Slavyan harbiy jang san’ati


Download 8.35 Kb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi8.35 Kb.
#747626
  1   2   3   4
Bog'liq
Slavyan harbiy jang san’ati-www.hozir.org
15ni javobi, The influence of Coronavirus to the human organism , IKP Kardiomiopatiyalar, MSS must ish, MSS must ish, MSS must ish, 1-Topshiriq, 12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shak-fayllar.org, Irrigatsiya tarmoqlari suv energiyasidan foydalanish HEMIS Student axborot tizimi, 2 5325916930605848573, Mikroorganizmlardan zarur moddalarni sintezlab olish, BAYONNOMA. IXLOS, талабалар учун тестлар базаси (1), 2-AMALIY ISH SNAGIT

Slavyan harbiy jang san’ati

Slavyan harbiy jang san’ati

Slavyanlar haqida qadimiy maʼlumotlarga koʻra, ular mil. 1—2-asrlarda venedlar nomi bilan maʼlum boʻlgan. 6-asr oʻrtalarida Prokopiy, Iordan va boshqalarning asarlarida uchraydi. 7-asrning 2-yarmida Slavyanlar arab muallifi Abu Malik al-Axtalning asarlarida tilga olingan. Slavyaning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oilasiga mansub tillarda soʻzlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, dregovich, vyatich va boshqa qabilalardan iborat.

Markaziy va Sharqiy Yevropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bolgan ulkan maydonni egallagan. VII asrda slavyan xalqlari g’arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo’linib ketganlar. Chexlar, polyaklar va slovaklar g’arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar. Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo’lmagan. Bungacha ular urug’chilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki urug’chilik jamoasining mulki bolgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar Xalq vechesida ko`rib chiqilgan.

Tarixdagi har bir xalq o’zining munosib o’rniga ega. Slavyan xalqlari ham jahon tarixida yorqin iz qoldirgan hamda bugungi kunda ham o’ziga xos ahamiyatga ega hisoblanadi. Slavyan xalqlari harbiy san’ati turlicha bo’lgan. Bunga o’z davrining yozma manbalari hamda topilgan arxeologik topilmalar guvohlik beradi.

Tarixdan bizga ma’lumki slavyan xalqlari bir necha tarmoqqa bo’linadi. Bu xalqlarning tarmoqqa bo’linganidan ham bilsa bo’ladiki, slavyan xalqlarining harbiy jang san’ati, taktikasi, qurollari va harbiy kiyimlari bir-birlaridan ajralib turgan. Slavyan xalqlari o’zlarining milliy davlatlariga asos solishgan va harbiy sohani rivojlantirishaga alohida e’tibor qaratganlari tarixdan ma’lum.

Slavyan xalqlari asos solgan eng yirik davlat bu Kiyev Rusi davlati edi. Bu davlat gullab-yashnagan davrda juda katta hududlarni zabt etgan. Kiyev Rusi davlati hukmdorlari qo’shni hududlarga yurish uyushtirganlar va bosib olgan xalqlarini boj to’lashga majbur etganlar. Davlatda harbiy sohani yuksaltirish maqsadida hukmdorlar tomonidan turli xil islohotlar amalga oshirilgan.


Download 8.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling