Shaxsiy rivojlanish


Download 24.87 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi24.87 Kb.
#158350
Bog'liq
Shaxsiy rivojlanish 2-Yakuniy


SHAXSIY RIVOJLANISH

A bo’lim


Mantiqiy savollar

20-savol


Jamoa yetakchisi, uning xatti-harakati va yetakchilik sifatlari nimalardan iborat bo’lishi kerak?

JAVOBLAR


Qadim zamonlarda, odamlar ilk bor jamoalarga birlasha boshlaganlaridan so’ng, o’z jamoalariga sardorlarni tayinlashni ham boshlab berganlar. Chunki, har bir jamoani kimdir boshqarsagina, u haqiqiy ahil jamoaga aylanadi. O’sha zamonlarda jamoa sardori nafaqat jamoani boshqargan, balki urush paytlarda yetakchilikni o’z qo’liga olgan. Undan tashqari har bir qabilani o’z qonunlari bo’lgan. Bu qonunlarni esa o’sha qabilaning sardori ishlab chiqqan. Xullas, qadimgi davrlardan boshlab hayotimizda jamoa sardorlarining o’rni beqiyos.

Hozir ham bolalar maktabga qabul qilinganlaridan so’ng, 1-sinfligidayoq sinf sardori tayinlanadi. Keyinchalik kollejda ham, universitetda ham guruh sardorlari bo’ladi, va biror tashkilotga ishga kirganda u yerda ham boshliq bor. Xullas, hayotimizning qay jabhasiga qaramaylik har bir jamoaning o’z sardori bor. Jamoa sardori tayinlanayotganda uning hulq-atvori va sardorlik fazilatlari bor yoki yo’qligiga albatta e’tibor beriladi. Mening fikrimcha, jamoa sardori quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi darkor:

̶ Jamoa sardori birinchi navbatda yetakchilik fazilatlariga ega bo’lishi kerak. Ya’ni o’sha jamoani o’z ortidan ergashtira olishi, unga boshchilik qilishi sardorning eng birinchi galdagi vazifalaridandir.

̶ Yana jamoa sardori o’z jamoasi a’zolariga o’rnak ham bo’lishi zarur. Chunki, o’qishda ham, ishda ham, boshliqlarning bergan topshiriqlarini bajarishda ham jamoa sardori barchaga namuna bo’lishi darkor.

̶ Undan tashqari jamoa sardori qaror qabul qilish, jamoa a’zolarini boshqarish kabi fazilatlarga ham ega bo’lishi kerak. Ya’ni boshqaruvchanlik fazilati bo’lmagan insonni jamoa sardori qilish mumkin emas.

̶ Yana jamoa sardori o’z fikrini yetkazib bera olish qobiliyatiga ham ega bo’lishi kerak. Bu narsa mening fikrimcha, jamoa sardoriga eng kerakli bo’lgan fazilat. Sababi, jamoa sardori o’z fikrini boshqalarga yetkazib bera olsagina, u o’sha jamoani boshqara oladi.

̶ Jamoa sardori yana bilimli, aqlli ham bo’lishi zarur. Chunki, faqatgina bilimli odamgina boshqalarni boshqarishi mumkin.

̶ Kuchli bo’lish. Bu yerda kuchli bo’lish deb bilakdagi kuchni emas, balki aqldagi kuchni, kuchli bosim ostida qaror qabul qilish kerak bo’lgan paytdagi iroda va kuchni, jamoa qiyin ahvolga tushib qolgan paytda uni o’nglash, o’z holiga qaytarishda ketadigan matonat, sabr-toqat kuchini nazarda tutmoqdamiz.

̶ Adolatli bo’lish. Bu fazilat jamoa sardoriga nima uchun kerak? Adolatli bo’lish jamoa sardoriga guruh a’zolariga bir xilda muomala qilish, guruh a’zolari kimnidir chetga chiqargan paytlarda, hammaning teng huquqliligini barchaga uqtirgan holda uni jamoaga qaytarishda yordam beradi.

Agarda, jamoa sardori yuqoridagi fazilatlarga ega bo’lsa va yuqoridagi maslahatlarga amal qilsa, o’ylaymizki, u jamoa ham, jamoa sardori ham eng namunali jamoaga aylana olishadi.


Mantiqiy savollar

72-savol

Kuchli tazyiq yoxud bosim ostida qaror qabul qilishingizga to’g’ri kelganida, vaziyatdan qanday chiqqan edingiz?

JAVOBLAR

Kuchli tazyiq yoki bosim insonga juda qattiq ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayniqsa, qaror qabul qilishga to’g’ri kelib qolgan vaziyatda. Sababi, bunday vaziyatda ko’pchilik insonlar jahl ustida noto’g’ri qaror qabul qilib qo’yishadi va bundan bir umr afsuslanib yoki azoblanib o’tishadi. Xalqimizda bekorga “Jahl kelganda aql ketadi” deb aytilmaydi. Bir doshinmanddan insonlar orasida kim kuchli deb so’rashganida, bilagida kuchi ko’p odam emas, balki jahli chiqqanida uni bosa olgan odam kuchliroq, deb javob bergan ekan. Darhaqiqat jahli chiqqanda yoki kuchli tazyiq ostida hech kimga zarar keltirmasdan qaror qabul qila olish barchaning ham qo’lidan kelavermaydi.

Misol uchun men bir necha bor bunday vaziyatga tushganman. Maktabning 5-sinfini tamomlagandan so’ng qo’shni tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabga ko’chib o’tdim. Dastlab u yerda bilim o’zlashtirishim ancha oshdi. Lekin, 9-sinfga kelib baholarimda ham, bilim o’zlashtirishimda ham ancha pasayish kuzatildi. Bunday holatda men uchun eng yaxshi qaror o’z maktabimga yana qaytib borish edi. Undan tashqari yana o’zimning sinfdoshlarim bilan o’qish xohishi ham bor edi. Lekin, bunga oilamdagilar, ayniqsa ota-onam qattiq qarshilik ko’rsatishdi. Sababi, men o’sha ixtisoslashtirilgan maktabda o’qisam fanlarni o’zlashtirishim oson bo’lishini aytishdi. Men ularga u maktabda yaxshi o’qiy olmayotganimni, o’zimning maktabimga qaytib kelsam yana o’zimning eski do’stlarim bilan bo’lishimni, yangi sharoit tufayli yana yaxshi o’qiy olishimni tushuntirmoqchi bo’ldim. Ammo, ular tushunishni ham xohlashmadi. Bunday bosim ostida qaror qabul qilish judayam og’ir edi. `Bir tarafda ota-onam, ularning rayiga qarab o’qishimni o’sha maktabda davom ettiray desam, keyinchalik o’qishimga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin edi. O’zimning maktabimga qaytib boray desam, uydagilar mendan ranjishayotgan edi. Keyin baribir men o’z maktabimga qaytib bordim. Ota-onam ham bunga ko’nishdi. Men esa o’qishimni yaxshiladim va u yerni bitirgach Akademik litseyga qabul qilindim. Va shu bilan uydagilarga qarorim to’g’ri ekanligini isbotladim.

Yana shunday vaziyatga Akademik litseyni tamomlagach, oliygohlarga hujjat topshirayotgan paytda tushganman. Aslida yoshligimdan Yuridik universitetda o’qishni orzu qilganman. Akademik litseyda ham darsliklardan tashqari, qo’shimcha tayyorlov kurslariga borib, bilimimni ancha mustahkamladim. Qabul jarayonlari boshlangach esa ikkilanib qoldim. Sababi, bu oliygohga kira olamanmi, yo’qmi deb qo’rqdim. Qo’rquvimga yana bir sabab o’tgan yili prezidentimiz qarori bilan bir yo’la 3 ta oliygohga imtihon topshirish yo’lga qo’yildi. Ammo, fanlar to’g’ri kelmasligi sababli Yuridik universitetiga hujjat topshiruvchi abituriyentlar faqatgina o’sha oliygohgagina hujjat topshirishlari mumkin edi. Bu esa qo’rquvimni ikki hissa oshirar edi. Birga tayyorlanayotgan tanishlarimdan maslahat so’raganimda esa, “Axir bunday imkoniyatni qo’ldan chiqarib bo’lmaydi, biz bir vaqtning o’zida 3 ta oliygohga hujjat topshirishni bir umr orzu qilganmiz, nima qilasan o’zingni qiynab, u oliygohda o’qimasang ham boshqa yaxshi oliygohlar bor-ku”, “Ey, aslida birinchi yiliyoq o’qishga kirishga yetmaydi, u universitetga o’ziga ishongan o’quvchilar topshirishadi, sen baribir u yerga kira olmaysan” degan shu va shu kabi bir necha tanbehlar eshitdim. Buni haqiqiy azob deyish mumkin. Nima qilishni bilmasdim. Bir tarafda orzularim, bir tarafda falonchini o’g’li o’qishga kira olmabdi degan yoqimsiz holat. Men esa uzoq o’ylanishlardan so’ng baribir Yuridik universitetga hujjat topshirishga qaror qildim. Va qa’tiyatligim, o’z maqsadlarim yo’lida qanchadan-qancha to’siqlarni yengib o’tganim tufayli mukofotlandim. Mobil telefonimga “siz Yuridik universitetga talabalikka qabul qilindingiz” degan xabarni o’qigandagi quvonchimni so’z bilan ta’riflashga to’g’risi ojizman.

To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun uni o‘ylashga juda ko‘p vaqt sarf etish shart emas, deb hisoblaydi taym-menejment bo‘yicha mutaxassis Elizabet Greys Sanders. U tavsiya etadigan usullar quyidagilardan iborat.

Dastlab o‘zingizni muvaffaqiyatli qaror qabul qilishga tayyorlashingiz kerak. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat.


O‘ylash uchun vaqt ajrating

Tabiiyki, vaqtingiz yo‘q. Agar vaqt yetishmasligi bosim o‘tkazayotgan bo‘lsa, kundalik vazifalarni rejalashtirishni butunlay ko‘rib chiqish kerak. Qanchalik g‘alati bo‘lsa ham tezkor qaror qabul qilish uchun ham vaqt ajratish lozim. Qaror qabul qilish – odatdagidan ko‘proq diqqat talab etadigan vazifa.

Kichik yechimlarni o‘ylash uchun sizga 30 daqiqa yoki bir soat kifoya. Jiddiyroqlari uchun esa – ikki yoki uch hafta davomida bir necha soat talab etiladi. Qaror qabul qilish uchun qancha vaqt ajratmang, uni kalendarda belgilash va tanlangan jadvalga amal qilish muhim.

Qanday qaror qabul qilish kerakligini aniqlang

Qaror qabul qilishdan avval amalga oshirayotgan tanlovingiz xususiyatiga aniqlik kiritish kerak. Masalan, agar ish joyini o‘zgartirish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bunday qaror nafaqat ishdagi vazifalaringiz, balki ofisga yetib borish uchun yo‘l, maosh, hamkasblar va boshqalarga ta'sir qiladi. Qaroringiz ta'sir qiladigan asosiy omillarni aniqlab, u yoki bu tanlov sizni haqiqatan ham xursand qilishi yoki aksi ekanini tezda anglaysiz. Balki yangi ish joyi haqidagi taklif jozibalidir, biroq ofisga yetib olish uchun har kuni ikki soat ketishiga chiday olmaysiz.


Barcha variantlarni o‘ylab ko‘ring

Tanlovni “ha” va “yo‘q” so‘zlari bilangina cheklash kerak emas. Qaror qabul qilishdan avval ehtimoldagi barcha variantlarni o‘ylab ko‘ring. Balki darhol ko‘zga tashlanmagan kelishuvlar yoki muqobil jihatlarni toparsiz. Shuningdek, qaror qabul qilish kerak yoki zarur emasligi to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Ba'zida hech nimaga aralashmay, oqim bo‘ylab suzgan ma'qul.

Bular qaror qabul qilishning asosiy tamoyillari edi. Endi tanlovni tezroq amalga oshirishga yordam beradigan usullarga o‘tamiz. Ulardan har biri turli vaziyatlar uchun mos keladi.

O‘z tamoyillaringizga ishoning

Agar hayotda rioya etishni istaydigan tamoyillaringiz mavjud bo‘lsa, murakkab qarorlarni qabul qilishingiz oson bo‘ladi. Masalan, vaqtning muayyan miqdorini oilangiz bilan o‘tkazishni istaysiz yoki qarzdorlikning oshirib yuborilmaydigan asosiy darajasini belgilab olgansiz. Xizmat safari, yetib olish uzoq bo‘lgan ofisga ishga joylashish yoki yirik xarid haqida qaror qabul qilish kerak bo‘lsa, u yoki bu qaror tamoyillaringizga zid bo‘lishini darhol tushunasiz.


Yechim variantlarini kelishib oling

Ba'zi odamlarga barcha yechimlarini eshitish yordam beradi. Agar siz ular toifasidan bo‘lsangiz, muhokamadan so‘ng tezroq qaror qabul qila olasiz. Bu haqida muhokama qilayotgan odamlarga bildirish shart emas. Bor-yo‘g‘i sizni diqqat bilan tinglaydigan odam kerak. Suhbatingizning so‘ngida suhbatdosh hech nima demasa ham o‘zingiz qaror qabul qilasiz.



Fikrni tashqaridan eshitib ko‘ring

Ba'zida esa kimningdir maslahati kerak bo‘ladi. Agar hech qachon bajarmagan ishni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, xuddi shunday vaziyatda bo‘lgan odamdan maslahat so‘rang. Biroq ehtiyot bo‘ling – maslahatga ko‘r-ko‘rona amal qilish ham yaramaydi. O‘z-o‘zidan ayon tanlov bo‘lib ko‘rinsa-da, sizga mos kelmasligi mumkin. Agar sizga maslahat berayotgan fikrlari ma'qul bo‘lmasa, rozi bo‘lish va chidash kerak emas. Nima bo‘lganida ham suhbat sizni yanada to‘g‘ri qaror sari yetaklashi mumkin.


O‘z qaroringizni sinab ko‘ring

Ba'zi holatlarda qaror variantini qabul qilishdan oldin sinab ko‘rish mumkin. Masalan, agar ish uchun sizga boshqa shaharga ko‘chishni taklif etishayotgan bo‘lishsa, dastlab u yerga borib ko‘rish va vaziyatni baholash yoki bo‘lajak hamkasblar bilan suhbatlashish lozim. Bunday daqiqalarda yangi tajribani boshdan o‘tkazasiz va tanangiz o‘zini notanish muhitda qay darajada qulay his etayotganini bildiradi.



O‘zingizga quloq soling

Ba'zida qaror qabul qilish jarayoni qiyin kechadi, miya bir variantni ratsional hisoblasa, yurak boshqasini to‘g‘ri sanaydi. Bunday holatda siz bildirayotgan umidlar haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Masalan, ustozingizdan maslahat so‘raganingizda u nima qilishingizni aytishiga umid qilardingiz? Biz eng ratsional mavjudot emasmiz. Ba'zida shaxsiy umidlarga quloq solish o‘rinli, chunki ayrim vaqtda ular biz qaysi qarorni istayotganimizni aytadi.

Hayot murakkab tanlovlarga to‘la, biroq ular vaqtingizning ko‘p qismini olishi shart emas. Keyinchalik afsuslanmaslik uchun qarorlarni tezda, biroq  o‘ylab qabul qilishga o‘rganing.
B bo’lim

KAZUSLAR


40-kazus

Texnologiyalar takomillashib bormoqda. Sun’iy intellekt 2018-yilda o’tkazilgan Stenford sinovlarida o’qish va tushunish bo’yicha ilk marotaba insonni ortda qoldirdi. Biroq, rivojlanib borayotgan robotexnika imkoniyatlari tanqidiy fikrlaydigan insonlarga bo’lgan ehtiyojni faqat oshirmoqda.

TOPSHIRIQ: Tanqidiy fikrlash qanday ko’nikma ekanini izohlash asosida insonni sun’iy intellektdan farqlantirib turuvchi eng muhim jihatlarni yoritib bering.

JAVOBLAR


Bugun biz juda ko’p ma’lumotlar bilan ishlashimizga to’g’ri keladi. Turli ma’lumotlarni qabul qilarkanmiz, ularning qay biri to’g’ri-yu, qaysinisi noto’g’ri, asoslanmagan va o’ylab topilganligini ajratish qiyin albatta. Bunda bizga tanqidiy fikrlash (critical thinking) yordam beradi.

2002-yil AQShda o’tkazilgan XXI asr malakalari va ko’nikmalari aniqlash bo’yicha hamkorlikda “4 Ss” konsepsiyasi qabul qilingan. Konsepsiya boshidayoq tanqidiy fiklash (Critical thinking) tilga olingan (keyingilari Creativity, Communication, Collaboration). AQSh ta’lim tizimida esa allaqachon ayni shu ko’nikmalarni o’rgatish asosiy o’ringa chiqqan.

Tanqidiy fikrlash ̶ bu hamma narsani tanqid qilish emas. Bu bizga kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, uni shubxa ostiga olib asoslarini tekshirish va vaziyatni mustaqil baholab qaror chiqarishdir. Xo’sh, tanqidiy fikrlashni qanday amalga oshirish mumkin? Quyida bu borada yangiliklarni tahlil qilish orqali javob beramiz:

Bu xabardan kimga foydaliroq ekanligini o’ylang. Yangilikni o’qidingizmi o’zingizga savollar bering. Xo’sh, bu yangilik nega bosilib chiqdi? Eng avvalo bu xabardan kimga, qaysi tashkilot yo xukumatga foydaliroq? Shu xabar motivini aniqlash lozim.

Har doim manbani tekshiring. Internetda bu anchayin oson manbaga ko’pincha link beriladi, ustiga bosib xabar qayerdan olinganligini ko’rish mumkin. Boshqa holda o’zingiz izlaning va tekshirib qaysi saytdan olingan, saytdagi ma’lumotlar, auditoriyasi, sifatini ko’ring. Hozirda ko’plab olamshumul yangiliklar shunchaki oddiy, “sariq matbuot” bo’lgan manbalardan olib boyitilgan bo’lib chiqadi. Masalan, qaysidir olim tilga olingan bo’lsa, o’sha olim haqida internetdan ma’lumotlar izlab ko’ring.

Boshqalar bilan shu yangilikni munozara qiling. Yangilikni o’zini emas, siz undan olgan xulosa bilan fikringizni bildiring, post yozing. Boshqalarning e’tirozi va argumentlarini tinglab solishtirib ko’ring. Siz o’z fikringizni va ular o’zlarinikini asoslashini talab qiling, shunda haqiqat yuzaga chiqadi. Siz ham xato fikrlayotgan yo noto’g’ri xulosa qilgan bo’lishingiz mumkinligini unutmang!

Tanqidiy fikrlashni oshirishga nimalar yordam beradi?

Ko’proq kitoblar o’qish. O’qiganda ham maishiy-badiiy kitoblar emas, balki o’z g’oyasiga ega sifatli adabiyotlar o’qing. Hech bo’lmasa klassik adabiyotlarni.

Suhbatlashishda, munozarada ko’proq savol berish. Agar suhbatdosh menimcha, balki, men shunday o’ylaymanki qabilida gaplar ishlatsa bilingki uning argumentlari endi ishonchsiz yoki yolg’on bo’lishi mumkin. Demak, savollar berishning ayni vaqti. Aniqlashtiruvchi savollar berib, asosli javoblarni talab qiling.

Intuitsiyaga ishonib ko’ring. Ba’zan turli fikrlar orasida chuvalashib qolganda ichki ovozga ishonib ish qiling. Chunki, ichki ovoz ham asli xayolingizdagi fikrlarning mantiqiy davomi, xulosasi bo’ladi.

Tanqidiy fikrlash mantiqiy fikrlashni ham talab etadi. Shunday ekan turli mantiqiy o’yinlar o’ynang yoki shunday ko’rsatuvlarni tomosha qiling.

Umuman olganda fikrlashdan to’xtamang va qo’rqmang, sizning fikringiz boshqalarnikidan farq qilishi, bu siz nohaqligingizni bildirmaydi!

Sun'iy intellekt va inson zakovati
  Ta'lim sohasidagi razvedka yangi vaziyatlarni tushunish, ular bilan ishlash va moslashish qobiliyati sifatida belgilanadi. Psixologiya haqida gap ketganda, u bilimlarni atrof-muhitni o'zgartirish uchun qo'llash qobiliyati sifatida belgilanadi. Umuman olganda, inson zakovati bu odamlarning atrof-muhitga moslashish uchun bir nechta bilim jarayonlarini birlashtirish qobiliyatidir. Sun'iy intellekt - bu odamlarni taqlid qila oladigan va ijro eta oladigan rivojlanayotgan mashinalarga bag'ishlangan soha.

Inson zakovati nima?

Inson zakovati deganda o'tmish tajribasidan o'rganish, yangi vaziyatlarga moslashish, mavhum g'oyalar bilan ishlash va olingan bilimlardan foydalangan holda o'z muhitini o'zgartirish qobiliyatlaridan iborat ong sifati tushuniladi. Tergovchilar hali ham (bu yillar davomida) razvedkaning ma'nosini topish uchun chiqishmoqda (chunki ular aqlning aniq ma'nosini topa olmagan deb o'ylashadi), chunki so'nggi paytlarda aqlning psixologik talqini atrof-muhitga moslashish qobiliyatiga o'tdi. Masalan, notanish simptomlari bo'lgan bemorni davolashni o'rganayotgan shifokor yoki rasmni o'z taassurotini o'zgartirish uchun rassomni juda yaxshi tushunadi. Samarali moslashish idrokni, o'rganishni, xotirani, mantiqiy fikrlashni va muammolarni hal qilishni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, aql, ayniqsa, aqliy jarayon emas; Bu atrof-muhitga samarali moslashishga qaratilgan bu jarayonlarning yig'indisi. Shunday qilib, shifokorning misoliga kelsak, u kasallik haqida materialni ko'rish, materialning ma'nosini o'rganish, eng muhim dalillarni yodlab olish va yangi alomatlarni tushunish uchun asoslash orqali moslashishi kerak. Shunday qilib, umuman olganda, aql shunchaki qobiliyat emas, balki qobiliyatlarning kombinatsiyasi deb hisoblanadi.

Sun'iy intellekt nima?

Sun'iy intellekt (AI) - bu kompyuterni taqlid qila oladigan va xuddi shu vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan mashinalarni ishlab chiqishga bag'ishlangan kompyuter ilmi. AI tadqiqotchilari vaqtni inson ongiga mumkin bo'lgan alternativani izlashga sarflashadi. 50 yil oldin paydo bo'lganidan keyin kompyuterlarning jadal rivojlanishi tadqiqotchilarga odamni taqlid qilishda katta qadamlar qo'yishga yordam berdi. Nutqni aniqlash, shaxmat, stol tennisi va musiqa o'ynaydigan robotlar kabi zamonaviy amaliyotlar ushbu tadqiqotchilarning orzularini ro'yobga chiqardi. Ammo AI falsafasiga ko'ra, AI ikki asosiy turga bo'linadi, ya'ni zaif AI va kuchli AI. Zaif AI - bu ba'zi qoidalar asosida oldindan rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirishga qodir bo'lgan va ma'lum maqsadga erishish uchun ulardan foydalanadigan texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan fikrlash. Kuchli AI bu ma'lum bir sohada insonning xatti-harakatlarini taqlid qilish bilan bir qatorda, odamlarga o'xshash fikrlash va ishlay oladigan texnologiyalarni rivojlantirmoqda.

Sun'iy intellekt va inson intellektining farqi nimada?

Inson zakovati atrof-muhitga moslashish atrofida bir nechta kognitiv jarayonlarning kombinatsiyasi yordamida aylanadi. Sun'iy aqlning sohasi insonning xatti-harakatlarini taqlid qiladigan mashinalarni loyihalashga qaratilgan. Biroq, AI tadqiqotchilari Kuchsiz AIni emas, zaif AIni amalga oshirishga qadar borishlari mumkin. Aslida, ba'zilarning fikricha, Kuchli AIni inson miyasi va kompyuter o'rtasidagi farqlar tufayli hech qachon amalga oshirish mumkin emas. Shunday qilib, hozirgi paytda, odamning xatti-harakatlarini taqlid qilish qobiliyati sun'iy aql deb hisoblanadi.

XULOSA


Agarda inson o’z aqlidan ham, yangi chiqayotgan va takomillashib borayotgan texnikalardan ham 100% darajada foydalansa va hayotga tatbiq qilsa, o’ylaymanki, u haqiqiy “Rivojlangan shaxs” bo’lib yetishadi.
Download 24.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling