Sifat so’z turkumi #1


Download 37.5 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi37.5 Kb.
#613799
Bog'liq
sifat #1
3152102287, Тургунов Икром, moliya, 1-ma'ruza, ekologiya , 20-29 yoshli doimiy aholi soni-Jami, Buyuk Britаniya tа`limi tizimi, ishlab chiqarish xarajatlari va foydasi 11 mavzu, Joriy nazorat, Mineralogiya, Multisimni o'rnatish, IAS 104 guruh Mengliyeva Aziza, xususiy-uyjoy-mulkdorlari-shirkatlarini-tashkil-etish-va-moliyaviy-boshqarish, 3-ma'ruza (1)

Sifat so’z turkumi #1
1. Bu bog’lar ichida oq , qizg’ish , nafis , havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar , ko’shklar , kichik-kichik saroylar ko’zga tashlanadi.
Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko’ra qaysi turlari qo’llangan?
1) sodda sifat 2) takroriy sifat
3) qo’shma sifat 4) juft sifat
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,3,4
2. Qaysi javobda ot+sifat shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan?
A) yoqavayron, dilxasta
B) boshqorong’i, hozirjavob
C) soya-salqin, mo’min-qobil
D) sho’rpeshona, qottiqo’l
3. Qaysi javobda qiyosiy daraja shakli orqali belgining me’yordan ortiqligi ifodalangan?
A) Go’zallikdan ezgulik yaxshiroqdir
B) Menga yaxshiroq munosabatda bo’lishsin.
C) Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turardi. D) U to’ppa-to’g’ri gapni aytdi.
4. Belgining me’yordan kam ekanligini ifodalovchi sifat darajasini belgilang.
A) oddiy daraja B) ozaytirma daraja
C) qiyosiy daraja D) orttirma daraja
5. Otlashgan sifat ishtirok etgan gapni belgilang.
A) A’lochi o’quvchilarimiz bilan faxrlanamiz
B) Achchiq narsani achchiq narsa kesadi.
C) Shamol daraxtlarni qattiq silkitardi.
D) Yaxshidan bog’ qoladi
6. Qaysi qatorda yasama so’zdan yasalgan yasama sifat berilgan?
A) chiroyli, sertashvish B) tashlandiq, quruq
C) bilimdon, yog’insiz D) buzuq, hushyor
7. Makon-zamon sifati yasovchi qo’shimchalar odatda qanday so’zlarga qo’shiladi?
A) ot va sifatlarga B) sifat va ravishlarga
C) ot va ravishlarga D) ot va fe’llarga
8. Qaysi birikmalarda sifatning otlashishi sodir bo’lgan? A) qizil gul B) sifatlisini olmoq
C) yaxshi o’qimoq D) qattiq ta’sirlanmoq
9. Rang-tus sifatlari berilgan javobni belgilang.
A) go’los, ol B) kakra, talx
C) mo’jaz, chog’ D) sarxil, muattar
10. Aziz rangdor vassali , sertochka uyga kirdi.
Ushbu gapdagi belgining belgisini bildirgan so’z qaysi?
A) vassali B) sertochka C) Aziz D) rangdor
11. Qaysi javobda holatni anglatuvchi sifatlar berilgan? A) xursand, xafa, shallabo
B) mahmadona, gapdon, tanbal
C) muazzam, vijdonli, garang
D) ayyor, badnafs, pokiza
12. Qaysi javobda asliy sifatlar berilgan?
A) ko’chma, kuzgi, chillaki B) ayyor, qizil, bugungi C) giryon, tashna, qistalang D) nodon, to’q, xomush
13. –roq qo’shimchasi sifatdan tashqari qanday so’zlarga ham qo’shilib , ular anglatgan belgini qiyoslab kelishi mumkin?
1) sifatdoshga 2) ravishdoshga 3) harakat nomiga
4) ravishga 5) otga
A) 1,2,3,4, B) 1,2,4,5 C) 1,2,4 D) 2,4,5
14. Jindak, qittak so’zlarini sifat oldidan qo’llash orqali sifatning qaysi darajasi hosil qilinadi?
A) ozaytirma B) qiyosiy C) orttirma D) kuchaytirma
15. Qaysi daraja shakli leksik va morfologik usulda hosil qilinadi?
A) qiyosiy daraja B) oddiy daraja
C) orttirma daraja D) ozaytirma daraja
16. Orttirma darajadagi sifat ishtirok etmagan gapni belgilang.
A) G’oyatda shirin qovunlarning hidi atrofga taralmoqda
B) Ko’rinishidan tuppa-tuzuk yigit ekan
C) Bugungi test qiyindan qiyin tuzilgan
D) Xona nim qorong’i edi.
17. Qaysi javobda qismlari o’zaro sinonim bo’lgan juft sifat berilgan?
A) baxtli-saodatli B) katta-kichik
C) ilmiy-ommabop D) soya-salqin
18. Har ikkala qismi ham yasama bo’lgan juft sifatni toping.
A) boy-badavlat B) uzuq-yuluq
C) ajoyib-g’aroyib D) pishiq-puxta
19. Affiksatsiya usulida yasalgan sifatni belgilang. A) yo’l-yo’l B) bodomqovoq C) sergap D) xushfe’l
20. no-, -siz , be- qo’shimchalariga zid ma’noli bo’lmagan qo’shimcha qaysi?
A) –ba B) –mand C) –dor D) –ser
21. Qaysi qo’shimcha shaxs va narsaning turli harakati natijasi bilan bog’liq sifat yasaydi?
A) –iy B) -ma C) –gi D) –simon
22. Sifat otlashsa, qanday sintaktik vazifalarda qo’llanadi?
1) qaratqich aniqlovchi
2) vositali to’ldiruvchi
3) ega
4) vositasiz to’ldiruvchi
5) undalma
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,4,5
23. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz!
Ushbu gapda sifat otlashib, qanday vazifada kelgan?
A) ega B) qaratqich aniqlovchi
C) vositali to’ldiruvchi D) undalma
24. Sifat morfologik usul bilan yasalsa, qanday fonetik hodisalar ro’y beradi?
A) tovush tushishi, tovush ortishi
B) tovush ortishi, tovush almashishi
C) tovush almashishi , tovush tushishi
D) tovush tushishi, ortishi, almashishi
25. Birinchi qismi chiqish kelishigida bo’lgan sifat + sifat birligi qaysi darajani hosil qiladi?
A) ozaytirma B) orttirma C) qiyosiy D) oddiy
26. Quyidagi sifatlarning nechtasidan –imtir qo’shimchasi yordamida ozaytirma daraja hosil qilinadi? Oq, qora, qizil, sariq, ko’k, yashil
A) olti B) besh C) to’rt D) uch
27. Sifat va ot yasovchi shakldosh qo’shimchalarni toping. A) –zor, xon, -paz B) –oq, -kash, -gi C) –loq, -siz, -kor D) –chi, -viy, -mand
28.Qismlari yasama+yasama shaklida bo’lmagan juft sifatni aniqlang. A) achchiq-chuchuk B) issiq-sovuq C) ilmiy-ommabop D) ijtimoiy-siyosiy
29. Qaysi javobda qismlaridan biri mustaqil holda qo’llanmaydigan qo’shma sifat berilgan?
A) yaxshi-yomon B) eski-tuski
C) osmono’par D) shalpangquloq
30. Tarkibida sifat yasovchi qo’shimcha ishtirok etishi mumkin bo’lgan sifat turlari qaysi javobda qayd etilgan? 1) sodda sifat 2) qo’shma sifat
3) juft sifat 4) takroriy sifat
A) faqat 1 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling