Shuningdek, mazkur Qonunda suv ob’ektlaridan sport hamda havaskorlik maqsadida baliq ovlash uchun foydalanish shartlari aniqlashtirildi


Download 12.17 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi12.17 Kb.
#1300487
Bog'liq
Atrof muxit


Atrof muxit
Bugungi kunda mamlakatimiz xalqaro huquqning to’laqonli sub’ekti sifatida barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan, biologik resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga yo’naltirilgan izchil ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosat olib bormoqda. Binobarin, hayvonot hamda o’simlik dunyosini muhofaza etish va ulardan samarali foydalanishning huquqiy asoslarini kuchaytirish ekologik barqarorlikni ta’minlashda ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.
Joriy yil 18 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun bilan “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi Qonunning suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini belgilovchi 35 hamda 351-moddalari tabiiy resurslarning turlaridan biri bo’lgan o’simlik dunyosiga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslikni nazarda tutuvchi norma bilan to’ldirilgani ushbu yo’nalishdagi kamchiliklarga barham berdi. Ya’ni suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga faqatgina o’rmonlarga emas, balki umuman, o’simlik dunyosiga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik kabi majburiyatlar yuklatildi.
Shuningdek, mazkur Qonunda suv ob’ektlaridan sport hamda havaskorlik maqsadida baliq ovlash uchun foydalanish shartlari aniqlashtirildi. Endilikda baliqchilik xo’jaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo’jaliklarida, shuningdek, ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda sport hamda havaskorlik yo’li bilan baliq ovlash ularning ruxsatiga ko’ra amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish uchun imtiyozli huquqlar berib qo’yilishi mumkin bo’lgan sub’ektlar aniqlashtirildi. Unga ko’ra, yovvoyi suv qushlari va qimmatli mo’yna beradigan suv hayvonlari (qunduz, ondatra, suv kalamushi, nutriya hamda hokazolar) maskani bo’lgan daryolarda, ko’llarda va boshqa suv ob’ektlarida ovchilik xo’jaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik hamda (yoki) jismoniy shaxsga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo’jaligi organlari suvdan kompleks foydalanish talablarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlar berishi mumkin. Oldin faqat ovchilik xo’jaligi korxonalariga hamda tashkilotlariga bunday imtiyozli huquq berilishi mumkin edi. Ammo bugungi kunda ovchilik xo’jaligini yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham yuritishi mumkin. Shu munosabat bilan qonunchilikka kiritilgan mazkur o’zgartish ovchilik xo’jaligini yuritayotgan barcha sub’ektga bir xilda sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, qonunchilikka kiritilgan ushbu o’zgartish va qo’shimchalar mamlakatimizning fauna hamda florasini muhofaza etish, boyitish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va strategik hamkorlikni yuqori baholab,
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish sohasida hamkorlikni amalga oshirish istagida,
atrof-muhitni muhofaza qilishning ko‘pgina masalalari o‘zaro tushunish va hamkorlik asosida hal etilishi mumkinligini anglagan holda,
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga ko‘maklashishiga ishonch bildirib,
BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha Konferensiyasi (Rio-de-Jaynero, 1992-yil), shuningdek barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi Uchrashuvda (Yoxannesburg, 2002-yil) qabul qilingan prinsiplar va tavsiyalarga tayangan holda,
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar ikki davlat manfaatlari yo‘lida o‘z davlatlari qonunchiligi hamda mazkur Bitimga muvofiq, global va mintaqaviy atrof-muhit muammolarini birgalikda hal qilish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni amalga oshiradilar.
2-modda
Tomonlar atrof-muhit muhofazasi sohasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:
a) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy vositalari hamda uni iqtisodiy tartibga solish sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish;
b) atmosfera havosi, suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilish, shu jumladan transchegaraviy doirada, shuningdek resurslarni tejashga qaratilgan ekologik toza, samarali texnologiyalarni joriy etish;
v) suvli-botqoq hududlarni, birinchi navbatda, 1971-yil 2-fevraldagi Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Ramsar konvensiyasi) muvofiq xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoq hududlarni asrash va ulardan oqilona foydalanish;
g) ekologik falokat hududlarida atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha global va mintaqaviy muammolarni o‘rganish va hal etish;
d) hayvonlarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarining ko‘payishini o‘rganish, saqlab qolish va tiklash;
e) atrof-muhit ifloslanishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan chiqindilar (radioaktiv chiqindilar bundan mustasno) bilan muomala qilish sohasida ekologik monitoring tizimlarini rivojlantirish va texnologiyalar bilan almashish;
Download 12.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling