Sinxron motorni yuklama bilan ishlaganda har XIL yuklamalardagi ish tavsiflarini taxlili. Reja: Sinxron mashinalarning konstruksiyasiga oid umumiy ma’lumot


Download 17.43 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi17.43 Kb.
#1434580
  1   2
Bog'liq
Sinxron motorni yuklama bilan ishlaganda har xil yuklamalardagi ish tavsiflarini taxlili


Sinxron motorni yuklama bilan ishlaganda har xil yuklamalardagi ish tavsiflarini taxlili.
Reja:
1. Sinxron mashinalarning konstruksiyasiga oid umumiy ma’lumot
2. Sinxron generatorning ishlash prinsipi va q o‘zg ‘atish sistem asining turlari
3. Sinxron generatorning simmetrik yuklama bilan ishlashidagi clektromagnit jarayonlar.
4. Xulosa

Statorda hosil bo'lgan aylanma magnit maydonning aylanish chastotasi rotorning aylanish chastotasi bilan bir xil chastotada aylanadigan mashinaga sin xronmashina (SM ) deyiladi. Sinxron m ashinalar motor, generator va kompensator rejim larida ishlatilishi m um kin. Elektr stansiyalarda o ‘zgaruvchan tok energiyasini sinxron generatorlar (turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar) ishlab chiqaradi.


Katta quwatli (yirik) sinxron mashinalarning ayrim qismlariga juda katta mexanik va elektromagnit yuklamalar kuchli ta’sir qiladi. Yuklamasining jadalligi bo'yicha bu mashinalar boshqa hamma elektr mashinalalaridan ustun turadilar. Shuning uchun ularda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi tufayli ulami jadallik bilan sovitish talab qilinadi.
Yirik sinxron mashinalar konstruksivasiga ko‘ra turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar, sinxron kompensatorlar va sinxron motorlarga bo‘linadi. Turbogeneratorlaming rotorlari oliy sifatli, bolg‘alanib yasalgan, yaxlit (ya’ni quyma) po‘latdan yasaladi; noayon qutbli sinxron generator rotori (shu jum ladan, qo‘zg‘atish chulg‘ami)ning ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan. Eng katta quwatli turbogenerator rotori ning diametri (aylanish chastotasi n = 3000 ayl/min bo‘lganda) markazdan qochirma kuchlami cheklash maqsadida dr=l,2+l,25 m. dan oshmasligi, rotor tanasining uzunligi esa, valning egilishini cheklash maqsadida /r = 7+7,5 m. dan oshmasligi kerak. Rotor (ya’ni qo‘zg‘atish) chulg‘amining tayyorlanishi sovitish sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri ichki sovitish sistemasida chulg’am o‘tkazgichlarining ichida sovitish kanallari boiib, ulardan vodorod yoki distillangan suv o‘tib issiqlik aktiv zonadan sovitish sistemasiga uzatiladi. Issiq lik e le k tr s ta n s iy a la r id a turbogeneratorlar o‘rnatilgan boiadi va ular n = 3000 ayl/min (2p = 2) aylanish chastota bilan ishlagani uchun turbogeneratorning va bug‘ mashinasining gabariti va massasini ancha kamaytirishga imkon beradi.
Dunyoda eng katta quvvatli turbogenerator (1200 MW) “Elektrosila” OAJ da (Sankt-Peterburg, Rossiya) tayyorlanib, Kostroma issiqlik elektr stansiyasida ishlab turibdi. A to m e le k tr s ta n siy a la rid a reaktorlar ishlab chiqargan bug'ning bosimi nisbatan kam boMganligidan, turbina va turbogeneratorlaming aylanish chastotasi n = 1500 ayl/min (2p = 4) qilib ishlatish tejamli hisoblanadi. Quwati 200 — 300 MW bo‘lgan turbogeneratorlar texnik jihatdan eng takomillashgan, tejamli va ishonchli hisoblanadi. Stator va rotor chulg‘amlarini ichidan suv bilan sovitishda turbogeneratorlaming eng katta quwatini 2 min. kW gacha oshirish imkoniyati bo‘ladi, xolos. Bitta turbogeneratorning quwatini yana ham oshirishni, faqat rotor chulg'amini tayyorlashda o‘ta o‘tkazuvchaniik materialidan foydalanganda erishish mumkin (bunday turbogeneratorni k r io tu rb o g e n e ra to r deyiladi). Bunda hozirgi ishlab turgan quwatlardagi turbogeneratorlaming F1K ni oshirish va materiallar sarfini 2+3 marta kamaytirish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda quwati 100 MW gacha boMgan turbogeneratorlarni havo bilan sovitish sistemasi qoMlanila boshlandi, istiqbolda esa bunday sistemani quwati 200 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlarda qo'llash mumkinligi isbotlangan. Bu holda konstruksiya ancha oddiy bo'lib, turbogeneratorning tannarxi ham kamayadi.
Sinxron motorlarning quwati bir nechta o‘nlab MW ga yetadi. Warning aylanish chastotasi n = 100 3000 ayl/min oraliqda bo'lib: aylanish chastotasi n < 1500 ayl/ min. gacha boMganda ayon qutbli qilib, n > 1500 ayl/ min bo‘lganda esa noayon qutbli qilib tayyorlanadi. Ayon qutbli sinxron mashina qutblarining po‘lat o‘zagi yupqa { k a tta q u v v a tlid a qalinligi 1-2 mm bo‘lgan konstruksion po‘lat tunukasimon plastinalaridan, k a m q u v v a tlid a esa qalinligi 0,5-1 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat plastinalaridan) yig‘iladi. Ayon qutbli rotoming har qaysi qutb o‘zagi tashqarisiga qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtiriladi va ular ketma-ket ulanadi. Bu chulg'amlarning ikki uchi, valga mahkamlangan va undan izolatsiyalangan mis yoki latundan yasalgan kontakt halqalarga ulanadi. Mashinaning qo‘zg‘almas qismiga cho‘tka tutqich orqali mahkamlangan cho'tkalar halqalarning sirtiga tegib kontakt hosil qiladi. Cho‘tkalar simlar yordamida mashinaning tashqi klemmasiga ulanadi.
Sinxron mashinaning qutb uchligidagi pazlarga maxsus qisqa tutashgan chulg‘am, ya’ni dempfer chulg‘ami (18.2,tf-rasm) joylashtiriladi. Bu chulg‘am motor rejimida ishga tushirish, generator rejimida esa — tebranishlarni tinchlantirish (so‘ndirish) vazifasini bajaradi. Mashinada sinusoidal EYK olish uchun mashinaning havo oralig‘ida magnit oqimi sinusoidaga yaqin shaklda tarqalgan bo'lishi kerak. Bunga erishish uchun n o a y o n q u tb li s in x r o n m a s h in a la r d a qo‘zg‘atish chulg’amini joylashtirishda yuqori garmonika MYK laming amplitudasi eng kam bo‘lishiga intilinadi, ya’ni qo‘zg‘atish chulg’ami rotor po‘lat o ‘zagi yuzasining taxminan 2/3 qismida tayyorlangan pazlarga taqsimlangan holda joylashtiriladi, qolgan 1/3 qismini esa “katta tish” hosil qiladi.
Ayon qutbli sinxron mashinalarda esa qutb uchliklarining chetlaridagi havo oralig‘i uning markazidagi havo oralig'iga nisbatan kattaroq qilib olinadi. Yakor (stator) chulg‘amida esa tarqalgan va qadami qisqartirilgan chulg‘am ishlatiladi. Tokning 3-garmonikasini yo‘qotish va mashinada quwat isrofmi kamaytirish maqsadida uch fazali generatorlarning yakor chulg‘ami “yulduz” usulida ulanadi. Bunda liniya kuchlanishlarida ham 3-garmonikalarbo‘lmaydi. Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan magnit oqimi va yakor chulg‘amidan olinadigan EYK ning shakli deyarli sinusoidal boiadi.

Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling