Sherali jo'rayev


Download 0.5 Mb.
bet1/41
Sana05.08.2022
Hajmi0.5 Mb.
#790944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
4d8a3c1
LOGISTIKA, @Ziyolilarga 10-sinf Informatika NI, ijtimoiy oila pedagogikasi (1), Matematik mantiq elementlari, 8-sinf-ona-tili-yillik, LABARATORIYA ISHI, Мустақил иш мавзулари, Мустақил иш мавзулари, Azotli o'g'itlar o'simliklar uchun xususiyatlar, guruhlar, foyda, o'g'itlas, 2 5465420547871475526, Lesson 2 answer, домашнее задание к уроку 14, домашнее задание к 20 уроку, домашнее задание, 11-murozhzhat-ilova

SHERALI JO'RAYEV


Odam avlodlari, qaysi millat, qaysi dinda bo`lsangiz ham qo`shiqlarim qalbingizga Muhabbat nuri bo`lib kirsin!


BIR-BIRLARINGIZNI SEVING! Bizlar birodarlarmiz, SIZLARNI SEVAMAN!


Sherali Jo`rayev

• Oshiqlar sardori
• Dilorom
• Sarbon
• Yoshligimiz
• Karvon
• Do`st bo`lsang
• Begunoh ohu
• Sohibqironim
• Oshiqma oy
• Umr o`tmoqda
• Ko`zga ne bo`ldi
• Kerma manmanlik…
• Atirgulim
• Birinchi muhabbatim
• Tushimda ko`rsam
• Sanamjon
Gulbadan
• Ko`rmisham
• Qaysi uyning shamidur
• O`ltirur
• Diydalar
• Ey, do`st
• Emas
• Bobodehqon
• Avvalgilarga o’xshamas
• Topilur
• Qoshi kamonim
• Muqaddas ayol
• Ajab hangomlar ko`rdim
• Andijon tomonlarda
• Yor topolmaysan
• Ishq istilosi
• Bir gumon
• Ul go`zal yuz
• Go`zal
• Ey, gul
• Ona turar
• Onaginam
Oqqayin
• Yaralgan
• Nozik
• Asta-asta
• O`zbegim
• Qaro ko`zim
• Kelgay
• Oshiq bo`ldim
• Achchiq haqiqat
• Bilmassan
• Kelmadi
• Shirindur
• Qoshi kamon
• El bilsa bo`ldi
• Hay-hay sanam
• Tashvishi insondadur
• Do`sti yoring bor bo`lsa
• Dilbar qo`lida sozi
• Chimildiq
• Oppog`oyim
• Davron to`xtamas
• Egasi bor yurt
• O`zbekiston
• Dunyoni qizg`anma
• Ko`zlarga boqdim
• Olis yo`llar
• San’atdagi imkonimiz
• Dilbar
• Tark aylama
• To`kilmish
• Meni kutgil
• Turnalar
• Nargiz
• Olloh-Olloh
• Ey, dil
• Jon qizlar
• Keldi bahor
• Ko‘ring • Nasibam
• Toshkanlik qizcha
• Oshiq bo‘ling
• O‘ynab-o‘ynab
• Qarashlarga
• Qayga borursan
Sharshara
• Andajonim qoldi manim
• Bahor aldamas
• Bahor ayyomi
• El bilsa bo‘ldi
• Yetolmay qomatim
• Ey, jon
• Fig’onkim
• Gar kaklik oldirsa
• Inson o‘zing
• Aqling bo’lsa
• Arslon chorlagandi
• Bekor
• Beri kel
• Bir gumon
• Eshigingdan o’tarman
• Gul ichinda uchratdim
• Majnuntol
• Men borman
• Muhtoj qilmagin
Nasihat
• Ohujon
• Ona Turkiston
• Onani hurmat qiling
• O’rtada begona yo’q
• O’zbekiston
• Qayda ko’rganman seni
• Siz uni odam demang
• Uch balodan asrasin
• Ul go’zal yuz
• Yodimdasan
::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::::
OSHIQLAR SARDORI
Rasul HAMZATOV she’ri

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,


Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.

Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan,


Istagim totmoqlik labdagi boldan,
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
Bilgilki eng avval kelgani menman.

Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,


Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi menman.

Keksalik degan so‘z joy olsa dildan,


Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan
Bilgilki eng avval gul tutgan menman.

Falak falakligin qilsa nogahon,


Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon
Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman.

Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa,


Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa
Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman.

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,


Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.
DILOROM

Dilimda qolmadi tinchlik va orom,


Talab ketdi o‘shal ma’shuqi Bahrom.
Salom yetkur nigorimga sabo, tez
Borib anga degilki, ey Dilorom.

Ey Dilorom, ey Dilorom,


Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Qachon sendan yiroq bo‘ldim chunon-a,


Na xush qoldi, na qoldi aqlu orom,
Yugurdim har taraf men misli Majnun
Dilimda Layli nomi subhidam, shom.

Ey Dilorom, ey Dilorom,


Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Yugurdim har taraf manzilma manzil,


Talab aylab sani ey chehra gul qosh,
Na sendan bir xabar topdim, na payg‘on
Na sendan menga sog‘ar bor, na paymon.

Ey Dilorom, ey Dilorom,


Dilimda qolmadi tinchlik va orom.

Gajak zulfingga bo‘ldim misli oftob


To‘lib poyingga zulfing tashlamish dor,
Fazal bitmakni qo‘y endi Nizomiy
Tushib xilvatga cho‘k sen zori nochor.

Ey Dilorom, ey Dilorom,


Dilimda qolmadi tinchlik va orom.
SARBON

Ey sarbon, ohista yur,


Oromi jonim boradur
Tandan dilu jonim olib,
Ul dilistonim boradur.
Qolurmu men olis bo‘lib,
Bechora-yu ma’yus bo‘lib,
Qalbim firoq tig‘i tilib,
To ustixonim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,


Oromi jonim boradur.

Sarkash nigorimdan judo,


Ayshu qarorim bebaqo,
Manqalda otashdek qaro
O‘t birla qonim boradur.

Cheksamda zulmni dodini,


Ham va’dalar barbodini,
Ko‘ksumda tutgum yodini
Toki zabonim boradur.
Ey sarbon, ohista yur,
Oromi jonim boradur.

To‘xtat biroz, ey, sarbon,


Karvonni qilma tez chunon,
Sarviravon ishqida jon
Ruhi ravonim boradur.

Qayt, ko‘zlarimga qo‘y oyoq,


Ey, dil piri, ketma yiroq,
Ey nozanin, ko‘kka bu choq
Ohu fig‘onim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,


Oromi jonim boradur.

Qilma fig‘on, ey Sa’diyo,


Hech arzimas ul bevafo,
Toqatni qo‘ymas bu jafo
Aqlu imonim boradur.

Ey sarbon, ohista yur,


Oromijonim boradur.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling