Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi»


Download 19.4 Kb.
Sana25.12.2021
Hajmi19.4 Kb.
#536281
Bog'liq
Shavkat Mirziyoyevning asari
Yusupova Umida geodeziya 2 oraliq nazorat ishi, 08 Elektron pochta xizmati va uning imkoniyatlari, Kundalik qilgan ishlarim, O, Biogaz aliw texnologiyasi slayd 2, 7 чудес России, Амир Темур1, 10-amaliyot YUQORI TARTIB LI M OMENTLAR , pikir, pikir, pikir, doc2, Taqriz domlaga, Taqriz domlaga

Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.



Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:

  • «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»

  • «Xalqparvar davlat»

  • «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»

  • «Adolatli ijtimoiy siyosat»

  • «Ma’naviy taraqqiyot»

  • «Xavfsizlik va tashqi siyosat»

  • «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».

  • Kitob so‘zboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

  • «Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.

  • “Biz o‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik. Xalqimiz bizga ishondi va inondi. Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda. 

  • Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida: yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash; fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash; xalqimizning ma'naviy dunyosini yanada yuksaltirish; O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta'lim bilan ta'minlash; kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish; mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e'tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasini ishlab chiqdik. 

  • Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil fikr yuritilgan. Shu bilan birga, kitobga kirmagan, ammo e'tibor berishimiz lozim bo‘lgan quyidagi eng muhim va dolzarb masalalarni ham hisobga olishimiz zarur.

  • Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz aholisi 35 millionga yetdi, 2026 yilga borib esa 38 milliondan oshishi kutilmoqda. Bu – yurtimiz jahonda aholi soni bo‘yicha 37-o‘ringa chiqib, Polsha, Kanada, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar aholisidan ham oshadi, degani. 



  • Ikkinchidan, aholimizning qariyb 55 foizini yoshlar tashkil etadi va har yili mehnat bozoriga kamida 600 ming yoshlar kirib kelmoqda. Bunday demografik o‘sish biz uchun ham imkoniyat, ham juda katta mas'uliyat demakdir.

  • Uchinchidan, dunyo miqyosida iqtisodiyotning tarkibi  keskin o‘zgarib, raqamli va biotexnologiyalar, sun'iy intellekt kabi sohalar shiddat bilan hayotga kirib kelmoqda. Iqtisodiyot rivojini uskunalar emas, balki zamonaviy bilim va innovatsiyalar belgilaydigan zamon keldi. 

  • To‘rtinchidan, iqlimning keskin o‘zgarishi, suv resurslarining kamayib borishi insoniyat uchun kelajakdagi emas, aynan bugungi kundagi dolzarb muammoga aylandi. Bu esa dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va daromadlariga jiddiy xavf solmoqda.

  • Beshinchidan, xalqaro maydondagi va mintaqamizdagi ziddiyatlar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm kabi xavf va tahdidlar xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash naqadar muhimligini ko‘rsatmoqda”, dedi davlat rahbari.

Download 19.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling