Qo`shma gaplar
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo‘shma gap sanaladi. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimning nechtaligi gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi:
Men o‘quvchiman – sodda gap;
Olim bo‘lsang, olam seniki – qo‘shma gap.
Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi.
Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Qo‘shma gap qismlari quyidagi bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi:
1. Bog‘lovchilar: a) teng bog‘lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...); b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
2. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar: a) bo‘lsa, esa, deb; b) -u (-yu), -da, -ki yuklamalari; d) nisbiy so‘zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar; f) shart mayli qo‘shimchasi (-sa).
3. Ohang.
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi:
1. Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Ergashgan qo‘shma gaplar.
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
Qismlari teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, -u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘langan gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi. Ularning qolipi quyidagicha ifodalanadi:
1. Biriktiruv bog‘lovchisi (va, hamda) qo‘shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi. Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi:
Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar.
Anor so‘zlar, (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar.
Ba’zan -u (-yu), -da yuklamalari ham biriktiruv bog‘lovchilari bajargan
vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |