2022-yil 18- fevral kuni Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’limida
“Sirtqi bo’lim koorrupsiyadan holi hudud” mavzusida o'tkazilgan tadbir
Bayoni
18.02.2022yil Quvasoy shahar
Yig’ilishda qatnashdilar: Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim boshlig’I A.Abdumalikov, Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudi rais o’rinbosari R.R Zaripov, xotin – qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi M.Jabborova, kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari, guruh murabbiylari, talaba yoshlar.
2022 yil 18 fevral kuni Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’limida Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudi rais o’rinbosari R.R Zaripov, professor o’qituvchilar va talaba yoshlar bilan “Sirtqi bo’lim koorrupsiyadan holi hudud” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirni Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim boshlig’i A.Abdumalikov Farg’ona davlat universiteti rektori B.Shermuhammadov tomonidan koorrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha chora - tadbirlar ishlab chiqilganligi, hozirgi kunda Sirtqi bo’limda bunday nohush holatlarga yo’l qo’yilmaganligi, bundan keyin ham koorrupsiya holati bolmasligini ishonch bilan gapirib o’tdi.
Tadbirda koorrupsiya va tamagirlik, bu jinoyatni oldini olish, mavzusida Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudi rais o’rinbosari R.R Zaripov ma’ruza qildi. Ma’ruzada koorrupsiyavaning mazmun mohiyati uni jamiyatda tutgan o’rni, tamagirlikka yo’l qo’yish poraxo’rlikka yol ochish demakligi haqida chuqur mulohazali fikrlar yuritildi.
Shuningdek har bir inson o’z huquq va erkinliklaridan to’g’ri foydalanmaslik oqibatlari misollar bilan tushuntirib berildi.
Tadbirda Ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi mudiri M Isroilov har bir professor oqituvchi va talaba yoshlar bunday illatga yol
qo’ymasligi, koorrupsiyaga birgalikda qarshi kurashish kerakligi, bizni birinchi vazifamiz shaffoflik asosida ta’lim olish, ilmiy yutuqlarga erishish uchun birdamlikda xarakat qilish eng oliy maqsadimiz ekanligini ta’kidlab otdi.
Tadbirga hammani ogohlikka chorlagan holda yakun yasaldi.
Sirtqi bo’lim boshlig’i: A.Abdumalikov
Do'stlaringiz bilan baham: |