Сирдарё вилояти ҳокимлиги


Download 282.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana25.09.2022
Hajmi282.98 Kb.
#820338
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
35-9-0-Q 22
Arterialnaya-gipertoniya-1, 35241, 35241, Way Ahead 2 FlashCardspdf, 3. Lekciya, Bt ped izertlew Bazarbayeva Ulbosin, Bazarbaeva Ulbosin 5-a\'meliy jumis Ped.konfliktologiya, Bt ped izertlew 2 t Bazarbayeva Ulbosin, Hujjat (8), Взаимодействие вожатого с детьми, Воспитание счастьем, 1, Bugungi kunda qanday XMTlar faoliyat ko, Aksiya blankasi Namuna, Korxonаning nаrx siyosаti.Kurs ishi.7777


e-qaror.gov.uz
19.08.2022
1
2022 йил «1» февраль
35-9-0-Q/22
Сирдарё вилояти ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi
“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-92-sonli qarori ijrosi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asoslanib, qaror
qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi
“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori (bundan buyon – Prezident qarori)
rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2.
Ijrosini ta’minlashda Prezident qarori bilan:
Har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda – mahalla)
yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganligi;
Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining (keyingi o‘rinlarda –
Yetakchi) asosiy vazifalari etib belgilanganligi:
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni


e-qaror.gov.uz
19.08.2022
2
“Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular
bilan samarali ish tashkil qilish;
mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq
o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus
loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga
oshirish;
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini
rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual
jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash,
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya
muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya
qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish;
Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy
yo‘nalishlarda:
madaniyat va san’atni targ‘ib qilish borasida - “San’at g‘unchalari” ko‘rik-
tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh
musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini
o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etishi;
sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida - mini-futbol,
voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka,
badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik
uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazishi;
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida -
“Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga
oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini
o‘tkazishi;
ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida - “Zakovat” musobaqasi,
“Quvnoqlar va zukkolar”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon
oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh poliglot” tanlovlari hamda “Munozara”
intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etishi;



Download 282.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling