Siz abituriyentmisiz? Sizga tarix fanidan testlar kerakmi Bizning kanal


Download 152 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi152 Kb.
#157569
Bog'liq
7 sinf qo‘lanma to‘liq o‘z t



Siz abituriyentmisiz?

Sizga tarix fanidan testlar kerakmi???
Bizning kanal

@Tarixdan_fanidan_test_variantlar

7 – SINF O’ZBEKISTON TARIXI

I. BOB – O’RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

  • V asrning o’rtalari - obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi

XORAZM

  • III asrda Xorazmda bir nechta mahalliy hokimliklar mavjud bo’lgan

  • III asr o’rtalarida – Qang’ davlatidan dastlab Xorazm ajralib chiqdi

  • Milodiy 305-yilda – xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Tuproqqal’adan Kat shahriga ko’chiradi

Xorazmda hukmronlik qilgan sulolar (xorazmshohlar):

  • Agrig’iylar sulolasi – IV asrdan – X asrga qadar (995 yillar)

  • Ma’muniylar sulolasi – 995-1017-yillar

  • Oltintoshlar sulolasi – 1017-1040-yillar

  • Anushtaginlar sulolasi- 1040-1231-yillar

XIONIYLAR DAVLATI

  • IV asrning 70-yillaridan- V asrning ikkinchi yarmiga qadar – O’rta Osiyoda xioniylar hukumronlik qilishgan

  • Xioniylar o’rta osiyoda 120 yil faoliyat yuritgan

KIDARIYLAR DAVLATI

  • V asrning 20-yillarida – sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga ko’chmanchi chorvador aholi — toxarlar (kidariylar) kirib keldi

  • 456-yil – kidariylar bilan sosoniylar o’rtasidagi jangda kidariylar yengildi

EFTALLAR DAVLATI

  • V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha o’rta osiyoda Eftalilar davlati faoliyat yuritgan

  • 456-yilda Eftallar Xitoyga elchi yuboradi

Sosoniy hukmdorlar:

  • Pero’z

  • Anushervon (531-579)

  • 484-yilda Pero’z eftallarga qarshi uchinchi marta yurishda halok bo’ld, eftallar Marvni ishg’ol qildi

  • V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida Eftallar davlati tashkil topadi. Hududi: O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston

  • V asrda Zog’ariq, Bo’zsuv (Janubiy Qozog’iston va Toshkent) va Darg’om (Samarqand viloyati janubiy tumanlarining) kanallari barpo etildi

  • V-VI asrlarda O’rta Osiyoda Sug’d yozuvi, Xorazm va eftal yozuvlari tarqaldi

  • V asrda–o’rta osiyolik shishasozik rivojlangan o’rta osiyoliklar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o’rgatdi

TURK XOQONLIGI

  • VI asr o’rtalarida (552–yilda) Oltoy va Janubiy Sibirda Turk xoqonligi vujudga keldi. Asoschisi Bumin

  • Harbiy yurushlari: 555-yilda Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylari yerlarini egallab, oladilar

  • 563-yilda – Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar

  • 563–567-yillarda Eftallar davlati janubdan Eron sosoniylari, shimoldan Turk xoqonligining zarbasiga uchrab, so’ng tamomila barham topdi.

  • 563–567-yillarda Turk xoqonligining Eftallarga hududiga yurushlari: Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri – Sirdaryodan o’tib, – Zarafshon vodiysi – Samarqand – Kesh – Naxshab – Buxoro (8 kun)

  • VI asrda – Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklar mavjud edi

  • VI asrning 80-yillari oxirlarida – Turk xoqonligi ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi

  • VII asrning birinchi choragida – G’arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi

  • 618–630-yillarda – To’ng yabg’u hukmronlik qilgan davri

  • VII asrning birinchi yarmida – G’arbiy turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida ayniqsa iqtisodiy aloqalar faollashdi. Shu davrda xitoyga 9 marta elchi jo’natilgan

  • VI–VII asrlarda – O’rta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi

  • 585–586-yillarda – Buxoroda Abro’y qo’zg’aloni bo’lib o’tdi

  • V–VII asrlarda – O’rta Osiyoda 15 dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topadi

  • 718-yilda – Xitoyga hadya tariqasida Samarqanddan dubulg’a yuborildi

  • V asrda – Choch va Eloq Eftallar davlatiga, VI asrda esa G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysundiriladi.

  • VII asrning dastlabki choragida – G’arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chiradi

  • V-VII asrlarda – O’rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o’rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko’chmanchi chorvadorlarning beto’xtov shiddat bilan kirib kelishi va o’troqlashuvi shahar va qishloqlaming qiyofasi va aholisining turmush tarziyu ahvoliga jiddiy ta’sir ko’rsatdi

  • VI–VII asrlarda – O’rta Osiyoda zardnshtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi dinlar mavjud bo’lgan



II. BOB – O’RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI TOMOMDAN FATH ETILISHI

ARAB XALIFALIGI (632-1258)

1. Sahix xalifalar davri (632-661) Abu Bakr (632-634); Umar (634-644); Usmon (644-656) ;Ali (656-661)

2. Ummaviylar sulolasi (661-750)

3. Abbosiylar sulolasi (750-1258)

  • VII asr boshlarida – Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi.

  • 630-yilda – payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) arablarni yagona davlatga birlashtirdi

  • 651-yili – arablar jangsiz Marv shahrini egalladi (Xurosonni egalladi)

  • 654-yilda – arablar Maymurg’ni egallandi.

  • 667–yilda – arablar Chag’oniyonni egalladi

  • 673-yilning kuzida – xalifa Muoviya I (661–680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib, Poykand, Romiton va Termiz shahrlarini egalladi

  • VIII asr boshlarida – arablar Movarounnahr hududini to’liq bosib olishga kirishdi

  • Qutaybaning yurushlari: 705-yilda – Balxni (Chag’oniyon jangsiz taslim bo’ladi), 709-yilda – Buxoroni, 710-yilda – Naxshab va Keshni, 711-yilda – Xorazmni, 712-yilda – Samarqandni, 713–yilda – Chochni, 715-yilda – Farg’onani egallab, Qoshg’argacha kirib bordi

  • 692-724-yillarda – Buxoro davlatini Tug’shoda boshqargan.

  • 710-737-yillarda – Samarqandni (So’g’dni) G’urrak boshqardi

  • VIII asr mobaynidayirik dehqonlar qo’l ostidagi yerlar yuqori arab harbiy mulkdoriga o’tishi ro’y beradi

  • 899-959-yillar tarixchi olim Narshaxiy yashagan yillar

  • 717-719-yillarda – Arab xalifaligida Umar ibn Abdulaziz hukmronlik yillari

  • 720-yilda – Sug’dda Sug’d ixshidi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida qo’zg’alon boshlandi

  • 738-748-yillar – Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor yillari

  • 719-783- yillar taxminan. Muqanna yashagan yillar

  • VIII asrning 40–yillarida – xalifalikda toj–u taxt uchun kurash kuchaydi

  • 744-750-yillar – xalifa Marvon II hukmronlik qilgan yillar

  • 746-yilda – Abu Muslim Xurosonga keldi

  • 747-y Abu Muslim aholini Ummaviylarga qarshi kurashga da’vat etadi

  • 749-yilda – Abu Muslim boshliq qo’zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo’l oladilar. va poytaxt Damashq qo’lga kiritiladi xalifa Marvon II taxtdan ag’darildi

  • 750-754-yillarda – abbosiylarning birinchi xalifasi Abul Abbos Saffohning xalifalik yillari

  • 750-yilda – Buxoroda Abbusiylarga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi

  • 751-yilda – Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch Talos vodiysida Xitoy qo’shinlariga zarba berib, ulami mamlakat hududidan quvib chiqaradi

  • 755-yilda – qurolsiz va yolg’iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug’iga binoan o’ldirildi

  • 769-783-yillarda – Movarounnahrda «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloni bo’lib o’tdi

  • 775-yilda – «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi

  • 783-yilda – Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi xalifa qo’shnlari tomonidan egallandi

  • 806-yilda – Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi

  • VIII asr oxiri – IX asr boshlarida – Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi


III. BOB – MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI


QARLUQLAR DAVLATI

  • VI-VII asrlarda qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirgan

  • VIII asr o’rtalarida – Yettisuv o’lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Poytaxti: Suyob shahri

  • X asr o’rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi islom diniga o’tdi

  • X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg’ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o’mashganlar.

O’G’UZLAR DAVLATI

  • VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda o’g’uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi.

  • IX asr oxiri va X asr boshida Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo’yida O’g’uzlar davlatiga asos solindi

  • X asrdan boshlab o’g’uzlar islom dinini qabul qiladilar

  • X asrning birinchi choragida O’g’uzlar davlati shimoli sharqdan qo’zg’algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab bo’linib ketdi

TOHIRIYLAR DAVLATI (821-873)

  • VIII asr oxiri–IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o’zgartirishga majbur etdi

  • 809-813-yillarda xalifa Horun ar–Rashid (786–809) vafotidan so’ng uning o’g’illari Ma’raun bilan Amin o’rtasida taxt uchun kurash

  • 813-yilda Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari Ma’munga yordam beradilar. Bag’dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo’lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o’tiradi.

  • 821-yilda Tohir Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlandi

  • 822-yilda Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatdi

  • 830-844-yillarda Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga ko’chiriladi

  • 873-879- y Yaqub ibn Lays hukumronligi yillari ( safforiylar)

  • 879-900) y Amr ibn lays h.y

  • 873-yilda aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat SAFFORIYLAR (873-900) qo’liga o’tdi



SOMONIYLAR DAVLATI (865-999)

Somoniylar davlati hukmdorlari:

1) Nasr (865-888)

2) Ismoil Somoniy (888-914)

3) Nasr II (914-943)

4) Nuh I (943-954)

5) Abdumalik ibn Nuh (954-976)

6) Nuh II (976-997)



  • 865-yilda Ahmad vafotidan keyin uning o’g’li Nasr Somoniylar davlatiga asos soldi

  • IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tdi

  • 888-yilda Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtirdi

  • 893-yilda – Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi

  • 892-902-yillarda Xalifa Mu’tazid yillari

  • 900-yilda Somoniylar va Safforiylar o’rtasidagi urushda, Ismoilning g’alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo’l ostiga o’tadi.

  • IX asr oxirlarida Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo’ldi

  • X asrda Buxoroda o’rta osiyodagi ilk madrasa Farjak madrasasi barpo etildi

  • IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanar edi

  • IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo’lgan

  • Xitoy bilan bo’lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o’rinda turgan

  • 961-962-yillarda- Samarqandda somoniylardan Abdulmalik bin Nuh tangasi chiqarildi

  • X asrda – Iqto’ tartibi vujudga keldi

  • XI asrdan – boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi.

  • XI-XII asrlarda – Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylandi

  • XI-XII asrlarda shaharlar kengayadi, aholi soni ko’payadi

  • 942-yilda – Somoniylar aholidan ikki marta soliq undirib oldi

  • IX-X asrga kelib tarix sahnasida – yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo’ldi. U ijarachi qo’shchi yoki barzikor

  • 947-yilda – Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko’tardi

  • 952-yilda – Abu Ali Chag’oniy boshchiligida isyon boshlandi. Nuh Abu Ali Chag’oniyni avval Chag’oniyonga, so’ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo’ladi

  • 961-yilda – Buxoro harbiy askarlarining g’alayoni ko’tariladi.

  • 865-999- yilar Somoniylar davlati hukm surgan

  • 999-yilda – Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniyiar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barham topdi. Somoniylar davlati quladi

G’AZNAVIYLAR DAVLATI (962-1186)

G’aznaviylar davlati hukmdorlari:

1) Alptegin (962-977) – G’aznaviylar davlatiga asos soldi

2) Sobuqtegin (977-997) – G’aznaviylaming siyosiy nufuzi ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etildi

3) Mahmud Ga’znaviy (997-1030)–G’aznaviylar davlatining hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Somoniylar davlati barham topgach, Xuroson va Xorazmni (1017) o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi

4) Ma’sud G’aznaviy (1030-1040) - mamlakat viloyatlari birin-ketin qo’ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutdi

  • 962-963-yillarda G’azna viloyatiga Alptegin noib va lashkar amiri sifatida tayinlandi

  • 1186–yilda G’aznaviylar davlati butunlay tugatilgan.

QORAXONIYLAR DAVLATI (X asr o’rtalaridan – 1141-yy)

  • X asr o’rtalarida – “Xoqoniya” davlati tashkil topdi

  • XI-XII asrlarda – «Xoqoniya» rivoj topib kuchaygach, u «Qarluq–Qoraxoniylar» davlati nomini oldi

  • 992-yilda – Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylarning Movarounnahrga tomon birinchi hujumi

  • 996-yilda – qoraxoniylar Movarounnahr tomon ikkinchi hujumi

  • 1006 va 1008-yillarda – qoraxoniylar Xuroson ustiga (G’aznaviylar davlatiga) ikki marta qo’shin tortadi

  • 1038-yilda – Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’yi viloyatlari — Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Natijada Qoraxoniylar davlati ikki qismga bo’linib ketdi

  • XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda – Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — ko’chmanchi qoraxitoylar (mo’g’ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo’ldi

  • 1137-yilda – qoraxitoylar Xo’jand yaqinidagi jangda qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi

  • 1141-yilda – bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylar g’alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi

  • XI–XII asrlarda – «dehqon» degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi o’z ma’nosini yo’qotdi

859-955- yillar Qoraxoniylar asoschisi Abulkarim Sotuk Bug’roxon y.y
XORAZMSHOHLAR DAVLATI

  • 995-yilda – Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi. Shu tariqa afrig’iylar sulolasi barham topib, Ma’muniylar hukmronligi boshlandi. (711-yilda arablarning hujumi oqibatida Xorazm ikki qismga bo’linib ketgan edi)

  • 1017-yilda – Mahmud G’aznaviy Xorazmni egallab, ma’muniylarga barham berdi

  • 1040-yilda – Xorazim Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi.

Anushteginlar sulolasi (1040-1231)

1) Anushtegin (1040-1097)

2) Qutbiddin Muhammad (1097-1127)

3) Otsiz (1127-1156)

4) Elarslon (1156-1172)

5) Sultonshoh Mahmud (1172)

6) Takash (1172-1200)

7) Alovuddin Muhammad (1200-1220)

8) Jaloliddin Manguberdi (1220-1231)



  • XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi

  • 1153-yilda – Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar.

  • 1187-1193-yillarda – Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi.

  • 1194-yilda – Takash Eronni Xorazmga qo’shib oldi

  • 1206-yildan boshlab – Alovuddin Muhammad Movarounnahrni qoraxitoylaning qaramligidan ozod etishga kirishdi

  • 1210-yilda – Alovuddin Muhammad Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchratib, Yettisuvgacha bo’lgan yerlarni Xorazmshohlar davlati tasarrufiga oladi

  • XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi

  • shimoli g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillari;

  • shimoli sharqiy chegarasi Yettisuv va Dashti Qipchoq;

  • janubi g’arbda Iroq;

  • janubi sharqiy hududlari G’azna viloyati;

  • 1210-yilda – Xorazmshohlarga qarshi O’tror aholisi qo’zg’olon ko’tardilar

  • 1212–yilda – Xorazmshohlarga qarshi Samarqandliklar qo’zg’olon ko’tardilar

O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR. ILM – FAN RAVNAQI

  • IX asrda – Bag’dod shaharda «Bayt ul–hikma» tashkil etildi.

«Bayt ul–hikma»da ishlagan olimlar: Al–Xorazmiy, Ahmad al–Farg’oniy, Ahmad al–Marvaziy, al–Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va Xurosonlik olimlar ijod qilgan

MUHAMMAD IBN MUSO AL–XORAZMIY (783–850) xalifa Ma’mun (813-833) zamonida «Bayt ul–hikma»da mudirlik qildi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan.

    • Matematikaga doir asarlari «Al–jabr val–muqobala».

XII asrdayoq «Al–jabr val–muqobala» kitobi Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi

ABUL ABBOS AHMAD IBN MUHAMMAD IBN KASIR AL–FARG’ONIY (797-865) 8 ta asari bizgacha yetib kelgan. Asari: “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”. Bu kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi

  • 832-833-yillarda al–Farg’oniy Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar–Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda qatnashdi.

  • 861-yilda al–Farg’oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr «Miqyos an–Nil» inshooti va uning darajoti qayta tiklandi.

  • XVI asrda – allomaning nomi oydagi kraterlardan biriga nomi berilgan

  • 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al–Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.

MUHAMMAD IBN ISMOIL AL–BUXORIY (810-870) islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi. Asari; 4 jildlik «Al–jome’ as–sahih» asariga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al–Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shogirdi: Abu Iso Muhammad at–Termiziy (824-894)

ABU MANSUR AL–MOTURIDIY (870-944) Asarlari: «Kitob at–Tavhid» («Allohning birligi») va «Ta‘vilot ahl as-sunna» («Sunniylik an’analari sharhi»). Samarqandda yodgorlik majmuasi o’rnatilgan. 2000-yil noyabrda Imom al–Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi

  • IX-XII asrlarda Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi shaharlarda kutubxonalar faoliyat yurutgan

  • 1004-yil «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi»)–«Ma’mun akademiyasi» tashkil etildi.

Unda ishlaganlar: Abu Nasr ibn Iroq (X asr–1034), Abulxayr ibn Hammor (991–1048), Abu Sahl Masihiy (970–1011), Abu Rayhon Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037)

  • 1997-yil 11–noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida»gi farmoni chiqdi.

  • 2006-yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Ma’mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.

ABU NASR FAROBIY (873-850) 160 dan ortiq asarlar yozgan. Asarlari: «Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi». «Baxt–saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a’zolari haqida», «Fozil odamlar shahri»

ABU ALI IBN SINO (980-1137) 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan
ABU RAYHON BERUNIY (973-1048) 160 dan ortiq asarlar yozgan. Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston». «Mineralogiya», «Geodeziya», «Qonuniy Ma’sudiy». 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan

ABULQOSIM MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY (1075–yilda Xorazmda tug’ilgan 1144 y vafot etgan) 50 dan ortiq asarlar yozgan. Zamaxshariy «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» , «Zorulloh» kabi sharafli nomlar bilan ulug’langan. Asarlari: «Al–Mufassal» ( arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan), «Al–Kashshof» (Qur’oni karim tafsiriga oid)

  • 1995-y zamaxshariyning 920-yilligi keng nishonlandi

BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY (1123–yilda Rishtonda tug’ilgan). Asari: 4 jildlik «Hidoya». 2000-yilda al–Marg’inoniyning 910 yilligi nishonlandi.

Abubakr ar Roziy 865-925-yillarda yashab o’tgan buyuk tabib

  • IX-XII asrlarda yozilgan ADABIYOTga oid asarlar: Yusuf Xos Hojibning (XI asr) Qutadg’u bilig, Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu hig’atit–turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul–haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat»

  • 1069-1070 y Q’utadg’u bilig asari yozildi

  • 1072-y “Devoni lug’oti turk” asari yozib tugatildi

  • X asrda Nurota tizmalaridagi Pastog’ darasida Xonbandi nomli suv ombori qurildi

  • XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to’g’risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi.

  • X asrdan – boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi.

  • X-XI asrlarda – ham paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan.

  • IX-XII asr – boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi.

  • IX-XIII asr – boshlarida musiqa san’ati ham g’oyat taraqqiy qiladi

  • IX-XIII asr – ma’naviy hayotida islom dini muhim o’rin egallaydi.

  • XII asrda-Buxoroning Darvozayi Mansur mahallasida qonunshunoslar uchun «Faqihlar madrasasi» qurildi

  • IX asrdan – Buxoro «Qubbat ul–islom» — «Islom dinining gumbazi» nomi bilan shuhrat topadi

  • VIII asr o’rtalarida – tasavvof ta’limoti dastlab Iroqda yuzaga kelgan.

  • XII asrda–Turkistonda Yassaviya tariqati, XII asr oxirida–Xorazmda Kubroviya tariqati , XIV asrda–Buxoroda Naqshbandiya tariqati vujudga keldi

  • 1145-1221-yillarda – Najmiddin Kubro yashagan yillar

BAHOUDDIN NAQISHBAND (1318-yilda – Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog’ida dunyoga keldi) Yoshligida ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o’rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan. Asarlari: «Hayotnoma» va «Dalil ul–oshiqin»

  • Mil. avv. III asrda – Sirdaryoning o’rta oqimida turkiy va sug’diylar ittifoqi asosida tashkil topgan Qang’ davlati davrida «Qovunchi madaniyati» vujudga keldi

  • Mil. avv. III asrda – aholi tashqi qiyofalarida hozirgi o’zbek va voha tojiklariga xos antropologik tipi (qiyofasi) to’liq shakllandi

  • VII asrdan boshlab o’lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala boshlagan.

  • IX asrda – Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va turkiylashish jarayoni jadallashdi.

  • IX-XII asrlarda – o’zbek xalqi shakllandi


IV BOB. VATANIMIZ XALQLARINING CHINGIZXON ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI

  • 1206-yilda – Onon daryosi bo’yida chaqirilgan mo’g’ul urug’ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin (1155-1224) ulug’ xon (qoon) deb e’lon qilinadi va Mo’g’ullar davlatiga asos solinadi

  • 1216–yilda – Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o’z elchilarini yubordi

  • 1218-yilning bahorida – Sulton Muhammad Chingizxon elchisini Buxoro shahrida qabul qildi

  • 1218-yil – Chingizxon Sulton Muhammadga o’z minnatdorchiligini izhor etish va ikki buyuk qo’shni davlatlar o’rtasida shartnoma tuzish uchun Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jonatadi, O’tror hokimi Inalchiq karvonni talaydi


CHINGIZXONNING HARBIY YURISHLARI:

  • 1219-yilning kuzida – Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi.

  • 1220-yilning 16-fevralida – mo’gullar Buxoroni, martda – Samarqand shahrlarini egalladi

  • 1221-yilning boshlariida –mo’g’ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi

  • 1221-yilning 25–noyabrida – Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon o’rtasida Sind bo’yida jang

  • 1231-yilda – Jalolidinin Manguberdining vafoti bilan Xorazmshoh davlati quladi

  • 1236-1240-yillarda – Botuxon boshliq mo’g’ullar Rossiya yerlarini zabt etib, Oltin O’rda davlatini tuzdi

  • 1256-yilda – Xuloku boshliq mo’g’ullar Eronni tuliq egallab, Xulakiylar davlati tuzdi

  • 1258-yilda – Xuloku Bog’dod shahrini egallab, abbosiylar sulolasiga (Arab xalifaligiga) xotima beradi

  • XIII asrning 20-yillarida (1224) – zabt etilgan o’lka va viloyatlarni Chingizxon o’g’illariga taqsimlab berdi

  • 1224-y Chingizxon tomonidan yettisuv, sharqiy turkiston va movorounnahr chig’atoyga berildi


JALOLIDDIN MANGUBERDI QAHRAMONLIGI



  • 1145-1221-y Naajmiddin Kubro y.y. “ Dinningulug’ yulduzi”

  • 1995-y N. Kubroning 850 yilligi keng nishonlandi

  • 1220-y aprelida Muhammad Xorazmshoh Nishopurga keladi

  • 1220-y dekabrida M. Xorazmshoh vafot etadi

  • 1198-1231-y Jaloliddin Manguberdi y.y

  • 1221-y Parvon jangi. Jaloliddin mug’ullarning Shiki Xutuxu no’yon boshliq 45 minglik qo’shin ustidan g’alaba qozonadi

  • 1224-y Jaloliddin Manguberdi Hindistonni tashlab Iroqqa yo’l oladi

  • 1225-y Jaloliddin Marog’a shahrini jangsiz qo’lga kiritadi

  • 1225-y avgustda Jalolidin Garni shahri yaqinida gurjilarning 60 minglik qo’shini ustidan g’alaba qozonadi

  • 1226-y Gurjiston to’liq egallanadi

  • 1227-y sentabr Jaloliddin Isfahon shahri yaqinida mo’g’ullarning Taynolno’yon boshliq qo’shini ustidan g’alaba qozonadi

  • 1230-y Jaloliddin Ko’niya, Jazira, Damashq, Misrning birlashgan qo’shinidan Arzinjon yaqinida mag’lubiyatga uchraydi

  • 1231-y mug’ullar Ozarbayjonga bostirib kirib Jaloliddin qo’shini ustidan g’alaba qozonadi

  • 1256-y mug’ullar o’rta sharqni egallaydilar

  • 1224-1231-y Nasaviy Jaloliddinning xizmatida bo’ladi

  • 1241-yildan boshlab Nasaviy Jaloliddin manguberdi tarjimai holi haqidagi asarini yozishni boshlaydi

  • 1944-y Maqsud Shayxzoda “ Jaloliddin Manguberdi” dramasini yozadi

  • 1998-y Jaloliddin Manguberdining 800-yilligini nishonlash to’g’risida O’zbekiston hukumatining qarori chiqdi

  • 1999-yili – Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O’zbekistonda keng nishonlandi.

  • 2000-yil 30-avgustda – «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi

  • 1238-yilda – Buxoroning Torob qishlog’ida Mahmud Torobiy boshchiligida mo’g’ullarga qarshi qo’zg’olon

  • 1238-yilda – Chig’atoy Mahmud Yalavochni Movoraunnahr noibligidan chetlatib, uning o’g’li Mas’udbek noib etib tayinlandi. Ulug’ xoqon O’qtoy (1227-1243) Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi

  • 1271-yilda – Mas’udbek tomonidan pul islohoti amalga oshirilda (16 viloyatda)

  • Kebek (1318-1326) – ma’muriy va pul islohotini o’tkazdi. Qarshi (Nasaf) shahriga asos soldi

  • 1348–yilda – Chig’atoy naslidan bo’lgan Tug’luq Temur Mo’g’uliston xoni etib ko’tarildi


Mo’g’ullar davridagi soliqlar:

  • «kalon» – dehqonlardandan olinadigan yer solig’i, hosilning 1/10 qismi hajmida

  • «qopchur» – chorvadorlarga olinadigan solig’i, chorva mollari bosh sonining 2,5% miqdorida

  • «shulen» – davlat xazinasi uchun olinadigan oziq-ovqat solig’i, «shulen» har bir podadan ikki yashar qo’y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan

  • «targ’u» – hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliq, ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning 1/30 qismi hajmida

  • XIII asr o’rtalarida – Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi

  • XIV asrning birinchi yarmida – Chig’atoy ulusida mo’g’ullarning o’troqlikka o’tish jarayoni kuchaydi

  • XIV asrning 40-yillarida – (1348) Chig’atoy ulusi ikkiga bo’linib ketdi

Mo’g’ullar davrida qurulgan inshoatlar

  • Buxoro shahrida – Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai kalon, Vobkent hamda Jarqo’rg’ondagi minoralar




V-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI

  • XIV asrning 50-60-yillarida – Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan:

  • KeshdaAmir Hoji Barlos;

  • 1336-yil 9-aprelda – Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida Xojailg’or qishlog’i (Yakkabog’ tumani) da tavallud topgan. Uning to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul

  • XIV asrning 50-yillari oxirida – Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqadi

  • 1360-1361-yillarda–Tug’luq Temur Movarounnahrga ikki marta bostirib kirib, Movarounnahrni egalladi

  • 1363-yilda – Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahri yonida Amir Temur bilan Amir Husaynning birlashgan qo’shini Ilyosxo’ja ustidan g’alaba qozondi

  • 1364-yil oxirida – ular Ilyosxo’ja boshchiligidagi mo’g’ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar

  • 1365-yil 22-may kuni – Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida “Loy jangi” bo’ldi

  • XIV asrning 60-yillarida – Sarbadorlar harakati vujudga keldi

  • 1366-yilning bahorida–Samarqand yaqinidagi Konigil mavzeyida Movarounnahr beklari sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar (mudarris Mavlonzoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xurdaki Buxoriy)

  • 1366-1370-yillar davomida – Husayn bilan Amir Temur o’rtasida munosabat keskinlashib, ular o’rtasida bir necha bor o’zaro to’qnashuvlar bo’ldi

  • 1370-yilning 10-aprelida – Balx shahri Amir Temurga taslim bo’ladi. Amir Husayn qatl etiladi

  • 1370-yilning 11-aprelida – Amir Temur Movarounnahrning amiri deb e’lon qilindi (1370-1405)

  • 1370-yil, iyul oyida – Amir Temur Samarqandda qurultoy chaqirdi.



AMIR TEMURNING DAVLAT CHEGARALARINI XAVFSIZLANTIRISH YO’LIDAGI YURUSHLARI


  • 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozandaron egallandi. Shundan so’ng Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor shaharlari jangsiz Amir Temurga bo’ysundi

  • Amir Temur 1372–yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi, Xorazm 1388–yilda uzil–kesil bo’ysundirildi

  • 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda Tarak (Terek) daryosi bo’yida O’ltin O’rda xoni To’xtamish ustidan g’alaba qozonib, Movarounnahrning shimoliy hududlarini xavfsizligini mustahkamladi

AMIR TEMURNING HARBIY YURUSHLARI:

  • 1398-1399 yillarda – Amir Temur Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi

  • 1371-1390- yillarda olib borilgan yetti harbiy yurishdan keyin Amir Temur mug’ulistonni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi

  • 1402-yilning 20-iyulda – «Anqara jangi»da Sulton Boyazid ustidan g’alaba qozondi

  • Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380–1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399–1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390–1407) tabrikladi

  • 1404-yilning 27-noyabrida – Amir Temur 200 ming qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi

  • 1405–yil 18–fevralda O’tror shahrida Amir Temur vafot etdi

Amir Temur saltanatining chegaralari: Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar chuzulgan yerlar

Amir Temur saltanatiga kirgan hududlar: Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bolgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirdi
AMIR TEMUR SALTANATINING MA’MURIY VA HARBIY TUZILISHI

  • Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik ( 7 ta devon)dan iborat bo’lgan

  • Ijroiya hokimiyat — devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan

  • Vazirliklari: 1) harbiy vazirlik; 2) mulkchilik; 3) soliq ishlari vazirligi; 4) moliya vazirigi va yana sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan

LAVOZIMLAR:

  • Tavochi ⟶ qo’shin to’plovchi

  • Dorug‘a ⟶ mo‘g‘ulcha «nazoratchi», «shahar boshlig‘i» degan ma’noni beradi. Dorug‘a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro‘yxatga olish; mahalliy xalqdan qo‘shin to‘plash; pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; soliqlar yig‘ish; to‘plangan soliq-to‘lovlarni ulug‘ qoon saroyiga yetkazish


AmirTemur ulkan saltanat tasarrufidagi o’lkalarni o’g’illari, nabiralari va xizmat ko’rsatgan amirlarga suyurg’ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi:

  • Mirzo Umar ibn Mironshohga Ozarbayjon, G’arbiy Eron, Iroq, Armaniston ( markazi Tabriz) Pirmuhammad ibn Umar Shayxga Forsni, yani eronning janubiy qismini (markazi Sheroz)

  • Shohruh Mirzoga Xuroson, Mozandaron, jurjonni va Siistonni ( markazi Hirot)

  • Pirmuhammad Jahongirga –Afg’oniston va Shimoliy Hindistonni ( markazi g;azna)



AMIR TEMUR QO’SHINI


  • Tuman ⟶ o’n minglik, hazora ⟶ minglik, qo‘shun ⟶ yuzlik, ayl ⟶ o’nlik birikmalariga bo’lingan


JUVONG’OR

BURONG’OR



«IZOFA»

zaxira (rezerv)




MAMLAKAT OBODOISCHILIGI YO’LIDA

  • 1404-yilda Samarqandda bo’lgan Ispaniya elchisi Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan edi

  • Bag’dod, Baylakon va darband kabo bo’ysundirilgan mamlakatlar shaharlarini qaytadan tikladi



G’ARBIY YEVROPA VA BOSHQA DAVLATLAR BILAN ALOQALAR

  • XIV asr oxiri va XV asr boshlarida – Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keldi

  • 1385-yildan boshlab Amir temur va misr sultoni Barquq o’rtasida rasmiy aloqalar o’rnatila boshlandi

  • 1386-1405- yillar o’rtasida Amir Temur va Misr sultoni va uning Suriyadagi noiblari o’rtasida 25 marta maktub va elchilar almashildi

  • 1384-y To’xtamishxonning elchisi Misr sultoni Barquq bilan uchrashib A. Temurni yo’q qilishni taklif etadi

  • 1404-y Samarqandga Xitoy imperatorining elchilari kelishadi

  • 1402-yil, 15-mayda – Amir Temurning Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog nomiga noma yo’lladi

  • 1402-yil yozida – Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI va Angliya qiroli Genrix IV nomlariga maxsus elchilar orqali maktublar yo’llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar

  • 1403-yil 15-iyunda – Fransiya qiroli Karl VI Amir Temurga javob maktubini yubordi

  • 1402-yilning bahorida – Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III birinchi marta Amir Temurga o’z elchilarini yubordi

  • 1403-yil 21-mayda – Genrix III Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi

  • 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida – Klavixo boshliq Ispaniya elchilari Samarqandda bo’ldilar

  • 1404-yilning 21-noyabrida – Klavixo boshliq Ispaniya elchilari Samarqanddan jo’natib yuboriladi

  • 1406-yilning mart oyida – Klavixo Ispaniyaga qaytib boradi. Klavixoning asarlari: «Buyuk Temur tarixi» va «Temur qarorgohi», «Samarqandga sayohat kundaligi»


AMIR TEMURNING VATAN TARIXIDA TUTGAN O’RNI:

_ 1996-y Yuneskoning tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand va boshqa xorijiy shaharlarda A. Temur tavalludining 660-yilligi nishonlandi

_ 1996-y O’zbekistonda A. Temur yili deb elon qilindi

_ 1553-y Florensiyalik olim Perondinoning “Skifiyalik Tamerlanning ulug’vorligi” nomli asari bosib chiqildi

_ 1582- y Seviliyada Klavixoning “Esdaliklari” chop etildi

_ XVI asrda ingliz dramaturgi Xristofor Morloning “Buyuk Temur” nomli sahna asari yaratildi

_ 1968-y faylasuf olim I.Mo’minovning “Amir temurning o’rta osiyo tarixidada tutgan o’rni va roli” nomli risolasini nashr etildi

_ 1995-y Amir Temur xalqaro jamg’armasi tashkil etildi

_ 1996-y Temuriylar davlat muzeyi ochildi

_ 1996-y Amir Temur ordeni tasis etildi



_ 2017-y 30-iyunda Prezident Sh. Mirziyoev kamolotning IV qurultoyida yoshlarga harbiy talim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish taklifini ilgari surdi
AMIR TEMUR VORISLARI O’RTASIDA TAXT UCHUN KURASH

  • 1405-yilning 18-martda – Mironshohning o’g’li Xalil Sulton Mirzo o’zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o’zini Movaroutmahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi

  • 1407-yil 22-fevralda – Pirmuhammad vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo’lida halok bo’ladi.

  • 1408-yil 22-aprelda – Qoraqo’yunli turkmanlarning qabila boshlig’i Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda Mironshoh halok bo’ladi

  • 1409-yil bahorida – Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida sodir bo’lgan jangda Amir Xudoydot Xalil Sulton qo’shini mag’lubiyatga uchratib, Samarqand shahrini egallab oldi

  • 1409-yil 25-aprelda – Shohrux Amudaryodan o’tib, Samarqand sari yurish qilib, taxtni egalladi

  • 1409-yilda – Shohrux Mirzo Ulug’bek (1394–1449)ni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi

  • 1410-yilda – Shayx Nuriddin temuriylarga qarshi isyon ko’taradi

  • 1410-yil 20-aprelda Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug’bek qo’shinlari o’rtasida jangda Ulug’bek mag’lubiyatga uchrab, Kalifga tomon chekinadi

  • 1412-yilda – Movarounnahr va Turkistonni to’liq boshqarish 18 yashar Ulug’bek qo’liga o’tadi

  • 1414-yilda – Ulug’bek Farg’ona va Qoshg’arni egallaydi

  • 1413–yilda – Shohrux Xorazmni egallaydi

  • 1425-yil bahorida – Ulug’bek Issiqko’l yaqinida Mo’g’uliston ustidan g’alaba qozonadi

  • 1425-yilda – Jizzax yaqinida Ilono’tti darasida Ulug’bek qoyatoshga o’ziga xos «zafarnoma» yozdiradi

  • 1447-yil 12-martda – Shohrux nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida vafot etdi

  • 1447-yilning bahorida – Alouddavla Ulug’bekning katta o’g’li Abdullatifning qo’shinini tor-mor qilib, asirga oladi

  • 1448-yilning bahorida – Ulug’bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo’shini Hirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo’lgan jangda Alouddavla qo’shini tor–mor keltirilib, Hirot qo’lga kiritiladi

  • 1449-yil oktabrda – Damashq qishlog’i yaqinida bo’lgan jangda Ulug’bek Abdulatifdan yengiladi

  • 1449-yilda – Mirzo Ulug’bek 55 yoshida fojiali halok bo’ldi

  • 1451-yilda – Abu Said (1451-1469) (Abulxayrxon yordami bilan) Toshkent, Chinos va Jizzax orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qilib, Movarounnahrga hokim bo’lib oladi

  • 1457-yilda – Abulqosim Bobur (1448-1457) vafot qilgach Abu Said Xurosonni ham egalladi

  • 1469-yilning erta bahorida – Abu Said Ozarbayjon, G’arbiy Eron va Iroqqacha bo’lgan viloyatlarni egallab turgan turkmanlarga qarshi jangda halok bo’ladi.

  • 1469-yil 24-martda – Sulton Husayn (1469-1506) Xuroson taxtini egalladi

  • 1469-1494-y Sulton Ahmad ( movorounnahrda)

  • 1494-1495-y Sulton Mahmud ( movorounnahrda)

  • 1498-1500-y Sulton Mahmudning o’g’li Sulton Ali ( movorounnahrda)

  • 1454-yilda – Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashtirdi (Abu Said bilan)

  • XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi



TEMURIYLAR SULOLASI

1) Amir Temur (1370-1405)

2) Halil Sulton (1405-1409)

Shohruh 1409-yilda taxtni egallagach temuriylar davlatini 2 qismga bo’lib boshqardi



Movarounnahrda temuriylar sulolasi (1409-1500)

1) Mirzo Ulug’bek (1409-1449)

2) Abdulatif (1449-1450)

3) Mirzo Abdullo (1450-1451)

4) Abu Said (1451-1469)

6) Sulton Ahmad (1469-1494)

7) Sulton Mahmud (1494-1495)

8) Boysung’ur (1495-1497)

9) Sulton Ali Mirzo (1498-1500)

Xurosanda temuriylar sulolasi (1409-1506)

1) Shohrux Mirzo (1409-1447)

2) Alouddavla (1447-1448)

3) Abulqosim Bobur (1448-1457)

4) Abu Said (1457-1469)

5) Husayn Boyqaro (1469-1506)





DEHQONCHILIK, HUNARMANDCHILIK, SAVDO ALOQALARI VA ILM-FAN


  • XV asrda – temir buyum, qurol-yarog’ va asboblar yasash yuqori darajaga ko’tariladi

  • O’rta asr hunarmandchiligida – kulolsozlik eng rivoj topgan sohaga aylanadi

  • «banno» - g’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar

  • «ustoz» - peshtoqu ravoq hamda toqlarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar

  • XV asrdaGo’ri Amir va Shohizinda yog’och o’ymakorligi san’atidagi eng nodir namunalardan hisoblanadi

  • Temuriylar: Xitoy, Hindiston, Tibet, Eron, Rus, Volgabo‘yi va Sibir bilan savdo-sotiq olib borgan

  • 1428-yilda – Ulug’bek pul islohatini o’tkazdi

  • Ulug’bek farmoni bilan 1417-yilda⟶Buxoroda, 1420-yilda⟶ Samarqandda, 1433-yilda⟶G’ijduvonda madrasalar quruladi

  • 1404-y Saroymulkxonim Samarqandda madrasa bunyod ettiradi

  • 1424-1429-yillarda Mirzo Ulug’bek Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida rasadxona qurdirdi

  • G’iyosiddin Jamshid ⟶ boshchiligida rasadxonaning asosiy o’lchov asbob–uskunasi ulkan sekstant o’rnatilgan

  • Rasadxona etagida ikkita chorbog’ barpo etilgan: biri Bog’i Maydon, ikkinchisi esa Chinnixona

  • Volter (1694–1778) ⟶ «Ulug’bek Samarqandda bo’lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o‘lchashni buyurdi va astronomiyaga oidjadvallarni tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi

  • Mirzo Ulug’bek asarlari: «Ziji jadidi Ko’ragoniy», “ Tarixi arba ulus” va musiqaga oid beshta asar yozgan

  • Qozizoda Rumiy ⟶ “Aflotuni zamon” » nomi bilan shuhrat qozongan

  • Ali Qushchi ⟶ “o’z davrining Ptolemeyi» nomi bilan shuhrat qozongan

  • Mirali Tabriziy (1330–1404) ⟶ nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi

  • Sultonali Mashhadiy (1432–1520) ⟶ «Qiblat ul–quttob» (Kotiblar qiblasi) va «Sulton ul–xattotin» (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topgan

  • 1429-yilda Boysung’ur kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» dostoni ko’chirtiri

  • Kamoliddin Behzod 1455-1536-y.y XV asr musavvirlikda «Hirot maktabi»ga asos soldi. Kamoliddin Behzod zamondoshlari tomonidan Moniy Soniy (Ikkinchi Moniy) deb ulug’langan

  • Temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlar: Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy (1366-1465), Bobur, Muhammad Solih va boshqalar

  • «Yusuf va Zulayho» dostoni – Durbek tomonidan qayta ishlangan

  • 1414-1492 y Abdurahmon Jomiy y.y

  • 1438-1498 y Tarixchi Mirxond y.y

  • 1475-1535 y Tarixchi Xondamir y.y

  • 1997-y Kamoliddin Behzod nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi

  • 2000-y K. Behzod tavalludining 545-yilligi nishonlandi

INNOVATION TEACHER NAZIRJON _SHAHRISABZ (+99897-384-21-21)



Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling