Sirdaryo Sirdaryo


Suv yig`ilishi va o`zgarishi


Download 33.18 Kb.
bet4/5
Sana11.11.2021
Hajmi33.18 Kb.
1   2   3   4   5

Suv yig`ilishi va o`zgarishi


Togʻlarning pastki qismidagi mavsumiy qorlar eriydigan aprel oyidan suv keskin koʻpaya boshlaydi, bu koʻpayish iyun oyining oxirlariga qadar davom etadi. Iyun oyida eng koʻp miqdorda (yillik suv miqdorining 17%idan ziyodroq qismi) oqib oʻtadi, iyuldan boshlab, yanvar, fevral oylarigacha daryoning suvi kamaya boradi. Kam suv oqish davri oktabr oyidan may oyi oxirlariga qadar davom etadi, bu davrda oʻrtacha oylik suv miqdori 5—6% ni tashkil etadi. Eng koʻp suv sarfi may—iyun oylariga, eng kam suv sarfi esa yanvar — fevral oylariga toʻgʻri keladi.

Koʻp yillik (1910—75) kuzatishlarga qaraganda, Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod sh. yaqinida) S.ning oʻrtacha yillik suv sarfi 278– 1080 m³/sek. orasida oʻzgarib turadi, oʻrta hisobda esa u 568 m³/sekundga (yoki yiliga kariyb 18 mlrd. m³ga) teng. Ohangaron va, ayniqsa, Chirchiq irmoqlarining sugʻorishdan ortgan suvlari qoʻshilgandan soʻng , S.ning suvi anchaga koʻpayadi. Koʻkbuloq kuzatish stansiyasi yonida (Chirchiq daryosi qoʻshilgan joydan 27 km quyida) daryoning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 724 m³/sek. yoki yiliga 23 mlrd. m³ni tashkil etadi. Koʻkbuloqsan oʻtgach, S.keng oʻzanda yoyilib, osoyishta oqadi, shuning uchun suvi koʻproq bugʻlanishga va qisman sugʻorishga sarflanadi. Natijada daryo suvi etagigatomon kamaya boradi. Qiziloʻrda shahriga borganda daryoning oʻrtacha suv sarfi 673 m³/sek.ga, Gʻazali shahriga yetganda 492 m³/sek.ga va nihoyat, Orol dengiziga borganda 420 m³/sek.ga tushib qoladi.

Sirdaryoning eng koʻp suv sarfi Bekobod sh. yaqinida koʻpincha 1500–2000 m³/sek.oʻrtasida boʻladi, eng koʻp suv sarfi 3340 m³/sek.ga yetgan yillar ham boʻlgan (1934 y. 17 iyunda). Eng kam suv sarfi 150 m³/sek., hatto undan ham kamroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysidan chiqish yeridan Chirchiq daryosi kelib quyilgan joyga qadar S. kengligi 15 km gacha boʻlgan keng vodiyda oqadi.

Daryoning qirgʻoqlari yotiq, qayiri keng. Shu sababdan kam suvli yillarda daryo eni 0,3—0,5 km boʻladi, sersuv yillarda esa ayrim joylarda 5–7 km, hatto 11 km ga qadar toshib chiqadi.

Daryo oʻzani egribugri va koʻp joylarda orollar hosil qilib, tarmoqlarga ajralib ketgan. Yumshoq jinslardan tuzilganligi sababli daryo qirgʻoqlari koʻpincha oʻpirilib tushib, jarlik tusini olgan. 1964 yilda S.ning bu qismida (Chordara qishlogʻi yonida) katta toʻgʻon qurilib, Chordara suv ombori barpo etilgan. Suv ombori yonida quvvati 100 ming kVt ga teng boʻlgan GES ham qurilgan. Toʻmenariq qishlogʻidan quyida daryoning irmoklari pasaya bo~ rib, delta qismiga kelganda (Gʻazali shahridan oʻtgandan soʻng) deyarli suv sathi bilan tenglashib qoladi. Qiziloʻrda shahridan bir oz yuqorirokda S.da suv koʻtargich toʻgʻon qurilgan. Bu toʻgʻon daryoning oʻng va chap sohillaridagi sugʻorish kanallariga suv chiqarib beradi. Toʻmenariq bilan Jusali temir yoʻl stansiyalari oraligʻida Sdan bir qancha tarmoklar ajralib chiqadi. Ulardan eng koʻhnasi Qizilqum choʻllari oralab ketgan Janadaryo bilan Quvondaryo tarmoqlaridir. Bir zamonlar suvga toʻlib toshgan bu tarmoqlar allaqachon qurib bitgan. Faqat keyingi yillarda ularning ayrim qismlari tozalanib, sugʻorish kanallariga aylantirildi. Koʻksuv, Chiyli, Savramboy, Chirkeyli va Qoraoʻzak tarmoklari hozirgi mavjud tarmoqlardir. Bulardan engyirigi — Qoraoʻzak tarmogʻi Sdan Qoraoʻzak temir yoʻl stansiyasi yonida ajralib chiqadi va 131 km oqib borgach, Jusali temir yoʻl stansiyasi yonida yana S.ga qoʻshiladi. Hozirgi vaqtda Qoraoʻzak daryoning bosh oʻzaniga aylangan, daryo suvining koʻp qismi shu tarmoq orqali oqadi. Qoraoʻzakdan boshqa tarmoklari ham muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. S.ning quyi oqimidagi 70 ming ga dan ortiqroq yerni sugʻoradigan 400 ga yaqin ariqkanallar ana shu tarmoklardan suv oladi.

S. ancha loyqa daryodir. Bekobod sh. yaqinida uning har 1 m³ suvida oʻrta hisobda 2,17 kg loyqa oqiziq boʻladi (oqiziqlarning yillik miqdori qariyb 37 mln. t). Bu oqiziqlarning 72,3% mart — iyun oylarida, 20,3% iyul — sentabr va qolgan 7,4% oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi.

Fargʻona vodiysida S. deyarli muzlamaydi. Daryoning bu qismida muzlash hodisalari, asosan, shovush oqimidan iborat boʻlib, bu hodisa oʻrta hisob bilan 10—15 kun davom etadi. Fargʻona vodiysidan chiqib, shim.ga tomon borgan sari S.ning oqish tezligi susayib, suvning yoppasiga muzlashi kamdankam sodir boʻlsa, etak qismida (Gʻazali sh. yonida) daryo 80—140 kun davomida qalin muz bilan qoplanib yotadi.

S. va uning koʻpchilik irmogʻida qurilib ishga tushirilgan gidrotexnik inshootlar, ayniqsa, yirik toʻgʻonlar, suv omborlari, kattakatta kanallar va kollektorlar taʼsiri natijasida S.ning oqim miqdori va gidrologik rejimi ancha oʻzgardi. Mac, keyingi yillardagi kuzatish maʼlumotlariga qaraganda, S.ning oʻrtacha yillik suv miqdori Xoʻjand yaqinida 476 m³/ sek. ga, daryoning etak qismida (Gʻazali sh. yonida) esa 158 m³/ sek.ga, tushib qolgan.



Download 33.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling