Shuningdek ular Termizga kelgan davrda hokimiyat tepasida Somoniylar hukmronlik qilar edi


Download 4.95 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi4.95 Kb.
#1286215
Bog'liq
Sulton Saodat


Sulton Saodat majmuasi Termiz shahrining sharqiyu qismida joylashgan bo’lib, bu ziyoratgoh 7 asr davomida shakillangan. Ya’ni bu ziyoratgoh-maqbara qurilishi tarixi X-XVII asrlarni o’z ichiga oladi. Majmua 20 ga yaqin maqbarani o’z ichiga oladi. Sulton Saodat maqbarasi arablarda tarjima qilinganla “Baxtlilar Sultoni” ma’nosini beradi.
Asosan bu yerdagi qabrlarda sayyidlar dafn etilgan bo’lib, Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi Xasan al-amir deb e’tirof etiladi. Xasan al-Amirning shajarasi Islom dunyosida e’tirof etilishicha Xazrat payg’ambarimizga (s.a.v)ga borib taqaladi. Xasan al-amir milodiy 850-yil yaqinlari bilan Samarqandga keladi. Samarqandda 11 yil yashagan Xasan al-amir oilasi bilan Balxga o’tadi hamda taxminan 865-yilda Termizga keladi va shu yerda butunlay o’rnashib qoladi.
Shuningdek ular Termizga kelgan davrda hokimiyat tepasida Somoniylar hukmronlik qilar edi.
Xasan al-amir va unining safdoshlari turli darajadagi unvonlar bilan taqdirlangan. Xususan, Somoniylar davrida “Xudovandzoda” faxriy unvoni, Temuriylar davrida “Xonzoda” faxriy unvon, hamda XV asrning ikkinchi yarmidan esa “Mirzo” unvonlari bilan sharaflangan.
Termiz Syyidlari davrida bunyod etilgan maqbaralar ya’ni asosiy maqbara X asrda 2 tomonlama qurilgan esa XV-XVII asrlarda qurib bitkazilgan. Maqbaralar qurilishiga e’tibor beradigan bo’lsak o’sha davr uchun xos bo’lgan yulduzsimon girix naqshlar ganchkor bezaklardan keng foydalanilgan.
Maqbaralar peshtoq va gurubozli chasi xonalari 9x9.5 m va 10.15 va 10.25 m dan iborat. Hovlining to’ridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda hamda janubdagi maqbara zinalari xisobiga kichikroq ko’rinishga ega.
Shimoliy –g’arbdagi Maqbaraning qurilishi va bezaklari oddiy g’ishtdan (27x/27.5 sm) dan juft-juft qilib terlib, mavjli beak xosil qilingan.
Ichki xona devorlariga esa g’ishtdan oshiyolar bo’rtma naqshlar berilgan. Tarixda e’tirof etilishicha Termiz sayyidlari bilan ko’pgina sulolalar quad-andachilik ananalarini olib borishgan. Ya’ni Temuriylar va shayboniylar ko’proq qudachilik ananalarini olib borishgan. Bu maqbaralara tarixda ko’p marotaba qayta ta’mirlanib bunyod etilgan. Shaxsan Amir Temur raxbarliguida ta’mirlanib, qayta bunyod etilgan bo’lsa So’ng Abdullaahadxon II davrida qayta ta’mirlangan. Sobiq Sovet davrida bu maqbara xonavayron qilinib tashlanadi. Va g’ishtlari tashib ketiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng bu maqbara ziyoratgohga aylantiriladi. Qaytadan ta’mirlanib, bunyod etiladi. Bugungi kunga kelib, obyekt bir necha bor bor ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Obyektda 2016-yilda Respublika budjetidan 400 mln so’m mablag’ ajratilib obyekt qisman ta’mirlanadi.
2011-yilda respublikada budjetidan 400 mln so’m ajratilim ta’mirlandi.
Download 4.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling