Sinflar uchun 5 – sinf adabiyot so`z san’ati


-SINF BADIIY SO`Z QUDRATI


Download 242.5 Kb.
bet5/7
Sana06.04.2020
Hajmi242.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

7-SINF

BADIIY SO`Z QUDRATI.

1.“Yaral!” so`zining arabchasi nima?

Kun”

2.Badiiy adabiyot necha turga bo`linadi va ular qaysilar?



Ikki turga: Og`zaki va yozma

3.Badiiy asarning ta’sirchanligi sababi nima?



Badiiy asar hayot hodisalari natijasida yuzaga kelgan kechinma, hissiyot va munosabat mahsuliligi

4.Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima?



So’z

5.San’atning asosiy turlari qaysilar?



Musiqa, tasviriy san’at, kino, badiiy adabiyot, teatr

6.Nima “Tushuntiradi”, nima “Tasvirlaydi”?



Fan “nima bo`lganini” tushuntiradi, adabiyot “qanday bo`lganini” tasvirlaydi

7. “Adabiyot-hayotning in’ikosi”

Davom ettiring?

Ammo uning suratga tushurilgan ayni nusxasi emas

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY

(1883-1929)

1. “Millatim nasli bashardur, vatanim kurrayi arz,

Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz”

Misralar muallifi?



Hamza

2.Kimning otasi “Buxoroga borib xalq do`qtiri” bo`lib qaytadi?



Hamzaning otasi

3.Adabiy taxallusi?

Niyoziy”

4.Namangan qachon keladi va kim bilan uchrashadi?



1908-yil, Abdulla To`qmullin bilan

5.Bolalar uchun darsliklar?

Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi”, “O`qish kitobi”

6.1915-yil Marg`ilonda qanday kutubxona ochdi?

G`ayrat”

7.Qanday she’rlarini bilasiz?

Yig`la Turkiston” , “Turkiston”, “O`zbek xotin-qizlariga”,

Dardiga darmon istamas”,

Jonlarni jononi Vatan”

8. “Yig`la Turkiston” she’rining naqaroti?

Yig`la, yig`la Turkiston, yig`la, Turkiston,

Ruhsiz tanlar tebransin, yig`la, Turkiston”

9. “Turkiston” she’rining naqaroti?

Zulmat toshi yog`ilsa-da, ko`zi ochilmaz,

Ruhsiz tandur, xanjar ursa, qoni sochilmaz”

10. “Uxlama ko`p, o`zbek eli, asri taraqqiy vaqtida”

Qaysi she’rning naqaroti?

Dardiga darmon istamas”

11. “Sen qachon maorifning dargohiga yo`l topsang,

Nurlarin olib ko`zga surmayi Sulaymon qil”

Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan?

O`zbek xotin-qizlariga”


12.Maktab- millatni guli,

Millat aning bulbuli,

Maktabsiz qolgan millat

Boshqa chamanni quli…

Yengil adabiyot” (1914)

13. “O`zbek xotin-qizlariga” she’ri qachon yozilgan va janri?

1927-yil, g`azal

14. “Yig`la, Turkiston” she’ridagi “Ruhsiz tanlar” iborasi kimga nisbatan qo`llangan?



O`zligini, ajdodlarini unutgan, istiqbol uchun qayg`urmaydigan ma’rifatsiz xalqqa

15. Qaysi she’rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o`z millatining ko`zi ochilmasligidan iztirobga tushadi?

Yaxshi holin yo`qotgan oqibatsiz Turkiston” ,

Dardiga darmon istamas”

16. “Yig`la, Turkiston” she’rida qanday fikr ifodalangan?

Ma’rifatsizlik tufayli qoloqlikda qolgan el ahvoliga achinish

MUHAMMAD ALI

(1942 – yilda tug`ilgan)

1. “Yana keldim, ey Tarix bobo,

Sendan yana talab qilurman

O`z haqqimni qilmoqni da’vo

Haqiqatning yo`li bilurman” Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?

Muhammad Ali

2. “Men izlab topishni yaxshi ko`rardim” jumlalari muallifi?



Muhammad Ali

3. Hozirda qanday lavozimda faoliyat yuritmoqda ?



2003-yildan buyon Xalqaro A.Temur jamg`armasi raisi.

4. “Bitta tushunchadur…” davom ettiring?

“…uy ila Vatan!”

5.Muhammad Ali “Vatanni sevishga topingiz bardosh, “Sevaman!” deb sotib yurmang gap”,- deya kimning tilidan xitob qiladi?



Spitamen

6. “She’riyat- bir oltin saroy…”

Vatan-saroy bekasi”

7. “Tomlarda “lov”etdi lolaqizg`al-doq”. Tashbehining muallifi?



Muhammad Ali

8.“Vayron bo`lgan xotira … ” davom ettiring?

“… o`lim!”

9. Bobarahim Mashrabga bag`ishlab qanday asar yaratdi?

Mashrab ” dostoni

10.She’riy romani?

Boqiy dunyo”

11. Nasrdagi birinchi yirik asari?

Sarbadorlar” romani

12. Amur Temurga bag`ishlab qanday asar yaratdi?

Ulug` saltanat” ( 2003)

13. Roman xronikasi?

Abadiy sog`inchlar”

14. Yana qanday asarlarini bilasiz?

Oshiq bo`lmay haq diydorin ko`rsa bo`lmas”, “O`z- o`zingni anglab yet”

15. “Gumbazdagi nur” qachon yaratilgan?



1967- yil

16. Tarjimalari?



1. “Ramayana” eposi

2. “Robert Byorns” she’rlari

17. Filologiya fanlari nomzodi, Vashington universitetining professori kim?


Muhammad Ali

18. Asarlari necha tilga tarjima qilingan?



25 dan ortiq tilga

19. “Gumbazdagi nur”dagi bolaning ismi?



Temur

20. Ertakdan ham qadimligi rost bo`lgan shahar?



Samarqand

21. “Gumbazdagi nur”da qaysi qurilishlar qalamga olingan?



1.Katta Farg`ona kanali qurilishi, 2. Farhod GESi,

3. Toshkentdagi Katta Teatr binosi qurilishi

4. Zilziladan keyingi Toshkentning qayta tiklanishi

22. Shunda, bizlar chaqirmasak ham.

Qo`l cho`zishib kelishdi do`stlar.

Do`stlarning kelishiga sabab?



Toshkentda zilzila bo`lgan edi

23. “Gumbazdagi nur” dostonidagi bosh fikr?



A.Temurning yaratuvchilik faoliyatini aks ettrirsh; o`n ikki me’mor fidoiyligini ko`rsatish

24.Dostondagi: “Asli ular mavzu men uchun, Asli ular – dildagi matlab” misralarida kimlar nazarda tutilyapti?



O`n ikki me’morni

25.Muhammad Ali ijodida qaysi mavzu yetakchilik qiladi?



Tarix mavzusi

26.Doston so`ngidagi “Oldinda xayollar… ortda maqbara” misralarini qanday izohlash mumkin?



Kelajak va o`tmish orasida turgan yosh avlod holati

UMAR SAYFIDDIN

(1884-1920)

1. “Adabiyotsiz adabiyot yaratish” shioriga muvofiq ish tutgan ijodkor?



Umar Sayfiddin

2. “Naqarot” hikoyasi muallifi?



Umar Sayfiddin

3. “Naqarot” hikoyasiga nima asos qilib olingan?



Yoshligini Makedoniyada o`tkazgan eski bir zobitning xotira daftari

4. “Naqarot” hikoyasida nechanchi yil voqealari aks etgan?



1904-yil

5. “Naqarot” hikoyasidagi qo`shiqning naqaroti?



Nash, nash,

Charigrat nash

Raz – dva – tri…

6. Yosh zobit qo`shiq ma’nosini qanday tushunadi?

Seni juda sevaman, sening uchun jonimni beraman!”

7. “Naqarot” hikoyasidagi qo`shiq aytadigan qiz?



Rada

8. “Naqarot” hikoyasidagi bosh qahramon ruhiyatidagi qaysi tuyg`ular to`qnashuvi kuzatiladi?



Vatansevarlik va muhabbat

9.Yosh zobitning Babinaga ilk bora kelgandagi ruhiy holati aks etgan jumlani belgilang?



Chiroq yo`q. Sassiq, yog`li bir qurum bosgan tunuka qandil sariq va so`nik nur taratadi.

10. “Fazilatli bo`lmoq insonning qo`lida emas. Lekin istasa, nomusli bo`la oladi”, deb kim aytadi?



Zobitning harbiy maktabdagi ustozi

11. Rada kuylagan qo`shiq naqarotining haqiqiy ma’nosi nima edi?



Bizniki bo`lajak,

Istanbul bizniki bo`lajak

SHAVKAT RAHMON

(1950-1999)

1.She’riy to`plamlari?

Rangin lahzalar”,

Yurak qirralari”, “Ochiq kunlar”, “Gullayotgan tosh”, “Hulvo”, “Uyg`oq tog`lar”

2. Ispan shoiri Lorkaning qaysi kitobini o`zbek tiliga o`girdi?

Eng qayg`uli shodlik”

3. “Nahot, she’rlar aytdim bo`shliqqa qarab,

Nahotki, sovrildi olov so`zlarim,

Nahotki, haq bo`lsa el-yurt asli,

Quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim”

Misralari muallifi kim?

Shavkat Rahmon

4. “Bir qo`shiq bo`laman daryoday,

Yurakning eng chuqur yerida”, - deya orzu qilgan shoir?

Shavkat Rahmon

5.Shoirning “Saylanma”si qachon nashr etildi?



1997-yil
6. “Yovga ters qaragan musulmon emas.”

Qaysi she’rida keltirilgan?

Turkiylar”

7.Qanday she’rlarini bilasiz?

Turkiylar” , “Tungi manzara”, “Tong ochar ko`zlarim”,

Oy sinig`i”, “Savol”, “Hamal”

8. “Qurbaqa varaqlar bayozin,

Guldan bol so`radi arilar,

Chigirtka qayraydi ovozin,

Parvozda ninachi parilar”

Qaysi she’rida keltirilgan?

Tong ochar ko`zlarin”

9. “Jangda o`lgan emas biror bahodir,

Bari halok bo`lgan…”?

Xiyonatlardan

10. “Kim edim – u, kim bo`ldim endi,

Qayga ketar yoshligim, kuchim?” qaysi she’rda keltirilgan?

Savol”

11. “Turkiylar” she’ridagi “Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar”

Satrlarining ma’nosini izohlang?



Xalqqa bosh bo`ladigan va yurtni o`ylaydiganlar qolmadi

12. “Bormi er yigitlar, bormi er qizlar” ifodasidagi “er qizlar” birikmasini izohlang?



Yovga tik qaray oladigan, millat uchun kurashadigan

13. “Tungi manzara” she’rida “qora zindon naqadar chuqur” ifodasidagi “qora zindon” birikmasini izohlang?



Lirik qahramonning tushkun, g`amgin holati

14. “Tong ochar ko`zlarin” she’rida qaysi obrazga salbiy munosabat ko`rsatiladi?



Chumoli

O`YLARIMNING CHEKSIZ OSMONI.

SHUKUR XOLMIRZAYEV

(1940-2005)

1.Birinchi qissasi qaysi?

Oq otli”

2. Abdulla Qahhor maktubiga sazovor bo`lgan asari?

To`lqinlar”

3. Romanlari?

So`nggi bekat”, “Qil ko`prik”, “Dinozavr”, “Olabo`ji”, “Yo`lovchi”

4. Hikoya va qissalarini ayting?

O`n sakkizga kirmagan kim bor”, “Taqdir bashorati”,

Yo`llar, yo`ldoshlar”,

Cho`loq turna”, “Qush tili”,

Qahramonning so`nggi kunlari”, “Tuproq ko`chalar”, “Yur,tog`larga ketamiz”, “Abdulla Nabi o`g`lining songgi kunlari”, “Esiz,Eshniyoz!”,

Bulut to`sgan oy”

5. “Qora kamar” dramasi qachon yozildi?



1987-yil

6. “Qora kamar” dramasi qahramoni?



Xurrambek

7. “Sening safdoshlaring bir kun kelib yig`laydilar! O`sha o`ris yig`latadi”, deb Xurrambek kimga aytadi?



A.Nabiga

8.Shukur Xolmirzayev qaysi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi?

Qora kamar”

9.Qanday hikoyalarini bilasiz?

Yovvoyi gul”, “Bahor o`tdi”, “Bitiktosh”, “Yashil Niva”, “Ozodlik”, “Hayot abadiy”, “Ustoz”, “Tabassum”,

Xumor”, “Ko`k dengiz”

10. “O`zbeklar” hikoyasining ikkinchi nomi?

O`zbek xarakteri”

11. “O`zbeklar”da talabalar qayerga paxta tergani borishadi?



Bo`ka rayoniga

12. Hikoya qahramoni?



Ergash

13. Nuqul Remark bilan Xemmingueyni o`qib: “Bizning yozuvchilarimiz yolg`onchi”,-deydigan obraz?



Azimjon

14. Botir cho`ponning o`g`lining ismi?



Abduqodir

15. “Siz yozuvchilar injiq odamsizlar. Yaxshi odam deganda, sutdek oq, musichadek beozor odamni tushunasizlar”, - deb kim aytadi?



Ergash

16.Qo`yni kim so`yadi?



Mirzag`olib

17.Egashning hali tanimagan cho`pon xonadoniga birdan ko`ngli iliganligiga sabab nima edi?



Ergashning bolalikdan chorvadorlik muhitida yashaganligi

18.Ergashning “Lekin buni tan olmas edik. Qanday ablah ekanmiz!” tarzidagi iqroriga sabab nima?



Odamlarning faqirona hayotini ko`rib, ko`rmaganga olganlari

19.Hali bola Abduqodirning jamiyatdagi adolatsizligidan noroziligi uning qaysi so`zlarida aks etadi?

Eshimboyning ordeni bor.

Lekin qo`yi kam”

20.Paxtadan qaytayotgan Ergash avtobusda nima uchun yig`ladi?



Xalq orasida shunday bag`ri keng, oliyjanob insonlar borligidan quvonib

RAUF PARFI

(1943-2005)

1.Taxallusi?



O`zturk

2.Qaysi she’ri talabaligidayoq yoshlarning sevimli qo`shig`iga aylangan edi?

Laylo”

3. Birinchi she’rlar to`plami?

Karvon yo`li” (1969)

4.She’riy to`plamlari?

Aks sado”, “Tasvir”, “Xotirot”, “Ko`zlar”, “Qaytish”, “Sabr daraxti”, “Sukunat”, “Tavba”,

5. Tarjimalari?



Bayronning “Manfred”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Mahmud Hodiyning “Ozodlik lavhalari”, Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli”

6. “Eng uzoq yozilgan tarjimai hol” muallifi?



Rauf Parfi

7.Qo`lidan kelmaydigan ish…?



She’r yozmaslik

8.Niyati: tinish belgilari singari sodiq bo`lmoq. Nimaga?



Kasbiga, darslarga va orzularga

9.Abdulla Qodiriyning xotirasiga bag`shlab qaysi she’rni yozdi?

Ona Turkiston”

10. “Ko`ringiz tarixni, ey turkiy xalqim,

Ko`zimda ertaning sevinchi xolos.

Ul Turondir. Turkistondir? U balkim

Ichimni kemirgan qadimiy qasos” misralari qaysi she’rda kelgan?

Ona Turkiston”

11. “O`, ona Turkiston, kuylayman yonib,

Dunyo jur’atini berding qo`limga” misralari qaysi she’rida kelgan?

Ona Turkiston”

12.Qanday she’rlarini bilasiz?

Cho`lpon”, “Ona Turkiston”, “Abdullajon marsiyasi”, “Tong otmoqda”, “Yomg`ir yog`ar”

13. “Shu ojiz holimga shoirmanmi men?”deb kim aytadi?



Cho`lpon

14. “Boshida qora qish, oppoq bahorlar” satrlari qaysi she’rda uchraydi?

Cho`lpon”

15. “Yomg`ir yog`ar, shig`irlab yog`ar,

Yog`a boshlar qog`ozga ko`ngil”, deganda yomg`ir nimaning ramzi bo`lib kelgan?

Ilhomning

16. “Ona Turkiston” she’rida fikr va tuyg`ular bayonchisi kim?



Abdulla Qodiriy

17. “Ishq so`zidan kuydi bulbul maskani.

Til bilan kuylanmas ona vatanim”

Misralari orqali qaysi tuyg`u ifodalangan?



Vatan ishqini yoniq yurak bilan kuylash istagi

18. “Tong otmoqda” she’rida tong o`z ma’nosidan tashqari yana qanday ramziy tushunchani ifodalaydi?



Yorqin kelajak, ozod hayot, erkin turmush, inson hurligi

19.Qaysi she’rida tabiat hodisasi so`zlar shakldoshligi va tovushlar takrori vositasida go`zal ifoda etilgan?

Yomg`ir yog`ar”

20. Rauf Parfi qanday fikrlashda moyil shoir?



Obrazli

OMON MATJON

(1943-YIL TUG`ILGAN)

1.“Men she’r yozsam,

Endi uni qog`ozga emas,

Anov yal-yal yonayotgan o`tga yozaman”, deb kim aytgan?



Omon Matjon

2. Ilk she’rlari qachon, qaysi jurnalda chiqadi?

Sharq yulduzi” jurnalining

1965-yil 5-sonida

3. She’riy to`plamlari?

Ochiq derazalar”, “Karvon qo’ng`irog`i”, “Quyosh soati”, “Yonayotgan daraxt”, “Yarador chaqmoq”, “Haqqush qichqirig`i”, “Seni yaxshi ko`raman”, “Daraxtlar va giyohlar”, “Gaplashadigan vaqtlar”, “Ming bir yog`du”, “O`rtamizda birgina olma”, “Qush yo`li”, “Iymon yog`dusi”, “Saylanma”, “Ardaxiva”

4. “Hozirgina ulug` shoh Edip edi,

Endi fuqarodan battar fuqaro”

Kimni nazarda tutyapti?



Shukur Burhon

5. “Xalqmi shu, birovning haqini gizlab,

Besh-o`nni yulishni poylab turganlar?” misralari qaysi she’rdan olingan?

Ko`rdim: Shukur Burhon…”

6. “Ey, husnda birinchim,

Ey tishlari dur-injum” misralari qaysi she’rdan olingan?

Qo`shiq”

7.Qanday yerlarga o`lganlar xasmi deb, hech kim tegmagan?



Mozor va Vaqf yerlarga

8.Eng so`nggi va bebaho xazina…?



Milliy g`urur

9. “Ko`rdim: Shukur Burhon…” she’rida daho shaxsga kimlar qarama-qarshi qo`yilgan?



Faqat shaxsiy manfaat dardi bilan yashaydigan olomon

10. “Olomon” so`ziga matnda ma’nodosh bo`lib kelgan so`z va iboralar?



Tirsaklar, qorinlar, ko`krak, yelkalar

11. Qaysi she’ri ma’naviy va tabiiy ekologiya mavzusida?

Qaysi yili ko`klamda…”

12. “Qaysi yili ko`klamda…” she’ridagi markaziy obraz va uning ramziy ma’nosi?



Turnalar – ma’naviyat va ezgulik timsoli

13. Qaysi she’rida turnalar qo`nishga bir parcha yer topa olmaydigan, Jayhunday asov daryosi nomi afsonalardagina qolgan, hatto mozorlargacha buzib, ekin ekishdan tortinmaydigan yurt halokatga yuz tutishini bashorat qiladi?

Qaysi yili ko`klamda…”

14. Qaysi she’rida yomonlarning adovati tufayli ayriliqqa duch kelgan oshiq holati o`ta mayin ifodalangan?

Qo`shiq” she’rida

UMAR XAYYOM

(1048-1123)

1. Xayyom so`zining ma’nosi?

Xayma”-chodir so`zidan olingan bo`lib, chodir tikuvchi degani

2. Xayyom o`z zamonasida asosan kim sifatida tanilgan?



Falakiyot ilmining bilimdoni va riyoziyotchisi

3. Uning ruboiylarini kim ingliz tiliga tarjima qildirdi?



Herald Fitsjerald

4. Uning ruboiylarini kim o`zbek tiliga o`girgan?



Jamol Kamol

5. “Bir qo`lida tutib Mus’haf-u bir qo`ldach-chi jom,

Gah mardi halolmiz – u gah mardi harom” misralari kimga tegishli?

Umar Xayyom

6. May nimaning ramziy – tasavvufiy ma’nosi?



Ilohiy ishq

7. Soqiy nimaning ramziy – tasavvufiy ma’nosi?



Rahnamo, ma’naviy ustoz

8. Mayxona nimaning ramziy – tasavvufiy ma’nosi?



So`viylar yig`iladigan joy

9. Mayxo`r nimaning ramziy – tasavvufiy ma’nosi?



Ko’nglida ilohiy ishq bo`lgan kishi

10. G`am chekib umrni zoye qilmaslik zarurligi qaysi ruboiyda bayon etilgan?

G`am behuda chekmagil…”

11. “Ul yorki, dilim…” ruboiysida qaysi fikr o`z ifodasini topgan?



Ma`shuqaning oshiqni ko`p zor etganligi

12. She’rlaridagi qadah yoki jom nimaning timsoli?



Ko`ngil

RAVSHAN” DOSTONI.

1. Go`ro`g`li qayerning podshosi?

Chambilning

2. Yunus va Misqol parilarni qayerdan olib kelgan?



Ko`hi Qofdan, Eram bog`idan.

3. Hasanxonni qayerdan olib keldi?



Vayangandan

4.Avazxonnichi?



Xunxordan

5.Hasanxonga kimni olib beradi?



Xon Dallini

6. Avazxongachi?



Gilqizni

7. Avazxonning farzandining ismi?



Gulanor

8. “Sovuq shamol yemagan bola”. Izohlang?

Shashti qaytmagan”, “Og`ir gap eshitmagan”

9. Ravshan Zuxumor haqidagi xabarni qayerdan biladi?



Yunus pari bergan uzukdan

10. Zulxumor qayerlik va kimning qizi?



Shirvonlik. Qoraxon podshoning

11. Ravshan qaysi otda yo`lga chiqadi?



Jiyronqush

12. “Ayt siringni qaytarmayman ra’yingni,

E, yolg`iz shunqorim, senga yo`l bo`lsin?”, deb kim aytadi?

Hasanxon

13. Ravshan Zulxumorni qayerdan izlaydi?



Qalpoq bozoridan

14. Zulxumorning ko`rmanasi qancha?



Bir lagan tilla

15. Zulxumorning kokillari?



Bir yog`ida 95, bir yog`ida 95 ̶ o`n kam 200 kokili bor. Bir yog`ini tilla suviga, bir yog`ini kumush suviga botirgan.

16. Zulxumorning kanizi?



Oqqiz

17. Qoraxon podsho Ravshanni qayerdan bilib qoladi?



Oqqiz onasiga aytadi. Onasi podshoga aytadi.

18. Zulxumor Ravshanning ota-onasiga nima orqali xabar beradi?



Mayna

19. Hasanxon qaysi otda yo`lga chiqadi?



G`irko`k

20. Zulxumor yuborgan qush Dallini Ravshanning onasi ekanligini qayerdan biladi?



Nola-fig`on qilib turganidan

21. Shirvon elida Ravshan bilan ona – bola tutingan kampirning necha o`g`li bor edi?



6 ta

22. Kallarning xususiyati va tartibi bilan sanang?



Aynoq-pahlavon,

Jaynoq-masxaraboz,

Ersak-mergan,

Tersak-sinchi

23. “Agar kirsang Qoraxonning diniga,

Olib beray suluv Xumor qizini”, deb kim aytadi?

Hudaychi

24. “Keling, kallar, keching jondan,

Umiding bo`lsa maydondan,

Siz bir yondan, men bir yondan,

O`t qo`y g`animning ustiga”, deb kim aytgan?

Hasanxon

25. Hasanxon kimni Shirvon eliga podshoh qilib ko`taradi?



Aynoqni

26. Qayerda dostonlar tor jo`rligida aytiladi va bu xil aytuvchilar kim deyiladi?



Xorazmda, “Xalfa” deyiladi.

27. Dostonlarga xos bo`lgan xususiyatlarni sanang?



Qahramon ko`pincha afsonaviy go`zalni tushida, yoxud uning suratini uzukda, yoki oynada ko`rib qolib, unga g`oyibona oshiq bo`ladi.

28. “Go`ro`g`li” dostonlari nechta?



100 dan ortiq

29. Ravshan dostoni kimdan yozib olingan?



Ergash Jumanbulbuldan. U otasi Jumanbulbuldan, otasi ustozi Kichik Bo`rondan o`rgangan.

30. Hasanxon necha oylik yo`lni necha kunda bosib o`tadi?



3 oylik yo`lni 20 kunda

31. Shirvon bozori tasviri necha misra?



145 misra

32. 8 bo`g`inli vaznda nima tasvirlanadi?



Urush va jangavorlik holati

33. 7 bog`inli vazndachi?



Tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tezlashgan holatlar

34.Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi?



Manmanligi sababli Avazxon o`zini Hasanxondan ortiq hisoblardi.

35. Uzukni ko`rgan Zulxumor nima uchun Ravshanni huzuriga kiritib, qabul qildi?



Uzukdagi yozuvda o`z qismatini ko`rdi.

36. Aka-uka kallarga xos bo`lgan xarakter belgilarini ayting?



Mardlik, haqiqatgo`ylik, o`z ishiga mohirlik

37.Obrazlar qanday turlarga bo`linadi?



Bosh va epizodik

38.“Ravshan” dostonidagi epizodik obrazlar?



Shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar,Oqqiz, uning Maston onasi

Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling