Shaxmat emas “Shoh mot”


Download 239.89 Kb.
bet1/17
Sana27.01.2022
Hajmi239.89 Kb.
#488530
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
shaxmat kurs ishi
Документ (9), Документ (3), Adabiyotlar, Adabiyotlar, Adabiyotlar, 3. 3-Topshiriq. Ekologiya fanidan., Стандарты IEEE 802.x, Islamova (Xusanova) Shirin 3-T, Temirov D KT, Muzey kollektsiyalari, United Kingdom


Kurs ishi






Mavzu : Shaxmat emas “Shoh mot”

Tekshiruvchi: To’xtamirzayev M


Bajardi: Mustafoqulova D




Shaxmat emas “Shoh mot”
Shaxmat (forscha shoh mot - “shoh o’ldi”) - ikki kishilik mantiqiy o’yin. Ushbu o’yinning maqsadi raqib shohini mot qilish va o’yinchining zexnini charxlash hisoblanadi. Shaxmat 64ta och va to’q rangdagi katakli taxtada 32ta figura yordamida o’ynaladi. Har bir o’yinchi 16ta figuraga ega bo’ladi: shoh va farzin 1 donadan, rux, fil, ot - bir juftdan va piyodalar 8 dona.
Shaxmatning yaralish tarixi bilan bog’liq juda ko’p afsonalar mavjud va ayni damda “ona Vatani” qayer ekanligi ham noma’lum. Ba’zi manbalar shaxmatning kelib chiqish tarixi “chaturanga” o’yiniga borib taqaladi deb ma’lumot beradi. Qolaversa, asoslar ham keltirib o’tilgan. Arab xalifaligi davrida bu o’yin “shatranj” nomi bilan ommalashgan. Arablar “shaxmat”ga oid qimmatli qo’lyozmalar ham qoldirib ketgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy “Shatranj kitobi”da 819-yilda Xurosonda o’tkazilgan birinchi shatranj musobaqasi va unda g’alabani qo’lga kiritgan O’rta Osiyolik Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy ko’plab shaxmat voqealariga qahramon bo’lib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.
Ammo O’zbekiston zaminida ham bu sport turiga bog’liq tarixiy manbaalar topilgan. 1972-yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1-2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977-yilda esa Afrosiyob (Samarqand)da o’tkazilgan tadqiqotlar chog’ida 7-8-asrlarga taaluqli 7ta shaxmat donasi topilgan. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Alisher Navoiyning “Majolis un nafois”, “Lison ut tayr”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlarida shaxmatga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Amir Temur davrida kuchli shaxmatchilar Samarqandda to’planishgan. Tabrizlik Ali ash Shatranjiy ( Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda o’tkazilgan musobaqalarda g’olib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga o’zining va 14-asrgacha O’rta Osiyoda yashagan ko’plab oliya (grossmeyster)larning mansublarini kiritgan. U Sohibqironning o’zi bilan ham shaxmat o’ynab turgan.
Yana bir o’ta afsonaviy hikoyada Hindistondagi juda qonxo’r hukmdor haqida aytiladi. Uning uchun urush eng katta quvonch hisoblanadi. Barcha qo’shni davlatlar va qabilalar Hindistonning shafqatsiz hukmdori ularga keltirgan daxshatdan qochib qutilishadi. Hind xalqi ham urushlardan juda charchashadi. Ammo hech narsa hukmdorni sevimli “mashg’ulot”idan chalg’itishi mumkin emas edi. Bir donishmand podshohning huzuriga kelib, ikki davlat o’rtasidagi urushni nazorat qiladigan, lekin jonli emas, balki taxta ustidagi figuralar yordamida o’ynashni taklif etadi. Shohdan tashqari taxtada otliqlar, qal’alar va garovlar saf tortgan edi. Donishmand hukmdorni nafaqat haqiqiy urushlardan chalg’itishni, balki unga bo’ysunmaslik hech narsani anglatmasligini ko’rsatishni ham maqsad qilgan edi. Hind hukmdori o’yinni shunchalik yoqtiradiki, u deyarli to’xtovsiz o’ynaydi va haqiqiy urushni butunlay unutadi.
Shaxmat 11-asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlanadi. 15-asrda o’yin qoidalariga o’zgartirishlar kiritiladi. 1512-yil Rimda Damianoning “Bu kitob shaxmat o’ynashni o’rgatadi” to’plami bosiladi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575-yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari o’rtasida uchrashuv o’tkaziladi. 17-asrda Joakkino Greko (Italiya), 18-asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), 19-asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Suketort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya-Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu o’yinning rivojiga katta hissa qo’shishdi. 1851- yil Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886 - yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924- yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987- yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000 - yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.
Bugungi kunda biz bilgan shaxmat shakllanganiga ham deyarli 500 yil to’ldi. Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 minutdan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.
Shaxmat o’yinidagi donalar yuqorida aytganimizdek shoh, farzin, rux, ot, fil va piyodalardan iborat. Tarkibdagi figuralarni joylashtirish va surish qoida asosida amalga oshiradi va quyida ularning majburiyat va huquqlari bilan tanishasiz.
Boshlang'ich shaxmatchining bilishi kerak bo'lgan birinchi narsa bu donalarni qanday qilib to'g'ri joyga qo'yish, shaxmat taxtasi va har bir dona qanday harakat qilishi. Shaxmat donalari taxtada 2 ta chiziqni egallaydi - o'yinchiga yaqinroq kataklarda. Ikkinchi qatorda har bir katakchada piyodalar bor. Birinchi qatorda “mansablar”iga qarab sipohlar joylashtiriladi, ya’ni markazga yaqinroq- shoh va farzin yonida fil, so'ngra ikki ot va eng chekkada ruxlar, markazni esa shox va farzin egallaydi. Qora malika qora katakdada, qora shoh esa oq rangda turadi. Oq malika oq kvadrat ustida, shox esa qora rangda turadi. Malika o’z rangini yaxshi ko'radi degan gap bor, shuning uchun donalarlar shu tarzda joylashtirilgan.
Taxtaning yon tomonida bir tomonda raqamlar, boshqa tomonida harflar yozilgan. Oq figuralar 1 va 2 - qatorlarga, qora qismlar 7 va 8 - qatorlarga joylashtiriladi.
O'yinni boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan eng asosiy narsa - barcha shaxmat buyumlari qanday harakatlanishidir. Ularning barchasi turli xil uslubda yurishadi va buni esda tutish kerak.
Piyoda
Barcha donalardan oldin o'yin asosan piyoda bilan boshlanadi, chunki boshqa barcha donalar ushbu figuralar bilan to’silgan bo’ladi (otning harakati ham mumkin, ammo keyinroq bu haqda ko'proq ma'lumot beramiz). Piyodalar to'g'ri chiziqda va faqat oldinga yuradi (orqaga yurish taqiqlanadi). Siz birinchi yurishda bu donani yo bir yo ikki katak oldinga sura olasiz. Ammo keyingi harakatlarda faqat bitta katakka yura oladi. Agar piyoda oldida boshqa qism bo'lsa, u holda harakat qilish uchun joy bo'lmaguncha u endi siljiy olmaydi. Shohdan tashqari har qanday qism piyodani olishi (urishi) mumkin. Piyoda ham raqibni diagonal ravishda bir kvadrat oldinga qarab ura oladi. Piyodaning o'ziga xos xususiyati shundaki, u shohdan tashqari har qanday donaga aylanishi mumkin. Buning uchun u qarama-qarshi tomondan oxirgi qatorga yetib borishi kerak.
Fil
Fil o'z yo’nalishi bo’yicha yurib,  o'zini osonlikcha “peshka” niqobi ostida yashirishi va tajribasiz grossmeysterni chalg'itishi mumkin. Ammo “yepiskop” faqat tashqi tomondan yashiringanga o'xshaydi. Bu dona ikkala tomonga diagonal ravishda yuradi. Urib tushurishi, xuddi piyoda kabi, diagonali bo'ylab amalga oshiriladi.
Har bir o'yinchi ikkita filga ega, bir fil faqat oq xonada, yana biri faqat qora katakda harakatlanadi. Agar fil taxtaning markazida bo'lsa, u holda 13 ta katakchani boshqarishi mumkin.
Rux
Ushbu mansabdorimiz o’zbek shaxmatchiligida “to’ra” deb ham nomlanadi. To’ra gorizontal va vertikal ravishda bo’sh bo’lgan kataklar ustida harakatlana oladi va agar yurish jarayonida yo’lidan biror dona chiqsa, gorizontal va yoki vertikal ravishda uradi, shuningdek o’sha katakda to’xtaydi. Figuralar ustidan sakrash taqiqlanadi.
Ko'pincha, rux o'yinning birinchi qismida faol ishtirok etmaydi, chunki u piyodalar orqasida turadi. “Qahramonimiz”ga bo'sh joy berilganda uning kuchi ortadi.


Ot
Ot shaxmatdagi eng ayyor va xiyla-nayrang qiladigan dona hisoblanadi, ayniqsa yangi boshlanuvchilar uchun. Yurishni o'rganish va dushman otining tahdidini sezish eng qiyin dars. Shaxmatda ot o’ziga xos sipohdir. U shunchaki yurmaydi, u sakraydi, ya’ni o’zi va raqib sipohlari ustidan sakrab o’tib yuradi. Otning yurishi kirilcha “Г” harfini eslatadi: ikki katakka oldinga, yonga yoki orqaga va bir katakka yon tomonga. “Г” harfi ba’zan teskarisiga yoki oyog’i osmondan bo’lib chiqadi. Shu bilan birga, ot har doim oq xonadan qorasiga, qoradan esa oqqa sakraydi va hech qachon bir rangli xonaga yurmaydi. Ot qanday yursa, shunday uradi.
Farzin
Malika shaxmatdagi eng qimmatbaho buyum hisoblanadi. Malika har qanday masofaga diagonal, vertikal va gorizontal ravishda harakatlana oladi. Shoh uchun mumkin bo'lgan harakatlarga juda o'xshash, ammo diapazonida farq bor. Qolaversa, farzin donalar ustidan sakrab o'ta olmaydi.
Shoh
Shaxmatda eng muhim va eng asosiy sipoh shoh hisoblanadi. Shoh har tomonga yuradi va raqib sipohlarini uradi. Biroq, hujum ostidagi xonadan tashqari u bilan yonma-yon bo’lgan faqat bir xonaga yuradi.
Shoh himoyalangan sipohni ura olmaydi. Uni urish, ya’ni taxtadan chiqarish mumkin emas. Shoh boshqa shoh bilan duch kelmaydi. Shohlar yonma-yon xonalarda turmaydi. Ular orasida bo’lgan uchta xonaga ularning ikkalasi ham yurishi mumkin emas.
Shohning yana bir xususiyati unga hujum qilinganda darhol himoyalangan bo’lishi kerakligidan iborat. O’yin qoidalariga ko’ra shohni hujumga nishon qilib bo’lmaydi. Shohning yengilishi partiya tugaganligini anglatadi.
Kishti qoyim” bilan durang
Shaxmat partiyalari har doim ham tomonlardan birining g’alabasi bilan yakunlanmaydi. Boshqa sport bellashuvlarida bo’lgani kabi durang natija bo’lishi mumkin.
Shaxmatda “Kishti qoyim” natijasidagi durang shunday hollardan biri bo’lishi mumkin. “Kishti qoyim” - bu raqib shohini berkina olmaydigan ketma-ket beriladigan bir necha “shoh” berishdir. Tasavvur qiling oq shohga mot xavfi solinmoqda, hozir yurish navbati oqlardan. O’z shohini qutqarib qolish uchun ular “shoh” bera boshlaydi. Mana shu holatda qora shoh berkina olmaydigan muntazam “shoh” berish hisoblanadi va “Kishti qoyim” deb ataladi. Bu durang. Qoralar durangga rozi bo’lishga majbur.
Pot
Shatranj partiyasida yana bir durang holatini ko’rib chiqamiz. Taxtadagi shohga hujum bo’lmagan va sipohlarning hech birining yurish yo’li bo’lmagan holat “pot” deb ataladi. Pot - bu durang. Bunday holat ko’pincha bir o’zi qolgan shohni mot qilish paytida shoshish yoki kuchli tomonning e’tiborsizligi sababli yuzaga keladi. Pot holatidan mag’lubiyatidan qutilish vositasi sifatida foydalanadilar.

Download 239.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling