Sinflar uchun 5 – sinf adabiyot so`z san’ati


Download 242.5 Kb.
bet7/7
Sana06.04.2020
Hajmi242.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

SHE’R SAN’ATLARI

1.O`xshatishga asoslangan she’r san’ati nima?



Tashbeh

2.Tashbehning yuzaga kelishida ishtirok etuvchi unsurlar nechta va ular qaysilar?



4 ta: 1) O`xshamish 2)O`xshatilmish

3)Asos

4)Vosita

3.“Ul ulus jondin ayru el yanglig`,

Sayr etib suv yuzida yel yanglig`” baytida qo`llangan she’r san’ati?

Tashbeh

4.Baytda qanday she’r san’ati qo`llangan?

“Ermas alar tufrog`-u, sen nuri pok,

Xilqat alarg`a-yu sanga – tiyra pok”



Tashbeh

5.O`xshamish bilan o`xshatilmish ishtirok etgan o`xshatish san’ati…?



Mutlaq tashbeh san’ati

6. “Bo`rini dag`i galadin dur qil,

Suv beribon bog`ni ma’mur qil” baytda qanday she’r san’ati qo`llangan?

Kinoya tashbeh

7. “Bo`rini dag`i galadin dur qil,

Suv beribon bog`ni ma’mur qil” baytda nechta kinoya tashbeh bor?

4 ta: 1)bo`ri-bo`ridek talovchilar, 2)gala-gala singari xalq, 3)suv-suvdek (zarur) adolat,

4)bog`- boqqa o`xshash mamlakat

8.Ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchani anglatuvchi so`zlarni qo`llash orqali hosil qilingan she`r san’ati?



Tanosub

9. “Anda bir shoh hokim-u voliy,

Mulki ma’mur-u himmat oliy”

Baytda qo`llangan she’r san’ati?



Tanosub

10. “Maqol keltirish” ma’nosini bildiruvchi she’r san’ati qaysi?



Irsoli masal

11. “Har kishi kim birovga qozg`ay choh,

Tushgay ul choh aro o`zi nogoh”

Baytda qo`llangan she’r san’ati qaysi?



Irsoli masal

CHO`LPON (1897-1938)

1. Haq yo`li, albatta, bir o`tilgusi, deb kim aytadi?



Cho`lpon

2.Birinchi o`zbek roman-dilogiyasi qaysi?

Kecha va Kunduz”

3.Dramasi qaysilar?

Yorqinoy”

4.Qanday she`rlarini bilasiz?

Go`zal”, “Xalq”, “Buzilgan o`lkaga”, “Binafsha”, “Ko`ngil”

5. “Go`zal” she’rida deyarli har bandining so`ngida keladigan misra qaysi?

Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!”

6. “Xalq” she’rida xalqning istagi…?



Ozod bo`lsin bu o`lka

7. “Tumorchalar , hamoyillar taqingan”

Misrasidagi hamoyillar so`zining ma`nosi nima?

Qo`ltiq tagidan o`tkazib taqiladigan yomon ko`zdan asrovchi toshli tumor, bezaktosh.

8. “Go`zal” she’rida lirik qahramon nima uchun o`zini “yo`qsul” deydi?



Yorining visoliga yetolmaganidan

9.Cho`lpon qanday yurtni buzilgan o`lka deb ataydi?



Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko`nikkan o`lkani.

10. “Nega sening qalin tovushing

“ket” demaydi ularga” satridagi “qalin” so`zi qaysi ma`noni bildiradi?

Qat’iyatli, isyonkor

11. “Binafsha” she’rida qanday ruhiy holat ifodasi bo`rtib turadi?



Isyon

KO`CHIM HAQIDA.

1.Ko`chimning qanday ko`rinishlari bor?



Majoz, istiora, ramz, timsol

2.Qaysi asarlar majozga misol bo`la oladi?

Tuya bilan bo`taloq”,

Maymun bilan najjor”,

Toshbaqa bilan chayon”,

3. Ramz adabiyotshunoslik fanida yana qanday atamalar bilan yuritiladi?



Timsol yoki simvol

4. O`zbek adabiyotida may nimaning ramzi?



Hayot ramzi

5. Gul nimaning ramzi?



Ma’shuqa ramzi

6. Burgut nimaning ramzi?



Mag`rurlik ramzi

7. Chumoli nimaning ramzi?



Mehnatsevarlik, tirishqoqlik

8. “Binafsha, sen uchun ko`kragim erk yeri,”

Misrasida “vatan” tushunchasi qaysi so`z bilan ifodalangan?

Ko`kragim” so`zi bilan

9. “Binafsha, sen uchun ko`kragim erk yeri”

Misrasida “ozod yurt” tushunchasi qaysi so`z bilan ifodalangan?

erk yeri” so`zi bilan

USMON NOSIR

(1912-1944)

1. “Olovdek lovillab dil yonur,

Baxtliman janglarga yarasam!”

Qaysi she’rdan olingan?

Nasimaga deganim”

2.Tingla, erkam, o`rtog`imsan,

Ko`nglimni ochay

Qonim she’r bo`lib oqsin-da,

Men qayta ichay.

Satrlarining muallifi kim?



Usmon Nosir

3.Ilhomimning vaqti yo`q , selday keladi,

Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi.

Ayondir bir kuni aylaydi xarob…

Satrlar muallifi kim?

Usmon Nosir

4.Usmon Nosirning tarjimalari qaysilar?

Bog`chasaroy fontani” (Pushkin),

Iblis”(“Demon”, Lermontov)

5.Qanday she’rlarini bilasiz?

Yurak”, “Yana she’rimga”, “Nasimaga deganim”

6.Sen orada ko`prik bo`lding-da,

Geyne bilan o`rtoq tutindim.

Lermontovdan ko`mak o`tindim?

Qaysi she’ridan olingan?

Yana she’rimga”

7.Butun umrim sening bo`yningda,

Saharda qon tupursam, mayli.

Men – Majnunman, she’rim, sen – Layli!

Qaysi she’rdan olingan?

Yana she’rimga”

8.Qaysi she’ri ko`p jihatdan shoir ijodining yo`nalishlarini belgilab beradi?

Yurak”

9.Epik turdagi asarlarga qaysi janrlar kiradi?

Ertak, masal, roman, qissa, hikoya kabi.

10.Kimni o`zining eng buyuk ustozi hisoblagan?



Cho`lpon

11. “selday keluvchi”, qalbni “jalloddek tiluvchi” deb qaysi tuyg`uni ta’riflagan?



Ilhom

12. “Tilim charchar, ajab, gohi

Seni tarjima qilmoqdan”

Satrlarida ifodalangan yurakni tarjima qilishning ma’nosi nima?



Badiiy ijod

13. “Yana she’rimga” she’rining birinchi bandi qaysi shoirning satrlarini yodga tushiradi?



Atoyi g`azalini

14. Quyidagi misralardan qaysi biri “Nasimaga deganim” she’ridagi lirik qahramon xarakterini to`laroq ochadi?



Baxtliman, janglarga yarasam…

Qaydlar uchun





telegram.me/birinchiman kanali

Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling