Sinekdoxa narsalarning son yoki butun va qismlari orasidagi munosabat nazarda tutiladi (birga anglamoq, qo'shib fahmlamoq). Ba'zi shevalarda bizni uyga (hovlimizga) keling, deyish o'rniga bizni eshikka keling deydilar


Download 14.27 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi14.27 Kb.
#1248877
Bog'liq
Tilning tasviriy vositalari


Sinekdoxa. Sinekdoxa narsalarning son yoki butun va qismlari orasidagi munosabat nazarda tutiladi (birga anglamoq, qo'shib fahmlamoq). Ba'zi shevalarda bizni uyga (hovlimizga) keling, deyish o'rniga bizni eshikka keling deydilar. Bu gapda eshik sinekdoxadir.Lahjaviy unsur sifatida bunday hodisa ba'zan badiiy asar tilida ham uchrab qoladi. «Eshikka kiring, aka, choy-non ichib keting» S.Ahmad «Ufq».Sinekdoxaning ko'rinishlari:
1. Butun o'rnida qism: Og'zaki nutqda ba'zan kishilarni chaqirayotganda ularni ism yoki familiyalarini aytmasdan, biror ajralib turgan belgisiga qarab qorni katta bo'lsa, «Ey qorin», kallasi juda katta bo'lsa «Ey kalla», soqol qo'ygan bo'lsa, «Ey, soqol» tarzida murojaat qilishlarga duch kelamiz. Bunda ana shu aytilgan qism orqali kishi yoki uning ismi tushuniladi. Misollar: Kalning nimasi bor – temirdan tarog'i bor (Maqol). Kallik belgisi kishining soch to'kilgan qismiga nisbatan.
2. Qism o'rnida butun. Ilgarilari «pivo» so'zi umuman ichimlik ma'nosini anglatgan, hozir esa u ichimlikning bir turini anglatadi. Bunga jins va tur munosabati tarzida ham qaralishi mumkin.
3. Ko'plik o'rnida birlikni ishlatish: Sotuvchi, haridor bilan xushmuomalada bo'ladi (og'zaki nutqdan). Aybni Ahmad qiladi, kaltakni Rahmat yeydi.
4. Jins o'rnida tur: Pushka o'rnida kurol, bedana o'rnida qush, sazan o'rnida baliq so'zlarini ishlatilishi bunga misol bo'la oladi.
Mubolag'a va kichraytirish: Mubolag'a orttirib, bo'rttirib ko'rsatish, mahovat qilish ma'nosini bildiradi. Ayrim adabiyotlarda bu atama o'rnida giperbola atamasi ham ishlatiladi. Kichraytirish deb narsa va hodisalarni o'z holatiga nisbatan haddan tashqari kichraytirib tasvirlanishiga aytiladi. Ba'zi lisoniy adabiyotlarda «kichraytirish» o'rnida litota (grekcha, soddalik demak) atamasidan foydalanilsa, boshqalarida metozis terminining ishlatilganligini ko'ramiz. Klassik adabiyotimizda bu san'at tarifiy deb yuritilgan. Mubolag'ada biror narsa, uning belgi va xususiyati oshirilib ko'rsatilsa, litotada uning aksi yuz beradi, har ikkalasi ham ko'chma ma'noga asoslanadi. Lekin tropning boshqa turlaridagi ko'chma ma'no asosida qandaydir o'xshatish, qiyos yoki boshqa biror narsa, voqea-hodisa tushunilsa, moslikni talab qiladi.Kichraytirish: «Bu so'zning ma'nosi shu qadar teran, Dengizlar bir xo'plam uning qoshida». Uyg'un «Tinchlik kuylari». Qadimgi adabiyotimizda mubolag'a badiiy mahorat, asar uchun zaruriy fazilat sanalgan. Shu sababli shoirlar ham mubolag'aga ko'p murojaat qilganlar, hatto ba'zan uni oshirib ham yuborganlar. Behad kuchaytirilgan, bo'rttirilgan mubolag'a ifrat yoki ibrak deyiladi. Mubolag'a haqiqatga ma'lum darajada mos kelishi kerak, aks holda badiiy bo'yoq yo'qoladi, o'quvchida ishonchsizlik hosil qiladi.
11-mavzu: Hozirgi o`zbek adabiy tilida lug`aviy antonimlar Reja: 1. Antonimlar va ularning ko`rinishlari. 2. Lug`aviy antonimlarning turlari: à) leksik antonimlar; á) frazeologik antonimlar. 3. Antonim va juft so`zlar masalasi. 4. Antonimlarning stilistik mohiyati. 5. Xulosa. ADABIYOTLAR:: 1. Abdurahmonov N.R. O`zbek adabiy tilida juft otlar. SamdU asarlari, Yangi seriya, 115-chiqarish, - Samarqand, 1981. 2. Abdurahmonov N.R. Juft so`zlarning fonetik xususiyati. SamDU asarlari, Yangi seriya, 115-chiqarish, - Samarqand, 1981. 3. Abdurahmonov N.R. Hozirgi zamon o`zbek tilida juft so`zlar sostavi masalalari. SamDU asarlari, Yangi seriya, 129-chiqarish, «O`zbek tilshunosligi masalalari»,- Samarqand, 1978. 4. pinxasov Ya. Hamid Olimjon asarlarida frazeologik iboralar, «Sovet maktabi» jurnali, 1980, ¹1. 26 5. Rahmatullayev Sh. Lug`aviy birliklarning zamonaviyligi jihatidan guruhlanishi va nomlanishi masalasiga doir, «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1982, ¹4. 6. Rahmatullayev Sh. O`zbek frazeologyasining ba`zi masalalari. UzSSR «Fan» nashriyoti, -Toshkent, 1966. 7. Rahmatullayev Sh. Nutqimiz ko`rki. UzSSR «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1970. 8. Usmonov S. Antonimlar. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1988, ¹2. 9. Shukurov R. O`zbek tili antonimlari lug`ati, «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1973, ¹2. 10. Shukurov R. Bir xil o`zakli antonimlar. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1972, ¹3. 11. Qarshiyev B. Rus va o`zbek tillarida frazeologik sinonimiya va antonimiya, «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1982, ¹5, 33-36- betlar. 12. Qilichev E. Antonimlarning stilistik xususiyatlari, «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1984, ¹2, 55-58-betlar. 13. Hojiyev A. Juft so`zlarning yasalishi va komponentlari, ma`nosiga ko`ra turalri, «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1980, ¹4. 14. Hojiyev A., Mullayev T. Leksik antonimiya haqida, «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1989, ¹1, 12-17-betlar. 15. Hojiyev A. O`zbek tilida qo`shma, juft va takroriy so`zlar, UzSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, Toshkent, 1983.
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling