Shonazarov Umid Xalq pedagogikasi Keys topshirig’i


Download 285.58 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi285.58 Kb.
#142153
Bog'liq
6-Topshiriq


Keys topshirig’i

O’zbek xalqining milliy qo’shiqchilik va raqs san’ati uzoq tarixga ega. Ularning har birida xalqimizning o’ziga xos xususiyatlarini o’zida jamlagan. Har bir qo’shiq va raqsda ma’lum mazmun-mohiyat bilan birga ma’lum ramziy ifodalar ham mavjudligi e’tiborga molik. Milliy musiqachiligimizda shunday qo’shiq mavjudki, uning sho’x ohangi insonni beixtiyor raqsga chorlaydi. Bu qo’shiq butun dunyo madaniyatining nodir namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatidan o’rin olgan. U yurtimizning ma’lum hududiga oid bo’lsa-da, biroq har bir o’zbekka manzur hisoblanadi. Bu qo’shiq yangraganda ijro etiladigan raqsda ham ma’lum qoidalarga amal qilinishi talab etiladi. Masalan, raqs jarayonida yigit va qiz musiqaga hamohang o’ynasa-da, ularning hatto qo’llari bir-biriga tegmasligi lozim.



Javoblar

Lazgi — Xorazm xalq kuyi va raqsi. Kuy kichik muqaddima va 3 qismdan iborat. 6/8 oʻlchovli gul ufori usulida ijro etiladi. Raqs sekin va oddiy harakatlar bilan boshlanadi — oldin barmoqlar, bilaklar, yelka va keyin butun tana jonlana boshlaydi. Soʻngra birdaniga qoʻl, oyoq, tana ishtirok etadigan murakkab harakatlar ulanib ketadi. Kuyning bir qismi takrorlangan holda raqs harakatlari almashib boradi. Kuy harakteri oʻzgarishi va surʼat tezlashishi bilan raqs tobora qizgʻinlasha borib, keskin holda tamom boʻladi. Erkaklar (jangovar va qahramonlik ruhida) va ayollar (lirik, hazilomuz) raqslari farqlanadi. Hozirgi davrda Xorazmda lazgi raqsining 9 turi mavjud boʻlib, ular "Qayroq lazgisi", "Dutor lazgisi", "Surnay lazgisi" va h.k. Bulardan tashqari, XX asr oʻrtalaridan boshlab soʻz bilan ijro etiladigan, turli ijrochilar tomonidan yallali lazgilar yaratilgan: "Kimni sevar yorisan" (K. Otaniyozov), "Loyiq" (A. Otajonov va M. Rahimov), "Sani oʻzing bir yona" (O. Hayitova, B. Jumaniyozov), "Gal-gal" (B. Hamdamov), "Parang roʻmol" (O. Xudoyshukurov), "Xorazmning lazgisi" (O. Otajonov), "Oʻyna-oʻyna" (K. Rahmonov), "Ajoyib" (T. Shomurodov) va boshqalar. lazgining kuy va usulidan Sh. Ramazonov "Xorazmcha syuita"sida, M. Yusupov "Xorazm qoʻshigʻi" operasi va "Gulsanam" baletida, B. Giyenko "Xorazm mavzulariga syuita"sida, S. Yudakov "Xorazmcha bayramona yurish"ida, M. Bafoyev "Xorazmcha kaprichchio"sida unumli foydalanishgan.

Bir kuni, kechqurungi ziyofatdan so‘ng Xorazm shohi unga raqs tushib berishlari uchun xotinlari va kanizaklarini to‘pladi. Xotinlari orasida u tabiiy nafislik, raqs bilan sehrlash qobiliyatini ajratib ko‘rsatgan bittasini tanladi. Qolgan xotinlar esa go‘zalning soyasida qolishni xohlamadilar. Raqibalardan biri raqs paytida uning oyoqlari ostiga munchoqlar va shirinliklarni tashladi. Sevimli xotin sirpanib yiqildi va oyog‘ini sindirib oldi. Sevgilisini ranjitmaslik uchun u qo‘l barmoqlarini yoyib raqsga tushdi. Shoh juda xursand bo‘lib, ayolning g‘alati harakatlarini yangi raqs deb qabul qildi. Shunday qilib, rivoyatlarga ko‘ra, xorazmcha "Lazgi" raqsi uchun o‘ziga xos uslub – “qo‘llar va oyoqlarning "singan" harakatlari" paydo bo‘ldi.

Afsonaviy "Lazgi" Xorazm raqsi bu nafaqat raqs, balki his-tuyg‘ularni, hissiyotlarni, dunyoni anglashni ifoda etishning o‘ziga xos uslubi, odamlarning ruhiyatidir. "Lazgi" harakatlarining o‘ziga xos xususiyati - bu yarim bukilgan oyoqlar, yelkalar va qo‘llar salgina silkinishining ustunligi, qo‘llarning "tebranadigan" harakatlari, oyoqlar bilan o‘ziga xos harakatlar hamda bo‘yin va boshning o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga mashhur harakatlanishidir. Xorazm raqsini ijro etish paytida yuz ifodalari nihoyatda ta’sirchan va hissiyotli ko‘rinish oladi.



Raqs liboslari ham g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turadi. Xorazm erkaklar raqs libosining ajralmas qismi bu qo‘pol mo‘ynali qalpoq bo‘lsa, ayollarning bosh kiyimi, aksincha, juda nafisdir. Raqqosalarning liboslari doim ko‘plab tangalar bilan bezatilgan bo‘ladi.

Bizning davrimizga kelib, afsonaviy o‘zbek raqqosalari Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva va Gavhar Matyoqubova har bir harakatga sayqal bergan holda, Xorazm xalq raqslarini mukammallikka olib keldilar va shu bilan jahon sahnasini zabt etdilar.



O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Matyoqubovaning jamlanmasida “Xorazm” ansambli arxividan ko‘plab qiziqarli hujjatlar mavjud bo‘lib, ular u tomonidan yaqinda nashr etilgan va Lazgi raqsining rivojlanish tarixi haqida bebaho materiallar to‘plangan "Xorazm raqsi tarixi" kitobiga asos bo‘lib xizmat qildi.

2019-yil 12-dekabrda afsonaviy Lazgi raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida YUNESKOning insoniyatning nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida YUNESKOning nomoddiy merosni saqlash bo‘yicha Hukumatlararo Assambleyasida ushbu masala yuzasidan rezolyutsiya qabul qilindi.
Download 285.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling