Сийдик айирув аъзоларининг функционал анатомияси. Эркакларнинг жинсий аъзоларининг функционал анатомияси


Buyrakning fiksatsiyasi. (mahkamlanishi)


Download 249.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana11.11.2021
Hajmi249.84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Buyrakning fiksatsiyasi. (mahkamlanishi). 

Buyrakning o’z o’rnidan jilmay joylashuviga sabab bo’luvchi omillarga qorin  bo’shlig’i 

ichidagi  bosim;    buyrak  fastsiyasi;  buyrak  o’rindig’i;  buyrak  qontomirlarini  kiritish  mumkin. 

Buyrakni  mahkamlovchi    omillarning  sustligida  buyrakning  pastga  tushushi  yoki  qimirlab, 

harakatlanib turishi mumkin. Normada  ikki buyrakning bo’ylama o’qlari yuqori medial tomonga 

qiyshiq yo’nalgan bo’lib, ma’lum burchak ostida kesishadi. 



Buyrakning tuzilishi. 

         Buyrak  bo’ylama  yo’nalishda  kesilganda,  buyrak  kosachalari,  buyrak  jomi    joylashgan 

uning kavagi, sinus renalis va buyrakning xususiy moddasi ko’rinadi. Buyrakda  ikki xil modda 

cortex  renalis,  buyrakning  po’stloq  moddasi  va  buyrakning  miya  moddasi  medulla  renalis 

farqlanadi. 

        Buyrakning  po’stloq  moddasi,  uning  periferik  qismini  egallab,  4  mm  gacha  qalinlikda 

bo’ladi.  Miya  moddasi  esa,  piramida  shaklida  bo’lib,  pyramides  renalis  deb  ataladi.  Buyrak 

piramidalari    o’z  asoslari  bilan    a’zoning  tashqi  yuzasiga,  uchi  bilan  esa  buyrak  sinusi  tomon 

qaragan.  Piramidalarning  2  yoki  3  tasining    uchlari  umumlashib,  buyrak    so’rg’ichi  papillae 



renales ni hosil qiladi. Bunday buyrak so’rg’ichlarining soni 12 tagacha. 

 

Buyrak  so’rg’ichining  yuzasida  ko’plab  teshikchalar  foramina  papillaria  lar  bor. 




Download 249.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling