Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotning ayni paytda ta'lim sifatini nazorat qiluvchi organ sifatida masofaviy o'qitish jarayonidagi o'rni va mas'uliyati xususida so'zlab bersangiz


Download 19.03 Kb.
bet1/3
Sana09.09.2022
Hajmi19.03 Kb.
#803466
  1   2   3
Bog'liq
Mamlakatimizda koronavirus tufayli karantin tartibi joriy etilib
sentabr turkiya tezis Turklar, Doc1, 1-мустақил иш статистика, 3, 1, Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish, INVESTITSIYA FAOLIYATIDA KAPITAL qurilish, siyovusmmm, bozor muvozanati modellari, ТАДБИРКОРЛИК ВА БИЗНЕС АСОСЛАРИ, Sinfdan tashqari oqish davrida xorijiy xalq bolalar yozuvchilari ijodini organish, KIMYOOO, pdf, Savollar, Savollar

Mamlakatimizda koronavirus tufayli karantin tartibi joriy etilib, barcha ta'lim muassasalari faoliyati vaqtincha to'xtatilganiga bir yarim oydan oshdi. Ayni paytda o'quvchi-talabalar darslarni televidenie hamda internet orqali masofaviy o'zlashtirmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig'i Ulug'bek Toshkenboev bilan suhbatimiz yaqinda bo'lib o'tgan yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan soha xodimlariga berilgan topshiriqlar mazmun-mohiyati, karantin sharoitida onlayn o'quv jarayoni izchilligini ta'minlash, yurtimiz oliy ta'lim tizimida masofaviy o'qitishni joriy etish istiqbollari haqida kechdi.
Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotning ayni paytda ta'lim sifatini nazorat qiluvchi organ sifatida masofaviy o'qitish jarayonidagi o'rni va mas'uliyati xususida so'zlab bersangiz.
— Darhaqiqat, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quv yilining IV choragi uchun rejalashtirilgan mashg'ulotlar masofaviy videodarslar ko'rinishida tashkil etilmoqda. Ushbu jarayonda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi nazorat organi emas, balki hamkor tashkilot sifatida ishtirok etyapti. Tayyorlanayotgan videodarslar sifatini oshirish bo'yicha malakali mutaxassislarni jalb etgan holda zarur tavsiyalar berilmoqda.
Qariyb ikki yil davomida xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik doirasida inspektsiya tomonidan ellikka yaqin videodars tasvirga olingan edi. Hozirgi kunda ushbu videodarslar ham efirga uzatilmoqda.
Masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish masalasini muhokama qilganimizda, xorijlik hamkorlarimiz ko'pgina davlatlarda maktab o'quvchilari uchun ham internet orqali o'quv jarayoni tashkil etilgani, biroq internet va texnik imkoniyatlar etishmovchiligi sabab ko'plab muammolar kuzatilayotganini qayd etishdi. SHuningdek, O'zbekistonning bu borada tutgan yo'li, ya'ni onlayn darslarning televidenie va internet orqali teng taqsimlanishi eng to'g'ri tanlov bo'lganini ta'kidlashdi.
YUrtimizda birinchi marta tashkil etilayotgani bois videodarslarda, umuman, masofaviy ta'limni tashkil etishda o'ziga yarasha muammolar kuzatilishi tabiiy. Hozir Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan masofaviy ta'limni tashkil etish, uning sifati va samaradorligini oshirish bo'yicha xalqaro ekspertlardan taklif va tavsiyalar olinib, tizim takomillashtirilmoqda.
SHu o'rinda masofaviy bo'lsa-da, ta'lim sifatini ta'minlash haqida ham unutmaslik kerak. Hozir ayrim rivojlangan mamlakatlarda masofadan olib borilayotgan darslarining sifatini nazorat qilish uchun onlayn so'rovlar o'tkazilib turiladi. Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi ham Xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari bilan hamkorlikda masofaviy ta'limning tashkil etilishi yuzasidan monitoring olib bormoqda.
Jarayonda keng jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida inspektsiyaning @edumonitoring_bot telegram boti ishga tushirilgan. U orqali ota-onalar maktab va oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitishning sifati, uni tashkil etish hamda hududlardagi muammo va qiyinchiliklar bo'yicha xabar va takliflar bermoqda. Ayni paytda hamkor vazirliklar va mahalliy hokimliklar bilan masofaviy ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar bartaraf etilmoqda.
Biz o'quvchilarning videodarslar orqali ta'lim olayotganini har bir xonadonga kirib nazorat qilolmaymiz. SHu nuqtai nazardan, telekanallar orqali muntazam berib borilayotgan mashg'ulotlar o'qituvchi-murabbiylar bilan bir qatorda ota-onalarga ham mas'uliyat yuklaydi. Jumladan, ular farzandlarining televidenie orqali uzatilayotgan darslarni muntazam kuzatib borishi uchun sharoit yaratishi, doim nazorat qilishi, o'g'il-qizining mavzularni o'zlashtirishi, vazifalarni bajarishiga yordamlashishi, shuningdek, o'qituvchilar bilan xabar almashish uchun internet orqali muloqotni ta'minlashi lozim.
Maktablarda joriy o'quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanishi keng jamoatchilik o'rtasida qizg'in muhokama qilinmoqda. Bu boradagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
— SHu yil 30 aprel` kuni joriy o'quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda Prezidentimiz o'quv yilini sifatli yakunlash, bu borada xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish hamda yurtimiz ta'lim tizimi uchun eng maqbul yo'lni tanlash vazifalariga to'xtalib o'tdi. SHuningdek, ta'lim muassasalarida, ayniqsa, maktablarda me'yorlarni qayta ko'rib chiqish zarurati mavjudligini ta'kidladi.
Mazkur vazifalarga tayanib, inspektsiyamiz tomonidan karantin sharoitida umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quv yilini yakunlash va yakuniy davlat attestatsiyalarini o'tkazish bo'yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi o'rganildi. Guvohi bo'ldikki, bu borada taraqqiy etgan davlatlarda ham hali yagona to'xtamga kelingani yo'q. Izlanishlar davom etmoqda.
Jumladan, Germaniya, Frantsiya, Italiya, CHexiyada may oyining ikkinchi yarmidan maktablarda dars davom etishi belgilangan. Aks holda yakuniy imtihon baholari o'quvchilarning uyga vazifa sifatida bajargan topshiriqlarini hisobga olgan holda maktab kengashlari tomonidan masofaviy tarzda qo'yilib, kelgusi o'quv yilida joriy yilda tasdiqlangan mavzular bo'yicha mashg'ulotlar davom ettiriladi.
YAponiyada ham favqulodda holat 6 mayga qadar davom etadi. Hozir mamlakatdagi 32 foiz maktablar (koronavirus infektsiyasi mavjud bo'lmagan hududlarda) aprelda boshlangan yangi o'quv yili munosabati bilan ochilgan bo'lsa, 68 foizi hamon yopiqligicha qolmoqda. Xitoyda yuqori sinflar uchun ta'lim muassasalari bosqichma-bosqich ochilmoqda. Rossiya Federatsiyasida koronavirus pandemiyasi sharoitida o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tegishli tavsiyalar mamlakatning barcha hududiga yuborilgan.
Ushbu ma'lumotlar Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan hamkorlik olib borayotgan qator xalqaro ekspertlar bilan o'tkazilgan onlayn muloqotlarda ham o'z tasdig'ini topdi. Suhbat davomida xorijlik ekspertlar karantin sharoitida televizion videodarslar asosida masofaviy ta'limni tashkil etish bo'yicha O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Xalqaro ekspertlar fikricha, butun dunyoda o'quvchilarni masofaviy o'qitish usuliga o'tkazish jarayonida tizimli kamchiliklar kuzatilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz ham bundan mustasno emas, albatta. Ayni paytda O'zbekistondagi 6,2 milliondan ortiq o'quvchining barchasi ham masofaviy ta'lim olish bo'yicha zarur resurs hamda teng sharoitga ega, deb aytolmaymiz. Ayniqsa, pandemiya tufayli ko'makka muhtoj aholi qatlami eng ko'p zarar ko'rmoqda. Bunday yurtdoshlarimizning ko'pi chekka hududlarda yashayotgani uchun elektron qurilmalardan foydalanish yoki internet tarmog'iga ulanish imkoniyatiga ega emas.
SHu kabi holatlarni inobatga olib, koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz xalq ta'limi tizimiga ta'sirini yumshatish, o'quvchilarning davlat ta'lim standartlari talablari asosida bilim olishini ta'minlash hamda o'quvchilar va o'qituvchilarning salomatligi, xavfsizligini asosiy o'ringa qo'ygan holda muayyan ishlarni amalga oshirish muhim.
Avvalo, televizion videodarslar loyihasini yozgi ta'tilda ham davom ettirish, bu o'rinda asosiy e'tiborni fanlar kesimida o'zlashtirilmay qolgan mavzularga e'tibor qaratish lozim. SHuningdek, 754 ta maktabda qardosh (tojik, qozoq, qirg'iz, turkman) tillarda ta'lim olayotgan 150 mingga yaqin o'quvchi uchun masofaviy dars tayyorlash imkoniyati cheklangani sababli ularning ham ta'lim olish huquqini ta'minlash lozim. Bundan tashqari, oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun ham onlayn qo'shimcha ta'lim resurslarini yaratish zarur.
SHuningdek, onlayn maktab loyihasi tajribasi asosida masofaviy va qo'shimcha ta'limni tashkil etishning infratuzilmasini yaratish kerak. Hozirgi kunda amalga oshirilgan ishlarni oxiriga etkazish maqsadga muvofiq. eng muhimi, o'quvchilarimizning bilim olishga ishtiyoqini so'ndirmaslik uchun o'qituvchilar ular bilan ikki tomonlama muloqot qilishini ta'minlashimiz, ya'ni haftada ikki-uch marta videochat orqali muloqotini yo'lga qo'yishimiz darkor. Internetdan foydalanish imkoniyati bo'lmagan joylarda esa telefon orqali aloqa o'rnatish juda muhim. Bu o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan rag'batini yanada oshiradi hamda ota-onalarga ham katta yordam bo'ladi.
Karantin davriga qadar mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida masofaviy o'qitish shakli bo'lmagani haqida aytdingiz. Kelgusida yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarida muntazam masofaviy o'qitishni yo'lga qo'yish rejalashtirilganmi?
— Pandemiya sababli joriy etilgan karantinning salbiy jihatlari haqida to'xtalyapmiz, biroq ushbu jarayondan unumli foydalanib qolish imkoniyatlari ham mavjud. Sababi, barcha universitetlar masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish bo'yicha muayyan darajada tajriba orttirmoqda. SHu bilan birga, yoshlarda ta'lim turlarini o'zaro solishtirib ko'rish imkoniyati paydo bo'lmoqda. Albatta, biz karantin davrida masofaviy ta'lim bo'yicha olingan tajribadan kelgusida ham keng foydalanamiz. Buning ijobiy jihatlarini tahlil qilamiz.
Karantin davrigacha masofaviy ta'lim, asosan, yurtimiz malaka oshirish tizimida qisman qo'llanayotgan edi. endi esa ayrim mutaxassisliklar uchun tajriba-sinov asosida masofaviy ta'limni tashkil etish va samaradorligiga qarab uni keng yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda.
Buning uchun esa mavjud huquqiy-me'yoriy hujjatlarni ham shunga moslashtirishimiz lozim. Xususan, “Ta'lim to'g'risida”gi qonunda ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta'lim olish shakllari belgilangan bo'lib, masofaviy ta'lim shakli ushbu qonun hujjatida ko'zda tutilmagan edi.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim sohasida olib borilayotgan salmoqli islohotlar tufayli “Ta'lim to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlanib, tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi. Undan masofaviy ta'lim shaklida o'qitish ham o'rin olgan. SHuningdek, yangi o'quv yilidan boshlab yurtimizdagi to'rtta oliy ta'lim muassasasida masofaviy ta'lim shaklida o'qitish jarayonini tashkil etish rejalashtirilgan.
Hozir mamlakatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari masofadan turib dars jarayonini olib bormoqda. Bitiruv-malakaviy ishlar himoyasi, davlat imtihonlari, nazorat ishlari ham masofaviy shaklga o'tkazilmoqda. Biroq tahlillar ayrim professor-o'qituvchilarning tajriba va ko'nikmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasi talabga to'liq javob bermayotganini ko'rsatyapti. SHuningdek, ayrim talabalarda ham masofaviy ta'lim olish ko'nikmasi mavjud emas. Albatta, bu borada hali ko'p ishlar amalga oshirilishi shubhasiz.

Download 19.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling