Sinf: 1 Sana: oktabr. 2019-yil Mavzu: “K k’” tovushi va harfi. Darsning maqsadlari: Ta`limiy


Download 0.75 Mb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#211978
  1   2   3
Bog'liq
1-sinf alifbe k harfi va tovuushi 2019


Sinf: 1

Sana:__-oktabr.2019-yil

Mavzu: “K k’” tovushi va harfi.

Darsning maqsadlari: Ta`limiy: O’quvchilarni k tovushi va K k harflari bilan tanishtirish,k tovushi va k tovushli so’zlarni o’qishga o’rgatish.

TK1:turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni kitobni sevishga, uni yirtmasdan, varaqlariga chizmasdan avaylab foydalanishga o’rgatish.

TK2: kun tartibiga rioya qilish;o‘zlashtirgan bilimlarini boyita olish.

  1. Rivojlantiruvchi: “K” tovushini to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatib, fikrlash qobiliyati, og’zaki nutqini rivojlantirish.“Kitob” haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.

  2. FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: Analiz-sintez, suhbat, tushuntirish, ko’rgazmalilik, “Havo shari” , “Gugurt cho’pi”,”Unli,undosh” didaktik o’yinlari,”Uycha quramiz”,”Yelpig’ich”texnologiyalari, AKT dan foydalanish.

Dars jihozi: Texnik vositalar, kesma harflar, K harfiga oid rasmlar,bo’g’inlar yozilgan tarqatmalar.

.D a r s n i n g b o r i s h i :



  1. Tashkiliy qism:

Dars alifbe qo’shig’i bilan boshlanadi

O’qituvchi:Qani do’mboqlarim,bugun hamma sog’lommi?

Yangi darsga tayyormi?



O’quvchilar:Ustoz bizlar sog’lommiz

Yangi darsga tayyormiz!



O’qituvchi:Har narsadan xabarchi

Sinfda kim navbatchi?



Navbatchilar:Menman bugun navbatchi

Doskani ham artuvchi

Gullarga suv quyuvchi

Sanani ham aytuvchi

Sinfda ___ nafar oq’uvchi bo’ishi kerak,shundan hamma darsga tayyor.

O’qituvchi:Barakalla aziz bolajonlar.Bugungi alifbe sabog’imizni musobaqa tarzida olib boramiz.Har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkasi berib boraman.Dars so’ngida eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “Oltin toj” sohibi bo’ladi.

1-qator:Kuz fasli haqida davomli matn tuzadi.

2-qator:Kuz faslida nishonlanadigan muhim sana va bayramlarni aytadi.

Til bayrami haqidagi she’rlar aytiladi va monitordan Muhammad Yusufning “Ona tilim”she’ri o’qib eshittiriladi.

O‘zbek tili – ona tiling,

O‘zbekiston –Vataning.

Tiling uchun, eling uchun

Fido bo‘lsin jon-taning.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,

Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,

Tildan qolsam, seni Oybekday

Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman

3-qator:”Sehrli so’zlar”ni aytadi.

O’qituvchi:Alifbe sabog’i bizga nimani o’rgatadi?


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling