Siydik ayirish organlarining rivojlanishi Oldingi buyrak Oraliq yoki birlamchi buyrak


Erkak hayvonlarning ko’payish organi


Download 29.44 Kb.
bet4/16
Sana11.11.2021
Hajmi29.44 Kb.
#443536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mavzu siydik ayrish organlari rivojlanshi
ish xaqi, Organizmda energiya va issiqlik almashinuvi fiziologiyasi, Ichaklarda oziqalarning hazm bo’lishi, Organizmda energiya va issiqlik almashinuvi fiziologiyasi, Gistologiya fanining mohiyati to’qimalar ularning xilma-xilligi hayvon organizmida joylashishi, Gistologiya fanining mohiyati to’qimalar ularning xilma-xilligi hayvon organizmida joylashishi, organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi, organizmda issiqlik almashinuvi va uning boshqarilishi, Ichaklarda oziqalarning hazm bo’lishi, 2 5301077283602174634, 2 5301077283602174634, Billur MFY 2021.12.22, Asalbonu Abduģofurova 201A pt (1) (1) (1), aminova(3)
Erkak hayvonlarning ko’payish organi

Urug’don xaltasi – saccus testicularis teri burmasidan iborat bo’lib, chovda ikkita yarim xaltacha shaklida joylashadi. Bu xaltachalarda urug’don, urug’don ortig’i va urug’donni tutib turadigan tizimchalar bo’ladi. Urug’don xaltasi hamma hayvonlarda bir xil emas, lekin ko’pchilik hayvonlarda (buqa, qo’chqor, taka va ayg’irlarda) ikkala sonning o’rtasida joylashadi. Cho’chqa, it, mushuk va tuyalarda orqa chiqaruv teshigining pastida bo’ladi. Urug’don xaltasi yorg’oq, urug’donni tutib turadigan tizmachalar va qin pardasidan iborat.

Yorg’oq - scrotum teri va elastik muskul pardadan tuzilgan. Uning terisi - cutis scroti mayda jun bilan qoplangan, yog’ va ter bezlari juda ko’p. Ba’zi hayvonlar (yirtqichlar va kavsh qaytaruvchilar) xaltachasida jun juda zich bo’ladi. Boshqa hayvonlarda (ot, buqa, cho’chqalarda) jun juda siyrak bo’ladi.

Elastik muskul parda - tunica dartos teri ostiga yopishgan bo’lib, silliq muskul to’qimalaridan tuzilgan. Bu muskul qisqarganda urug’don xaltasining terisi burishadi. Elastik muskul parda urug’don xaltasining o’rtasidagi to’sqich parda - septum sctoti ni hosil qiladi. Urug’donni tutib turadigan tizimcha muskul - m. cremaster externus ko’ndalang targ’il muskul bo’lib, u qorin devorining ichki qiyshiq muskulidan kelib chiqadi. Bu muskul umumiy qin pardaning yon tomonidan unga mahkam yopishgan holda joylashadi. Yorg’oqdan fassiya (to’qima pardasi) ajralib, teri bilan juda yuza birlashadi. Shuning uchun urug’donning umumiy qin pardasini teridan oson ajratish mumkin.

Umumiy qin pardasi - tunica vaginalis communis urug’don ustini xalta shaklida o’rab oladi. U tashqi fibroz va ichki seroz pardadan iborat bo’ladi. Bu pardalar qin bo’shlig’i - cavum vaginali ni hosil qiladi. Zich tolasimon plastinka - lamina fibrosa qorin devori ko’ndalang fassiyasining davomi hisoblanadi. Shuning uchun ham u chov kanali bilan bog’langan. Yuqori qismi qorin bo’shlig’i bilan birlashadi. Seroz parda urug’donning orqa qismiga va urug’ ortig’iga o’tib, urug’donning seroz pardasi - mesoorchium va xususiy pardasi - tunis vaginalis proprit ni hosil qiladi. Bunda xususiy parda visseral seroz varaq hisoblanadi. Umumiy qin pardasining ortig’i tomondan yorg’oqning kuchsiz payi - lig. scroti yordamida yorg’oq bilan qo’shiladi.


Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling