Soliq ma’muriyatchiligini takomillishtirish xorijiy investorlarni jalb etishning muxim omillari baqoyeva Madina


Download 25.71 Kb.
bet1/4
Sana17.10.2023
Hajmi25.71 Kb.
#1706688
  1   2   3   4
Bog'liq
panayev 2




SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLISHTIRISH XORIJIY INVESTORLARNI JALB ETISHNING MUXIM OMILLARI


Baqoyeva Madina - Buxoro soliq texnikumi 01st21 guruh o‘quvchisi
Ilmiy raxbar:Panayev Ma’mur Maxmudovich- Buxoro soliq texnikumi
o‘qituvchsi

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan yangi korxonalarni tashkil etish, rekonstruksiya ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bu avvalambor aholi bandligi va daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimotiy muammolarni echiish imkonini beradi.


Mamlakatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 12 yanvar kuni Tashqi ishlar Vazirligi va xorijiy davlatlardagi elchixonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy davlatlar bozorlariga eksport qilishga har jihatdan amaliy ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimiz sanoati va infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini faol jalb etish zarurligi, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p jihatdan faol investitsiya siyosatiga bog‘liqligini, bu esa davlatimiz raqobatbardoshligi va eng asosiysi, aholi farovonligini tubdan oshirishi, yangi korxona va tarmoqlar, yangi ish o‘rinlar yaratishini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini (keyingi o‘rinlarda rahbarlar deb ataladi) moddiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish haqida muhim va asosiy yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Umuman olganda, biz quyidagi fikr va mulohazalar orqali investitsiyalarni jalb qilishda moliya-kredit tizimlari faoliyati qay darajada tashkil etilishi kerak, degan savolga atroflicha javob berishga harakat qildik, yani:
*xududlarda inovatsiyalar va yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni rivojlantirishda ham moliya-kredit tizimi o‘zidagi moliyaviy imtiyozlar bilan investitsiyalar jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy tizim hisoblanadi.
*xududlarda erkin tadbirkorlikka asoslangan bozor munosabatlari rivojlangani sari, ushbu sub’ektlarga xizmat ko‘rsatadigan moliya kredit tizimining institutsional asoslari ham rivojlanib boriladi. Bu esa xududlarga ichki va tashqi investitsiyalarni kirib kelishi uchun qulay shart va sharoitlar tizimi yaratilishiga xizmat qiladi;
*ayni paytda dunyodagi ko‘plab rivojlangan mamlakatlar ma’lum xududlarni erkin iqtisodiy xududlarga aylantirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda.

Download 25.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling