Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi


Download 10.2 Kb.
Sana20.02.2020
Hajmi10.2 Kb.

Aim.uz

Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi

Totalitar rejimining qaror topishi. XX asrning 20 - yillari ikkinchi yarimlariga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o'zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi murvatlarini o'z qo'H ostiga kiritib borgan I. V. Stalin asta -sekinlik bilan o'zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo'ldi. Shu maqsadga erishish yo'lida u o'z atrofiga bir guruh hushomadgo'y, labbaychi rahbar kadrlarni to'plab, ularni ishga solib, partiyaning ko'plab tajribali, inqilobiy kurashlar jarayonida toblangan, g'oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk, nufuzli arboblarini obro'sizlantirishga intildi. 20— yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim masalasida sog'lom, xolis fikr bildirgan kadrlar egallab turgan yuqori vazifalaridan chetlashtirildi. Stalin o'z yo'liga g'ov bo'lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni tor - mor yetish, o'z shaxsiy hoki-miyati rejimini qaror toptirishda V.M.Molotov, K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o'zgarishlar, yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo'r berib ko'klarga ko'tarib maqtash, madh qilishga yo'naltirildi.

20— yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g'oya butun mamlakat uchun halokatli oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o'z irodasi, hukmini boshqalarga o'tkazib bordilar. O'z davrida komparliya va sovet hokimiyati rahbariyatining o'zak — negizini tashkil etgan Trotskiy, Buxarin, Kamenov, Zinovyev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh vakillari sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik, qatag'on domiga duchoretildilar. Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917— yildan boshlab shakllana boshlagan totalitar siyosiy rejim 20— yillarning oxiri 30— yillarning boshlarida to'liq qaror topdi. Totalitar rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat:

• ko'ppartiyaviylik tugatiidi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlakatda yagona hukmron partiyaga aylandi, Lining qarorlari, ko'rsatmalari barcha hokimiyat organlari tomonidan so'zsiz bajarilishi majburiy bo'ldi;

• davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma'muriy-buyruqbozlik tarzida amalga oshirildi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo'g'irchoq bo'lib qoldi;

• ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo'rovonlik asosida tartibga solindi, xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy erkinligi tugatiidi, rejali iqtisodiyot qaror topdi;

• oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat'iyan man etildi;

• ommaviy axborot vositalari, ta'lim tizimi, ijodiy uyushmalar orqali targ'ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy (kom-munistik) mafkura nuqtayi nazardan qayta ishlandi, ular ongiga mafkuraviy aqidalar singdirifdi;

• siyosiy qatag'on shaxsning ongi va xatti-harakatlarini nazorat ostiga olish, mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, qo'llab-quvvatlash tuyg'usini singdirishning asosiy vositasiga aylandi;

• rasmiy mafkuraga mos bo'lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo'q qilishga, intellektual va ijodiy faoliyatni bo'g'ishga yo'naltirilgan senzura organi faoliyat yuritdi;

• siyosiy qatag'onni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat va axloq tuzatish lagerlari tarmog'i tuzildi va faoliyat yuritdi, birga ishlovchi, qo'ni-qo'shnilardan kuzatuvchi, ig'vogar-chaqimchilar yollandi, aholi qo'rquv ostiga olindi.

Respuhlika huqaqlarining cheklanishi, Mamlakatda totalitar tizimning qaror topishi, shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon - ixtiyorini lttifoq davlati tasarrufiga bog'lab qo'ydi. Bu O'zbekiston timsolida ham yaqqol ko'zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo'g'inlari to'liq ravishda, SSR ittifoqi organlariga bo'ysun-dirildi. Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot -O'zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo'limi maqomida faoliyat yuritardi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markazqo'mi qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariyat ko'rsatmalari respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart edi.

Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti (komsomol) va boshqa jamoat tashkilotlari ham Markazning shu xildagi tashkilotlari andozasiga ko'ra tuzilgan bo'lib, ularga to'liq bo'ysungan holda faoliyat yuritardi. Shu bilan birga, bu tashkilot-larning barchasi kompartiya yetakchiligida, uning siyosiy - g'oyaviy ta'sirida bo'lib, o'z a'zolarining ongi, tafakkurini shu partiyaning mafkurasi, g'oyasi ruhida shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Negaki, mustabid tuzum sharoitida jamiyat a'zolarini boshqacha ruhda tarbiyalash to'g'risida gap bo'lishi mumkin emasdi.

Stalincha ma'muriy - buyruqbozlik tizimi ko'zga ko'rinarli va ko'zga ko'rinmas ming xil qizil iplar bilan O'zbekistonni o'z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy mustaqilligini yo'qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo'jalik, madaniy-ma'naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil hal etishga haq-huquqli emas edi. Buning uchun, avvalo, Markazning roziligini olish talab etilardi. O'zbekiston mustaqilligining nechog'li rasmiy va yuzaki mazmunga ega bo'lganligi uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o'z aksini topgan edi. Jumladan, O'zbekistonning 1937— yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e'tibori bilan ,asosan, 1936— yil 5- dekabrda kuchga kirgan SSSR Konstitut-siyasining aynan nusxasi edi. Unda respublika mustaqilligi, fuqaro-larining huquq- erkinliklari aksini topsa-da, biroq ular amafiyotda nechog'li soxta, quruq safsatalar bo'lib chiqqanligi hammaga ayon.





Aim.uz


Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling