Sirdaryo Sirdaryo


Download 33.18 Kb.
bet3/5
Sana11.11.2021
Hajmi33.18 Kb.
1   2   3   4   5

Tabiati


S. havzasining togʻli qismida Oqshiyraq, Boʻrqoʻldoʻy, Otboshi, Olay, Turkiston va Nurota tizmalari boʻylab, shimoliy da esa Terskay Olatovi boʻylab oqadi. Tizmalarning choʻqqilari koʻpincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik boʻlib, ularning umumiy maydoni 2200 km²dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham koʻp.

Fargʻona vodiysida S.ning oʻzani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan. Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod shahridan 4 km yuqorirokda) S. Farhod GES uchun qurilgan toʻgʻon bilan toʻsilgan. Yilning koʻp qismida daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod shahridan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa "Doʻstlik" kanali orqali Mirzachoʻl yerlarini sugʻorishga sarf boʻladi. Farhod GES toʻgʻonidan yuqorida daryo oʻzanida kattagina Farhod suv ombori barpo etilgan.

1956 yil Xoʻjand shahridan 12 km yuqorida, S. oʻzanida Qayroqqum suv ombori va "Xalqlar doʻstligi" GES qurildi. Fargʻona vodiysi qismida S.ga juda koʻp irmoqkelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari oʻng tomondan — Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, Gʻovasoy, Chodaksoy, chap tomondan — Olay va Turkiston togʻ tizmalaridan suv oladigan Isfayramsoy, Shohimardonsoy, Soʻx, Isfara, Xoʻjabaqirgʻon va Oqsuv. Bu irmoqlar baland togʻlardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda nishab oqadigan togʻ daryolaridir. Ularning uz. 80–160 km, suv toʻplash maydoni 400–2500 km², oʻrtacha yillik suv sarfi esa 10–15 m³/sek., Soʻx daryosiniki esa 40 m³/sek.dan bir oz ortiq. Suvi kam boʻlishiga qaramay bu daryolar Fargʻona vodiysidagi yerlarni sugʻorishda muhim ahamiyatga ega. Fargʻona vodiysidan chiqqandan soʻng S.ga chap tomondan hech qanday irmoq qoʻshilmaydi, oʻng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. S.ning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari togʻdan oqib keladi. Togʻlardan chiqaverish yerida Chirchiqdaryosining oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 227 m³/sek., Aris daryosiniki 65 moʻsek. Ohangaron daryosiniki 23 m³/sek. Togʻlardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sugʻorishga olinadi. Ularning faqat sugʻorishdan orttan suvlarigina S.ga kelib quyiladi. Oʻrta hisobda S. su~ vining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.


Download 33.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling