Сийдик айирув аъзоларининг функционал анатомияси. Эркакларнинг жинсий аъзоларининг функционал анатомияси


Download 249.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana11.11.2021
Hajmi249.84 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
sphincter  fornicis    va  m.  spiralis  calycis  qisqarganda  buyrak  kosachasi  torayadi  va  siydik 

jomcha  tomon  oqadi,  kosacha  bo’shaydi.  Bu  holat  esa  sistola  deb  ataladi.  Kosachalarning  ishi, 

buyrak jomining bir xil ishlari bilan bog’liq. 

 

Buyrak  kosachalari,  jomi  va  siydik  yo’li  buyrakning  ekskretor  yo’llari  hisoblanadi. 



Buyrak ekskretor yo’llarining rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda 3 xil: 1) embrional-

gumona; 2) fetal-xomila; 3) yetuk shakllari farq qilinadi. 



Siydik yo’li. 

Siydik  yo’li  ureter,  uzunligi  30  sm  gacha  bo’lgan  naychadir.  Uning  diametri  4-7  mm 

keladi.  Siydik  yo’li  qorin  pardaning  orqasida  buyrak  jomidan  pastga  va    medial  yo’nalishda 

kichik chanoq bo’shlig’iga tushadi va siydik pufagi ostiga boradi. Siydik pufagi devorini qiyshiq 

yo’nalishda teshib kiradi. Siydik yo’lining qorin qismi, pars abdominalis va chanoq qismi pars 

pelvina  farq  qilinadi.  Siydik  yo’lining  qorin  qismining  pastki  chegarasi  chanokning  chegara 

chizig’i  linea  terminalis  hisoblanadi.  Siydik  yo’lining  bo’shlig’i  hamma  joyida  ham  bir  xil 

diametrda  emas.  Uning  toraygan  joylari  ham  bor:  1)  buyrak  jomining  siydik  yo’liga  o’tish 

joyida; 2) pars abdominalis va pars pelvina chegarasida; 3) pars pelvina ning xamma qismida; 

4)  siydik  pufagi  devori  oldida.  Siydik  yo’lining  uzunligi  ayollarda  erkaklarga  nisbatan  2-3  sm 

kaltaroq.  Ayol    chanog’ida  siydik  yo’li  tuxumdonning  margo  liber  bo’ylab  pastga  tushib, 

bachadonning  serbar  boylami  asosida    bachadon  bo’ynidan  lateral  joylashadi  va  siydik  pufagi 

bilan qinning oralig’iga kiradi va siydik pufagi devoriga qiyshiq yo’nalishda kiradi. 




Download 249.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling