Sinflar uchun 5 – sinf adabiyot so`z san’ati


ATOYI (XIV ASR OXIRI – XV ASRNING BIRINCHI YARMI)


Download 242.5 Kb.
bet6/7
Sana06.04.2020
Hajmi242.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

ATOYI

(XIV ASR OXIRI – XV ASRNING BIRINCHI YARMI)

1. Nima uchun “ato” (ya’ni “ota”) so`zi qo`llangan?



Nasl-nasabi turkiy bo`lgan aziz- avliyolarga nisbatan qo`llangan

2. Atoyi haqida Navoiy o`zining qaysi asarida qanday fikrlar bildiradi?

Majolis un-nafois” da : “Turkona aytur edi”, - deydi

3. Devonidan nechta g`azal o`rin olgan?



260 ta

4. Devonda g`azallar qay tartibda joylashtiriladi?



Arab alifbosi tartibida

5. G`azalning birinchi bayti….



Matla` deyiladi

6. G`azalning oxirgi bayti….



Maqta` deyiladi

7. G`azal qanday qofiyalanadi?



a-a, b-a, d-a

8. G`azalning hajmi…



3 baytdan 19 baytgacha bo`ladi

9. Ishqiy g`azallarda nechta asosiy obraz uchraydi va ular qaysilar?



3 ta: ma’shuqa(yor), oshiq, raqib

10. Nafs, dunyo ma’nolarida keladigan obraz?



Raqib

11. Quyidagi misralarda qanday she’r san’ati qo`llangan?

Solib borma meni ey, Yusufi husn,

Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda



Talmeh

12. Quyidagi misralarda qanday she’r san’ati qo`llangan?

Tilar el mansabi oliy va lekin,

Atoyi sarvi ozodingg`a banda



Talmeh

13. Quyidagi misralarda qanday she’r san’ati qo`llangan?

Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyottin anjumanda.



Jonlantirish (tashxis)

14. Quyidagi misralarda qanday she’r san’ati qo`llangan?

Tamanno qilg`ali la’lingni ko`nglum,

Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?



Mubolag`a

15. Quyidagi misralarda “Uzun” va “uzmasman” so`zlarini qo`llash orqali qanday she’r san’ati qo`llan-gan?

Uzun sochingin uzmasmen ko`ngulni

Ayog`ing qanda bo`lsa, boshim anda



Ishtiqoq

16. “So`zdan so`z ajratish” ma’no-sida qo`llanadigan she’r san’ati?



Ishtiqoq

17. “Zid qo`yish” ma’nosida qo`llanadigan she’r san’ati?



Tazod

18. “Nazar solmoq” ma’nosida qo`llanadigan she’r san’ati?



Talmeh

19. Omonim so`zlardan foydalanish san’ati?



Tajnis

20. Atoyi g`azallarining asosiy mavzusi?



Inson go`zalligi va ilohiy muhabbat tasviri

21. Quyidagi bayt orqali angla-shilgan ma’no?

Tamanno qilg`ali la’lingni ko`nglum,

Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?



Og`iz torligi va labning qizilligi

22. G`azallarda ishi zulmkorlik, sitamgarlik sifatida ta’riflanadi-gan obraz?



Ma’shuqa

ABDULLA QODIRIY

(1894-1938)

1. Birinchi marta “sho`ro rahbarlarini matbuot orqali obro`sizlantirdi”, degan ayb bilan nechanchi yil qamaldi?



1926-yil

2. Romanlari?

O`tgan kunlar”,

Mehrobdan chayon”

3. Qissasi?

Obid ketmon”

4. “Mehrobdan chayon” asari qahramonlari?

Anvar va Ra’no

5. Ra’noning otasi?



Solih Mahdum

6. Anvarning opasi?



Nodira

7. Anvarning yaqin hamfikri?



Sultonali

8. Anvarning akasi?



Qobil

9. Asardagi “chayonlar”?



Shahodat mufti, Kalonshoh mirzo,

Mulla Abdurahmon

10. Binobarin, aqlg`a “qarg`a qar-g`aning ko`zini cho`qur ekanmi?” degan savol keladir.

“Mehrobdan chayon” da yuqoridagi fikrlar kim tomonidan aytiladi?

Abdurahmon domla

11. Kalonshoh tomonidan aytilgan “sizning so`zingizning shar’an to`rt pullik qiymati yo`q, uka…” so`zlari kim tomonga qaratilgan?



Abdurahmon domlaga

12. Qobilning do`stlari?



Sharif, Rahim

13. “Barimta” so`zining ma’nosi?



Garovga, kafilga olingan

14. “u biror haqsizlikka duch kelsa, garchi masalaning o`ziga taalluqi bo`lmaganda ham shuning singari jinni bo`lib olar edi”

Kim haqida so`z bormoqda?

Rahim

15. Kimning aytishicha, “dunyoda hayotidan qo`l yuvguvchidek tili uzun kishi bo`lmas”

(“Mehrobdan chayon”)

Shayx Sa’diy

16. “Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki o`ch olasiz! Faqat siz ifloslik natijasida kulasiz,… Siz iflos vijdon bilan g`olibsiz, men sof vijdon bilan mag`lubman”, deb Anvar kimga aytadi?



Abdurahmon domlaga

17. Anvarning “… zero, zulm naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo`lishi tajriba bilan sobitdir”,-degan so`zlari kimga nima maqsadda aytilgan?



Ra’noga sabr qilishi zarurligini tushuntirish uchun

18. Anvarni o`z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolma-gan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?



Gapiga kirmagan ukasidan xafa bo`ladi

19. Xon tomonidan Anvar o`limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?



Muhammad Niyoz

20. Qobilboy va uning ikki do`sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo`lishdi?



Xalq ularga yordam berdi

HAMID OLIMJON (1909-1944)

1. Onasi ?



Komila aya

2. Otasidan ajralgach, kimning qo`lida tarbiya topadi?



Bobosi Azimbobo

3. Birinchi she’rlar to`plami?

Ko`klam” (1929-yil)

4. Dostoni?

Zaynab va Omon”

5. Ertagi?

Semurg`”

6. Qanday she’rlarini bilasiz?

O`zbekiston”,

O`rik gullaganda”,

Holbuki tun”,

Kuygay”, “Sevgi”

7. “Holbuki tun” she’rining ilk satrlaridagi qaysi so`z muayyan kayfiyat va musiqiy ohangni vujudga keltirishga xizmat qilmoqda?

Shag`irlaydi

8. Quyidagi misrada qanday she’riy san’at qo`llangan?

“Soyga tushdim, ko`kka chiqdi oy”

Tazod

9. “Holbuki tun” she’rida qanday holat tasvirlangan?



Tunda ham to`xtamaydigan hayot

10. G`azalning ikkinchi baytidagi “gulg`uncha” so`zining ma’nosi?



Ko`z

11. Na bo`lg`ay bir nafas men ham yanog`ing uzra xol bo`lsam,

Labing yaprog`idan tomgan ki go`yo qatra bol bo`lsam

Satrlar muallifi?



Hamid Olimjon

ZULFIYA (1915-1996)

1. Otasi?



Isroil degrez

2. Mening onam, o`zining ta’biricha, “usti butun-ichi tutun” ayollardan edi, deb kim aytadi?



Zulfiya

3. Birinchi she’rlar to`plami?

Hayot varaqlari” (1932-yil)

4. Qanday she’rlarini bilasiz?

Sen qaydasan, yuragim”,

Ne baloga etding mubtalo!”,

Sensiz”, “Oydinda”

5. Qayga ketding, yuragim,

Bitdi bardosh va toqat.

Suhbatingdir tilagim,

Tilda hasratim qat-qat

Sen qaydasan, yuragim”

6. “Sen qaydasan, yuragim” she’rining lirik qahramoni?

Ayriliq iztiroblarida o`rtanayotgan ayol

7. “Nahot, shuncha ma’sum, shuncha pok,

Sevishmoqda alam bor shuncha”

Misralari qaysi she’rdan?

Ne baloga etding mubtalo”

8. “Nahot, shuncha ma’sum, shuncha pok,

Sevishmoqda alam bor shuncha”

Misralarida “shuncha” so`zining takrori orqali nima ta’kidlanadi?



Ayriliqning og`irligi va g`amning cheksizligi

9. “Sensiz” she’rida shoira o`lim tufayli ayrilishdan ko`ra boshqa og`ir qismatni afzal bilishi qaysi misrada ifodalangan?



Tirik ekan, nega tashlab ketmading?

10.Tun go`zalligidan g`aflatda qolganlarga munosabat aks etgan misralari?



Inida uxlar nodon, Latofatni sezmas qush

SO`Z-HIKMAT, SO`Z-QUROL

TURDI FAROG`IY

(XVII asr o`rtalari-1699/1700)

1. Kimning hukmdorligi davrida yashadi?



Nodirmuhammad, Abdulazizxon,

Subhonqulixon, Oqbo`tabiy

2. Qaysi urug` vakili?



Yuz urug`i

3. To`qson ikki o`zbek urug`ini birlashishga chaqirgan shoir?



Turdi

4. Qaysi shoir o`zini “qatrayam nochiz”, ya’ni arzimas qatra, deb hisoblaydi?



Turdi

5. Qaysi shoir o`zini “zoti qulzum”, ya’ni dengiz zoti, deb hisoblaydi?



Turdi

6. Xush zamonlar “yuz” qazoni boshida sarpo`sh edim,

Bu zamon yavg`on qazon ostida qolg`an yundiman

Turdi

7. “Tor ko`ngilli beklar” g`azalida qaysi fikr ilgari surilgan?



Milliy birlik, o`zaro totuvlik

8. Turdi muxammasida shoirning yaxshi zamon deb eslayotgan kunlarini qanday izohlash mumkin?



Yuz urug`ida yuqori nufuzga erishgan damlari

9. Turdidan nechta she’r yetib kelgan?



18 ta

10. She’rlari hajmi?



400 misra atrofida

11. Qaysi tillarda ijod qilgan?



O`zbek va tojik (“zullisonayn”)

12. Taxalluslari?

Turdi” va “Farog`iy”

13. “Turdiman” radifli g`azali necha bayt va qay tarzda yozilgan?



3 bayt. Hasbi hol tarzida

14. Qaysi muxammasi hasbi hol tarzida yozilgan?

Yod mandin kim berur, yaxshi zamonlar ko`rdiman”

ABDULLA QAHHOR

(1907-1968)

1. Qachon va qayerda tug`ildi?



1907-yil, 17-sentabr, Qo`qonda

2. Bolaligi qaysi qishloqlarda o`tadi?



Qo`qon atrofidagi Buvayda, Yaypan, Oqqo`rg`on, Qudash, Olqor qishloqlarida.

3. “Sarob” romani qachon yozildi?



1934-yil

4. Romanlari?

Qo`shchinor chiroqlari”, “Sarob”

5. Komediyalari?

Shohi so`zana”, “Og`riq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim”

6. Qissalari?

Sinchalak”, “Muhabbat”,

O`tmishdan ertaklar”

7. “O`g`ri” hikoyasida qanday epigraf qo`llangan?

Otning o`limi itning bayrami

8. Ho`kiz yo`qolganini kim biladi?



Kampir

9. Kampir nima uchun tashqariga chiqqan edi?



Xamir qilish uchun

10. Hikoya qahramoni?



Qobil bobo

11. Qobil bobo kimlarga pora beradi?



Ellikboshi, Amin, Pristav

12. Qobil boboni talagan oxirgi amaldor?



Egamberdi paxtafurush

13. “O`g`ri” hikoyasida qo`llangan maqollar?

Berganga bitta ham ko`p, olganga o`nta ham oz”,

O`ynashmagin arbob bilan, seni urar har bob bilan”

14. Ellikboshining og`ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsadi nima edi?

Tamagirlik

15. Amin Qobil boboga “Yo`qolmasdan ilgari bormidi?”, “Qanaqa ho`kiz edi?”, “Yaxshi ho`kiz birov yetaklasa keta beradimi?” kabi savollarni nima uchun beradi?



Qobil boboning ustidan kulish uchun

16. “Dahshat”dagi voqealar islom dini nuqtayi nazaridan qaysi vaqtda bo`lib o`tgan?



Ramazon oyida

17. Hikoya qahramoni?



Unsin

18. Olimbek dodxoning nechta xotini bor?



8 ta

19. Olimbek dodxoning katta xotini?



Nodirmohbegim

20. Unsin kelin bo`lib tushganiga qancha vaqt bo`lgan edi?



5 oy

21. Qabristonga Asqarponsotning go`riga borib pichoq sanchib kelish voqeasini kim aytgan?



Nodirmohbegim

22. Unsin Olimbek dodxoning xonadonidan ketish uchun evaziga nima talab qiladi?



Onhazrat sag`anasi oldida qumg`on qaynatib, bitta choy damlab kelishi

23. Unsin qayerlik?



Ganjiravon

24. Unsin kimning qizi?



Tegirmonchining

25. Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi “Dahshat” hikoyasidagi qaysi jumlada aks etadi?



O`lsin, nokas odam ekan, bitta qo`yni deb … Koshki arziydigan narsa bo`lsa!

26. “Dahshat”da qanday fikr ilgari surigan?



Inson erki, shaxs hurligini ulug`lash

MAXMUR.

(XVIII ASRNING OXIRGI CHORAGI-1844)

1. “Maxmur” so`zining ma’nosi?



Xumori, mast

2. Otasining ismi va taxallusi?



Shermuhammad,

taxallusi Akmal

3. Maxmur qaysi madrasada tahsil oladi?



Otasi ishlagan Qo`qondagi Madrasai Mirda

4. Qaysi tillarda ijod qilgan?



O`zbek va fors

5. Bizgacha yetib kelgan she’rlari?



69 ta, 3417 misra

6. Devonidan lirikaning qaysi janrlari o`rin olgan?



G`azal, muxammas, masnaviy, qit’a

7. Hajviy she’rlari?

Munojot”, “Hoji Niyoz”,

Ta’rifi viloyati Qurama”,

Muhammad Rajab Avj”,

Hakim Turobiy hazor xalta”

Qozi Xo`ja sakbon”, “Takabbur”,

Karimqul mehtar”

8. “Hapalak” she’ri nima uchun yozilgan?

Tilla puli solig`i yig`ilishi munosabati bilan

9. “Tovug`i ignachi-yu, o`rdag-u g`ozi…”



Kapalak

10. Ochlikdan egilib qomati misli …



Kamalak

11. “Hapalak” she’rining deyarli barcha baytlarida qo`llangan she’riy san’at?



Mubolag`a

12. “Hapalak” she’rida shoir kimga murojaat etadi?



Hukmdorga

13. Suv topilmaganda tahorat uchun qum, guvalak kabilardan foydalanish islom shariatida nima deyiladi va bu tasvir she’rda nima uchun keltirilgan?



Tayammum-ilojsizlik ifodasi

14. Hakim Turobiyning qaysi illatlari she’rda aks etgan?



Johil tabib, tovlamachi tuban inson

JAHON OTIN UVAYSIY.

(XVIII ASRNING 80-YILLARI-

XIX ASR O`RTALARI)

1. Taxallusi qaysi zotga g`oyibona munosabati orqali tanlangan?



Uvays Qaraniy ismli valiy zotga

2. Jahon otinning taxallusi?



Uvaysiy

3. Farzandlari?



O`g`li Muhammadxon,

Qizi Quyoshxon

4. Bibi Xadicha Uvaysiyga kim bo`ladi?



Nabira

5. Uvaysiy lirikaning qaysi janrlarida ijod etdi?



G`azal, muxammas, musaddas, murabba’, chiston, doston

6. Hasbi hol tarzida yozilgan g`azallari?

Uvaysiyman”, “Sog`indim”,

Dog` o`ldi, dog` o`ldi”

7. Quyidagi parchadagi “benavodurman” so`zining ma’nosi?

Musofirman, g`aribman, bekas-u ham benavodurman,

Vujudim dardga to`ldi, emdi darmonimni sog`indim.

Baxtsiz, sho`rpeshona

Chistonlarning javobi? (8-9)

8. Ul nadurkim, sabzto`nlik, yoz yog`ochning boshida,

Qish yalang`och aylagay barcha xaloyiq qoshida



Yong`oq

9. Ikki mahbubni ko`rdim, bir-birisin ko`rmagan,

Ikkisining o`rtasiga, do`stlar, qil sig`magan

Kun va tun

10. Nimalarga bag`ishlab chistonlar yozdi?

Anor”, “Yong`oq”, “Kun va tun”

11. “Vujudim dardga to`ldi, emdi darmonimni sog`indim” misrasi-dan anglashiladigan ma’no?



Dard-sog`inch, darmon-diydor

12. Shoiraning kecha-yu kunduz o`g`lining nomini takrorlab, uni o`ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan?



Tilimning zikri-yu ko`nglimning fikri

13. Uvaysiy g`azallaridan tashqari yana qaysi janrda shuhrat qozongan?



Chiston

14. “Yuzlariga parda tortig`lik turarlar bag`ri qon”

Satrlarda qanday she’riy san’at qo`llangan?

Tashxis

15. Mumtoz adabiyotdagi she’riy topishmoq janri….



Chiston deb yuritiladi

16. Qofiyani yuzaga keltiruvchi tovush?



Raviy

17. Raviy bilan tugagan qofiyalar…



Muqayyad deyiladi

18. Raviydan keyin harflar kelgan qofiyalarni….



Mutlaq qofiya deyiladi

19. Qofiyadan so`ng takrorlanuvchi so`z yoki so`zlar guruhiga ….



Radif deyiladi

MIRTEMIR(1910-1978)

1. “Og`ir yillar edi,to 1924-1925-yillargacha xo`ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho`mich bo`tqa edi… Yoz bo`yi hamma bog`da ishlardi va rangga qon, bo`yga jir bitib qaytardik”.

Kimning tarjimayi holi?

Mirtemir

2. Kim Yo`ldosh Oxunboboyevga shaxsiy kotib bo`lib ishlagan?



Mirtemir

3. Qanday she’rlarini bilasiz?

Bu-men tug`ilgan tuproq”,

Toshbu”, “Onaginam”,

Shudring”, “Qishlog`im”

4. Quyidagi satrlar qaysi she’rdan?

“Taqvodorday cho`k tushib, peshonamni qo`yaman,

Onam kabi o`paman, qalb mehriga to`yaman”

Bu-men tug`ilgan tuproq”

Nuqtalar o`rniga mos so`z yoki jumlani qo`ying. (5-8)

5. …. qilichidan kesikbosh bobom xoki



Kayxisrav

6. Kim noxos oyoq qo`ysa …



haqoratga yo`yaman

7. Kim noxos o`qraysa ham …



ko`zlarini o`yaman

8. … o`qiga uchmish oils bobom hoki bu.



Chingiz

Parchalar qaysi she’rdan olingan?(9-13)

9. Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi- g`ashlik.

Bedavo sizlovuqday

sizlatguvchi- g`ashlik.

Onaginam”

10. Chayirsan, chechansan, chuchuksan so`zsiz,

Ertakday ezgusan, buloq yanglig`pok.

Toshbu”

11. Qishlog`im, nechog`lik suluvsan bugun,

Yashilga burkanib, yash-nabsan shuncha

Qishlog`im”

12. Qay qo`raga kirsang, eshigi ochiq,

Bir nima tatiysan, qo`ymas also och.

Qishlog`im”

13. “Yoramazon” aytar edik ba’zi kez,

Shom payti, chang-tutun qishloq ko`chasi.

Qishlog`im”

14. “Bu-men tug`ilgan tuproq” she’rida uchramaydigan tasvir?



Do`stlar bilan sayohat

15. “Onaginam” she’rida qaysi tuyg`u izhori berilgan?



Ona oldidagi burchini ado etolmagan farzand armoni

16. “Onaginam”she’ridagi lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatlarni elga qay yo`l bilan baxshida etmoqchi bo`ladi?



Ijodi

17. “Burmalik kuylak ham nimcha-yu g`ijim, sirg`alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu…”

Satrlar orqali anglatilgan ma’noni ayting.

Urush sharoitida bezak, kiyimlar ko`ziga yomon ko`ringanligi.

RASUL HAMZATOV (1923-2003)

1. “She’riyat, mazlumga homiylik qilding,

Qaroli bo`lmading zo`ravonlarning”

Ushbu misralar kimga tegishli?



Rasul Hamzatov

2.Otasi kim?



Dog`istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa

3.She’riy kitoblari qaysilar?

Tog` qoshig`i”,

Mening qalbim tog`larda”,

Tog` qizi”, “Dog`istonim”,

Yuksak yulduzlar”, “



Tug`ilgan kunim”, “

Tog`likning vatani”, “Ovuldan xat”

4.Uning she’rlarini kim o`zbek tiliga tarjima qilgan?



E. Vohidov

5. “Ajabo, Tush degan narsa qiziqda,

O`lib qolganmishman tushda nogahon”

Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan?

Ona tilim”

6. “Mayli, qashshoq bo`lsin, mayli, behasham,

Lekin mening uchun aziz va suyuk” misralar qaysi she’rga tegishli?

Ona tilim”

7. “Kim qilichdan bukilmasa ham

Umri bo`yi yashasa beg`am”

Qaysi she’rdan olingan?

Shuyam erkakmi?”

8. “Bir kalima uchun qashlab bosh,

Donolardek kersa yana qosh”

Ushbu misralar qaysi she’rdan olingan?

Shuyam erkakmi?”

9. “Ko`cha - ko`yda, odam ko`p joyda,

Sharob ichsa tinmay befoyda”

Misralar qaysi she’rga tegishli?

Shuyam erkakmi?”

10. “Kim so`z bersa, so`zki bir yaroq,

Unga amal qilmasa, biroq”

Misralar qaysi she’rga tegishli?

Shuyam erkakmi?”

11. She’riyatining yetakchi mavzusi nima?

Milliy g`urur

12. “Ko`ksimda qo`rg`oshin, quyosh tig`ida,

Tog`lar orasida yotibman bejo”

Misralaridagi “tog`lar” so`zi qaysi tushunchaga ishora qilmoqda?



Shoirning vatani Dog`istonga

13. “Shuyam erkakmi?” she’rida uchramaydigan ta’kid qaysi?



Subutsizlikni qoralash

HAQIQATDIR MENING YULDUZIM!

ALISHER NAVOIY (1441-1501)

1.Qaysi asarida 50 ming baytni yod olganlarini aytadi?

Muhokamat ul-lug`atayn”

2.Forscha she’rlariga qanday taxallus qo`ygan?

Foniy”

3.A.Navoiyning tog`alari kimlar?



Muhammad Ali

(taxallusi “G`aribiy”),

Mir Said

(taxallusi “Kobuliy”)

4.Samarqanddagi ustozi kim?



Fazlulloh Abullays

5.Qayerni Firdavsmonand” (jannatmisol) deb ta’riflaydi?



Samarqandni

6.Muxlislar tomonidan tuzilgan devon qaysi?

Ilk devon” (1465-1466-y)

7.Qaysi yillari Astrabodda hokimlik qildi?



1487-1488

8. Qanday davlat ishlarida ishladi?



Avval muhrdor, keyin vazir

9. “Ilgimdan kelganicha zulm tig`in ushotib (sindirib) mazlum jarohatiga intiqom marhamini (qasos malhamini) qo`ydum. Va ilgimdin kelmagani ul Hazrat (Boyqaro) arzig`a yetkurdim” deb qaysi asarida yozadi?

Vaqfiya”

10. O`zi tomonidan tuzilgan birinchi devoni qaysi?

Badoe ul-bidoya” (1472-1476 y)

11. 1476-1483-yillarda qaysi devonini tuzdi?

Navodir un-nihoya”

12. “Xamsa” yozishga qachon kirishdi?



1483-yilda

13. “Hayrat ul-abror” dostonida kimni shoh G`oziy deya ulug`laydi?



Husayn Boyqaroni

14. Tarixiy asarlari qaysilar?

Tarixi muluki Ajam”,

Tarixi anbiyo va hukamo”

15. Adabiyotshunoslikka doir asarlari qaysilar?

Aruzga doir

Mezon ul-avzon”,



tazkirachilikka oid

Majolis un-nafois”

16. Tilshunoslikka bag`shlab yozgan asarlari?

Lug`atshunoslikka oid

Sab’atu abhur”,



Ikki til muhokamasiga doir “Muhokamat ul-lug`atayn”

17. 1490-yillarda tuzilgan yirik devoni qaysi?

Xazoyin ul-maoniy”

18. “Xazoyin ul-maoniy” necha devondan iborat?



4 ta devondan iborat

19. Forsiy she’rlaridan tashkil topgan devoni qaysi?

Devoni Foniy”

20. So`fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asari qaysi?

Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabadalari”)

21.Maktublardan tashkil topgan asari qaysi?

Munshaot” (Xatlar)

22.So`nggi yirik dostoni?

Mahbub ul-qulub” (1500), (“Ko`ngillarning sevgani”)

23. “Ey, falak avjidin o`tib rif’ating,

Oyu quyoshdin cholinib navbating” baytdagi “rif’at” so`zining ma’nosi nima?

Balandlik, ulug`vorlik

24. “Ey, falak avjidin o`tib rif’ating,

Oyu quyoshdin cholinib navbating” baytdagi “navbat” so`zining ma’nosi nima?

Nog`ora

25. “Taxting o`lub davlati jovidi mulk,

Soyayi chatring aro xurshidi mulk” baytlaridagi “jovid” so`zining ma’nosi nima?

Abadiy, hamisha

26. “Taxting o`lub davlati jovidi mulk,

Soyayi chatring aro xurshidi mulk” baytlaridagi “chatr” so`zining ma’nosi nima?

Chodir

27. “Ermas alar tufrog`-u, sen nuri pok,

Xilqat alarg`a-yu sanga – tiyra pok” baytdagi “tiyra pok” so`zining ma’nosi nima?

Qora tuproq

28. “Bo`ldi raiyyat galavu sen shubon,

Ul shajari musmir-u sen bog`bon” qaysi asardan olingan?

Hayrat ul-abror”

29. “Qo`yni shubon asramasa oy-u yil

Och bo`rilar tu’masidur bo`ri bil” qaysi asardan olingan?

Hayrat ul-abror”

30. “Qo`yni shubon asramasa oy-u yil

Och bo`rilar tu’masidur bo`ri bil” baytdagi “tu’ma” so`zining ma’nosi nima?

Luqma, oziq

31. “Hayrat ul-abror”ning tuzilishi qanday?



63 bob, 20 maqolat, 3988 bayt

32.Maqolatlar “Xamsa”ning yana qaysi dostonida uchraydi?



Hech qaysi

33. Navoiy Yaratganning qaysi amrini birlamchi bilib,

“Barchasi bir yon-u, bu bir yon” deb hukmdorga uqtiradi?

Xalq g`amini yeyishni

34. “Zulm o`zinga fisqdur, ey hushyor,

Gum qil ani, bo`lsa sanga hush yor”

Qanday she’r san’ati qo`llangan?



Tajnis

35. “Shoh G`oziy” hikoyati “Xamsa”ning qaysi dostonida berilgan?

Hayrat ul-abror”

36. “Shoh G`oziy” hikoyatidagi da’vogar kampir hikoyat so`ngida qanday nom bilan shuhrat topgan?

Zoli zar” (“Oltin kampir”)

37.Kampir nima uchun o`z da’vosidan kechib, uzr so`radi?



Shoh adolatiga iqror bo`lib

38.Qozining talabiga ko`ra kampir keltirgan 2 guvoh nima?



Shohning adolati va insofi

39. “G`oziy” so`zining ma’nosi nima?



G`olib

40. “Mehr va Suhayl” hikoyati “Xamsa”ning qaysi dostonida keltirilgan?

Sab’ai sayyor”

41. “Mehr va Suhayl” nechanchi iqlim yo`lidan kelgan musofir hikoyati?



Beshinchi

42.Jobir qayerlik?



Adan

43.Suhaylning otasi kim va u qayerning podshosi?



No`mon, Yaman podshosi

44.Mehrning otasi kim va u qayerning podshosi?



Navdar, “Bihishtsaro”

45. “Suhayl” so`zining ma’nosi nima?



Porloq yulduz

46. “Jobir” so`zining ma’nosi nima?



Jabr qiluvchi

47. “Mehr” so`zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma’noni anglatadi?



Quyosh

48.Jobir dengizda kemalar ko`ringanidan qanday xabar topardi?



Diydabonlar orqali

49. “Diydabon” so`zining ma’nosi?



Kuzatuvchi

50. “Maylni qo`yki, volayi zor ul,

Jon berib vasliga xaridor ul” misralarida kim haqida so`z ketyapti?

Mehr

51. “Taxtani uyla kov-kov etti,

Ki, Suv yo`lini nechukki nov etti”

Satrlarida gap nima haqida ketyapti?



Jobirning hiylasi

52.Mas’uliyatli damda shaxsiy ishtiyoqi tufayli asirga tushgan obraz qaysi?



Navdar

53. “Mehr va Suhayl” hikoyasida qahramonlar ruhiy holati va tashqi tasvirini berishda asosan qaysi rangdan foydalanilgan?



Moviy rang

54. “Sen agar zohir etting itlikni,

Men sanga ko`rguzay yigitlikni”, - deb kim kimga aytadi?

Suhayl Jobirga


Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling