Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot etish. Aholi salomatligini muxofaza qilishda sanitariya


Download 45.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.07.2018
Hajmi45.73 Kb.

MAVZU:  

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot etish. Aholi 

salomatligini muxofaza  qilishda sanitariya 

maorifining o‘rni targ‘ibot etish. Aholi 

salomatligini muxofaza  qilishda sanitariya 

maorifining o‘rni 



Mashg‘ulot maqsadi:  

 

 ma'ruzaning maqsadi talabalarga sanitariya 



maorifini asosiy prinsip va vazifalarini, aholini 

gigienik o‘qitishda va tarbiyalashda asosiy 

chora tadbirlarni axamiyatlarini tushuntirish 


Kutilayotgan natijalar:  

 

 ma'ruza talabalar ongida aholi orasida 



o‘tkaziladigan sanitariya maorif ishlarini to‘g‘ri  

tashk ma'ruza talabalar ongida aholi orasida 

o‘tkaziladigan sanitariya maorif ishlarini to‘g‘ri  

tashkillashtirish va sog‘lom turmush tarzini 

shakillantirishdaniboratillashtirish va sog‘lom 

turmush tarzini shakillantirishdaniborat 



REJA: 

1. Sanitariya maorifi va uning asosiy vazifalari 

2. Sanitariya maorifi organlari va muassasalari 

3. Sanitariya maorifining  usul va vositalari 

4. Tibbiy faollik va sog‘lom turmush tarzni 

shakillantirish 

5. Salomatlik instituti va ularning vazifalari 


Sanitariya maorifi va uning asosiy vazifalari  

 

 Sanitariya maorifi  sog‘liqni saqlash tizmining 



ajralmas qismidir. U xar bir  davolash 

sanitariya muassasasi va xar bir tibbiyot 

xodimi ishining majburiy qismi hisoblanadi. 


Sanitariya  maorifining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

 

• 1. Barcha aholiga turmushda va ishlab chiqarishda gigienik 



ko‘nikmalarni singdirish. 

• 2. Hozirgi zamon tibbyot fani yutuqlariga asoslanib tuzilgan 

mexnat, dam olish, ovqatlanishning to‘g‘ri rejimi haqida 

bilimlarni yoyish. 

• 3. Aholiga turli kasalliklarning paydo bo‘lish sabablarini va 

ularga qarshi kurash choralarini tanishtirish. 

• 4. Tibbiyot fanida erishilgan yutuqlarni ya'ni organizmning 

tuzilishi va xayot faoliyatini g‘oyaviy va  ilmiy saviyada yoyish 



Sanitariya oqartiruv ishlariga xalq maorifi organlari maktablar, 

madani oqartiruv muassasalari va jamoat tashkilotlari jalb etiladi. 

Sanitariya maorifining maqadi aholining axloqiy va  sanitariya oid 

bo‘lgan madaniyatni paydo bo‘lishini va gigiena talablarini 

tanishtirishdan iborat bo‘ladi. 

Sanitariya maorifining mazmuni xozirgi zamon fanida organizm va 

tashqi muxitni, kasallik va salomatlik xolatini, sanitariya gigiena 

darajasini qurilish qishloq xo‘jalik, sanoat korxonalaridagi vazift 

hamda xozirgi vaqitdagi tibbiyot va sog‘liqni saqlash vazifalarini 

rivojlanishi orasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqlaydi. Shuning uchun 

uning  maqsadi sanitariya maorifining umumiy  va maxsus 

savollariga bo‘linadi. Sanitariya maorifining  umumiy savollari 

sog‘lom turmush tarzini, mexnat sharoitlarini, kasalliklarni oldini 

olishni tashkil qilishga qaratilgan 

 


Sanitariya maorifi  organlari va 

muassasalari  

 

 Sanitariya oqartiruv ishlarini birmuncha keng 



qo‘llashda tashkil etish va o‘tkazish salomatlik 

salomatlik instituti va uning viloyat shahar   

tumanlar roli  markazlarining kuchi bilan 

amalga oshiriladi. Ularda maxsus tayyorlangan 

malakali kadrlardan tashkil topgan leksiya  

byurosi bo‘ladi. 



Salomatlik markazlari  leksiyalar tashkil etish bilan 

sanitariya –oqartiruv ishining boshqa turlari – statsionar 

va  ko‘chma ko‘rgazmalar, sanitariya oqartiruv filmlari 

namoyish qilishdan keng foydalaniladi. Ular sanitariya 

oqartiruv adabiyotlarini nashr etadi. Undan tashqari 

sanitariya maorifi maqsadlarida maxalliy matbuot, radio 

va televideniyadan foydalanadi, xar xil kurslar va 

sanitariya aktivi uchun to‘garaklar tashkil etadi 

 


Bundan tashqari salomatlik makazlari sanitariya – 

oqartiruv ishining rahbar tashkiliy uslubiy markazidir. 

Shaxar va tuman markazlarida maxsus salomatlik 

markazlari bo‘lmasa bularning vazifasini DSENM 

bajaradi, shu boisdan bu ishlarni amalga oshirish uchun 

DSENM qaramog‘ida sanitariya maorifi kabineti bo‘ladi. 

Sanitariya maorifi ishlarini vrach yoki instruktor olib 

boradi. 


Sanitariya oqartiruv ishlarini tashkil qilib va uni olib 

borishda umumiy raxbarlikni va nazoratni davolash 

shifoxonasining bosh vrachi olib boradi. 

 


Sanitariya oqartiruv ishlarida 3 ta 

asosiy zveno  ajratiladi: 

 

• 1. Poliklinikadagi  sanitariya maorifi 



• 2. Kasalxonadagi sanitariya  maorifi. 

• 3. Uchastkadagi sanitariya maorifi 

 


Sanitarif maorifining usullari va vositalari: 

 

• Sanitariya maorifi usullarini og‘zaki, yozma va ko‘rgazmali 

usullarga tafovut qiladilar. 

• - og‘zaki usullar quyidagi usullarda olib boriladi, ya'ni leksiya, 

doklad, suxbat,  bilan ovoz bilan o‘qish, savol javoblar kechasi 

xamda radioeshittirishlari orqali olib boriladi. 

• - yozma usullar quyidagi shakllarda olib boriladi, ya'ni – 

kitoblar, varaqalar, risolalar, esdaliklar shiorlar nashr qilish, 

devoriy gazeta chaqirish, savol – javoblar  taxtasini 

uyushtirishlar orqali olib boriladi. 

• - ko‘rgazmali usullar quyidagi shakllarda olib boriladi, ya'ni 

plakatlar, rasmlar, maketlar mulyajlar, kinofilm, ko‘rgazmalar, 

teatr tamoshalari, televidenie sanitariyaga oid agitatsiya orqali 

olib boriladi. 

 


Axborot berish turlariga qarab sanitariya maorifi usullari quyidagi 

guruxlaridan iborat bo‘ladi. 

 

• 1. Alohida ta'sir qilish usuli 



• 2. Bir qancha shaxslarga ta'sir qilish usuli 

• 3. Ommaviy aloqa usuli 

 


Davolash profilaktika muassasalarida va bemorlar uyida 

amalga oshiriladigan sanitariya oqartiruv ishlari juda 

muxim axamiyatga ega. Bemorlar odamda o‘z 

kasalliklariga juda e'tibor beradilar va  kasalliklari haqida 

vrachlar o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan aytilgan xar 

bir so‘zni diqqat bilan  tinglaydilar. Tibbiyot 

xodimlarining so‘zi bemorlarning sog‘ayishiga ta'sir 

ko‘rsatuvchi muxim shifobaxsh psixoterapevtik omil 

ekanligini nazarda tutib, har bir so‘zni puxta o‘ylab 

aytish  kerak. 

 


Respublika sog‘liqni saqlash vazirini qaroriga muvofiq xar 

bir vrach va o‘rta tibbiyot xodimining jadvalida 

yozilganidek sanitariya maorifi ishini xar oyida 4 soat olib 

borish kerak. Bu ma'ruza va suxbatlarning mazmuni va 

mavzusi birinchi navbatda muassasa  ixtisosiga, uning  

oldida turgan amaliy vazifalarga, bemorlar tarkibiga,  

axolining  kasallanish xolatiga qarab  belgilanadi. 

 


Tibbiy faollik  va sog‘lom  turmush tarzini  shakillantirish  

 

Tibbiy faollik deb aniq olingan ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy 



sharoitlarga, jamiyat munosabatlariga, jamiyatdagi 

ishlab chiqarish usullariga shaxs va jamiyat  

salomatligiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan 

insonlar faoliyati  ko‘rinishlarining eng tipik  xarakterli 

tomonlariga aytiladi. U  ayrim shaxslar, guruxlar, 

umumaholi faoliyati sog‘liqni saqlash 

muassasalarining axolini davolash va axoli orasida 

profilaktik maqsadda olib borayotgan ishlarni o‘z 

ichiga oladi. 

 


Buning asosiy elementlaridan biri sifatida insonlarning 

o‘z salomatligiga, o‘zgalar salomatligiga bo‘lgan 

munosabati vrachlar tibbiyot xodimlari tavsiya etgan, 

buyurgan muolaja davolash ishlarini o‘z vaqtida bajarish 

davolash profilaktika muassasalariga murojati 

tushuniladi. 

Tibbiy faollik, turmush tarzining boshqa tomonlari kabi 

kasalliklar profilaktikasi, ayniqsa birlamchi profilaktikani 

asosi bo‘lgan sog‘lom turmush tarzini shakillantirishga 

qaratilgan bo‘lishi kerak.  

 


Sog‘lom turmush tarzi  - bu odamlarning o‘z 

salomatliklarini saqlash va yaxshilashga  qaratilgan 

faoliyatdir.  Sog‘lom turmush tarzini  shakillantirish 

Respublika sog‘liqni saqlash  tizimining bosh yo‘nalishi 

bo‘lgan profilaktik yo‘nalishning bosh richagi 

hisoblanadi. 

Sog‘lom turmush tarzi sog‘liqni saqlashning muxim 

muammolaridan biri bo‘lgan yurak qon-tomir, onkologik, 

asab ruxiy, oshqozon ichak, o‘pkaning nospetsifik  

kasalliklarini oldini olishda va ular sababli kelib  

chiqadigan o‘lim xollarini  kamaytirishda yetakchi o‘rinni 

egallaydi. 

 


Sog‘lom turmush tarzini shakillantirish xususan birlamchi 

profilaktikani amalga oshirish, davlat, jamoat tashkilotlari, 

tibbiyot-masalalari xamda ko‘p  jixatdan axolining o‘ziga bog‘liq. 

Sog‘lom turmush tarzini shakillantirish va profilaktik yo‘nalishini 

taraqqiy ettirish xozircha kasalliklar tibbiyotiga patologiya ilm 

faniga aylanib qolgan tibbiyotni qayta shakillantirishning asosiy 

yo‘li xisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bemorlarga bo‘lgan diqqat 

e'tiborni kamaytirmagan xolda tibbiyotni patologiyalar 

tibbiyotidan, sanalogiya tibbiyotiga, sog‘lom shaxslar salomatligini 

saqlashga mustaxkamlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyatga 

aylantirish lozim. Poliklinikalar ambulatoriyaar, dispanserlar, 

profilaktoriyalar maslaxat berish muassasalari  va boshqa ayniqsa 

sog‘liqni saqlashning birlamchi zvenosidagi tibbiyot muassasalari 

profilaktikani, tibbiy faollikni, sog‘lom turmush tarzini 

shakillantiruvchilar sanalogiyani amalga oshiruvchilar sifatida 

amaliy faoliyat ko‘rsatishlari zarur. 

 


Sanalogiya –terimini lotincha sanitas – salomatlik va  

sanus sog‘lom so‘zidan olingan. Demak sanologiya – 

salomatlik xaqidagi fandir. 

Shunday qilib, sanologiya sog‘lom odamlar 

salomatligini saqlash, yanada yaxshilash 

mustaxkamlash haqidagi fandir. Shunday qilib, 

tibbiyotning birinchi vazifasi salomatlikni saqlash, 

ikkinchisi kasalliklarni davolash 

 


Salomatlik instituti va ularning 

vazifalari  

 

 O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 10/XI 1998 yil 



21 07 sonli farmoyishiga muofiq Respublikamizda 

salomatlik instituti tashkil etildi. Ushbu  farmoyish 

sog‘liqni saqlashni isloh qilishni  konsepsiyasi 

profilaktik yo‘nalishning rivojlanishining ustivorligi 

sog‘lom turmush tarzini shakillanishi, garmonik 

rivojlangan  avlotlarni tarbiyalash, risk omillari va 

kasalliklarning sabab-oqibatli bog‘lanishlarini nazarda 

tutadi. 


Ushbu vazifalar Respublika «Salomatlik» markazining bazasida 

tashkil etilayotgan salomatlik institutiga yuklatiladi. Institutning 

asosiy vazifalari quyidagicha bo‘ladi. 

 

• 1. Tadqiqotlarni tartibga solish va profilaktik tibbiyotni amaliy 



tadbiq etish 

• 2. Faol turmush tarzi va  ratsional ovqatlanishni targ‘ibotini 

ta'minlash 

• 3. Salomatlikni  muxofaza qilish tarmog‘ida gigienik huquqiy 

tarbiyalash 

• 4. Jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport ommaviy 

xarakatni profilaktik tibbiyot bilan  integratsiyasini olib borish 

• 5. Satsiologik tadqiqotlar,  manitoring, millat  salomatligi 

xolatini taxlili  va  prognozini o‘tkazish. 


Talabalarning mustaqil ishlari:  

 

 Sanitariya  maorifining usullari va  shakillari 



Ma'ruzaning ta'minoti: 

 

 Jadvallar: sanitariya maorifining  vazifalari, usul 



va vositalari, salomatlik institutining vazifalari 

 


Nazorat savolari: 

 

• 1. Sanitariya maorifining asosiy vazifalari nimalardan 



iborat 

• 2. Sanitariya maorifining usul va shakillariga nimalar 

kiradi. 

• 3. Turmush tarzi deganda nimani tushuniladi 

• 4. Turmush sharoiti deganda nima tushuniladi. 

• 5. Turmush tarzini belgilovchi kategoriyalarga nimalar 

kiradi. 

• 6. Sanalogiya tibbiyoti  nimani anglatadi 



 


Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling