Shermatova Hilola Mirzayevna


Download 1.95 Mb.
Sana19.04.2022
Hajmi1.95 Mb.
#642935
Bog'liq
Google docs
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar va uning eng muhim elementi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ishlab chiqarishda buxg, 4-laboratoriya, appterms, 2 5399887954048980234, 2 5399887954048980234, Titul Hujjet, aids and materials implementing, ETAN 632 0215, INTERNET, Mavzu Kognitiv psixologiya, funksional tenglamalar, 2 5192902257305196268, 7-mavzu

Google va Microsoft vositalari va xizmatlaridan foydalgan holda o’quv jarayoni va axborot ta’lim maydonini loyihalash.

Shermatova Hilola Mirzayevna


Bu mavzuda biz Web 2 texnologiyalaridan foydalangan holda о‘z ishimizni osonlashtirish imkoniyatini beruvchi ajoyib usul bilan tanishib chiqamiz
Google appsning asosiy asbob-uskunalari
Google asbob-uskunalari va servislaridan foydalanish о‘quv jarayonini va axborot ta’lim maydonini loyihalashtirish imkoniyatini beradi. Veb muhitida Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari), Google taqvim (kalendar), Google formalari (sо‘rovnomalar yaratish), Google Hangouts (Messenger), Google Blogger (saytlar yaratish) orqali о‘quv jarayonini tashkillashtirish, boshqarish о‘quv jarayoni sifatini oshirishga sabab bо‘ladi. 
Hamkorlikda ishlash imkoniyatini beruvchi uskunalar majmuasi Google docs - Google Hujjatlar (Google jadval, Google Forma, Google hujjat, Google taqdimot, Google rasm) deb umumiy nomlanib, uning ichiga matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari kiritish mumkin. Bir vaqtda bir hujjat ustida bir necha foydalanuvchi ishlashi mumkin bо‘ladi.
Foydalanuvchilar dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan internet tarmog‘i orqali ularga taqdim etilgan hujjat ustida ishlashlari mumkin bо‘ladi.
Google taqvim (kalendar) vaqtingizni rejalashtirishda, о‘quv dars jadvalini tuzishda va talabalar bilan qayta topshirish vaqtlari, majlis va konferensiyalar, tug‘ilgan kunlarni eslatib turish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Google taqvim sizning mobil telefoningiz bilan ham integratsiyalashi mumkin. Google taqvimni bir о‘zingiz yoki guruh bо‘lib shaklantirishingiz mumkin bo'ladi.
Google blogger yordamida о‘zingizning shaxsiy saytingizni (blogingizni) yaratishingiz mumkin. Masalan Musiqa о‘qituvchisining shaxsiy sayti. Bu yaratilgan saytga о‘zingizning ilmiy-uslubiy ishlaringizni joylashtirishingiz, talabalarga о‘zingizning faningiz bо‘yicha о‘quv majmualarni maxsus bо‘lim ochib yuklab qо‘yishingiz mumkin. Fan bо‘yicha bо‘layotgan ilmiy yangiliklarni, o’zingizning yangi repertuarlaringizni berib borishingiz, sо‘rovnomalar o’tkazishingiz mumkin bо‘ladi.
Google Hangouts – kommunikatsiya elementi bо‘lib, video, audio va kichik xabarlar yuborish imkoniyatini beruvchi servis hisoblanadi. Google Hangouts orqali siz vebinarlar tashkillashtirishingiz mumkin.
Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling