Siyosiy texnologiyalar va menejment


Download 17.99 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi17.99 Kb.
#102233
Bog'liq
Siyosiy texnologiyalar. O.N.


"Siyosiy texnologiyalar va menejment" fanidan 1-Oraliq nazorat.

XMI va Siyosat fakulteti Jahon siyosati yo’nalishi 2- kurs dariy-ingliz guruhi talabasi Mahmudov Quvonchbek

2-variant

1. Texnologiyalarning siyosiy jarayonlardagi roli

2. Jamoat fikrining strukturasi va funksiyalari

3. Siyosiy tahlil metodlari

1.Siyosiy texnologiyalar - muayyan predmetning maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirishga qaratilgan protseduralar, usullari to'plami. Siyosiy texnologiyalar nafaqat maqsadga erishish vositalarini soddalashtiribgina qolmay, balki harakatlar ketma-ketligini, sub'ektning xatti-harakatlariga tegishli algoritmlarni ishlab chiqishni mustahkamlaydi. Siyosiy texnologiyalarning tuzilishi uchta eng muhim tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: aniq bilimlar; muayyan texnikalar, protseduralar va harakatlar usullari; shuningdek, turli xil texnik va resurs komponentlari. Texnologik bilimlarning mazmuni - voqeani aks ettiruvchi pozitsiyasi; ma'lum bir vaziyat (mijoz) bilan bog'liq bo'lgan muammoni hal qilish bosqichida ish olib boruvchi (ijrochi). Siyosiy texnologiyalarning turlari. Turli xil boshqaruv va hokimiyat sub'ektlarining masalan: qarorlarni qabul qilish muvofiqlashtirish jamoatchilik bilan aloqa qilish va hokazo rolini ratsionalizatsiya qilish va algoritmlashtirishni va natijada ushbu jarayonlarni boshqarish va kuzatish turlar.Instrumental muayyan faoliyatni ratsionalizatsiya qilishga qaratilgan texnikadan foydalanishni taqlid qiladi, ammo aslida ular butunlay boshqa maqsadlarga ega.



2. Hozirgi kunda “demokratiya” tushunchasi yangicha ma’no-mazmun kasb etmoqda. Fuqarolar faqat saylovlarda ishtirok etibgina qolmay, balki siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida, jamiyat hayoti bilan: bog‘liq muammolarni hal qilshpda ham qatnashishmoqda. Bu esa davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi muloqot yangicha yondashishni, jamoatchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Jamoatchilikchilik fikrini o‘rganish, siyosiy qarorlar qabul qilishda unga tayanib ish ko‘rish, qabul qilinajak siyosiy qarorlar haqida fuqarolarga keng axborot yetkazish demokratiyaniig aso-siy shartlaridan biriga aylanmoqda. Demokratiya sharoitida jamoatchilikchilik fikriga tayanmay turib, muhim karorlar qabul qilishda ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishmay turib, davlat o‘z vazifalarini samarali bajara olmaydi. So‘nggi vaqtlarda davlatning majburlash va buyruqbozlik vazifalariasta-sekin fuqarolar bilan o‘zaro manfaatli kelishuv, qarorlar qabul qilishda turli ijtimoiy qatlam manfaatlaridan kelib chiqish, davlat va jamoatchilik uchun birdek maqbul strategiyalar ishlab chiqish vazifalariga o‘rin bo‘shatmoqda. Natijada, davlat idoralari tizimida fuqarolar va jamoatchilik birlashmalari bilan doimiy muloqot o‘rnatadigan tuzilmalarga ehtiyoj tug‘ilmoqda, Albatta, bu tuzilmalar davlat bilan jamiyatning muloqoti bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qila olmaydi. Ular davlat bilan jamoatchilikchilik o‘rtasida hamkorlik va hamjihatlik muhitini professional asosda yaratishga xizmat qiladi, xolos. Bunda axborotlarni bir tomonlama uzatish emas, balki fuqarolarning fikriga tayanish, yetkazilgan axborotga ularning ta’sirlanishini o‘rganish, shu asosda qarorlar qabul qilish nazarda tutiladi. Rivojlangan demokratik mamlakatlarda mazkur xizmatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, “o‘zaro hamjihatlilikni ta’minlash”, “ikki tomonlama aloqani yo‘lga qo‘yish”, “jamoatchilikning ishonchini qozonish” kabi xususiyatlar jamoatchilik bilan aloqalardagi vosita hisoblanadi. “Jamoatchilik bilan aloqalar” texnologiyalarining asl maqsadi esa boshqaruvni professional ravishda yo‘lga qo‘yishdan iborat.

3. Siyosiy tahlilni ikki guruxga ajratish mumkin - umumiy va xususiy. Umumiy metodlar siyosiy tahlilning barcha bosqichlari yo‘nalishi, rakursi va metodologik ta’minotini aniqlaydi. Ularga ivent-tahlil (ingliz. Event hodisa), situatsion(vaziyat) tahlili va bir qancha boshqa tahlil turlarini kiritish mumkin. Xususiy metodlarga statistika, so tsiologiya, iqtisodiyot va boshqa fan sohalaridan o‘zlashtirilgan standart metodlar kiradi. Ularni siyosiy tahlilning alohida bosqichlarida turli kombina tsiyalarda qo‘llash muayyan maqsadli va masalan muaommoning xususiyati, tadqiqot rakursi, ma’lumotlarning mavjudligi, tashkiliy va boshqa rusurlar bilan ta’minlanganligi va boshqalar bilan belgilanadi. Bunday metodlar guruxiga tanlov metodi, ekspert baholash metodi, korrelya tsion va faktor tahlil, kontent- tahlil, matematik modellashtirish, foyda va zarar tahlili va boshqalarni kiritish mumkin. Vaziyatni tushunishning eng muhim baxo va usullarni shakllantirishda yordam beruvchi umumiy metodlar ichida ivent-tahlil alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tahlil doirasida siyosiy jarayon bir qator hodisaviylik, masalan siyosiy yetakchilarning chiqishlari, saylovlarda ommaviy namoyishlar, normativ aktlarning qabul qilinishi, siyosiy qotillik va boshqalar namoyon bo‘ladi. Bu hodisalarning xar biri u yoki bu ko‘rinishda vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi va ularni xar birining orqasida o‘z manfaatlari bilan muayyan shaxslar turishadi. Shuning bilan mazkur metod siyosiy xodisalar oqimini metodologik vositalarni taklif etish orqali tartibga soladi. Taklif etilgan vositalar hodisalarni strukturalashga mazkur jarayonlarning ko‘zga ko‘ringan sub’ektlari uchun ba’zida yopiq ob’ektiv g‘oyalarni ko‘rsatish orqali yordam beradi. Natijada ob’ektiv baholarni ishlab chiqish, voqealar rivojining bashoratini tuzish va asoslash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Download 17.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling