 

Shaxsan men qachonki bu zamin tuprog'iga qadam qo'ysam, ko'hna tarix sirlaridan ogoh bo'lgandek, ko'p hayotiy hikmatlarning mag'zini chaqqandek bo'laman. 

Xorazm haqida so'z yuritganda, mashhur shoirimiz Omon Matjonning mustaqilligimizdan oldin yozgan bir she`ri yodimga tushadi. U kishi “Nega Xorazmda tog'lar yo'q?” degan savolni qo'yib, “Xorazmning buyuk tog'lari bor – bu Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Pahlavon Mahmud, Ogahiy, Feruzlardir”, deb javob beradi. Bugun biz cheksiz g'urur va iftixor bilan bu ro'yxatga Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Hofiz Xorazmiy, Sulaymon Boqirg'oniy singari ulug' ajdodlarimizning qutlug' nomlarini ham qo'shib aytishga to'la haqlimiz. 

Ayniqsa, yengilmas sarkarda, Vatan himoyachisi, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdining ona yurtimiz ozodligi yo'lida ko'rsatgan beqiyos jasorati va matonati, mana, oradan necha asrlar o'tsa hamki, xalqimiz uchun buyuk ibrat namunasi bo'lib kelmoqda. Bor-yo'g'i o'ttiz ikki yilgina umr ko'rgan bu jasur bahodirga hatto uning ashaddiy dushmani Chingizxon ham tan berib, “Qani endi, mening ham Jaloliddinga o'xshagan o'g'lim bo'lsa edi, dunyodan bearmon o'tardim”, deb aytgan so'zlarini sizlar albatta yaxshi bilasizlar. 

Ming afsuski, biz mana shunday ulug' ajdodimiz haqidagi tarixiy haqiqatni yoshlarimizga to'la yetkazayapmiz, deb ayta olmaymiz. 

Men shu yil 3 avgust kuni ijodkor ziyolilarimiz bilan bo'lgan uchrashuvda shu masalani ko'tarib, jumladan, Jaloliddin Manguberdi haqida har tomonlama yetuk badiiy film yaratish taklifini bildirgan edim. Bu borada mamlakatimizning teatr va kino arboblari bilan bir qatorda xorazmlik ijodkorlar ham faollik ko'rsatsalar, nur ustiga nur bo'lardi. 

Ayni paytda biz ulug' alloma va mutafakkirlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularning ilmiy, madaniy merosini o'rganish va targ'ib etish bo'yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirmoqdamiz. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad Xorazmiyning nomi berilib, uning faoliyati yanada kengaytirilgani, shuningdek, buyuk bobomiz nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgani shular jumlasidandir. 

Xabaringiz bo'lsa, biz Islom hamkorlik tashkilotining yaqinda Ostona shahrida bo'lib o'tgan sammitida Al-Xorazmiy nomida yosh matematiklarning xalqaro olimpiadasini tashkil etish va uni O'zbekistonda o'tkazish tashabbusi bilan chiqdik. 

O'ylaymanki, ushbu olimpiadani aynan algoritm vatani bo'lmish Xorazmda, Xorazm Ma`mun akademiyasida o'tkazish har jihatdan to'g'ri bo'ladi. 

Eng muhimi, bugungi kunda yurtimizdan Xorazmiy bobomizning munosib izdoshlari yetishib chiqayotgani barchamizni quvontiradi. 

Ana shunday yoshlardan biri, O'zbekiston Milliy universitetining matematika fakulteti talabasi, Xorazm farzandi Hakimboy Egamberganov bunga yaqqol misoldir. Bu iste`dodli yigitimiz qatorasiga uch yil – 2014, 2015, 2016 yillarda matematika bo'yicha chet mamlakatlarda bo'lib o'tgan xalqaro fan olimpiadalarida oltin medalni qo'lga kiritgan. 

Bunday yoshlar timsolida biz Xorazmiy bobomizning haqiqiy nabiralarini ko'ramiz. Shunday bilimli, barkamol, Vatanga sadoqatli farzandlarimiz qancha ko'paysa, O'zbekistonning kelajagi shunchalik buyuk bo'lishi muqarrar. 

Hurmatli deputatlar! 

Bugungi uchrashuvimizdan asosiy maqsad – bu tashkiliy masalani ko'rib chiqishdan iborat. 

Shu bilan birga, Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ularning natijasi haqida, yechimini kutib turgan dolzarb muammolar va kelgusidagi vazifalar haqida sizlar bilan atroflicha fikr almashib olishimiz zarur. 

Ta`kidlash lozimki, O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida barcha hududlarimiz qatori Xorazm viloyatida ham katta ishlar qilinmoqda. 

Xorazm vohasining bugungi obod qiyofasi, yangi uy-joylar, zamonaviy binolar, sanoat korxonalari, muhtasham saroylar, ravon yo'llar, keng maydon va xiyobonlar, bog'-rog'lar, ta`lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'rgan odam bunga to'la ishonch hosil qiladi. 

Bunday natijalarga erishishda xalq bilan doimiy muloqot qilib, odamlarni tashvishga solayotgan hayotiy muammolarni hal etish alohida muhim ahamiyatga ega. 

Shu maqsadda Prezidentning Virtual qabulxonasi va barcha hududlarimizda Xalq qabulxonalari tashkil etilgani, joylarda o'tkazilayotgan sayyor qabullar, davlat organlari rahbarlarining mahalliy Kengashlarda hisobot berishi bo'yicha joriy etilgan mutlaqo yangi tizim o'zining ijobiy samarasini bermoqda. 

Xorazm viloyati misolida oladigan bo'lsak, joriy yilda Xalq qabulxonalariga aholidan 14 mingdan ziyod murojaat tushgani va shundan 12 mingtasi ijobiy hal etilganini qayd etish lozim. 

Prezidentning Virtual qabulxonasiga viloyat hokimligi vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha 16 mingta murojaat kelib tushib, shundan 11 ming 500 tasi yoki 74 foizi qanoatlantirilgan, qolganlari bo'yicha tushuntirish berilgan. Jumladan, ish bilan ta`minlash yuzasidan 1 ming 600 dan ortiq, sog'liqni saqlash va pensiya tayinlash masalalari bo'yicha 1 ming 400 taga yaqin, moddiy yordam olish bo'yicha 900 dan ziyod murojaatlar ijobiy hal etilgan. 

Albatta, bunday murojaatlarni ko'rib chiqishda ba`zan tezkorlik, tajriba, amaliy mexanizmlar yetishmasligi sezilib qolmoqda. Biz bunday kamchiliklarni bartaraf etish va mazkur tizimni yanada takomillashtirish bo'yicha ishlarni davom ettiramiz. 

Qadrli sessiya ishtirokchilari! 

Ma`lumki, Xorazm viloyatida barcha sohalarni jadal rivojlantirish bo'yicha tegishli dastur va investitsiya loyihalari ishlab chiqildi hamda ularning ijrosini ta`minlash uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning bir qator qarorlari qabul qilindi. 

Ana shu qarorlarni bajarish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar tufayli viloyatda sanoat, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish, ijtimoiy va kommunal sohalarda jiddiy ijobiy o'zgarishlar yuz bermoqda. 

Bu haqda gapirganda, avvalo, Xiva shahri va Xiva tumani chegaralari o'zgartirilib, Xiva shahri viloyatga bo'ysunadigan shaharga aylantirilganini qayd etish zarur. 


Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling