Shunga ko’ra, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning o’ziga xos xususiyatlarini yoriting, iqtisodiy jinoyatchilikka kriminologik va jinoyat-huquqiy tavsif bering. Javobingizni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tahlil qilib yoritib


Download 31.05 Kb.
Sana23.06.2020
Hajmi31.05 Kb.
#121077
Bog'liq
Kriminologiya. Mirzayev Behruz


35-savol.

«Iqtisodiy jinoyatchilik» (yoki iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar) tushunchasi «uyushgan jinoyatchilik» va «jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonunlashtirish» tushunchalari bilan bir qatorda, kriminologlar hamda huquqni muhofaza qilish organlarining tushunchalar apparatidan mustahkam o’rin olgan. Shunga ko’ra, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning o’ziga xos xususiyatlarini yoriting, iqtisodiy jinoyatchilikka kriminologik va jinoyat-huquqiy tavsif bering. Javobingizni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tahlil qilib yoritib bering.



Javob:

Ushbu savolni tahlil qilish davomida, eng avvalo iqtisodiy jinoyatlarning o`zi nima ekanligini bilib olish maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy jinoyatlar deb, jinoyat qonunchiligi va boshqa qonun normalari bilan taqiqlangan, milliy iqtisodiy asoslariga, jamiyat va fuqarolarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo`lgan, latentlik xususiyatiga ega bo`lgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanadi. Iqtisodiy jinoyatchilik ilk bor “oq yoqalilar jinoyatchiligi ” nomi bilan tanilgan. Bunga sabab amerikalik kriminolog Saderland ushbu turdagi jinoyatlar yuksak martabali va nufuzga ega shaxslar tomonidan sodir etiladi deb, baholaganidadir. Lekin hozirgi kunda iqtisodiy va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar kengroq tushuncha ekaniga guvoh bo`lamiz. Iqtisodiy jinoyatlarga jinoyat-huquqiyjihatdan tavsif beradigan bo`lsak, uning subyekti 16 yoshga to`lgan aqli raso jismoniy shaxs, obyekti iqtisodiyot sohasi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlar, ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlik shaklida qasddan sodir etiladi. Ushbu holatga kriminologik tavsif berishda esa bevosita jinoyat qonunchiligi va boshqa ijtimoiy- huquqiy fanlarning tadqiqotlari doirasiga kiruvchi muammolarga yondashish lozim bo`ladi . Iqtisodiy va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning o`ziga xos xususiyati – uning boshqa turdagi jinoytlar bilan bevosita bog`liqligidir. 2) Jinoyatlani amalga oshirishda ixtisoslashgan jinoiy guruhlar mavjudligi iqtisodiy jinoyatlarning o`ziga xos jihatidir.3)I qtisodiy jinoyatlarga xos yana bir kriminologik xususiyati – jismoniy shaxsning ushbu jinoyatni o`zboshimchalik bilan, tez boyish maqsadini ko`zlab,moddiy boylikka erishish uchun o`zgalar, jamiyat va davlat manfatini nazar-pisand qilmay amalga oshirishidadir. O`zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi bo`yicha iqtisodiy jinoyatlarni bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. Bular quyidagilar:1) o`zgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatlari (JK ning X bobi, bu o`g`rilik ,talonchiik , tovlamachilik o`zgalar mulkini o`zlashtirish, fribgarlik yo`li bilan amalga oshiriladi) ; 2)o`zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog`liq bo`lmagan iqtisodiy jinoyatlar(mulkni saqlash qoidalarini buzish unga shikast yetkazish,axborot xavfsizligi qoidalarini buzishko`rinishida); 3) iqtisodiyot asoslariga qaratilgan jinoyatlar (chet el valyutasi bilan noqonuniy savdo qilish, qimmatbaho , rangli metallar savdosi , monopoliya qashi qonun talablarini buzish,soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash kabi); 4) xo`jalik sohasida sodir etilatigan jinoyatlarga ajratish mumkin. 1-guruhga mansub jinoyatlar retsidiv xususiyatga ega bo`lsa, xo`jalik sohasidagi jinoyatlarda bu xususiyat deyarli uchramaydi. Iqtisodiy va xo`jalik sohasidagi jinoyatlar latent (yashirin) jinoyatchilik xususiyatiga ega. Bunga sabab -- bu jinoyatning ayrim turlari aksariyat hollarda oliy ma`lumotli kishilar tomonidan puxta rejaga asosan , har bir vaziyatning o`ylab chiqilganligi bilan bog`liq.O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining X-XI-XII- XIII-boblari iqtisodiy va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga bag`ishlangan. Xulosa qilib atadigan bo`lsak , iqtisodiy jinoyatlarning kriminologik va jinoyat-huquqiy tavsifi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bir butunlikni tashkil qilar ekan.

52-savol.

Soliq sohasidagi jinoyatlar iqtisodiyot asoslariga jiddiy putur yetkazadi. Shunga ko’ra soliq sohasidagi jinoyatchilikning kriminologik tavsifini bayon qiling. Javobingizni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tahlil qilib bering.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarda soliq munosabatlari bilan bog`liq jinoyatlar muhim ahamiyatga ega. Chunki , davlatning moliyaviy holati uning hududidagi soliq qonunchiligi va soliq munosabatlariga qay darajada amal qilinishi bilan o`zro aloqador hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 184-moddasida, Ma’muriy javobgalik to`g`risidagi kodeksning 174-moddasida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining 2013-yil 13 maydagi 08- sonli “ Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlaganlik uchun javobgarlikka qoidalarning sudlar tomonidan qo`llanishi to`g`risida”gi qarorida soliq sohasidagi jinoyatchilik holati yoritib o`tilgan. Jinoyat kodeksi 184-moddasida foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko’rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan qasddan bo’yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin ro’y bergan bo’lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan. Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash: a) takroran; b) ko’p miқdorda sodir etilgan bo’lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko’rsatilgan foyda (daromad) bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’liq to’langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi. Bundan ko`rinib turibdiki davlat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni jazoga tortishidan ko`ra, zararni qoplab berganida jazodan ozod qilishdan manfaatdorligini bilib olishimiz mumkin. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o’rnini to’liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi ko`rsatilgan. Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko’rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan qasddan bo’yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin ro’y bergan bo’lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Soliq sohasidagi jinoyatlar asosan tadbirkorlik subyektlari bo`lgan jismoniy shaxslar va soliq organi xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq sohasida jinoyatlarning yuzaga kelishida bir qancha omillarni sanab o`tish mumkin. 1) soliq stavkalari miqdorining ko`pligi, bu subyektlarni soliqlardan qochishga majbur qiluvchi asosiy omildir. 2) hujjatlarni yuritishdagi nazoratning mukammal tizimi yo`qligi; 3) xo`jalik subyektlari o`rtasida iqtisodiy munosabatlarning muvofiqlashtirilmaganligi kabilar. Shu va boshqa omillar bartaraf etilgan holatda soliq sohasi bilan bog`liq jinoyatlar kamayishi ehtimoli yuqori bo`ladi va davlatning iqtisodiyot va soliq munosabatlaridagi holati ijobiy tomonga o`zgaradi.

87-kazus

Mahkuma Saodat, 1980 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan , mazkur viloyatda yashaydigan ota-onasi bilan deyarli aloqa qilmaydi. Ma’lumoti - o’rta. Vaqtinchalik xususiyatga ega bo’lgan ishlar bilan shug`ullangan, mardikorlik qilgan. Oilasiz , bolalari yo’q. Muqaddam uch marta: bir marta bezorilik uchun va ikki marta- o’g`rilik uchun sudlangan. Ozodikdan mahrum qilish joylarida jami yetti yil o’tirgan. So’nggi marta ayollar sumkasini o’g`irlagani uchun jazoga ҳukm etilgan. Oziq-ovқat va kiyim-kechak sotib olish uchun pulga muhtoj bo’lgani tufayli u jinoyatga qo’l urgan. Doimiy turar joyi bo’lmagan. Jinoyat sodir etgunga qadar u muqaddam sudlangan tanish ayolning uyida yashagan. Tergov hibsxonasida saqlangan paytda gomoseksual jinsiy aloqa qilgan. Kamerada u bilan birga saqlangan ayollar orasida qamoqxona an’analari va udumlarini bilishi, shuningdek, jismonan baquvvatligi, zo’rlik ishlatishi va shafqatsizligi bilan ma’lum “obro’” ga ega bo’lgan . Ish bo’yicha o’tkazilgan narkologik ekspertiza mazkur ayolning spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishini aniqlagan, ammo surunkali alkogolizm belgilarini topmagan. Ushbu masaladagi jinoyatchi ayolning qaysi tipga mansub ekanligini aniqlang va asoslab bering.



Vaziyatdan kelib chiqib jinoyatchi shaxsining turkumi va tasnifini yoritib bering. Shuningdek, mazkur Jinoyatning sodir etilishiga olib keluvchi sabab va shartlarni aniqlang.

Javob:

Ushbu kazusni tahlil qilish davomida ayollar jinoyatchiligining kriminologik tavsifini yoritib boramiz. Kazusda berilishicha, mahkuma Saodat o`rta ma’lumotli, 3marta jinoyat sodir etib sudlangan va umumiy 7 yil davomida jazo muddatini o`tagan. Bu holatda ayollar va erkaklar o`rtasidagi belgilarni farqlash o`rinlidir. Chunki, ayollar jinoyatchiligi o`zining miqdori, sifati, xususiyatlari bilan erkaklar jinoyatchiligidan farq qiladi. Miqdor ko`rsatkichlari jihatidan ayollar sodir etadigan jinoyatlar jami jinoyatlarning 12 foizini, erkaklar jinoyati bilan nisbati 1/8 ni tashkil qiladi.Buni ularning jismonan zaifligi, oilaviy majburiyatlardan chiqa olmasligi, jamoatchilikdan erkaklarga nisbatan uzoqda bo`lgani bilan izohlashimiz mumkin. Saodatning esa, bir yo`la 3marta jazoga tortilganini hisobga olgan holda va jazoni o`tash muassasasida ham o`ziga xulosa chiqarmay, gomoseksual aloqada bo`lgani, zo`rlik, kuch ishlatish, ichkilikbozlik bilan “ obro`ga” ega bo`lganini hisobga oladigan bo`lsak, uni retsidiv jinoyatchi deb baholashimiz mumkin. Birinchi holatda mahkuma Saodat bezorilik jinoyati uchun javobgarkikka tortilgan. Qolgan ikki holatda esa ayollar jinoyatchiligining 19 foizini tashkil qiluvchi o`zgalar mulkini o`g`irlash jinoyatini sodir etgan. Bu harakatlarning sodir bo`lishiga sabab bo`lgan bir nechta omillar mavjud: 1) oilaviy holatining chigalligi va oilada yaxshi tarbiya olmagani; 2) uydan ketib qolganidan so`ng pulga, turar joyga muhtoj bo`lib qolishi natijasida psixologiyasining keskin o`zgarib ketishi; 3) oila qurmaganligi va atrofidagi xususan, keyinchalik birga yashagan ayolning salbiy holatda bo`lganligi; 4) jismoniy jihatdan baquvvat bo`lishi zo`rlik ishlatishi uchun moyil bo`lishiga sabab deb ko`rsatishimiz mumkin. Jazoni ijro etish muassasasida zo`rlik ishlatib sodir etiladigan harakatlar har to`rt mahkumadan biriga to`g`ri kelishini hisobga olsak, mahkuma Saodat xulq-atvorini o`ta salbiy baholashimiz mumkin. Qo`shimcha tariqasida, mahkumani jinoyat sodir etish vaqtida ishsiz bo`lgan ( jinoyat odir etgan 44 foiz ayollar) lar qatoriga kiritamiz. Ekspertiza xulosasiga tayanib jazo muassasasida ruhiy chekinishlar ya’ni, ichkilikbozlik, giyohvandlikka ruju qo`ygan ( 25 foiz ayollar) lar sirasiga kiritmasligimiz to`g`ri bo`ladi. Dastlabki holatda mahkumaning jinoyatchiligini oldini olishda o`smir farzand tarbiyasida ota-onaning, mahallaning nazorati muhim o`ringa ega. 2-holatda u moliyaviy muhtojligi sharoitida munosib ish,mehnat sharoiti bilan ta’minlanganda jinoiy harakat kuzatilmasligi mumkin edi. Ammo bandlikka ko`maklashuvchi davlat organlariga murojaatsiz bu masalani hal etib bo`lmaydi. Yana bir omil, 1-marta jinoyat sodir etib jazoni o`taganidan so`ng ichki ishlar organlari tomonidan tegishli kuzatuvga olinishi yana bir jinoyatchlikni oldini olishdagi zarur omil bo`lar edi. Jazoni ijro etish muassasasida jinsiy beboshlik qilishini oldini olishda tibbiyot muaassasalari xodimlarining etibor qaratishi omilini keltirish maqsadga muvofiq. Chunki tibbiyot xodimi mahkumalarda qanday jinsiy o`zgarishlar bo`layotganini aniqlab, bu holat bartaraf etilishi mumkin bo`lardi. Mahkumaning jazoni ijro etish muassasasida sodir etgan harakati O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi bilan(kam sodir etiladigan jinoyatlar qatorida) javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xulosa qiladigan bo`lsak, mahkuma Saodatning retsidiv jinoyatchi bo`lib qolishida yuqorida sanab o`tilgan omillar va sharoitlar asosiy ahamiyat kasb etgan .
Download 31.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling