Sinf rahbarining kompetentlik faoliyatini tashkil etish


Download 317.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.09.2020
Hajmi317.54 Kb.

SINF RAHBARINING KOMPETENTLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH  

 

Reja: 

1. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o„rganishi, tarbiyaviy ishlarni 

tashkillashtirish  

2. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o„rganishi va tarbiyaviy ishlar jarayonini 

rivojlantirish yo„llari  

3. Sinf rahbarining tarbiyaviy  ishlarni   rivojlantirishga yo„naltirilgan 

faoliyati. 

 

Tarbiya    jarayoni    va    uning      natijasi      ishning        qay      darajada    tashkil  



etilganligi   va  undan   keladigan  samaraga  bog„liq.  Gurux    raxbari  tarbiya    

ishini   gurux     miqyosida   xal    etishda   istiqbolni   tasavvur    eta   olsa,    kelajakni 

ko„ra  bilish  maxoratiga  ega  bo„lsagina   u  muvofaqqiyat  bilan  ishlay  oladi. 

Tarbiyada   ijod   qilmay    ishlash    mumkin emas.    Agar   gurux    raxbari   o„z 

ishidagi    xar bir  qadamining    pedagogik ma‟nosini        yaxshi bilsa,        u  talabalar    

qalbining  muxandisiga   aylanadi,   aks xolda  esa oddiy   bir xunarmand  bo„lib,  

qoladi xolos  

Sinf murabbiyining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshadigan 

jarayon 

 

Davlat ta‟lim standarti mazmuni 



 

Ta‟lim  va  tarbiyaga  oid  yangi  ilmiy  va  metodik  adabiyotlarning  

mazmuni bilan tanishish; 

 

Tegishli    ko„rgazma  materiallarni,  o„quv-jihozlarini  o„rganish,  ularni 



qo„llay bilish; 

 

Ilg„or  o„qituvchilarning  ish  tajribalarini  o„rganish,  tahlil  qilish  orqali 



bilimini kengaytirish;  

 

Kompyuter  texnikasi,  internetdan  foydalanish  ko„nikmasini  oshirish, 



elektron  darsliklar,  “Ziyonet”  axborot  ta‟lim  portali  orqali  ma‟lumotlarni  olish 

malakasini shakllantirish kabilardir. 



Birinchidan,  o„z  mazmuniga    ko„ra  g„oyaviy-siyosiy,    ijtimoiy    foydali  

yo„nalishga  qaratilgan  bo„lishi, ya‟ni jamiyatning   va  boshqalarning   foydasiga  

qaratilgan   ishlarga  aloxida  e‟tibor  berish; 

Ikkinchidan,    tarbiyaning  yo„nalishini,    talabalarga    ta‟sir  etish    vositalarini   

maqsadga    muvofiq  tanlash,    ya‟ni    reja  mo„ljallanayotgan    ishlar    nimaga    va  

kimga     qaratilganligini  aniqlash; Uchinchidan,  rejadagi ishlar  aniq  - umumiy  

maqsadga          bo„ysuntirilgan,    bajaruvchilari,    vaqti,    ish  shakli    ko„rsatilgan  

bo„lishi; 

To‘rtinchidan,   rejadagi ishlar  talabalar  kuchiga  va  yoshiga  mos  kelishi;  

Beshinchidan,    talabalar    qiziqishiga    asoslanishi    va  extiyojlaridan      kelib 

chiqishi; 



Oltinchidan,  mo„ljaldagi ishlarni  bajarishda  butun   jamoaning  va  yakka  

shaxslarning  ishtirokini   xisobga  olish; 



Ettinchidan,    bajarilishi  lozim    bo„lgan    barcha    ishlar    oldindan    xammaga  

ma‟lum  qilinishi  kabi talablarga  javob  berishi lozim. 



Eng  yaxshi gurux  raxbarining  taxminiy  rejasi quyidagi   bo‘limlarni  

aks ettirish lozim 

 

.«Sinfni  tashkil    etish»,    «G„oyaviy  axloqiy  tabiya»,    «Mehnat  



tarbiyasi  va  kasb tanlashga   yo„llash», «Oila va  jamoatchilik  bilan hamkorlik» 

 

2.Pedagogik      jamoa    bilan      aloqa    bo„limida      guruxda    dars 



berayotgan    o„qituvchilarni    gurux    tarbiyaviy    ishlariga        jalb  qilish    yo„llari  

talabalar    uchun    qo„shimcha    mashg„ulotlar,      fan    va    ijodiy        to„garaklar,   

munozaralar,  ilmiy  anjumanlar,   qiziqarli  uchrashuvlar,  fan  xaftaliklari  bilan   

bog„liq ishlar  yoritiladi.   

 

Gurux  raxbari  o„zi  uchun  bir  xaftaga  mo„ljallab   reja  tuzib  olsa  



yaxshi    bo„ladi.    Bunga    kundalik    ish    mazmuni,    bajaruvchilar  ko„rsatiladi,  

xaftalik  reja  qisqa   vaqtga mo„ljallanganligi   uchun  xam  u  gurux   xayotida,   

o„quv    yurtida,        ijtimoiy  xayotda      ro„y    beradigan    voqea    va    xodisalarga   

tasodifiy  vujudga  kelgan  extiyoj  va  zaruriyatlarga  muvofiq  ishlarni  belgilash 

va tegishli  o„zgartirishlar  kiritish  uchun qulaylik  tug„diradi. 

Bu  rejani  quyidagi chizmada  tuzish  mumkin 

Tartib 

raqami 

Xafta 

kunining 

yo‘nalishi 

va sanasi 

 

Tadbirning nomi 

 

Bajarishga 

mas’ul 

Tadbirning 

taxlili va 

pedagogik  

xulosa 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Tarbiyaviy   tadbirning   rejasini   ishlab chiqish   dars  rejasidan  xam  

ko‘ra  murakkabroqdir 

 

O‘quv 

xaftasi 

Tarbiyaviy ishning 

asosiy mazmuni 

Kundalik ishlar 

Ish natijasi va 

kuzatishlar taxlili 

1-21 mart 

Shanbalikda 

qatnashish va  

chorak yakunlariga  

bagishlangan 

majlisda ishtirok 

etish 


1. o„z-o„ziga xizmat etishni 

tekshirish 

2. siyosiy  arboblar bilan 

uchrashuv. 

3. siyosiy  axborotda 

qatnashish. 

4. gurux yig„ilida qatnashish 

5. gurux bilan 

maslaxatlashish. 

Axbort  sust,  

siyosiy  

axborotchilar  

faktlarni sharxlashga 

qiynalishdi.Majlis  

faol va jonli o„tdi,  

faollarda ma‟suliyat  

xissi ortib borayapti. 


 

 

Sinf  rahbarining  tarbiyaviy    ishlarni      rivojlantirishga  yo‘naltirilgan 

faoliyati 

 

-siyosiy  mustaqillik  tufayli  ichki va tashqi  siyosatdan  Respublikamiz  o„z  



qadriyatlari  asosida  jaxonning  ko„pgina   mamlakatlari bilan bog„landi,  nufuzli 

tashkilotlarga   teng   xuquqli a‟zo  bo„ldi,  diplomatik aloqalar  o„rnatildi; 

-iqtisodiy  mustaqillik  tufayli  tabiiy  zaxiralarga   boy  giosiyosiy   nuqtai  

nazardan  ancha  qulay  xududda  joylashgan  yurtimiz xo„jalikni  yuritish  xuquqi  

qo„lga   kiritildi  va xalqimiz  farovonligi   yo„lida   ulardan   foydalanishga  shart-

sharoitlar  yaratildi; 

-Ma’naviy    mustaqillik      tufayli    xalqimizning    istiqlolga,    ozodlikka  o„z  

davlatiga  ega  bo„lishiga,  adolatli jamiyat qurishga bo„lgan azaliy orzu-umidlari  

ro„yobga    chiqdi.  Mustaqillik    tufayli    biz    bugungi    kunda    barqaror    bozor  

iqtisodiyotiga,  ichki  va  tashqi  siyosatga,   demokratiyaga  asoslangan    xuquqiy  

davlat  va  fuqarolik  jamiyati  qurishga kirishdik. 

 

Sinf rahbarining tarbiyaviy  ishlarni   rivojlantirishga 



yo‘naltirilgantarbiyaviy ish rejalariga kiritiladigan taxminiy ishlar 

Sinf  tavsiyanomasi.  Rejaning  bu  qismida  sinf  to„g„risida  ma‟lumot, 

talabaning  kimligi,  xarakteri,  savodxonligi,  tarbiyalanganligi  butun  sinfni  oldinga 

qarab  yuksalib  borishi,  yordamga  muhtoj  talabalar,  to„garaklar  fakultativ 

mashg„ulotlar,  darsdan  tashqari  tashkilotlarda  qatnashish,  jamoada  qizlar  bilan 

o„g„il bolalar, faollar o„rtasidagi munosabat, tarbiyasi qiyin talabalar, yangi jamoat 

topshiriqlari, yozgi oromgohlarda qatnashish haqida umumiy ma‟lumotlar beriladi. 



Tarbiyaviy masalalar.Rejaning bu qismida ta‟lim va tarbiyaning eng dolzarb 

masalalari,  tarbiyaviy  ishlarning  strategiya  va  taktikasi,  sinfda  tarbiyaning  qaysi 

turiga ko„proq ehtiyoj borligi, sinf bilan birgalikda talabalarning yoshi, o„quv yurti 

muhiti  haqidagi  fikrlar  joy  oladi.    Reja  tuzishda  tarbiyaviy  masalalarni  tanlash, 

tarbiyaviy  chora-tadbirlarni  belgilashda  o„quv  yurtining  muammolari,  albatta, 

hisobga olinishi lozim. 



Sinfning  faoliyati  turlari  va  asosiy  vazifalari.  Dunyoqarash  asoslarini 

shakllantirib  tarbiyalash.  Rejaning  bu  qismida  o„quvchilarga  dunyoqarash 

asoslarini  shakllantirishga  oid  ishlar  siyosatni  tushuntirish,  olamning  bir  butun 

materiya ekanligi, tabiat qonunlari va hodisalarni sharhlash, tarixiy yodgorliklarni 

tomosha  qilish va ularni asrash asosiy o„rin egallaydi. 

Bu  qismda  tarixiy  kunlarni  nishonlash  milliy  an‟analarni  (Navraz,  mehrijon 

bayramlari) o„tkazish ham kiritiladi. Tarbiyaning turini to„la amalga oshirish uchun 

sinf  rahbari  o„z  sinfi    o„quvchilarini  to„garaklar  va  klublarga  a‟zo  qilishi  lozim. 

Bular orqali esa sinfda milliy g„oya asosida, vatanparvarlik va baynalminallik, pok 

vijdonlik, dushmanlarga nafrat,siyosiy hushyorlik ruhida tarbiyalash lozim. 



Siyosiy sezgirlik tarbiyasi va jamoat faoliyatining taraqqiyotiIsh rejasining 

bu qismida g„oyaviy, siyosiy, vatanparvarlik, vatan,do„stlik, baynalmilliy tarbiyaga 

o„rin beriladi. Tarbiyaviy ish rejasining bu qismini tartibga keltirishda sinf rahbari 


o„quvchilarning  fidokorlik  hissini  takomillashtirish,  jamoat  faoliyatini  va  uning 

jamiyatdagi  mavqei,  Vatan  madhiyasi.  Gerbi,  Konstitutsiya  va  bayrog„imiz, 

millatlararo  do„stlik,  turistik  ishlar.  O„lkashunoslik,  iqtisodiy,  ekologik,  siyosiy-

ma‟orif ishlarini rejalashtirishni lozim. 



Pedagogik ma’ruza— pedagogik bilim berishning eng mashxur shakllaridan 

biri. Keyingi paytlarda ota-onalarga pedagogik bilim berish keng miqyos kasb etib, 

ta‟lim  muassasalarida,  tashkilotlarda,  madaniyat  uylarida,  turar  joylardagi  va 

hokazolardagi  ota-onalar  pedagogika  universitetlari  va  ma‟ruzachilar  orqali  turli 

shakllarda amalga oshirilmokda. 

 

Mustahkamlash uchun savollar: 

1. Sinf rahbarining shaxs va jamoani o„rganish yo`llarini aytihg/ 

2. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni qanday tashkillashtirishi mumkin? 

3. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonini rivojlantirish yo„llari qanday? 

4. Sinf rahbarining tarbiyaviy  ishlarni   rivojlantirishga yo„naltirilgan faoliyati 



nimalardan iborat? 

 

 

Download 317.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling