Sinf: 8 – sinf Fan: Kimyo. Mavzu: Kimyoviy muvozanat. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 269 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi269 Kb.
#130991
Bog'liq
8 sinf dars ishlanma


Sinf: 8 – sinf
Fan: Kimyo.
Mavzu: Kimyoviy muvozanat.
Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib, ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, tarixiy va madaniy merosimizga, O’zbek xalqining buyuk siymolariga, Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilmni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. O’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish.
Kompetensiyalar:

1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:

3. Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:

4. Kommunikativ kompetensiya:

5. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

6. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

7. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

8. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
Dars shiori: Kimki bilsa kimyoni, qo’lga olar dunyoni.
Darsning jihozlari: Plakatlar, texnik vositalar, darslik, davriy jadval, mavzuga doir tarqatmalar, slaydlar, bor, doska.
Darsda qo’llaniladigan metod: Aralash, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster.
Mashg’ulot bosqichlari:




Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

15 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

O’quvchilarni baholash

3 daqiqa

6

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

2 daqiqa

7

J A M I :

45 daqiqa


Foydalanilgan adabiyotlar: Kimyo 8. Toshkent-2014. R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’.G’opirov.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.

2. O’quvchilar davomadini aniqlash.



3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish, savol-javob tariqasida o’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:  
Kimyoviy reaksiyalar qaytmas va qaytar reaksiyalarga bo‘linadi.

Qaytmas reaksiyalar faqat reaksiya mahsulotlarini hosil bo‘lishi tomonga boradi. Masalan,

NaCl + AgNO3 = ↓AgCl + NaNO3 CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + CO2↑ + H2O

NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O 2KClO3 = 2KCl + 3O2

Qaytar reaksiyalarda esa kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonga sodir bo‘ladi. Ya’ni, avval reaksiya mahsulotlari va ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo‘ladi. Masalan, oltingugurt (IV)-oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, sulfit kislota hosil bo‘lishi.

SO2 + H2O = H2SO3

Bu reaksiyada hosil bo‘layotgan sulfit kislotaning eritmadagi miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiya ham sodir bo‘la boshlaydi.

H2SO3 = H2O + SO2



Ayni bir sharoitda qarama-qarshi tomonga boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.

SO2 + H2O ↔ H2SO3

Chapdan o‘ngga boradigan reaksiya to‘g‘ri reaksiya, o‘ngdan chapga boradigan reaksiya teskari reaksiya deb ataladi.

Qaytar kimyoviy reaksiyalarda dastlabki moddalar sarflanib ularning eritmadagi konsentratsiyasi kamayib boradi, natijada to‘g‘ri reaksiyani tezligi susayadi. Aksincha, reaksiya davomida hosil bo‘layotgan mahsulotlarning konsentratsiyasi ortishi hisobiga teskari reaksiyaning tezligi ortadi.

To‘g‘ri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat kimyoviy muvozanat deb ataladi. v1 – to‘g‘ri reaksiya tezligi, v2 – teskari reaksiya tezligi (v1= v2).

Kimyoviy muvozanat paytida reaksiya mahsulotlaridan nechta molekula hosil bo‘lsa, shuncha molekula ajralib turadi. Bosim, harorat va moddalar konsentratsiyasini o‘zgarishi bilan kimyoviy muvozanatni siljitish mumkin. Katalizator kimyoviy muvozanatni siljitmaydi. Balki muvozanatni tezroq qaror topishiga yordam beradi.

Haroratni ko‘tarilishi issiqlik yutilishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyani tezlashtiradi.

Oltingugurt (IV)-oksidini oksidlash reaksiyasi qaytar va ekzotermik reaksiyadir.

2SO2 + O2 ↔ 2SO3 + Q

Bu reaksiyada haroratni ko‘tarilishi teskari reaksiyani tezlashtiradi. Haroratni pasayishi to‘g‘ri reaksiyani tezlashtiradi.

Bosimni oshirilishi kimyoviy muvozanatni hajm kamayishiga olib keladigan reaksiya tomonga siljitadi.

Reaksiya tenglamasi asosidagi hisoblashlardan ko‘rinib turibdiki to‘g‘ri reaksiyada hajm kamayadi. Demak, bosim oshirilishi to‘g‘ri reaksiyani tezlashtiradi.



Kimyoviy muvozanatda turgan reaksiyadagi moddalarning birini konsentratsiyasi ortsa shu modda sarflanadigan tomonga muvozanat siljiydi. Masalan, kimyoviy muvozanatda turgan CO2 + H2 = H2O + CO reaktsion muhitdagi SO2 ni konsentratsiyasi orttirilsa muvozanat to‘g‘ri reaksiya tomonga siljiydi, CO ni konsentratsiyasi ortsa, muvozanat teskari tomonga siljiydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsdagi ishtirokiga qarab
Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish va kerakli ma’lumotlarni yod olish. Mavzuga oid testlarni ishlash. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
Download 269 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling