Sobiq ittifoq davrida din va jamiyat Tayanch so'zlar


Download 48.9 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1798974
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3) (2)


Sobiq ittifoq davrida din va jamiyat

Tayanch so'zlar : politbyuro , patriarx , yeparxia , xalq kamissari, Stalin


32 yil avval dunyoni ikki qismga ajratib turgan davlat, SSSR parchalanib ketdi . SSSR dunyo hamjamiyatidan ham diniy , ham dunyoviy jihatdan ajralib qolgan edi. Ko’pchilikning fikricha SSSRda din mavjud bo’lmagan , ammo haqiqatan ham shunday edimi ?
Гражданам СССР гарантируется свобода совести, то есть право исповедовать любую религию или не исповедовать никакой, отправлять религиозные культы или вести атеистическую пропаганду. Возбуждение вражды и ненависти в связи с религиозными верованиями запрещается.
Церковь в СССР отделена от государства и школа - от церкви
Конституция СССР.52-статья
Demak Sovet Ittifoqi rasman ateistik davlat bo’lmagan va Vijdon erkinligi haqida qonun bo’lgan ammo bu qonun deyarli hech qachon ishlamagan ,aniqrog'i ishlatilmagan . Sovet ittifoqi endi tashkil topayotgan paytida Islom diniga qattiq qarshilik qilinmagan .
1917- yil 20- noyabrda (3-dekabr) Sovet hukumatining "Rossiya va Sharqning barcha mehnatkash musulmonlariga" murojaati qabul qilindi, unda shunday deyilgan::
Rossiya musulmonlari, Volga va Qrim tatarlari, Sibir va Turkistonning qirg’iz va sartlari , Kavkazdan tashqari turklar va tatarlar, chechenlar va Kavkaz tog'liklari, masjidlari va ibodatxonalari vayron bo'lgan, e'tiqodlari va urf-odatlari Rossiya podshohlari va zolimlari tomonidan oyoq osti qilingan! Bundan buyon sizning e'tiqodlaringiz va urf-odatlaringiz, milliy va madaniy muassasalaringiz erkin va daxlsiz deb e'lon qilinadi !
Repressiyaning boshlanishi
Bolsheviklarning asosiy nazari cherkovlarga qarshi qaratilgan edi. Bolsheviklar nazarida cherkov eskilik sarqiti bo’lib ,ular o’ylagan va intilayotgan yangi inson shakli , ideal kommunist insonni tarbiyalashda katta bir to’siq edi . Cherkovga qarshi kurashda ateistik ruhda ish faoliyatini olib borgan, 1922-yildan beri nashr etilayotgan "Xudosiz"gazetasi hal qiluvchi rol o’ynadi. Uning atrofida muxbirlar va kitobxonlar tarmog'i tez rivojlandi .1922-yilda RKP Markaziy komiteti huzuridagi cherkovni davlatdan ajratish to'g'risida dekret o'tkazish bo'yicha komissiya deb nomlangan , aslida esa ateistik ruhda bo’lgan , sovet hokimiyatining dinga qarshi siyosatini amalga oshirish uchun SSSRda mas'ul bo'lgan partiya — davlat organi tashkil topdi . Ilk qurultoyda komissiya boshlig’I etib Lev Trotskiyni tayinlashdi ammo politbyuro uning o’rniga Popov rais etib tayinladi . 1923-yilda palitbyuro qarori bilan uning o’rniga komissiya raisi etib Yemelyan Yaroslavskiy sayinlandi . 1923-yil sentabr oyida Markaziy qo'mitaning dinga qarshi komissiyasi ateistik tashkilotlarni tashkil etishni istiqbolli deb topdi. 1924-yil avgust oyida esa Moskvada” "Bezbojnik" gazetasining do'stlari jamiyati” (ODGB) tashkil topdi.ODGBning II qurultoyida Maksim Gorkiy kabi taniqli yozuvchilar nutq so’zlashdi.
Musodara kompaniyasi

1921-1923 yillarda Vo’lgabo’yida kuchli ochlik avj oldi.Avvaliga cherkov ixtiyoriy ravishda yordam sifati pul yig’ib , ochlarga yordam ko’rsatishda tashabbuskorlik qilishdi . Patriarx Tixon pravoslavlarga murojatida o’z birodarlariga yordam berishni , cherkov marosimlarida ishlatilamydigan barcha oltindan, kumushdan yasalgan narsalarni topshirishni so’ragan.Bu ishlar yetarli emas edi . Politbyuro pul tanqisligining yechimi sifatida cherkovlardagi oltin buyumlarni musodara qilishni taklif etdi . Taklifning tashabbuskori revolyutsachi , Qizil armiya asoschisi , Harbiy va dengiz ishlari bo’yicha xalq kamissari Lev Trotskiy bo’ldi. Ushbu ishga boshliq etib ham Lev Trotskiy tayinlandi.Trotskiy boshchiliga minglab cherkovlar talandi , oltindan qilingan deyarli barcha ashyolar musodara qilindi. Bundan g’azablangan xalq namoyishlar o’tkaza boshlashdi.Bunday namoyishlarning eng uyushganlaridan biri Shuya shahrida, 1922-yil 15-martda bo’lib o’tdi. Qizil armiyachilar olamonni o’qqa tutdi , 4 nafar kishi xalok bo’lgan va 10 kishi jarohat olgan . Ushbu xodisadan so’ng Lenin politbyuroga yuborilgan xatida shunday yozadi :


“дать самое решительное и беспощадное сражение черносотенному духовенству и подавить его сопротивление с такой жестокостью, чтобы они не забыли этого в течение нескольких десятилетий”
Musodara kompaniyasi tugaganidan so’ng Lev Trotskiy vada bergan millardlab rubllardan asar ham yo’q edi.Malumotlarga ko’ra , to’plangan buyumlarning qiymati atigi 4,6 mln rublni tashkil etdi.To’plangan oltinlarga esa non sotib olib bo’lmas edi , oltinni sotishning iloji ham yo’q edi ,chunki g’arb davlatlari oltinni arzon narxga sotib olishardi . Bu harakatlar RSFSR dindor qatlamining katta noroziligiga sabab bo’ldi . 1925-yilda Patriarx Tixon vafot etdi. Hukumat qayta patriarx tayinlashni man etdi .
Islomga bo’lgan munosabat
Bu xolatlar ko’pchilik qismi musulmon bo’lgan SSSRning 6 ta respublikasida kuzatilmadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek SSSRning tashkil topayotgan paytida islom diniga xristianlik diniga qilingancha repressiya kuzatilmagan . Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo’mitasining 1924 –yil 9-iyundagi Dekretiga muvofiq , islom dini aqidalarini o’rganishga ruxsat berildi . Afuski bu ish uzoqqa cho’zilmadi. O’sha yilning o’zidayoq markazning buyrug’i bilan deyarli barcha masjid va madrasalar yopildi , taniqli din arboblari va olimlar tuxtmat bilan surgun qilindi , qamoqqa olindi. Xalq orasida O’ratepadagi g’isht zavodini bir oy diniy kitoblarni yoqib ishlatishgan ekan gaplar tarqaldi .
1928-yil 9-iyulda KPSS MK bosh sekretari Iosif Stalin “Sotsializm sari olg’a yurishdas sinfiy kurashning keskinlashuvi haqida”gi shiorni olg’a surdi . Din ulamolariga qarshi repressiya yanada kuchaydi , mol-mulkari musodara qilinib , ayrimlari qamoqqa olindi , o’sha davrning ko’zga ko’ringan ulamolaridan Imom hasanxon Abdulmajidov , Hojiakbarxon Muhitdinov , Usmon Sodiqov , Umar Ikromov , Mulla Ali Shermuhammedov , Isroil Inoyatov kabilar Toshkent qamoqxonasiga tashlandi va ko’pchiligi o’sha yerda vafot etishdi.
“Xudosiz besh yillik”
1932-yilda “Xudosiz besh yillik” e’lon qilindi. Uning maqsadi 1937- yilning 1-mayigacha SSSRda xudoning nomini unutish edi. Unga boshliq etib “Jangari ateistlar ittifoqi” raisi bo’lgan Yemelyan Yaroslavskiy tayinlandi.Xristianlikka qarshi repressiya kundan – kunga oshib boraverdi. 1932-yilning o’zidayoq Rus prasolav cherkovida 70 ta yeparxiya yopildi , 40 ta arxiyereylar qamoqqa olindi , 95% cherkovlar yopib qo’yildi.Xudosizlikka qarshi kompaniyaning asosiy quroli “Xudosiz” gazetasi bo’ldi.Gazeta davlatdagi eng ommabobi bo’lib , ayrim yilllarda haftasiga 500 000 tirajgacha yetgan .Gazetaning tashrif qog’ozi karikaturalar bo’ldi. “Besh yillik xudosizlik” rasman e’lon qilinmagan bo’lsada , dinga qarshi jang keng avj oldi .
Dinga iliqlik
Diniy repressiya ikkinchi jahon urushi davrida bir oz yumshadi.Buning sabablari juda ko’p bo’lib , ularning eng kattalaridan biri ittifoqchilarning(AQSH,Britaniya,Fransiya) tazyiqi , yana biri Gitlerning diniy siyosatiga javob sifatida shakllandi . 1942-yilning oxirida Rossiyaning turli shaharlarida diniy markazlar ochilishiga ruxsat etildi, xatto Stalinning o’zi ham ayrim chiqishlarida “Hudo biz bilan “ degan iboralarni ishlatishni boshladi . Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy idorasi , 1943 – yilda “O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy nazorati” kab tashkilotlar ish boshlashdi.Musulmonlar idrorasini tashkil etish uchun Toshkentdan shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon Moskvaga boradi. Safiyaxon Boboxonova xotiralaridan :
Moskvaga borishgach , Stalin faqat otamni qabul qilibdi. Qaytib kelishgandan so’ng otam Stalin bilan uning ish kabinetida tarjimon yordamida suhbatlashganini aytib berdilar : “U hurmat bildirib , yaxshi niyatli kishidek , musulmonlarning kayfiyati , qanday hayot kechirishayotganini haqida so’radi . Musulmonlar qurultoyini chaqirish , diniy boshqarmani tashkil etish va musulmonlarni frontga yordam berishga, bosqinchilarga qarshi qatiyat bilan kurashishga chaqirishni taklif etdi “ , dedilar . Otamni Kremlda choy va uzum bilan mehmon qilishgan . U kishi “xalqalr otasi”ning ish kabineti juda kamtarin jihozlanganini aytardilar”. Sekinlik bilan bo’lsada , diniy marosimlarga , diniy ilmga ruxsta berila boshlandi . 1945-yilda 20 nafardan ko’p talaba qabul qilmaslik sharti bilan Buxorodagi Mir Arab madrasasi ish boshladi Hojiakbarxon Muhitdinov 1945-yil 29-avgust kuni madrasaga derektor etib tayinlandi.
Diniy erkinlik xristianlik konfessiyasiga ham berildi. 1942-yilning 4-aprelida pastxa bayrami uchun tungi komendantlik soati bekor qilindi . NKVDning habar berishicha , bayramda 85 mingga yaqin kishi qatnashgan ekan . Bu ishlar ‘z navbatida bir oz bo’lsada diniy fonning oshishiga sabab bo’ldi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Stalinning aftoriteti xalq orasida misli ko’rimagan darjada oshib ketti , kechagina qonxo’r diktatordan xalq qahramoniga aylandi . Stalin shaxsiga sig’nish o’ta avj oldi .
N.S.Xrushshovning diniy siyosati
Stalinning o’limidan so’ng Nikita Xrushshov va Leonid Brejnev davrida yana dinga qarshilik avj oldi.1958-yilda pravoslav ibodatxonalarining soni 13 414 tani tashkil etgan bo’lsa , 1960-yilda 13 008 taga aylandi . Keyinchalik cherkovlar soni yiliga deyarli mingtaga kamaydi . 1965-yilda cherkovlar soni 7551 taga kamaydi. 1960 yildan 1967 yilgacha pravoslav diniy jamiyatlari soni 42,7 foizga kamaydi. Bu vaqt ichida pravoslav monastirlarining 65 foizi yo'q qilindi-28 tasi qoldi; rohiblar soni 2,3 baravar kamaydi. 8 ta seminariyadan 5 tasi yopildi. 1967 yilda patriarxiyada ikkita akademiya va uchta seminariya bo'lib, ularda 498 kishi tahsil olgan.
Qayta qurish siyosati
Bunday ishlar 80-yillarning oxirigacha avom etdi. M. S. Gorbachev hukmronligining dastlabki yillarida (1985-1987) sovet davlatining dinga rasmiy munosabati salqinlashdi. Xususan, 1986-yil 24-noyabrda Toshkentga tashrifi chog'ida Gorbachyov dindorlik namoyon bo'lishiga qarshi qat'iy kurash olib borishga chaqirdi .Gorbachov e’lon qilgan “Qayta qurish” siyosati davrida dinga bir muncha yengilliklar berildi. Cherkovlarga musodara qilingan yerlar qaytarb berildi , masjid va madrasalar seikin ochila boshladi. Ammo 80 –yilarda ayniqsa islom dini yomon axvolda edi.RSFSRdago 857 ta imomdan faqat 21tasi oliy malumotga ega edi . Kadrlar va oliy tal muassasalari yetishmas edi.Butunittifoqda faqatgina bitta Buxorodagi madrasa va Toshkentda institut faoliyat ko’rsatar edi. Albatta bu ko’plab talablarni qondira olmas edi . 1989-yilning dekabr oyida Rossiya va Sibirning Yevropa qismidagi musulmonlar diniy boshqarmasining 200 yilligi  hamda Volga va Ural bo'yi aholisi tomonidan Islomni qabul qilganining 1100 yilligi nishonlandi. Ushbu voqea davlat dindorlar orasini yashilashda yana bir qadam bo’ldi. Yana bir katta qadam 1990-yilda tashlandi. 1990-yilda 750ta sovet ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga yuborildi.
O’zgarishlar nafaqat islom dinida , balki xristianlikda ham kuzatildi. Katta o’zgarishlardan biri Rossiyaning cho’qinitirlganligining 1000 yilligini nishonlash bo’ldi.Uning arafasida bolani cho’qintirish uchun ota-onaning passport berish majburiyati bekor qilindi . Bu esa oldingidek ota-onalarga ish joyida qandaydir chora-tadbirlar ko’rishning oldini oldi. 1988- yilda SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi din ishlari bo'yicha Kengash ibodat binolari davlat mulki ekanligi haqidagi normani bekor qildi. 1989- yilda jazoni ijro etish muassasalarining diniy tashkilotlar va diniy xizmatchilar bilan o'zaro aloqalari bo'yicha tavsiyalar tasdiqlanib, bu mahbuslarga diniy marosimlarda qatnashishga va cherkov mahkumlarga yordam berishga imkon berd 1991-yil 31-dekabrda Rossiya Prezidentining "rus pravoslav cherkoviga binolar va diniy adabiyotlarni qaytarish to'g'risida"gi farmoni tasdiqlandi. Ayrim siyosatchilar Boris Yelsin kommunistik partya bilan bo’lgan qarama qarshiliklarida suyanchiq bo’lishi uchun xistianlikka yon bosgan deb fikr bildirishgan .Nima bo’lishidan qatiy nazar Sovet Ittifoqi umrining oxirida dinga bo’lgan qarashlarini qayta ko’rib chiqishga majbur . Buning asosiy sabablaridan biri hokimiyat almashishi yani hokimiyatdan qariyalar ketib , yoshlar kelgani bilan izohlanadi. Mixali Gorbachov hokimiyat ustiga kelganida , davlatni tubdan isloh etishni , barcha narsani o’zgartirishni , davlatni liberallashtirishni shior qilib oldi. Dinga yengillik ham buning ortidan amalga oshdi .
Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling