Sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash asoslari va


Download 290.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi290.04 Kb.
#211399
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu №17



Mavzu № 17 

Sog'liqni saqlashni mablag' 

bilan ta'minlash asoslari va 

sog'liqni saqlashning 

iqtisodiyoti  



Tibbiyot muassasalarining 

moliyalashtirishning asoslari  

Sog'liqni saqlash sektorini moliyalashning asosiy 

manbasi  davlat byudjeti xisoblanadi. Davlat 

byudjetidan sog'liqni saqlashga ajratilgan  

xarajatlar xajmi o'rtacha ichki yalpi 

maxsulotning 3,5 –4,5 % tashkil etadi. 




Vazirlar Maxkamasining 3 sentyabr 1999 yil 414 sonli 

«Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini 

takomillashtirish to'g'risida» qaroriga muvofiq davlat 

tibbiyot muassasalarining moliyalashtirishning asosiy 

manbasi bo'lib quyidagilar hisoblanadi.  

- Davlat byudjeti; 

- Davlat tibbiyot muassasalarining pullik tibbiy xizmat 

ko'rsatishidan tushadigan daromadlari. 

 - Boshqa tashkilotlar uchun vaqtincha foydalanilmayotgan 

binolar va boshqa davlat mulkini arendaga berilishidan 

tushadigan daromadlar 

- Xomiylik va gumanitar yordam; 

- Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar 



Davlat byudjeti xisobidan moliyalashtirish bepul 

tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi 




Davlat quyidagi xollarda aholini kafolatlangan, bepul 

birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bilan ta'minlaydi: 

- Shoshilinch, tez tibbiy yordam ko'rsatish; 

- Sog'liqni saqlash birlamchi zvenosida va bir qator davlat 

davolash profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda 

qishloq joylarida xizmat ko'rsatish 

- Bir qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash va 

immunlash 

- Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar va atrofdagilarga xavf 

tug'diruvchi kasalliklar 

- Bolalarni tekshirish va davolash 

- 15-17 yoshli o'smirlarni, 18-27 chaqiriq yoshdagi shaxslarni 

tekshirish va davolash 

- Tug'riq xizmatini ko'rsatish 

-  Imtiyozga ega bo'lgan shaxslarni (nogironlar urush 

qatnashchilari yetimlar) davolash. 




O'zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning 

tarkibi  

Mamlakatimizning xalq xo'jaligini barcha soxalarini reja  

asosida rivojlantirish uchun tegishli byudjetlar orqali 

ularga moliyaviy resurslar belgilanadi 

O'zbekistonda byudjet tizimi mamlakatning ma'muriy 

territorial strukturasiga mos holda tashkil etilgan 

Davlat byudjeti o'z navbatida respublika viloyat, shaxar 

tuman qishloqlar va posyolka maxalla byudjetlaridan 

tashkil topgan 



Jamiyat sog'lig'ini saqlashga qaratilgan moliyaviy sarf-xarajatlarni 

rejalashtirganda quyidagi ko'rsatkichlarni e'tiborga olish lozim 

• - Davlat byudjetining xarajat qismida sog'liqni 

saqlashga ajratilgan xarajatlarning ulushi; 

• - Ushbu xarajatlar aholi jon boshiga xisoblangan 

ko'rsatkichlarni o'zgarishi; 

• - Yangi davolash-profilaktika muassasalarini 

rivojlantirish uchun ajratilgan mablag'ning o'sishi 

tibbiyot xodimlarini tayyorlash va  tibbiyot ilm fani 

va boshqalarni rivojlantirish uchun ajratilgan 

xarajatlarning kattaligi 



Byudjet xarajatlari klassifikassiyasi. Smetalarni tuzishni tashkil 

etish.  

 Byudjet klassifikatsiyasi byudjetni rejalashtirishda muxim 

axamiyatga ega  

Aniq bir turdagi belgilar bo'yicha (qism, paragraf, statya) 

byudjetning xarajat qismini qat'iy tartibda taqsimlanish 

byudjet klassifikatsiyasi deb ataladi. 

«Sog'liqni saqlash» sohasi byudjet klassifikatsiyasining 203-

qismiga, «Xalq ta'limi» – 200 qismiga mos.  

203- qism bo'yicha   moliyalashtirilayotgan sog'liqni saqlash 

muassasalari: davolash profilaktika, sud tibbiyoti 

ekspertizasi, sanitariya-profilaktika hamda dorixona 

muassasalariga bo'linadi. Byudjet klassifikatsiyasi 

paragrafga ular esa o'z navbatida xarajat statyalariga 

bo'linadi. 




Byudjet – bu daromatlar va xarajatlarni 

ma'lum davr uchun pul so'mlarda 

ifodalangan qiymatlari (yiliga, kvartal, 

oyiga) 



Byudjetni tuzish bosqichlari quyidagilardan 

iborat: 


1. O'tgan moliyaviy yil bo'yicha xisobot 

ma'lumotlarining taxlili 

2. Joriy yilda moliyaviy xarajatlarning bajarilishini 

baxolash 

3. Rejalashtirilayotgan moliyaviy yil uchun 

byudjet loixasini tuzish 




Shifoxona smetasi – 

 

bu 1 ta moliyaviy yilda shifoxona 



faoliyatini ta'minlashga qaratilgan 

xarajatlarni yozib chiqish  




Shifoxona smetasini tuzishda quyidagilarga 

aloxida e'tibor berish kerak:  

•  a) iqtisod rejimiga qat'iy rioya  qilish 

• b) Byudjet mablag'laridan tejamkorlik bilan 

foydalanish 

• v) Muassasa rezervlaridan maksimal 

foydalanish 



Tarifikatsiya –  

bu   tibbiyot xodimlarining ma'lumot 

darajasi, ish staji ish joyi egallab turgan 

lavozimga qarab belgilanadigan lavozim 

maoshi. Bundan tashqari malakaviy 

kategoriyasi, ilmiy darajasi va ish 

sharoitining o'ziga xos tomonlari va  

boshqalar inobatga olinadi.  





Download 290.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling