Sohibkor" mchj va "Xoʻrandalarga" nomli xk oʻrtasida 2020-yil 10-mart kuni 201 million soʻmlik mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzildi. Shartnomaning 1


Download 23.18 Kb.
bet1/3
Sana05.02.2023
Hajmi23.18 Kb.
#1167347
  1   2   3
Bog'liq
fuqarolik huquqi ynqt


5- kazus
Sohibkor” MCHJ va “Xoʻrandalarga” nomli XK oʻrtasida 2020-yil 10-mart kuni 201 million soʻmlik mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzildi. Shartnomaning 5.1. bandida taraflar yetkazib berilgan tovar uchun haq toʻlash yetkazib berish fakti boʻyicha 5 bank ish kunida naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishini, 6.1. bandda esa sotib oluvchi haq toʻlashni kechiktirgani uchun 1% miqdorida jarima sanksiyasi toʻlashi lozimligini belgilashdi. Tovar 30-mart kuni yetkazib berildi, biroq tovar haqi 2020-yil 11-noyabrda oʻtkazib berildi. Sotib oluvchidan toʻlovni kechiktirib olgan MCHJ iqtisodiy sudga XKdan jarima sanksiyasini undirishni hamda davlat boji xarajatlari qoplashni soʻradi.
Iqtisodiy sud MCHJ daʼvosini rad etdi. Sud oʻz qarorini shu bilan asosladiki, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomada faqat toʻlovni amalga oshirish tartibi – 5 bank ish kuni belgilangan, biroq yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovni amalga oshirish shakli yoki usuli shartnomada nazarda tutilmagan. Sudning qarorida keltirilishicha, javobgar tovar uchun ikki marta toʻlash holatiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻlovni amalga oshirmagan va daʼvogar tomonidan toʻlov talabnomasi berilmagunicha kutgan. MCHJ sudning qaroridan norozi boʻlib appelyatsiya shikoyatibergan.




Vaziyatga huquqiy baho bering.

Kazsni boshlar ekanmiz avvalo kazusni o’rganishni uch guruhga bo’lib olamiz birinchidan kazusni tahlil qilamiz, ikkinchidan ushbu kazusga doir qonun hujjatlarini aniqlaymiz va oxirida kazusga xulosa beramiz.
Birinchi o’rinda taxlil qilib olsak, ikki kompaniya o’rtasida ya’ni “Sohibkor” MCHJ va “Xo’randalarga“ nomli XK o’rtasida 2020-yil 10-mart kuni shartnoma imzolanmoqda. Ushbu shartnomada pulning miqdori ham mavjud 201 million soʻm. Bu shartnoma shartlari belgilangan pul miqdoriga asosan mahsulot yetkazib berish vazifasi yuklatildi. Shartnomaning quyidagi bandlariga aloxida e’tibot berishimiz lozim, ya’ni 5.1. bandida taraflar yetkazib berilgan tovar uchun haq toʻlash yetkazib berish fakti boʻyicha 5 bank ish kunida naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishini.agarda shartnomaning ushbu bandi buzilgan taqdirda esa 6.1. bandda sotib oluvchi haq toʻlashni kechiktirgani uchun 1% miqdorida jarima sanksiyasi toʻlashi lozimligini haqida kelishib shartnomada belgilab olishdi. MCHJ XK ga shartnomada kelishilganidek tovarni 30-mart kuni yetkazib berdi. Lekin tovar uchun belgilangan summa 2020-yil 11-noyabrda oʻtkazib berildi. Shunda MCHJ bu holatda shartnoma shartlari buzilganligini va shartnomaning belgilangan bandlariga binoan sotib oluvchidan toʻlovni kechiktirib olgani uchun XKdan jarima sanksiyasini undirishni hamda davlat boji xarajatlari qoplashni soʻrab iqtisodiy sudiga murojaat qiladi. Lekin Iqtisodiy sud MCHJ daʼvosini rad etdi. Sud oʻz qarorini shu bilan asosladiki, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomada faqat toʻlovni amalga oshirish tartibi – 5 bank ish kuni belgilangan, biroq yetkazib berilgan tovar uchun toʻlovni amalga oshirish shakli yoki usuli shartnomada nazarda tutilmagan. Sudning qarorida keltirilishicha, javobgar tovar uchun ikki marta toʻlash holatiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻlovni amalga oshirmagan va daʼvogar tomonidan toʻlov talabnomasi berilmagunicha kutgan. MCHJ sudning qaroridan norozi boʻlib appelyatsiya shikoyati bergan.
Endi ushbu kazusga tegishli hujjatlarni ko’rib chiqishmiz mumkin. Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi — sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o‘zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro‘zg‘orda va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladi.1 XK maxsulot yetkazib berilgandan keyin to’lanadigan pullarni belgilangan kodeks moddalariga muvofiq ko’rishimiz mumkin. Sotib oluvchi yetkazib beriladigan tovarlar haqini shartnomada nazarda tutilgan hisob-kitoblar tartibi va shakliga amal qilgan holda to‘laydi. Agar taraflar kelishuvida hisob-kitoblar tartibi va shakli belgilanmagan bo‘lsa, hisob-kitoblar to‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi. Agar shartnomada tovarlarni to‘plamga kiradigan alohida qismlar bo‘yicha yetkazib berish nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘plamga kiradigan so‘nggi qism jo‘natilganidan (tanlab olinganidan) keyin to‘laydi. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlar haqi oluvchi (to‘lovchi) tomonidan to‘lanishi nazarda tutilgan bo‘lsa va u haq to‘lashdan asossiz bosh tortsa yoki tovarlar haqini shartnomada belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib berilgan tovarlar haqini to‘lashni talab qilishga haqli.2 Bu kazusda bir tomonlama bosh tortish holatlari ham mavjud. Ushbu moddaga binoan ya’ni Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama (to‘liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: tegishli darajada sifatli bo‘lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo‘lmaydigan kamchiliklarga ega bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish; tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish. Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: tovarlar haqini to‘lash muddatlarini bir necha bor buzish; tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik. Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o‘zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to‘g‘risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.3
Kazusga xulosa qiladigan bo’lsak bu kazusda ikki yuridik shaxs tomonidan tuzilgan shartnoma mavjud bo’lib shartnoma shartlari ham belgilab qo’yilgan. Shartnomaga binoan XK 201 million so’mlik mahsulot yetkazib berish majburiyati esa MCHJ ga yuklatiladi. MCHJ oziga berilgan majburiyatni bajaradi va mahsulotni yetkazib beradi. Shundan so’ng pulni kechiktirib beradi. Lekin shartnoma bo’yicha pul miqdorining kechiktirilishi 1% miqdorda sanksiya qo’llanilishi mumkin bo’ladi. Lekin saksiyani undirish uchun iqtisodiy sudga beradi. Lekin sud tomonidan berilgan ariza qaytarib yuboriladi. Shunda ushbu ishnikorish uchun apelatsiya kiritadi. Lekin sud ushbu holatda ko’rib chiqishi kerak edi. shartnomada belgilangan band bo’yicha sanksiyani undirib berish kerak edi.




Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling