Sho`radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi; Reja


Download 296.41 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi296.41 Kb.
#1243006
  1   2   3
Bog'liq
shoradoshlar chenopodiaceae oilasi


Sho`radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi;


Reja:

  1. Sho`radoshlar oilasiga umumiy tavsifi

  2. Sho`radoshlar oilasining asosiy turkum va turlarining tuzilishi

  3. Sho`radoshlar oilasi vakillarining tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati.



Tayanch so`zlar: Sho`radoshlar, anabazin, buyurg`un, lavl agi, saksovul, izen, teresken, sho`ra;


Sho `radoshlar oilasi — Chenopodiaceae; O`t o`simliklar, yarimbutalar, ba`zan buta va daraxtlardàn iborat. Barglari oddiy, yonbargsiz, navbatlashib yoki qararna-qarshi o`rnashgan, ba`zan reduksiyalangan — bargsiz yoki metamorfazalangan — tangacha yoki qipiqcha ko`rinishida. Turlari ancha scret, tuksiz yoki har xil tukli: cho`llarning sho`rlangan tuproqli muhitida qumlarda o`sishga mosiashgan. Gullari ko`rimsiz, anemofil, ba`zan entomofil, boshoq yoki qisqa bandii dixaziylarga joylashgan, ba`zan murakkab g`uj dixaziylar dumaloq to`pgullarni hosil qiladi. Oilaning turkumlarida gul tuzilishining bir necha variantlari kuzatiladi. Gulqo`rg`oni oddly, kosachasimon (4)—5 bo`lakli, tutash, yashil yoki pardasimon, changchilari 5 ta, erkin, ginetsey (mevachi) 2—5 mevachi bargdan hosil bo`lgan, tuguni ustki. Gulining umumiy formulasi: P(5) A(5) G(2-5).
Ammo gulqo`rg`on qismlari har xil turkumlarida ba`zan kamroq, bitta yoki umuman yo`q.
Mevasi yong` oqcha, murtagi egilgan, spiralsimon. Ko`sakchasimon yoki rezavor mevali turlari ham mavjud, Sho`radoshlar orasida muhim oziqovqat, yem-xashak (cho`l, yarim cho`1), dorivor va begona o`tlar bor. Oilaning 110 turkumiga mansub 1500 dan ko`proq turlari mavjud bo`lib, ular O`rtayer dengizbo`yi, G`arbiy, O`rta va Markaziy Osiyoda, Shimoliy Amerikaning preriyalari, Janubiy Amerikaning pampaslarida va Avstraliyaning sahrolarida keng tarqalgan. O`zbekistonda 43 turkumi va 180 turi yovvoyi holda o`sadi.
Sho`radoshlar kichik oilasining Lavlagi, ismaloq, olabuta, tcrcskcn, ebalak, karnforosma, kumarjik, qumtariq va izen kabi turkumlarining turlari yovvoyi holda rcsp0000000ublikamizda ancha keng tarqalgan.
Lavlagi (Beta) turkumi bir yillik va ko`p yillik o`tlar, ularning 10 turi bo`lib, Kavkaz, Kichik Osiyo va O`rtayer dengizbo`yi mamla katlarida tarqalgan, 5 turi Kavkazda o`sadi. O`rta Osiyo va shu jumladan O`zbekistonda yovvoyi holda o`smaydi. Madaniy holda oddiy laviagi (B. vulgaris)ning ko`piab navlari ekiladi (3.16-rasm). Uning ajdodi Atiantika okeani va 0` rtayer dcngizbo`yi qirg` oqlari hududlarida, G ` arbiy Ycvropada, Sharqiy Kavkazortida o`sadigan yovvoyi ko`p yillik laviagi (B. perennis) yoki dengizbo`yi iavlagi (B. maritima)si hisoblanadi. Laviagi ikki yillik ildizmevaii o`t, birinchi yili yimik tuxumsirnon barglar va ildizmeva, ikkinchi yil esa rombsimon mayda bargiam va to`pgullar hosil qiiadi. Qand iaviagining (B. vulgaris var. altissima) ildizmevasida 20 foizgacha qand bor. 0`zbekistonda XX asr boshlaridaii ekiia boshlangan. Xo`jalik ahamiyatiga ega bo`Igan muhim oziq-ovqa va texnika o`simiigi hisoblanadi. Oddiy laviagining qand laviagidan boshqa bir necha shaki va navlari bor.
Sho`ra (Chenopodium) turkumi bir yillik, ikki yillik, ba`zan ko`p yillik o`tiamdan tashkil topgan. Barglari bandli, butun yoki tishchali. Gullari ikki jinsli, to`pgullari shingil, boshoq va boshqacha to`pgullarda o`rnashgan. Gulqo`rg`oni 5(3—4) a`zoii, changchisi 5 ta, urug`chisi 2 meva bargchali. Mevasi yong`oqcha, pardasimon po`st biian o`ralgan. Murtagi taqasimon yoki halqasimon. Sho`ralarning 250 dan ko`proq turlari bor, shundan 0`zbekistonda 10 turi uchraydi. Bir necha turlari begona o`tlardir. Oqsho`ra (Ch. aibum);poyasi ershox, balandligi 10—100 sm cha, bir yillik o`simlik. Barglari ikkala tomonidan unsimon g`ubor bilan qoplangan. Juda keng tarqalgan begona o`t. Sassiq sho`ra (Cli. vulvaria) qo`lansa hidli, bo`yi 10—60 sm oraiig`idagi bir yillik o`t. Barglarining ikki tomoni ko`kimtir, keng, teskari tuxumsimon. Kosachabarglari yarmigacha qo`shilib o`sgan. Sug`oriladigan ekinlar orasida kcng tarqalgan, ba`zan ruderal begona o`t.
Xushbo`y sho`ra (Cli. botrys) poyasi sershox, yoqimli hidli, bo`yi 15—60 sm oraiig`idagi bir yillik o`t. Daryo, soylar o`zanlamida, adirning qumli, shag`al toshli yonbag`irlarida o`sadi. Serbarg sho`ra (Ch. foliosum) bir yillik o`t, bo`yi 15—80 sm, barglari ketma-ket joylashgan, nayzasimon o`tkir uchli. Mevalash davrida gulqo`rg`on shakli o`zgarib, etdor qizil rezavor mevaga aylanadi. Tog` yonbag`irlarida, soya-salqin joylarda, daraxtlar tagida, yo`l yoqalarida, soy o`zanlarida o`sadi.
Olabuta (Atririex)turkumi bir yillik (O`zbekistonda) o`t yoki yarimbutalardan iborat. Bir uyli, bir jinsli, changchisi 5 ta, urug`chili gullari gulqo`rg`onsiz, tugunchasi 2 tumshuqli. Olabutalarning 225 ta, O`zbekistonda esa 15 ta turi mavjud. Ular ko`proq sho`rxok, qumli cho`llarda o`sadi.
Tatar (A. tatarica) olabutasi bo`yi 10—100 sm cha keladigan bir yillik o`t. Barglari kumushrang g`uborli, gulbarglari uchburchak yoki rombsimon bo`lib, yarmigacha qo` shilgan. Ariq, kanallar bo`yida, yo`l yoqalarida sho`rxok yerlarda osadi. Bundan tashqari, har xil mevali olabuta (A. heterosperma), ikki shakili (dimorf) olabuta (A. dimorphostegia), yelpig`ich bargli olabuta (A. flabellum) ham rnamlakatimizda juda keng tarqalgan.
Teresken (Ceratoides) turkumi bir uyli, gullari bir jinsli, yarimbuta va butalardan iborat. Yosh novdalari va barglari yulduzsimon, tukli. Changchili gullari poya uchidagi boshoqsirnon to `pgullarda o` rnashgan, 4 a`zoli, urug`chili gullari ulardan pastroqda barglar qo`ltig`ida to`da bo`lib o`rnashgan. O`zbekistonda tereskenning 3 ta turi bo`lib, bulardan eversman tereskeni (E. eversmanniana) va nashtarbarg tereskeni (E. papposa) O`zbekistonda adir va tog`larning pastki yonbag`irlarida ancha keng tarqalgan.




Download 296.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling