Sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash asoslari va
Download 290.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu №17
Mavzu № 17 Sog'liqni saqlashni mablag' bilan ta'minlash asoslari va sog'liqni saqlashning iqtisodiyoti
Tibbiyot muassasalarining moliyalashtirishning asoslari Sog'liqni saqlash sektorini moliyalashning asosiy manbasi davlat byudjeti xisoblanadi. Davlat byudjetidan sog'liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar xajmi o'rtacha ichki yalpi maxsulotning 3,5 –4,5 % tashkil etadi. Vazirlar Maxkamasining 3 sentyabr 1999 yil 414 sonli «Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to'g'risida» qaroriga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarining moliyalashtirishning asosiy manbasi bo'lib quyidagilar hisoblanadi. - Davlat byudjeti; - Davlat tibbiyot muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko'rsatishidan tushadigan daromadlari. - Boshqa tashkilotlar uchun vaqtincha foydalanilmayotgan binolar va boshqa davlat mulkini arendaga berilishidan tushadigan daromadlar - Xomiylik va gumanitar yordam; - Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar
Davlat byudjeti xisobidan moliyalashtirish bepul tibbiy xizmat ko'rsatish tizimi Davlat quyidagi xollarda aholini kafolatlangan, bepul birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati bilan ta'minlaydi: - Shoshilinch, tez tibbiy yordam ko'rsatish; - Sog'liqni saqlash birlamchi zvenosida va bir qator davlat davolash profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylarida xizmat ko'rsatish - Bir qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash va immunlash - Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar va atrofdagilarga xavf tug'diruvchi kasalliklar - Bolalarni tekshirish va davolash - 15-17 yoshli o'smirlarni, 18-27 chaqiriq yoshdagi shaxslarni tekshirish va davolash - Tug'riq xizmatini ko'rsatish - Imtiyozga ega bo'lgan shaxslarni (nogironlar urush qatnashchilari yetimlar) davolash. O'zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning tarkibi Mamlakatimizning xalq xo'jaligini barcha soxalarini reja asosida rivojlantirish uchun tegishli byudjetlar orqali ularga moliyaviy resurslar belgilanadi O'zbekistonda byudjet tizimi mamlakatning ma'muriy territorial strukturasiga mos holda tashkil etilgan Davlat byudjeti o'z navbatida respublika viloyat, shaxar tuman qishloqlar va posyolka maxalla byudjetlaridan tashkil topgan
Jamiyat sog'lig'ini saqlashga qaratilgan moliyaviy sarf-xarajatlarni rejalashtirganda quyidagi ko'rsatkichlarni e'tiborga olish lozim • - Davlat byudjetining xarajat qismida sog'liqni saqlashga ajratilgan xarajatlarning ulushi; • - Ushbu xarajatlar aholi jon boshiga xisoblangan ko'rsatkichlarni o'zgarishi; • - Yangi davolash-profilaktika muassasalarini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag'ning o'sishi tibbiyot xodimlarini tayyorlash va tibbiyot ilm fani va boshqalarni rivojlantirish uchun ajratilgan xarajatlarning kattaligi
Byudjet xarajatlari klassifikassiyasi. Smetalarni tuzishni tashkil etish. Byudjet klassifikatsiyasi byudjetni rejalashtirishda muxim axamiyatga ega Aniq bir turdagi belgilar bo'yicha (qism, paragraf, statya) byudjetning xarajat qismini qat'iy tartibda taqsimlanish byudjet klassifikatsiyasi deb ataladi. «Sog'liqni saqlash» sohasi byudjet klassifikatsiyasining 203- qismiga, «Xalq ta'limi» – 200 qismiga mos. 203- qism bo'yicha moliyalashtirilayotgan sog'liqni saqlash muassasalari: davolash profilaktika, sud tibbiyoti ekspertizasi, sanitariya-profilaktika hamda dorixona muassasalariga bo'linadi. Byudjet klassifikatsiyasi paragrafga ular esa o'z navbatida xarajat statyalariga bo'linadi. Byudjet – bu daromatlar va xarajatlarni ma'lum davr uchun pul so'mlarda ifodalangan qiymatlari (yiliga, kvartal, oyiga)
Byudjetni tuzish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. O'tgan moliyaviy yil bo'yicha xisobot ma'lumotlarining taxlili 2. Joriy yilda moliyaviy xarajatlarning bajarilishini baxolash 3. Rejalashtirilayotgan moliyaviy yil uchun byudjet loixasini tuzish Shifoxona smetasi –
bu 1 ta moliyaviy yilda shifoxona faoliyatini ta'minlashga qaratilgan xarajatlarni yozib chiqish Shifoxona smetasini tuzishda quyidagilarga aloxida e'tibor berish kerak: • a) iqtisod rejimiga qat'iy rioya qilish • b) Byudjet mablag'laridan tejamkorlik bilan foydalanish • v) Muassasa rezervlaridan maksimal foydalanish
Tarifikatsiya – bu tibbiyot xodimlarining ma'lumot darajasi, ish staji ish joyi egallab turgan lavozimga qarab belgilanadigan lavozim maoshi. Bundan tashqari malakaviy kategoriyasi, ilmiy darajasi va ish sharoitining o'ziga xos tomonlari va boshqalar inobatga olinadi. Download 290.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling