Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishning asoslari


Download 76.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2018
Hajmi76.84 Kb.

Mavzu: 

Sog‘liqni saqlashni 

rejalashtirishning asoslari  

 


Mashg‘ulot maqsadi: 

 

 



•  Talabalarga sog‘likni saqlashni rejalashtirishga 

bo‘lgan talab va vazifalarni rejalashtirishni 

me'yorlari va sifat  ko‘rsatkichlarini, marketing 

bo‘yicha boshqarish biznes reja tarkiblarini 

akkreditatsiya va litsenziya berish 

tushunchalarini o‘rgatish. 



Кутилаётган натижалар:  

•  


ma'ruza talabalar ongida aholi 

salomatligini muhofaza qilishda oqilona 

tashkil etilgan sog‘liqni saqlashni 

rejalashtirishning asoslarini singdirishdir. 



Reja: 

• 1. Sog‘liqni saqlashga bo‘lgan talablar va vazifalar 

• 2. Sog‘liqni saqlashni  rejalashtirishning asosiy 

prinsiplari va   usullari 

• 3. Sog‘liqni saqlash tizimining asosiy me'yorlari 

• 4. Rejalashtirishning sifat ko‘rsatkichlari 

• 5. Marketing xizmati, marketing bo‘yicha boshqarish 

• 6. Startegik va biznes rejalashtirish 

• 7. Tibbiy yordamning sifatini nazorat qilish. 

 


Sog‘liqni saqlashga bo‘lgan  

talablar va vazifalar 

 

 

• Sog‘liqni saqlash tizimini  proporsional rivojlantirish 



axolini davolash-profilaktika yordamiga bo‘lgan 

extiyojni qondirish, aholining tibbiyot xodimlari va 

o‘rinlarga bo‘lgan extiyojini ilmiy asosda 

me'yorlashtirish sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishni 

takomillashtirish, aholining davolash-profilaktika 

yordamiga bo‘lgan ehtiyojini vaqtinchalik va turg‘un 

o‘zgarishlarini o‘rganish-sog‘liqni saqlashni 

rejalashtirishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

 


• Rejalashtirishning turlariga xududiy va 

muddatli rejalashtirishlar kiradi. 

Xududiy rejalashtirish o‘z navbatida 

Respublika, viloyat, shaxar, tuman 

xududlari bo‘yicha rejalashtirishni o‘z 

ichiga olsa, rejalashtirishning  

muddatiga qarab: joriy va  istiqbolli 

rejalarga bo‘linadi. 

 


Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishning 

asosiy prinsiplari va usullari  

 

• a) Prinsiplari 



•  1. Rejada belgilangan tadbirlarni xukumatimizning sog‘liqni 

saqlash borasida olib borayotgan siyosatiga mos kelishi 

• 2. Davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejasining  

direktiv xarakteriga egaligi va aniq bajarilishi 

• 3. Rejalashtirish bo‘yicha oldinga  q¢éèëãàí maqsadning 

ilmiy asoslanganligi 

• 4. Rejaning aniq bajarilish imkoniyatlarini e'tiborga olish 

• 5. Joriy va istiqbol rejalashtirishlar orasida o‘zaro bog‘liqlik. 

• 6. Xududiy rejalashtirishni shu xududining boshqa  sohalari 

buyicha tuzilgan rejalari bilan mos  kelishligi 

 


Sog‘liqni saqlashni rejalashtirish 

usullari


 

 

• 1. Analitik usul 



• 2. Taqqoslash usuli 

• 3. Balanslash usuli 

• 4. Me'yorlashtirish usuli 

• 5. Iqtisodiy –matematik usul 

• 6. Eksprapoyasiya usuli 

 


Analitik usul             

yordamida aholini vrachlar, urta tibbiyot 

xodimlari, kasalxonadagi o‘rinlar bilan  

ta'minlanganligi  aniqlanadi. Bundan tashqari 

tibbiy yordamning qàòîð ko‘rsatkichlari 

(statsionarga yotqizilganlar ulushi, bir yilda 

bitta  odatga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 

qatnovlar soni),  kasalxonadagi o‘rinlarning 

funksiyasi, vrachlik  lavozimini vazifasi 


• Taqqoslash usuli  - 

sog‘liqni saqlashni rejalashtirishda 

muxim  ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan 

aholining salomatlik ko‘rsatkichlari 

aniqlanadi 

• Balanslarsh usuli – rejalashtirish 

davomida va uning bajarishida kelib 

chiqishi mumkin bo‘lgan  

disproporsiyalarni aniqlab uni o‘z 

vaqtida to‘g‘rilash imkonini beradi. 

 


• Me'yorlashtirishning usuli –  

bu usul sog‘likni saqlash uchun 

byudjet va smeta tuzishda va undan 

to‘g‘ri foydalanishda material- texnik 

bazani rivojlantirishda keng  

qo’llaniladi. 

 

- Iqtisodiy matematik usul – rejani 



optimal variantini ilmiy  asosda tuzish  

imkonini beradi. 

 


• Ektrapolyasiya usuli –  

ushbu usul ko‘rsatkichlarining 

o‘zgarishlar tendensiyasini aniqlashda 

o‘rganiladi. Ushbu usul orqali tug‘ilish, 

o‘lim ko‘rsatkichlarini, ayrim 

kasalliklarni bo‘lg‘usi kattaliklarini 

oldindan belgilash imkonini beradi. 

 


Sog‘liqni saqlash tizimining asosiy 

me'yorlariga qo’yidagilar kiradi.

 

 

• 1. Gigienik me'yorlar 



• 2. Ogoxlantiruvchi va joriy  sanitariya nazoratini 

olib borishda ish xajmini belgilovchi sanitariya-

epidemiologik me'yorlar 

• 3. Aholini davolash-profilaktik yordamiga bo‘lgan 

extiyojini ta'minlash me'yorlari 

• 4. Bitta murojatga to‘g‘ri kelagn qàòíîâëàð  

koeffitsienti  

• 5. Ish jarayonidagi mexnat me'yorlari 

(ambulatoriya-poliklinika muassasalaridagi 

vrachlarning soatdagi me'yoriy yuklamasi) 

• 6. Dori-darmon va bog‘lovchi vositalarga bo‘lgan 

extiyoj me'yoriy ko‘rsatkichlar 

 


Rejalashtirishning 

sifat 

ko‘rsatkichlari  

 


Sog‘liqni saqlash muassasalari tarmoqlarini rivojlantirishda 

birinchi navbatda vrachlik lavozimlariga va kasalxonadagi o‘rinlar 

soniga bo‘lgan extiyoj e'tiborga olinadi. Ularga quyidagilar kiradi:

 

 



• 1. 

Vrachlik lavozimi, vrachlik lavozimi funksiyasi 

• 2. Vrachlaik lavozimlariga bo‘lgan extiyojni xisoblash 

• 3. Kasalxonadagi o‘rinlar funksiyasi 

• 4. Shahar aholisini statsionar yordamiga va o‘rinlar 

fondiga bo‘lgan extiyojini aniqlash 

• 5. Tug‘ruqxona kompleksidagi o‘rinlarga bo‘lgan extiyojni 

aniqlash 

 


Marketing xizmati, marketing bo‘yicha 

boshqarish 

 

 



• «Marketing» so‘zi ingilizcha «market» (bozor) 

so‘zidan olingan bo‘lib, bu bozorni taxlil qilish 

va  istiqbolni belgilash, bozor  faoliyatining 

strategiyasi va  taktikasini maxsus ishlab 

chiqish orqali muayyan iste'molchilarning 

talablarini qondirish va  foyda olishga  

yo‘naltirilgan ishlab chiqarish holda  sotishni 

tashkil qilish  tizimidir. 

 


Sog‘liqni saqlash  marketingi asosan ikki bir-

birini to‘ldiruvchi yondoshuv amal qo’lash.

 

 

• Birinchidan:  



• bu tibbiyot bozorini, tibbiy yordamga bo‘lgan 

extiyojini talabini o‘rganib adresli xizmatni 

xar tomonlama taxlil etish bo‘lsa, ikkinchidan 

jamiyat  salomatligining bozorga ta'sir 

ko‘rsatishini xis etgan holda aholining 

mavjud talabi va tibbiy xizmatga bo‘lgan  

extiyojini shakillantirish. 

 


• Tibbiyotda marketing –  

umumiy marketing hàìäà  ijtimoiy 

marketingning ixtisoslashgan  tizimi bo‘lib, 

tibbiy yordam ko‘rsatish bozorini va 

boshqarish jaayonini tashkil etish sifatida 

qarashishi mumkin. Ijtimoiy marketing 

istemolchilar extiyojini qondirish va  

daromat olishga emas, balki axolining 

tibbiy yordamga  bo‘lgan extiyojini 

qondirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 

Umumiy marketingdagi kabi tibbiyot 

marketingida bozor ko‘p turli 

segmentlardan tashkil topgan bo‘lishi 

mumkin va u ma'lum xarakterli 

tomonlarning o‘xshashligi bilan birlashgan 

iste'molchilar tarmog‘i va sotib oluvchilar 

guruhidan iborat bo‘ladi. 

 


Tibbiyot marketingi quyidagilardan 

tashkil topgan bo‘ladi

 

• - maxsulot marketingi; (dori-darmon va 



tibbiyot asboblari) 

• - tibbiyot farmatsevtika va ularga qo’shimcha 

(servis) marketing xizmati

 


O‘z navbatida mahsulot marketingi 

quyidagilarga bo‘linadi: 

 

• - bozorda mavjud bo‘lgan maxsulotlar 



marketingi; 

• - yangi ishlab chiqilgan va birinchi bor bozorga 

olib chiqilgan maxsulotlar marketingi; 

 


 Sog‘liqni saqlash tizimida qo’yidagi 

marketing prinsiplari amal qiladi:

 

 

• 1. Sog‘liqni saqlash bozorining barcha 



turlari bo‘yicha har tomonlama chuqur 

ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish ya'ni 

tibbiy xizmatning talab va  takliflarini  

tarkibi, dinamikasi, vosita faoliyatlarini 

belgilovchi omillar va sharoitlarning o‘zaro 

munosabatlarini o‘rganish. 

• 2. Bozorni segmentlarga bo‘lish, ishlab 

chiqarishni tashkil etishning tegishli 

variantlarini belgilab olish maqsadida eng 

qulay sharoitlarni aniqlash (aholining yoshi, 

jinsi, kasbi, demografik belgilari, 

kasallanishi, murojati) 

 


• 3. Faol va  potensial talabalarni e'tiborga 

olgan holda tibbiy xizmat va ishlab 

chiqarishning mosligini ta'minlash, ya'ni 

tashxislash, davolash reabilitatsiyasi, 

dinamik kuzatish va profilaktik yo‘nalishlarni 

bozor  talablariga faol moslashtirish 

4. Inovatsion yoki aloxida muassasalarni va 

butun  soxani qamrab oluvchi boshqarish va 

mexnatni tashkil etishning yangi formalarini 

amaliyotga tadbiq etish (xususiylashtirish, 

brigada usulli, pulli xizmat usullari). 

5. Startegik rejalashtirish, marketing 

rejalashtirishni qo’llagan  xolda tibbiyot 

muassasalarining moliyaviy va moddiy 

texnika bazasini yaxshilashga qaratilgan  

faoliyat turlarini rejalashtirish. (tibbiy 

yordamni turi, sifati va xajmini, quvvatini 

hamda xodimlar bilan ta'minlashni 

rejalashtirish. 

 


Marketing umumiy funksiyalariga  

quyidagilar kiradi:

 

 

• - maqsadni aniqlash 



• - tashkil etish 

• - muvofiqlashtirish 

• - qayt etish va nazorat qilish. 

 


• Shu bilan bir qatorda bevosita marketingga 

xos bo‘lgan quyidagi spetsifik funksiyalar 

ham qayt etiladi: 

Sog‘liqni saqlash bozorini kompleks tadbiq 

etish va istiqbolni belgilash: 

Tibbiyot muassasalarining ishlab chiqarish 

quvatini taxlil etish 

Talabni shakillantirish va mol sotishni  

rag‘batlantirish 

Tibbiyot muassasalarida marketing xizmati 

tizimini yaratish 

Tibbiy xizmatning bozor sharoitida tibbiyot 

muassasalari  faoliyatini nazorat qilish va  

samaradorligini baholash.  



Marketingni asosiy maqsadi bu:  

 

•  - maxsulotlar va xizmatlar turidan yuqori 



darajada foydalanish 

• - extiyojni yuqori darajada qondirish 

• - keng ko’lamda mahsulotlar va tavarlar 

turlarini taqdim etish 

• - turmushning sifatiy darajasini oshirish. 

 


• Shunday qilib, sog‘liqni saqlashda 

marketingni qo’llash –bu aniq bir 

maqsadga yo‘naltirilgan 

boshqaruv faoliyatini 

takomillashtirishdir. 

 


Strategik va bizns rejalashtirish 

 

 



Xozirgi davrda sog‘liqni saqlash tizimida 

olib borilayotgan isloxotlarga muvofiq 

davlat tibbiyot muassasalaridan tashqari 

Respublikamizda xususiy tibbiyot 

muassasalari tizimi shakillandi va 

rivojlanib bormoqda. 



• Xususiy tibbiyot muassasalarini yanada 

taraqqiy ettirish va rifojlantirish uchun 

rejalashtirish katta axamiyatga ega. Chunki har 

qanday tashkilot o‘z faoliyatini amalga oshira 

borib nimaga erishmoqchi ekanligini va unga 

erishishining eng qulay muvoffaqiyatli yo‘lini 

tanlay bilishi kerak. Shuning uchun ham 

maqsad va reja bir-biriga to‘liq mos kelishi 

kerak va ular bir-biriga uzviy bog‘liq. 

 


• Tashkilotning maqsadi- uning nimaga 

erishmoqchi ekanligini yoki oxirgi 

natijani aks ettiradi va u tashkilot uchun 

«mayak» xisoblanadi. 

Reja- tashkilotning o‘z oldiga qo’yilgan 

maqsadiga erishish yo‘li faoliyat, xarakat 

«marshruti» bo‘lib, mavjud resurslarni 

taqsimlash sxemasi, oraliq vazifalar yoki 

kemaning «mayak» ga qarab xarakati 

 


Xozirgi vaqitda qo’yidagi rejalashtirish 

turlari farqlanadi:

 

 

• Strategik reja-uzoq muddatga mo‘ljallangan 



(3-5 yil va undan ko‘p), global maqsadlarga  

erishishni o‘zida mujassam etadi 

 


• Biznes reja - o‘rta muddatga (1-2 yil) 

mo‘ljallangan taktik maqsadlarga erishish 

yo‘li. 

Operativ reja – bir yilgacha (yarim yillik, 



kvartal, oylik, xaftalik)davr oralig‘ida amalga 

oshirilishi lozim bo‘lgan joriy vazifalarni 

bajarish orqali qèñqà muddatli maqsadlarga 

erishishni nazarda tutadi. 

 


• Biznes reja –bu  ma'lum vaqt oralig‘ida 

odamlardan moddiy va moliyaviy 

imkoniyatlardan unumli foydalanishni 

hisobga olgan holda. B.T.S.Yo 

muassasalarning asosiy tibbiy-iqtisodiy 

faoliyatini belgilab beruvchi va 

tashkilotning mavjud barcha resurslarini 

aks ettiruvchi dastur xujjatdir. 

Biznes reja-tashkilot  faoliyatining 

yo‘nalishi hàqèäà ma'lumot beruvchi 

muxim manbadir 

U tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va uning  

samaradorligini oshirish maqsadida 

rejalashtirilgan tadbirlarni asoslash 

borasidagi xisob-kitobni hàì o‘z ichga oladi. 

 


• Biznes reja – ishni olib borish konsepsiyasi va  

strategiyasini ishlab chiqishda hàì yaqin va 

nisbatan uzoq kelajakka mo‘ljallangan rejani 

aniqlashda «ichki» va «tashqi» tomondan 

muassasaning ma'lum vaqt oralig‘ida erishgan 

natijalarini baholash holda ishning samarasi va 

unumdorligini oshirish muassasa faoliyatini 

yanada yaxshilash uchun o‘z vaqtida chora-

tadbirlar qabul qilish, qo’shimcha mablag‘ 

manbalarini aniqlash va jalb etish uchun 

foydalaniladi. 

 


Sifatli  tuzilgan biznes reja qo’yidagi vazifalarni 

amalga oshirishda yordam beradi

 



1. Tashkilotning maqsadi va  vazifalarini aniq  ifodalashga va  shuningdek unga 

erishish  usullarini egallashga 

2. Kutilayotgan tibbiy xizmat tarkibi va  ularning ko‘rsatkichlarini aniqlashga 



3. Mavjud mutaxassislar, ularning mexnatini asoslovchi shart sharoitlar belgilangan 

maqsad va  vazifalarga muvofiqmi, yo‘qmi ekanligini aniqlashda 

4. Belgilangan maqsadga mavjud moliyaviy va moddiy rezurslar yordamida erishish 



imkonini baxolashga.  

5. Samarali tibbiy yordam ko‘rsatish, aholi ishonchini oqlash sog‘lom turmush 



tarzini targ‘ib etishga qaratilgan choratadbirlarni belgilashga. 

6. Belgilangan maqsadga erishish yo‘lidagi qeyinchiliklar xalaqit berishi mumkin 



bo‘lgan g‘ovlarni oldindan ko‘ra bilishga 

 


Tibbiy yordamning sifatini nazorat 

qilish


 

 

• Sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan 



ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning 

mutaxassislarning davolash- profilaktika 

ishlarining sifatiga ko‘plab shart-sharoitlar va 

omillar birgalikda ta'sir ko‘rsatadi. 

• Ularga:  muassasaning material texnik 

bazasining xolati, medikamentlar va tibbiyot  

apparat uskunalari bilan ta'minlanganlik 

darajasi, tibbiyot xodimlarining malakasi, 

tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi, 

bemorlarning o‘z sog‘lig‘iga, vrach tavsiyasiga 

bo‘lgan munosabati, vrach bilan bemor 

o‘rtasidagi munosabat. 

 


• Tibbiyot muassasalarining sifati litsenziya berish 

orqali amalga oshiriladi. Letsenziya berishning 

asosiy moxiyatini tibbiyot muassasasiga davlat 

tomonidan beriladigan ruxsatnoma letsenziyalar 

tashkil qilish. 

Litsenziya muassasaning tibbiyot tizimida tibbiy 

xizmatlar ijrochisi sifatida ishtirok etishi uchun 

aniq va minimal zarur bo‘lgan  sifat standartlarini 

tasdiqlaydi. 

Tibbiyot muassasalarining akkreditatsiyasi 

litsenziyalashga nisbatan hàì puxta tayyorgarlikni 

talab etadi. 

 


• Akkreditatsiya qilish uchun sifat standartlari zarur 

bo‘ladi. 

Litsenziya berish –bu alohida faoliyat turlari va 

xizmatlarini olib borish uchun tibbiyot 

muassasalariga davlat tomonidan ruxsat berilishi 

demakdir. 

Litsenziya olgan shaxslar  xususiy tibbiyot 

amaliyoti, shu jumladan tabiblik (xalq tabobati) 

bilan shug‘ullanish ho’quqiga ega bo‘ladi. 

 


Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyalash –ularni o‘rnatilgan 

professional  standartlarga mos kelishini aniqlash. 

Mulkchilikning shaklidan qàòúèé nazar barcha tibbiyot 

muassasalari akkreditatsiyadan o‘tishlari shart. 

Akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot muassasasiga maxalliy 

xokimiyat tomonidan sertifikat beriladi. 

Letsenziya berish akkreditatsiyadan o‘tkazish va sertifikat 

berish yordamida davlat tomonidan professional uyushmalar 

va  manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirokida ma'lum bir 

darajada sog‘liqni saqlashda sifatini boshqarishni tashkil etish 

mumkin. Eng dolzarb va murakkab muammolardan biri-bu 

tibbiy  xizmatning sifatini nazorat qilishdir 



Ma'ruzaning ta'minoti

 

 



• - jadvallar sog‘liqni saqlashni 

rejalashtirishni vazifalari prinsiplari, 

marketing turlari tizimining bosqichlari 

 


Talabalarning mustaqil ishlari 

 

 



• Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishda bozor 

munosabatlariga o‘tishda 

rejalashtirishning asosiy tendensiyalari. 

 


Nazorat savollari 

 

 



• 1. Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishning asosiy vazifalari va 

prinsiplariga nimalar kiradi. 

• 2. Rejalashtirishning qanday  turlari va usullarini bilasiz 

• 3. Sog‘liqni saqlash tizimining me'yorlariga nimalar kiradi 

• 4. Marketing nima 

• 5. Tibbiyot marketingi nimalardan tashkil topgan 

• 6. Sog‘liqni saqlash tizimida qanday marketing prinsiplari 

amal qiladi. 

• 7. Strategik va biznes-reja nimani bildiradi 

• 8. Letsenziya nimani anglatadi 



 


Download 76.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling