Sirdaryo Sirdaryo


Download 33.18 Kb.
bet1/5
Sana11.11.2021
Hajmi33.18 Kb.
  1   2   3   4   5

Sirdaryo

  • Sirdaryo — Oʻrta Osiyodagi eng uzun va Amudaryo’dan keyingi eng sersuv dare hisoblanadi. Oʻzbekistondagi eng katta ikki daryolaridan biri. Sirdaryo Oʻzbekistonning shimoliy chegarasidan oqib oʻtib, Orol dengiziga quyiladi.

Nomlanishi


Sirdaryo turli nomlar bilan atalgan. Yahartes (Yaksart) qadim yunon tarixchilarining asarlarida va oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa manbalarida uchraydigan nomi. Pliniyning maʼlumotiga koʻra, daryoni baqtriyaliklar Laksat (Yaksart), skiflar Silis deb atashgan. Klavdiy Ptolemey (mil. 2-asr)ning „Geografiyadan qoʻllanma“ asarida yozishicha, Yaksart daryosi sohillari yaqinida yaksartlar degan katta qabila yashagan.

Yaksartning pahlaviycha Yaxshart shakldagi nomini sharqshunos I.Markvart Yaxsha arta — haqiqiy, toza gavhar deb izohlaydi. Yaxshagavhar soʻzi daryoning xitoycha (Chinchuxe) va turkiycha (Yinchyuoʻgʻuz) nomlarida ham mavjud. Ya.ning xitoycha transkripsiyasi — Yaosha, Yausha yoxud Yosha. Islomiyat davridagi arab (Beruniyning „Masʼud qonuni“) va fors (Hudud ulolam) manbalarida — Xashart shaklida uchraydi.

Sirdaryo baʼzan, Tanais, zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda Danu, xitoy transkripsiyasida Yaosha, 10-asrda yozilgan geografik asar — „Xudud ulolam“da Xashart, runiy (turkiy) yozuvlarida Yenchuoʻgiz, Firdavsiyning „Shohnoma“sida va Hamdulloh Qazviniyning „Nuzhat ulQulub“ asarida Gulzarriyun, arablar kelgandan keyingi koʻpgina solnomalarda Sayxun, arab geograflaridan Ibn Xurdodbeh asarlarida (9—10-asrlar) Xashart va Qanqar, Beruniy asarlarida Xasart shakllarida tilga olingan. Ayni vaqtda u qaysi yerdan oqib oʻtishiga qarab Obi Fargʻona (yoki Fargʻona daryosi), Oʻzgan daryosi, Obi Xoʻjand (Xoʻjand suvi), Nahr oshShosh (Shosh daryosi), Banokat daryosi deb ham ataladi.

Sirdaryo atamasi dastlab Rim tarixchisi Pliniy asarida (mil. 1-asr) „Silis“ shaklida uchraydi. „Silis“ yoki „Sir“ soʻzi bu daryo atrofida yashagan qabila nomidan olingan boʻlsa kerak.



Download 33.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling