Sirt taranglik kofitsentini tomchi uzulish usuli bilan aniqlash Sirt taranglik
Download 309.8 Kb.
|
4-A.M Sirt taranglik
Sirt taranglik kofitsentini tomchi uzulish usuli bilan aniqlash Sirt taranglik. Suyuqlik va uning to‘yingan bug‘i, bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik, suyuqlik va qattiq jismning bo‘linish sirtida chegaradosh muhitlardagi turli xildagi molekulalararo o‘zaro ta’sir tufayli kuchlar vujudga keladi. Suyuqlik ichida joylashgan har bir molekula atrofini teng miqdordagi molekulalar o‘rab olgan va ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashadi, lekin bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng. Ikki muhit chegarasi yaqinida joylashgan molekulaga uni o‘rab olgan muhit bir jinsli bo‘lmagani sababli suyuqlikning boshqa molekulalari bilan kompensatsiyalanmagan kuch ta’sir qiladi. Shu sababli suyuqlik hajmidan molekulani suyuqlik sirt qatlamiga chiqarish uchun ish bajarish lozim. Temperatra o‘zgarmaganda biror suyuqlik sirt qatlarnini hosil qilish uchun sarflangan ishning shu sirt yuziga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka sirt taranglik deyiladi: δ = A/S Suyuqliklarning turg‘un muvozanatda bo`lish sharti sirt qatlamining minimal energiyaga ega bo‘lishidir, shu sababli tashqi ta’sir kuchlari bo‘lmaganda yoki vaznsizlik holatida mazkur hajmdagi suyuqlik minimal sirt yuzini olishga harakat qilib, shar shaklini egallaydi. Sirt taranglik faqat energetik nuqtai nazardan aniqlanmaydi. Suyuqliklar sirt yuzalarining qisqarishga harakat qilishi bu sirt qatlamida shu sirtga urinma bo‘lib yo‘nalgan kuch-sirt taranglik kuchlari mavjudligini ko‘rsatadi. Agar suyuqlik sirtida biror l uzunlikda kesma tanlab olsak (35 - rasm), unda bu sirt kuchlarini shu kesmaga perpendikular yo‘nalgan strelkalar yordamida ifodalash mumkin. Sirt taranglik kuchining shu kuchlar ta’sir etayotgan kesma uzunligiga nisbati sirt tarangligiga teng: σ = F/l Maktab fizika kursidan ma’lumki, yuqoridagi ikkala formula ham aynan bir xildir. Ba’zi suyuqliklar sirt tarangligining 20°C haroratdagi qiymatlarini keltiramiz (12-jadval). 12-jadval
Sirt tarangligi haroratga bog‘liq. Kritik haroratdan uzoqda, uning qiymati harorat ortishi bilan chiziqli ravishda kamayib boradi. Sirt taranglik kuchining kamayishi suyuqlikka sirt qatlami energiyasini kamaytiruvchi sirt aktiv moddalar qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Download 309.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling