Shaxs psixik jarayonlari bilish sohasi


Download 35.7 Kb.
Sana15.10.2020
Hajmi35.7 Kb.
#133956
Bog'liq
psixologiya


1. Shaxs psixik jarayonlari bilish sohasi:

*a) diqqat, nutq, faoliyat;

b) bilim, ko‘nikmani, malaka;

c) sezgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur;

d) emotsiya, iroda;

2. Bilish jarayonlari bu......

*a) sezgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur;

b) emotsiya, iroda;

c) bilim, ko‘nikmani, malaka;

d) diqqat, xotira, tafakkur, tasavvur.



3. Shaxs psixik jarayonlarining emotsional-irodaviy sohasi:

*a) emotsiya, iroda;

b) kompetentlilik, individualilik,

c)maxsus kompetentlik; psixologik kompetentlik; innovatsion kompetentlik; kommunikativ kompetentlik;

d) psixologik, maxsus, shaxsiy, individual va texnologik kompetentlik;


  1. Individual-psixologik xususiyatlarbu

*a) temperament, xarakter, qobilyat

b) ijodkorlik, tashkilotchilik, bilimdonlik

c) kompetentlilik, tashkilotchilik, muloqotchanlik

d) muloqotchanlik, tashkilotchilik, kreativlik

5. Diqqat — bu.....

*a) idrokning u yoki bu ob’ektga ixtiyoriy yo‘naltirilishi.

b) psixikaning bir obektga qaratilishi;

c) bevosita ma’lum ob’ektga e’tiborning qaratilishi;

d) ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish.

6. Nutq — bu…….

*a) muayan qoidalar asosida yaratilgan til organi orqali insoniy muloqotni tarixiy shakllangan formasi;

b) ijtimoiy muloqot jarayoni;

c) shaxsiy fikr bayoni;

d) til vositasi orqali ta’sir o‘tkazish.

7. Faoliyat — bu...

*a) Voqelikka nisbatan faol munosabat, ya’ni sub’ektning ob’ekt bilan faol hamkorlik jarayonidir.

b) shaxsiy yondashuvlar jarayoni;

c) ijtimoiy faollik jarayoni;

d) kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

8. Sezgi deb...

*a) sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa yoki hodisalarning ayrim sifat va xossalarining ongimizda aks ettirilishi;

b) narsa va hodisalarni kishiga bevosita ta’iri;

s) real voqelikni his etish;

d) abstrakt ob’ektlarga sub’ektiv munosabatini ifodalovchi hissiy jarayon;

9. Idrok – bu nima?

*a) sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning kishi ongida butunligicha aks ettirilishi;

b) narsa va hodisalarni kishiga bevosita ta’ciri;

c) ijtimoiy voqelikning ongimizda aks etishi;

d) kishi ongiga emotsional ta’sir.

10. Xotira deb nimaga aytiladi?

*a) Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi;

b) ekstremal voqelikni yodda saqlash;

c) ijtimoiy munosabatlarni ongimizda olib qolishi;

d) mavjud voqelikni esda olib qolish;

11. Tasavvur— bu nima?

*a) individ yoki guruh jamoasi tomonidan realikka to‘g‘ri kelmaydigan, lekin ularning orzu istaklarini bildiradigan jarayon;

b) o‘tmishdagi bo‘lib o‘tgan jarayonlarning ko‘z o‘ngimizda gavdalanishi;

c) voqea hodisalarni kishi xayolot olamida aks etishi;

d) kishi his tuyg‘ularini ifoda etuvchi psixik holat .

12. Tafakkur — bu....

*a) voqelikni umumlashtirilgan holda, qonuniy bog‘lanishlarni so‘z va tajriba vositasida aks ettirish;

b) o‘z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash;

c) o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini rivojlantirish;

d) fikrlash doirasida o‘zini o‘zi anglash.

13. Hissiyot — bu....

*a) ob’ektiv dunyodagi mavjud yoki noma’lum bo‘lgan vaziyatlarga sub’ektiv baholovchi munosabat

b) shaxsning emotsional sohasini tashkil etuvchi mavhum holat;

c) kishining ichki tuyg‘ulariga bilvosita emotsinal ta’sir natijasi;

d) atrof muhitni real qabul qilish.

14. Iroda —bu ...

*a) insonning fikrlash jarayonlari orqali qaror qabul qilishi, hamda qabul qilingan qaror asosida o‘z xarakatlarini yo‘naltirishi.

b) kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishi;

c) mustaqil fikrga ega bo‘lish va o‘zini o‘z tahlil qilish;

d)uchraydigan nizoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish.



15. Shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi qanday nomlanadi?

*a) o‘z-o‘zini baholash;

b) o‘z-o‘z ini rivojlantirish;

c) o‘zini o‘zi tahlil qilish;

d) o‘zini o‘zi anglash.

16. Shaxsning o‘zini o‘zi samarali baholashiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

*a) o‘zini tushunish; shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash; o‘zini-o‘zi nazorat qilish.

b) o‘zini tushunish; o‘zini o‘zi hurmat qilish; o‘zini-o‘zi boshqarish;

c) o‘zini tushunish; o‘zini o‘zi boshqarish; o‘zini o‘zi tahlil qilish;

d) o‘zini o‘zi tahlil qilish; shaxs sifatida o‘z qadr-qimmatini anglash; o‘zini-o‘zi nazorat qilish;

17. Shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligi nimani belgilaydi?

*a) o‘z-o‘zini baholash darajasini;

b) o‘zini o‘zi anglash ko‘rsatkichlarini;

c) shaxsning ijtimoiy maqomini;

d) shaxsning o‘ziga nisbatan talabchanligini.

18. Emotsiya —bu......

*a) ruhiy hayajonlanish, ruhiy xarakterlanish;

b) ruhiy o‘z-o‘zini baholash;

c) ruhiy o‘z-o‘zini anglash;

d) ichki qo‘zg‘alish orqali ta’sir.

19. Emotsiya turlarini belgilang.

*a) stenik va astenik ;

b)kolliziya va kommunikatsiya;

c)mnemonika va manipulyatsiya;

d)konformlik va nokonformlik.

20. Kishini g‘ayratlantiruvchi emotsiya qanday nomlanadi?

*a) stenik;

b) astenik;

c) harakatchanlik;

d) progmatik.

21. Stress – bu.....

*a) kuchli xissiy zurikishdan iborat jarayon;

b) kuchli emotsionallik;

c) kuchli qo‘rquv va ta’sirlanish;

d) bexosdan qaltis vaziyatlarga uchrash holati.

22.Shaxsning individual xususiyatlari quyidagilar:

*a)temperament, xarakter, qobiliyat;

c) diqqat, nutq, faoliyat

d) sezgi, idrok, xotira,tassavur, tafakkur



23. Temperament— bu....

*a) lotincha “temperamentum” - narsalarning tegishli nisbati degan so‘zdan olingan.

b) grekcha “aralash-quralash” degan ma’noni anglatadi;

c) kishi mijoziga tegishli holat;

d) kishining individual psixologik holati.

24.Serharakat, kuchli ta’sirlanuvchan, muvozanatsiz, yangi shart sharoitga tez moslashadi, tez ishga kirishib tez soviydi, o‘z o‘rnini, rolini tez almashtiradi, beg‘araz, kek saqlamaydigan” — bu ta’rif qaysi temperament tipiga xos .

*a) sangvinik;

b) xalerik;

c) flegmatik;

d) melanxolik.

25.Sariq o‘t organizmda ustun miqdorda bo‘lishi: ta’surotni tez qabul qilishi, kuchli qo‘zg‘oluvchan, shoshkaloq, chaqqon, tez harakat qiluvchan, qattiq va tez gapiradi, o‘zini tutib turishi qiyin, bazan xato javob qaytaradi” — ushbu ta’rif qaysi temperament tipiga xos.

*a) xalerik;

b) sangvinik;

c) flegmatik ;

d) melanxolik.

26.Ta’surotni bir muncha sekin qabul qiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxiriga yetkazidi. Hissiyotlari sekin paydo bo‘ladi, ammo barqaror va davomli . U vazmin va yuvosh, uning jahlini chiqarish qiyin, lekin jahli chiqsa to‘xtatish ham qiyin, qasoskor, ginachi — ushbu ta’rif qaysi temperament tipiga xos.

*a) flegmatik;

b) hissiyot va iroda;

c) diqqat, nutq, faoliyat;

d) sezgi, idrok, xotira,tassavur, tafakkur

28. Xarakter aksentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin:

*a)introvert, ekstrovert, ambovert;

b)g‘ayritabiiy va sun’iy;

c)oddiy va murakkab;

d)aktiv, passiv va

29. I. P. Pavlov qobiliyatga qarab odamlarni necha tipga bo‘ladi va ular qaysilar:

*a) 3 tipga, ya’ni «Fikrlovchi tip», «Badiiy tip», «O‘rtacha tip».

b) 2 tipga, ya’ni “Ijodkor tip”, “Fikrlovchi tip”.

c)4 tipga, “Yetakchi tip”, “Badiiy tip”, “O‘rtacha tip”, “Passiv tip”

d)5 tipga, “Ijodkor tip”, “Badiiy tip”, “Yetakchi tip”. “Faol tip”, “Passiv tip”.

30. L.S.Vыgotskiy inson umrini davrlashtirishda yosh inqirozlarini asos qilib olgan va quyidagi bosqichlarga bo‘lgan:

*a)Tug‘ilgandagi inqiroz; Bir yosh inqirozi; Uch yosh inqirozi; 7 yosh inqirozi; 13 yosh inqirozi; 17 yosh inqirozi

b) Go‘daklik davri (tug‘ilgandan 1 yoshgacha), Ilk bolalik (1-3 yosh), Maktab yoshi (7-12 yosh), O‘spirinlik (12-13 yoshdan 19-20 yoshgacha), Yoshlik (20-25 yosh), Yoshlik (20-25 yosh), Keksalik (65 yoshdan yuqori):

c) ilk bolalik(0-1yosh, 1-3yosh); bolalik (7-10yosh): o‘smirlik(11-15yosh, 15-17yosh)

d) Chaqaloqlik davri (tug‘ilgan 1yoshgacha), Ilk bolalik (1-3 yosh), Maktab yoshi (7-17yosh), Yoshlik (20-25 yosh), Keksalik (65 yoshdan yuqori).

2.2. O’quv faoliyatini boshqarish psixologiyasi


  1. Sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa yoki hodisalarning ayrim sifat va xossalarining ongimizda aks ettirilishi qanday bilish jarayoni hisoblanadi?

*a) Sezgi

b) Idrok


c) Tasavvur

d) Tafakkur



2. O’quv faoliyati motivlarini aniqlashga ehtiyoj uyg’otish va o’quv faoliyatining ijobiy emotsional ruhda kechishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

*a) O’quv jarayonning psixologik ta’minlash

b) O’quv jarayonning interfaol metodlar bilan ta’minlash

c) O’quv jarayonning pedagogik jihatdan ta’minlash

d) O’quv jarayonning metodikalar bilan ta’minlash

3. Tadqiqotlarga layoqatlilik qanday pedagogik qobiliyat ?

*a) Gnostik

b) Akademik

c) Perseptiv

d) Konstruktiv

4. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va


hodisalarning kishi ongida butunligicha aks ettirilishi nima deyiladi?

*a) Idrok

b) Sezgi

c) Tasavvur

d) Tafakkur

5. Individ yoki guruh jamoasi tomonidan realikka to’g’ri kelmaydigan, lekin ularning orzu istaklarini bildiradigan jarayon.

*a) Tasavvur

b) Sezgi

c) Idrok


d) Tafakkur

6. Voqelikni umumlashtirilgan holda, qonuniy bog’lanishlarni so’z va tajriba vositasida aks ettirish nima?.

*a) Tafakkur

b) Sezgi

c) Idrok


d) Tasavvur

7. L.S.Vigotskiy inson umrini davrlashtirishda yosh inqirozlarini nechta bosqichlarga bo’lgan?

*a) 6 ta

b) 5 ta


c) 7 ta

d) 8 ta


8. Ilk bolalik davrining yetakchi faoliyat turi nima?

*a) Predmetli faoliyat

b) Rolli o’yin

c) Ta’lim

d) O’quv – kasbiy faoliyat

9. E.Eriksonning psixosotsial davrlashtirish bosqichlarida ma’lum bir xislarga asoslanilgan davrlarni nechta bosqichga bo’lgan?

*a) 8 ta

b) 5 ta

c) 7 ta


d) 6 ta

10. E.Eriksonning psixosotsial davrlashtirishi bo’yicha ilk bolalik (1-3 yosh)da qanday xislarga asoslanadi?

*a) avtonomiya/uyat va shubha

b) ishonch/ishonchsizlik.

c) tashabbuskorlik/aybdorlik

d) mehnatsevarlik/noto’liqlik
11. Maxsus psixologik adabiyotlarda “o’tish davri”, “og’ir davr”, “inqiroz davri” kabi nomlar qaysi yosh davri uchun xos?

*a) O’smirlik davri

b) Ilk bolalik

c) kichik maktab yoshi davri

d) o’spirinlik davri

12. O’smirlik avtonomiyalarining qanday turlari mavjud?

*a) huquqiy, emotsional, makoniy

b) huquqiy, ishonchsizlik, makoniy

c) huquqiy, aybdorlik, makoniy

d) huquqiy, noto’liqlik, emotsional
13. Aqlning tanqidiyligi ayrim xollarda o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida “anglashilmovchilik g’ovi”ni vujudga keltiradi degan fikr qaysi yosh davrga xos?

*a) O’smirlik davri

b) Ilk bolalik

c) kichik maktab yoshi davri

d) o’spirinlik davri
14. “Endi u bola emas–u, hali katta ham emas”-bu formula qaysi yosh davr
xarakterini bildiradi
?

*a) O’smirlik davri

b) Ilk bolalik

c) kichik maktab yoshi davri

d) maktabgacha yosh davri
15. Bunday temperament tuyg’ularning sust paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi, u kishini tinch holatdan olib chiqish oson emas, u harakat va gapirishda ham shoshilmaydi, mimikasi kam ifodali, harakatlari sust bu qaysi temperament tipiga mansub?

*a) flegmatik

b) melanxolik

c) sangvinik

d) xolerik
16. Pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o’z amaliy harakatlari mohiyatining o’rganilishi nima?

*a) O’zini o’zi tahlil qilish

b) O’z-o’zini rivojlantirish

c) O’zini o’zi baholash

d) O’z ustida ishlash

17. Favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik nima?

*a) Ektremal kompetentlik

b) SHaxsiy kompetentlik

c) Texnologik kompetentlik

d) Psixologik kompetentlik
18. Ta’lim jarayonida beriladigan bilim, malaka, ko’nikmalarni shaxs tomonidan o’zlashtirishning individual ko’rsatkichlari nima?

*a) Ta’limga beriluvchanlik

b) Ruhiy barqarorlik

c) qobiliyatni rivojlanishi

d) Ruhiy barqarorlik
19. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining asosiy faoliyat turi nima?

*a) Rolli o’yin

b) Predmetli faoliyat

c) Ta’lim

d) O’quv – kasbiy faoliyat

20.O‘smirlik davrining asosiy faoliyat turi nima deb ataladi?

*a) Tengdoshlari bilan intim shaxsiy muloqot

b) Bevosita emotsional muloqot

c) Mehnat

d) Ta’lim



22. Psixologiya fanining odamlar oʻrtasidagi individual-psixologik tafovutlarni oʻrganuvchi sohasi qanday ataladi?

*a) Differensial psixologiya

b) Gerontopsixologiya

s) Akmeologiya

d) Yosh davrlar psixologiyasi

23. Harakatchan, chaqqon tezda tushunadigan lekin jaxldor so‘zlari qaysi mijozga taalluqli?

*a) Xolerik

b) Sangvinik

c ) Melanxolik

d) Flegmatik
24. Quvnoq, hazilkash, tashabbuskor, xafachilikni yengil o‘tkazib yuboruvchi muvozanatli qaysi tipga mansub?

*a) Sangvinik

b) Xolerik)

c) Melanxolik

d) Flegmatik
25. His-tuyg‘ularning paydo bo‘lish kuchi va tezligi hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon boladigan individual psixologik xususiyatlarning yigindisi deb nimaga aytiladi?

*a) Temperament ;

b) Xarakter

s) Qobiliyat

d) Ehtiyoj
26. Narsa va hodisalarni buzib idrok eish nima?

*a) Illyuziya

b) Interpretatsiya

c) Introspeksiya

d) Adaptatsiya.
27. O‘smir yoshi ularga nisbatan qanday munosabat o‘rganishni talab qiladi?

*a) Tenglik mnosabatlari

b) Raxbarlik bo‘ysunish munosabatlarini

c) rasmiy munosabatlari

d) Cheklangan tenglik munosabatlarini
28. Kishining voqelikka bo‘lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-hararatida ta’sir qoldiradigan muhim, barqaror psixologik xususiyatlarning majmui deb nimaga aytiladi?

*a) Xarakter

b) Qobiliyat

c) Temperament

d) Ehtiyoj

29. E.Eriksonning psixosotsial davrlashtirishi bo’yicha o‘yin davri (3-6 yosh) da qanday xislarga asoslanadi?

*a) tashabbuskorlik/aybdorlik

b) ishonch/ishonchsizlik.

c) tashabbuskorlik/aybdorlik

d) avtonomiya/uyat va shubha
30. YOsh davrlarini davrlashtirishda yetakchi faoliyatga urg’u bergan olim kim?

*a) D.B.Elkonin

b) E.Erikson

c) L.S.Vigotskiy

d) I. P. Pavlov

2.2 O’QUV FAOLIYATINI BOSHQARISH PSIXOLOGIYASI.
1. Shaxs psixik xususiyatlarining yosh o‘zgarishi davomidagi dinamikasini o‘rganuvchi fan?

*A) Yosh davrlari psixologiyasi

B) Umumiy psixologiyasi

C) Pedagogik psixologiyasi

D) Injenerlik psixologiyasi
2. O‘smirlik davridagi yetakchi faoliyatni aniqlang.

*A) O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat–bu o‘qish, muloqot va mehnat faoliyatidir

B) O‘yin faoliyati. Bolalar rolli o‘yinlar orqali ijtimoiy tajribani o‘zlashtira boshlaydilar

C) O`qish faoliyati. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat hisoblanadi

D) Bu davrda kasbiy faoliyat va oilaviy hayotning boshlanishi bilan xarakterlanadi
3. E.Eriksonning ego-identifikatsiyasi nima?

*A) Rollar almashinuvi. Bu davr “Men kimman?”, “Men qayerga ketyapman?”, “Kim bo‘lishni istayman?” kabi savollarga birin-ketin javob izlashni boshlaydi va qadriyatlar tizimi shakllanadi

B) Ta’lim o‘z ustida ishlash yetakchilik qiladi. Tengdoshlari orasidagi mavqeyi va shaxslararo munosabatlari uning shaklanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi

C) Samaradorlik inertlik. Ijtimoiy hayot tarzi, kattalarga g‘amxo‘rlik, oilaviy turmush, kasbiy muvaffaqiyat kabilar bilan belgilanadi

D) Ishonch ishonchsizlik. Bu hislar ona mehri va g‘amxo‘rligining qay darajadaligi bilan bog‘liq. Agar oilada emotsional diskommfort kuzatilsa bolada ishonchsizlik hissi ustunlik qila boshlaydi
4). Xorijiy davlatlar psixologiyasida davrlashtirish muammosini tadqiq etgan yirik psixolog olimlarni toping.

*A) J.Piaje, L.C.Vigotskiy, E.Erikson, Z.Freyd, A.G.Kovalev, D.B.Elkonin, T.V.Dragunova

B) J.Piaje, Nishonova Z.T., L.C.Vigotskiy, Alimova G, E.Erikson

C) Z. Freyd, Do‘stmuhamedova Sh.A, A.G.Kovalev, D.B.Elkonin, Nishonova Z.T

D) A.G.Kovalev, D.B.Elkonin, G‘oziyev E, Shapovalenko I.V., Z. Freyd
5. O‘smirlik davrida rivojlanishi kuchayadigan xususiyatlar ko‘rsatilgan qatorni toping.

*A) Bolada xarakter aksentuatsiyasining vujudga kelishi ehtimoli, bolaning tengdosh, referent guruhidagi konformlik darajasi va boladagi affiliatsiya ehtiyojlarining kuchayish darajasi

B) Bolaning tengdosh, referent guruhidagi konformlik darajasi, boladagi mexanik xotiraning rivojlanishi va bolaning kattalar bilan muloqatga bo‘lgan ehtiyojlarining kuchayish darajasi

C) Boladagi affiliatsiya ehtiyoji, bolaning kattalar bilan muloqatga bo‘lgan ehtiyoji va bola shaxsi rivojlanishida adabtatsiya jarayonlarining kuchayish darajasi

D) Bolaning tengdosh, referent guruhidagi konformlik darajasi, boladagi mexanik xotiraning rivojlanishi va bola shaxsi rivojlanishida adabtatsiya jarayonlarining kuchayish darajasi
6. Psixologiyada yosh davrlarni ketma-ketligini to‘g‘ri tartibda keltirilgan variant javobini toping. A - kichik maktab yoshi, B - bog‘cha yoshi, V - o‘smirlik yoshi, G- o‘spirinlik yoshi, D - go‘daklik yoshi.

*A) DBAVG

B) ABGDV

C) BGDAV

D) DAVGB
7. O‘quvchining kichik maktab yoshidagi yetakchi faoliyatni aniqlang.

*A) O‘qish faoliyati

B) O‘yin faoliyati

C) Mehnat faoliyat

D) Emotsional muloqot faoliyati
8. Psixologiyada yosh davrlar inqirozi (krizis) tushunchasining mohiyati nima?

*A) Bola yosh davrlar bosqichlaridan o‘tishda psixologik qiyinchiliklari

B) Bola rivojlanishning tengdoshidan orqada qolishi

C) Bolaning asabiy tanglik holatlari

D) Bolaning jismoniy o‘sishdagi tanglik holatlari
9. Individ yoki shaxsning individual rivojlanishi va taraqqiyoti........ deyiladi.

*A)Ontogenez

B) Fenotip

C) Genotip

D) Filogenez
10. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlari ko’rsatilgan qatorni toping?

*A) Temperament, xarakter va qobiliyat

B) Sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat

C) Sezgi, idrok, xotira,temperament va xarakter

D) Sezgi, tafakkur, xayol, xotira, temperament va xarakter
11. Shaxs shakllanishida qaysi faoliyat turlari yetakchilik qiladi, bolaning rivojlanishi tartibidagi to‘g‘ri qatorni toping?

*A) O‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlari

B) Emotsional muloqot, mehnat, o‘qish va o‘yin faoliyatlari

C) O‘qish, o‘yin, emotsional muloqot va mehnat faoliyatlari

D) Mehnat, o‘qish, o‘yin va emotsional muloqot faoliyatlari
12. O‘quvchilarning o‘smirlik yosh davri qaysi yoshlarini o‘z tarkibiga oladi?

*A) 12-16 yoshlarni

B) 12-15 yoshlarni

C)13-17 yoshlarni

D) 14-17 yoshlarni
13. O‘quvchi shaxsining rivojlanishida va o‘qitishda differensial yondashuvning emotsional buzilish jarayonlarini ko‘rsating.

*A) Giperaktivlik, agressivlik va xavotirlanish

B) Yosh inqirozlar, ishonchsizlik va agressivlik

C) Giperaktivlik, qo’rquv va asabiy tanglik

D) Ishonchsizlik, affiliatsiya va adabtatsiya
14. Psixik faoliyatning shaxs uchun ahamiyatga ega bo‘lgan obyektga yo‘naltirishi?

*A) Diqqat

B) Xotira

C) Tafakkur

D) Xayol
15. Pedagogning qiyin o‘quv ma’lumotlarni oson, tushunarsizini tushunarli va murakkabini oddiy qilib o‘quvchilarga yetkaza olish fazilatiga ........... deyiladi.

*A) Didaktik qobiliyat

B) Akademik qobiliyat

C) Kommunikativ qobiliyat

D) Perseptiv qobiliyat
16 Pedagogik psixologiya …………. psixologik qonuniyatlarni o‘rganuvchi fandir.

*A) Ta’lim va tarbiyaning

B) Tarbiya jarayonining

C) Ta’lim jarayonining

D) Shaxs shakllanishining
17. O‘qituvchining “Konstruktiv” qobiliyat sifati to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?

*A) O‘qituvchining ta’lim-tarbiyaviy ishlarini rejalashtira bilishi va uning natijasini oldindan ayta olish qobiliyat sifati

B) O‘qituvchining ko‘nikma va malakalarini rejalashtira bilishi hamda uning natijasini oldindan ko‘ra bilish qobiliyat sifati

C) O‘qituvchining dars mavzularini rejalashtira bilishi va uning natijasini oldindan ayta olishi qobiliyat sifati

D) O‘qituvchining barcha qobiliyat sifatlari
18) Faoliyat asosini tashkil qiluvchi xatti-harakatga undovchi kuch?

*A) Motiv

B) Maqsad

C) Qiziqish

D) Ehtiyoj
19. Ehtiyoj deb…..

*A) Odam faolligining manbai bo‘lib, individ yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan obyektlarga muhtojligini his etish holatiga aytiladi.

B) Odamni biologik ehtiyojlarini qondirish vositalarini tushunishga aytiladi.

C) Odamni biologik ehtiyojlarini qondirish vositalarini tushunishga aytiladi.

D) Madaniy qadriyatlarga muhtojligini tushunib yetishga aytiladi.
20. Shaxsning bilish jarayonlariga nimalar kiradi, to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

*A) Sezgi, idrok, xotira, tafakkur, tasavvur.

B) Hissiyot, iroda, temperament, xarakter va qobiliyat.

C) Sezgi, idrok, xotira, temperament, xarakter

D) Sezgi, idrok, xotira, temperament, xarakter
21. Inson psixikasining namoyon bo‘lish shakllari?

*A) Bilish jarayonlari, individual tipologik xususiyatlar va hissiy holatlar.

B) Bilish jarayonlari

C) Individual tipologik xususiyatlar

D) Emotsional-irodaviy sohasi
22. Temperament haqidagi ta’limotning g‘arbdagi va sharqdagi asoschilari kimlar?

*A) Gippokrat, Ibn Sino, Galen

B). Galen, J.Piaje, I. P. Pavlov

C) I. P. Pavlov, L.C.Vigotskiy, Ibn Sino

D) Ibn Sino, Galen, J.Piaje
23. Maktab talimiga tayyorlanayotgan bolada diqqat qanday holda bo‘ladi?

*A) Nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror

B) Shartli

C) Barqaror

D) Beqaror
24.I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, har- bir analizator asosan necha qismdan iborat?

*A) 3


B)2

C)8


D)5
25. 7 yoshdagi-inqiroz nima bilan belgilanadi?

*A) Ijtimoiy rolning almashinuvi bilan

B) Kattalarga munosabatning o‘zgarishi bilan

C) O‘quv faoliyati bilan

D) Jamiyatga qo‘shilish bilan


26. Necha yoshdan boshlab o‘smir mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi?

*A) 11-12 yoshdan

B) 9-10 yoshdan

C) 11-14 yoshdan

D) 12-14 yoshdan

27. Birinchilardan bo‘lib shaxs ontogenetik rivojlanishini davrlashtirishda tarixiylik tamoyiliga amal qilish lozimligini ta’kidlagan olim kim?

*A) L.C.Vigotskiy

B) V.A. Suxomlinskiy

C) E. G‘oziyev

D) J. Piaje


28. Temperament tiplarini gormonal sistema bilan boshqariladigan tana xususiyatlariga to‘g’ridan-to‘g’ri bog‘liq deb klassifikatsiyalagan olim kim?

*A) E.Krechmer

B) I.P.Pavlov

C) U.Sheldon

D) Aristotel
29. O‘quv jarayonini psixologik ta’minlashga quyidagilar kiradi.

*A) O‘quvchining o‘quv faoliyati motivlarini aniqlash, o‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga ehtiyoj o‘yg‘otish va ularda ijobiy emotsional ruhiyat shart-sharoitlarini yaratish.

B) Bolaning biologik rivojlanishi va uning diqqatini rivojlantirish.

C) O‘quvchining tabiiy qobiliyatlariga ko‘proq bog‘liq bo‘lgan individual xususiyatlarni rivojlantirish.

D) O‘quvchining tevarak-atrofdagi voqea va xodisalarga munosabatida namoyon bo‘ladigan xususiyatini rivojlantirish.
30. Yosh davrlar quyidagi xususiyatlar orqali baholanadi: yosh davrlarining sifati, miqdori, ijtimoiy, ……….. va biologik xususiyatlar.

*A) Fiziologik

B) Psxologik

C) Miqdor



D) Ijtimoiy


Download 35.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling