Sho’rlik talaba


Download 11.82 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi11.82 Kb.
#159455
Bog'liq
maqola


Sho’rlik talaba............

Kontraktlar narxi oshib, stipendiyalarga umumiy narx belgilangani yetmagandek, endi oylik yo'l chiptalarini topish ham muammoga aylandi. Okyabr oyida bu masala ko’pchilik talabalarni qiynadi deyish mumkin, chunki chipta sotiladigan shaxobchalarda oy boshidan «Т» проездной yo’q» degan yozuv paydo bo’ldi. O’zim ham shu yumush bilan ko’chaga chiqqanimda 2 soat qolib ketdim. Uyimiz atrofida 3 ta shunday shaxobcha bor. Bittasi ,,Qolmagan.Bugun kelmaydi’’ desa,boshqasi ,,O’zi 10 ta keladi. Biz esa ularga allaqachon xaridor topib qo’yganmiz’’ deydi. Yana boshqasi ,,18:00 yoki 18:30 lardan keyin keladi’’ degan so’zlarni aytadi. Hamma yaxshi biladiki, oylik yo'l chiptalari talabalarga oddiy aholinikidan yarim barobar kamaytirilgan narxda bo'ladi. Ushbu oyda oylik yo'l chiptasini olishga ulgurmagan ba'zi talabalar esa bir necha kun kunlik yo'l haqini to'lashga to'g'ri keldi. O'qish joyi uzoq bo'lgan, ya'ni 2 yoki undan ortiq transport orqali o'z manziliga boradiganlarga bu holat ancha qiyinchilik tug'dirdi. Chunki ular o'rtacha hisobda kuniga 5400 yo bo'lmasam 8400 so'm ishlatishar ekan. Agarda buni oylikka hisoblasak,218000 so'm bo'ladi. Oylik yo'l chiptalari esa 83000 so'm. Bu narx talabalarning sharoitidan kelib chiqqan. Chegaralangan moliyaviy resurslar asosida yashaydigan talabalar uchun bu fojia kabidir. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu masala keng muhokama qilindi. Bunday noqulayliklar bir qadar bartaraf etilgandek bo'ldi. Shu mavzuda ,,Toshshahartransxizmat’’ AJ axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil oliy ta’lim muassalariga qabul kvotalarining oshigani va qo’shimcha o’rin asosida talabalar qabul qilingani sabab bo’lgan. ,,Bir oyda umumiy hisobda o’rtacha 70 mingta oylik yo’l chiptalasi sotuvga chiqariladi. Umumiy oylik yo’l chiptalarining qariyb 29 mimgtasi talabalar uchun mo’ljallangan. Sentabr oyida bu chiptalarning 82 foizi sotilgan. Oylik yo’l chiptalarini topish katta muammoga aylangan oktabr oyida ham talabalar uchun jami 29 mingta – 15mingta ,,T’’ seriyali (faqat avtobus uchun), 14 mingta ,,TM’’ seriyali (avtobus va metro uchun) chipta chiqarilgan. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning oktabr oyidagidan 7500 taga ko’p. 7-oktabr kuni qo’shimcha yana 2500 ta oylik yo’l chiptasi muomalaga chiqarildi. Yuqoridagi noqulayliklar sababli noyabr oyida 90mingta chiptalar savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan’’ – deya xabar bermoqda ,,Toshshahartransxizmat’’ AJ axborot xizmati. Bu ma’lumot muammoning e’tibordan chetda qolmagani va masalaning o’z yechimini topayotganini ko’rsatadi. Lekin bu hali vaziyatning talabalar foydasiga hal etilganini bildirmaydi. Buni esa noyabr oyi uchun oylik yo’l chiptalariga tarqatilishni boshlangandan keyin bilib olamiz.
Download 11.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling