Sifat analizi


Download 31.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi31.72 Kb.
#1028901
Bog'liq
Sifat analizi - Vikipediya



Sifat analizi
Sifat analizi — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; analiz qilinayotgan modda yoki
moddalar aralashmasidagi elementlar, radikallar, funksional guruxlar va birikmalarni kimyoviy,
fizikkimyoviy, fizikaviy aniklash va identifikatsiyalash usullari majmui. Sifat analizining muhim
tavsifli usullari: 1) oʻziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element
ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgirlik — nihoyatda oz miqdordagi elementni, yaʼni bir tomchi
(0,01—0,03 ml) eritmadagi elementni aniklash. Sifat analizining hozirgi usullarida sezgirlik 1 mkg
ga boradi. Anorganik moddalarning klassik Sifat analizi "quruq" yoki "hoʻl" usulda olib boriladi.
Sifat analizining "quruq" usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki "fosfor tuzi"
(NaNH4HPO44H2O) qoʻshib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki
oksidlari) qizdirilganda gaz gorelkasi alangasi rangining oʻzgarishiga va rangli shishasimon
qotishmalar hosil boʻlishiga asoslangan. Sifat analizining "hoʻl" usuli makro,"yarim makro", "yarim
mikro", mikro va ultramikro usullarga asoslangan (yana qarang 
Ultramikrokimyoviy analiz

Tomchi
analiz
).
Suvli eritmalardagi anorganik birikmalarning Sifat analizi ion reaksiyalariga asoslangan. Sifat
analizining kimyoviy usuli bilan bir qatorda fizikaviy, fizikkimyoviy usullari qam keng qoʻllanadi. Bu
usullar tekshirilayotgan moddalarning optik, elektr, magnit, issiklik, katalitik, adsorbsion va
boshqa xossalarini oʻrganishga asoslangan (qarang 
Spektram analiz

Polyarografiya
).
Mirkomilova M., Analitik kimyo, T., 1996.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Adabiyot

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling