Siydik ayirish organlarining rivojlanishi Oldingi buyrak Oraliq yoki birlamchi buyrak


Download 29.44 Kb.
bet2/16
Sana11.11.2021
Hajmi29.44 Kb.
#443536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mavzu siydik ayrish organlari rivojlanshi
ish xaqi, Organizmda energiya va issiqlik almashinuvi fiziologiyasi, Ichaklarda oziqalarning hazm bo’lishi, Organizmda energiya va issiqlik almashinuvi fiziologiyasi, Gistologiya fanining mohiyati to’qimalar ularning xilma-xilligi hayvon organizmida joylashishi, Gistologiya fanining mohiyati to’qimalar ularning xilma-xilligi hayvon organizmida joylashishi, organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi, organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi, Ichaklarda oziqalarning hazm bo’lishi, 2 5301077283602174634, 2 5301077283602174634
Oraliq yoki birlamchi buyrak - mesonephros yoki volf tanasining tuzilishi va funksiyasi oldingi buyraknikiga qaraganda birmuncha murakkab bo’ladi. Bu buyrak baqa va baliqlarda doimo xizmat qiladi. Sut emizuvchilarning homila vaqtida bo’ladi. Bu xil buyrak selomdan ajralib, qo’shimcha egri kanalchalarni hosil qiladi. Buyrak tasma holidagi bir nechta metamerini yo’qotib, ixcham holga o’tadi.

Doimiy buyrak - metanephros s. ren. nephros sudralib yuruvchilarda, qushlar va sut emizuvchilarda bo’ladi. Bunday buyrakning boshlang’ich qismi ikkita har xil manbadan tuzilgan. Buyrakning siydik ayirish zonasi nefrogen to’qimadan, uni olib ketuvchi zonasi esa volf yo’lining keyingi qismidan tuzilgan bo’lib, doimiy siydik yo’liga aylangan. Siydik yo’li oldinga tomon o’sib, siydik to’plovchi va to’g’ri kanallarga bo’linib ketadi va nefronga qo’shilib, buyrakning mag’iz qavatini hosil qiladi. Siydik ayirish organlari ontogenez davrida mezodermadan paydo bo’lib kalla suyakli hayvonlarda xuddi filogenezdagi o’xshash uch davrda rivojlanadi.

Bu davrlarda buyraklar oldinma – keyin joylashadi va navbatma – navbat yo’qlib, oxirida doimiy buyrak qoladi. Bosh buyrak sut emizuvchilarda bir necha soat mobaynida paydo bo’lib, keyin yo’qoladi, siydik ajratmaydi. Mezodermaning segmentlashgan qismi somitlar hosil qilib, splanxnotomga qo’shiladi. Uning ba’zi qismidan nefrogen to’qimalar, ulardan esa siydik chiqarish kanalchalari hosil bo’ladi. Kanalchalar selom bilan qo’shiladi, so’ngra qon tomirlari koptokchasiga va undan buyrak tanachalariga aylanadi: keyin esa selom bilan aloqasi butunlay uziladi. Bosh buyrakning yo’li kloakaga ochiladi, keyin bunga mezonefroz kanalchalari qo’shilib, volf yo’li nomini oladi. Buyrak yo’li doim volf yo’lining keyingi qismi hisobidan paydo bo’ladi. Doimiy buyrak bel oblastida joylashib, ustki yuzasi tekis bo’ladi. Siydik yo’li, siydik yig’ish kanalchalari rivojlanib, unga qo’shilishi natijasida egatlar hosil qilib, bo’lakchalarga bo’linadi. Bunday bo’lakchalar qoramolda aniq ko’rinib turadi, boshqa hayvonlarda birlashib, tekislanib ketadi. Kloakali hayvonlarda uning yuqori qismiga ichak, pastki qismiga esa allantois qo’shiladi. Kloakaning yuqori qismidan to’g’ri ichak va anus, pastki qismidan siydik – jinsiy kovagi hosil bo’ladi. Bu kovakka jinsiy yo’l (volf va myuller yo’llari) hamda siydik yo’li ochiladi. Siydik – jinsiy kanalining kengayishidan va allantoisning bir qismidan qovuq hosil bo’ladi. Allantoisning pastki qismi kindik teshigi tomon o’tib, siydik yo’li - urachus ni hosil qiladi, bu yo’l yo’qolib ketadi. Siydik – jinsiy yo’li keyinchalik siydik – jinsiy kanaliga aylanadi. Volf yo’li siydik yo’liga va qovuqqa ochiladi.





Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling