Shaxs xususiyatlarini aniqlash uslubi (G. Ayzenk)
Download 91.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqAYZENK SLAYD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish bosqichlari
- Ayzenk testi savolnomasi
SHAXS XUSUSIYATLARINI ANIQLASH USLUBI (G.AYZENK)Shaxs xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan juda ko‘p usullar mavjud. Taqdim etilayotgan uslub esa o‘zining samaradorligi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur test natijalari odatda ilmiy psixologiyada qabul qilingan "Ekstraversiya", "Introversiya" (ichki), "Neyrotizm" (asabiy muvozanat) holatlarining shakllanganlik darajalariga qarab talqin qilinadi. Bu talqin esa har bir shaxs tarbiyasi va taraqqiyotiga baho berish uchun ma’lum darajada xulosalar qilish imkonini beradi. Tavsiya etilayotgan metodika asosida turli mualliflar (Kettell, Leongard, Ayzenk, Lichko) tomonidan bir xil maqsadga yo‘naltirilgan metodik ishlanma mahsuli bo‘lib, uning asosida shaxsning umumpsixologik sifatlarining namoyon etilishi yotadi. Mazkur metodika G.Ayzenkning 60 talik savolnomasi (o‘smirlik varianti)ga tayangan holda shaxsda “Ekstraversiya” va “Neyrotizm” holati namoyon etilishi va uning o‘zaro nisbati (ustunligi) natijalari asosida har bir o‘smir shaxsi uchun xarakterli bo‘lgan shartli variantlar belgilanadi va shu variantlarga mansub o‘smirlar xarakterini psixologik jihatdan muhofaza uchun olib borilishi lozim tavsyalar ko‘lami ishlab chiqiladi va taqdim etiladi. Ish bosqichlari: 1. Testini o‘tkazish. 2. Olingan ma’lumotlarni (“ha”, “yo‘q” tartibidagi) hisoblash. 3. Natijalarni maxsus jadvalga mos belgilash. 4. “Yolg‘on” shkalasiga tushgan ma’lumotlarni aniqlash (5 baldan yuqori bo‘lsa). 5. Tegishli xulosalar chiqarish. ko‘rsatma (amaliy psixolog uchun): Taqdim etilgan savolnomaning har bir savoliga sinaluvchi ko‘p o‘ylamasdan “ha” yoki “yo‘q” deb javob berishi kerak. Javob savolnoma varaqasining tegishli raqami oldiga qo‘yiladi. Ayzenk testi savolnomasi
46. Mehmondorchilikka tez-tez borib turishni yoqtirasizmi? 47. Yashashni xohlamagan vaqtlaringiz bo‘ladimi? 48. Oilangizdagilar bilan qo‘pol munosabatdagi vaqtlaringiz bo‘lganmi? 49. Atrofdagilar sizni quvnoq va xushchaqchaq odam deb hisoblashadimi? 50. Ish (o‘qish) vaqtida ko‘pincha xayolingiz bo‘linib turadimi? 51. Umumiy xursandchilikka qatnashishdan ko‘ra uni ortdan kuzatish turish sizga ma’qulmi? 52. Turli xil fikrlar mavjud bo‘lganligi tufayli odatda uxlashga qiynalasizmi? 53. Bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlarni amalga oshirishga o‘zingizga to‘liq ishonasizmi? 54. O‘zingizni tanho holatda his etgan holatda bo‘lasizmi? 55. Yangi odamlar bilan muloqotda birinchi bo‘lib gapirishga uyalasizmi? 56. Qilgan xatoyingizni tuzatib bo‘lmasligini payqab qolish hollari sizda tez-tez uchrab turadimi? 57. Sizga baqirib gapirishsa siz ham xuddi shu ohangda javob berasizmi? 58. Biror jiddiy sabab bo‘lmasa ham o‘zingizni quvnoq yoki g‘amgin his etgan vaqtlaringiz bo‘ladimi? 59. O‘z tengdoshlaringiz orasida haqiqiy dam olish qiyin deb hisoblaysizmi? 60. O‘ylamasdan bajargan biror-bir ishingiz uchun qayg‘urgan vaqtlaringiz tez-tez takrorlanib turadimi? Download 91.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling