Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi. Reja


Download 35.07 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi35.07 Kb.
#1183860
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini ang




Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi.

Reja:
1. O’z-o’zini baholash darajasi.
2. Kasbiy o’zligni anglash.
3. Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi

O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu nosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir. O’z-o’ziga baho nafaqat xaqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi, balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin.


Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga holis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o’z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o’sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.

Shaxs shakllanishi odatda uning o’zo’zini anglashidan boshlanadi. Shaxs o’z mohiyatiga kura ijtimoiy hisoblangan munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan uzaro birgalikda harakat kilgan va


munosabatda bo’lgan xolda uzini atrof muhitdan, boshqa odamlardan alohida ekanligini anglay boshlab, uzining jismoniy va psixologik xolati, harakatlari va jarayonlarining subyekti sifatida his etadi. Uzi uchun «boshkalardan» farqli va ayni chogda ular bilan bog’liq bo’lgan «Men» sifatida namoyon bo’ladi. 2–3 yoshli bolalardayok «Men» siymosi shakllana boshlaydi. ( «Seniki emas – meniki», «menga besh» va xokazo (I. Kon).

Shaxs shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, uni V. M. Karimova ta’kidlaganidek ijtimoiylashuv jarayoni sifatida qarash maqsadga muvofiq. Bola tug’ilgan onidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Chunki agar insonning ontogenetik


taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, xali gapirmay turib, odam bolasi o’ziga o’hshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy
muloqotning barcha ko’rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizningpsixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializasiya deb yuritiladi.
Demak, sosializasiya yoki ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy
tajribani egallash va hayot — faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv — har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, ko’tishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi va kerak bo’lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayonidir. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko’rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o’zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. (V. M. Karimova)
Psixologiyada shaxs shaklanishi va qanday inson bo’lib kamol topishiga quyidagi bir biri bilan o’zaro bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi: irsiyat,muhit(makro va mikromuhit), ta’lim tarbiya, shaxsning o’zining intilishi
O’z-o’zini baxolashda ballar 45 balldan 74 ball (“o’rtacha” vа “yuqori”) gacha bo’lsa, bu real (haqqoniy) baholanishni bildiradi.
75 dan 100 ballgacha ko’rsatkich esa o’z-o’ziga juda yuqori baho berganini bildirib, bunda shaxs shakllanishida ayrim og’ishlar borligini ko’rsatadi. O’-o’ziga ortiqcha baho berish shaxsning yetuk emasligini, o’z faoliyatini to’g’ri baholashni va o’zini boshqalar bilan solishtirishni bilmasligini ko’rsatadi.
Sinaluvchining o’zini bunday baholashi shaxs shakllanishi aytarli darajada buzilganligi – “tadqiqotga yopiqligini”, o’zini xatolari, omadsizliklari, atrofdagilarning tanbeh va baholariga beta’sirligini va o’ziga olmasligini ko’rsatadi.
Natija 45 balldan kam bo’lsa u o’ziga past baho berishini o’zini qadrlamasligini, shaxs rivojlanishida birmuncha salbiyligini bildiradi. Bunday o’quvchilar “Xavfli guruh” ni tashkil etadilar, bundaylar hozirgi jamiyatda kam uchraydi. O’ziga past baho berish ortida, umuman, ikki hil psixologik ko’rinish bo’lishi mumkin: o’ziga kuchli ishonchsizlik yoki “ximoyalanish”, bunda o’ziga “men hech narsani eplolmayman” deb baho berish, hech narsaga urinmaslikka, o’zgarmaslikka olib keladi.

Download 35.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling