Shumgiyoh shumgʻiyadoshlar oilasiga mansub bir


Download 66.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.02.2023
Hajmi66.29 Kb.
#1164248
Bog'liq
Shumgʻiya - Vikipediya



Shumgʻiya
Shumgʻiya, shumgiyoh —
shumgʻiyadoshlar oilasiga mansub bir
yoki koʻp yillik xlorofillsiz tekinxoʻr
oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil va subtropik
mintaqalarda 150 dan ortiq turi
tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 7 dan ortiq turi
— kungaboqar Sh.si, sershox Sh., karam
Sh.si, misr Sh.si va boshqalar sabzavot
va poliz ekinlari, kungaboqar, kartoshka,
pomidor va boshqalar ekinlar dalalarida
oʻsadi. Poyasi ochqoʻngʻir, sariqpushti


yoki koʻkimtir etli, boʻyi 50 sm gacha. Ildizi
kalta etli toʻqima (gaustoriy) ga aylangan.
Gullari roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan,
chetdan changlanadi, mevasi koʻp urugʻli
koʻsakcha. Shamol va suv orqali tarqalib,
15 yildan keyin ham unib chiqishi
mumkin. Har bir turi bir xil oʻsimlik turida
tekinxoʻrlik qiladi. Poliz ekinlari,
kungaboqar, pomidor, tamaki va
boshqalar oʻsimliklarga katta zarar
yetkazadi. Sh. oʻsimliklar ildiziga
soʻrgʻichlari bilan yopishib oladi va undan
suv, oziq moddadarni soʻradi. Natijada
oʻsimlik kuchsizlanadi, mevasining taʼmi
yomonlashadi, hosiddorlik 50—70% ga
kamayadi yoki oʻsimlik nrbud boʻladi.
Kurash choralari: Sh. urugʻi pishmasdan


oldin oʻtab tashlanadi, gerbitsidlar
sepiladi, biologik kurash usulida lichinkasi
Sh. urugʻi bilan oziklanadigan fitomiza
pashshasidan foydalaniladi.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Shumg%CA%BBiya&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 18:59 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Shumg
ʻiya&oldid=2858145" 
dan olindi


boʻlsa).

Download 66.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling