Soliq siyosati uning strategiyasi va taktikasi


Download 83.29 Kb.
bet1/4
Sana25.05.2022
Hajmi83.29 Kb.
#705525
  1   2   3   4
Bog'liq
Fakultet kafedrasi fanidan (1)
Savodga tayyorlash umumiy faoliyatini tashkil etish, Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning nazariy asoslari, Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning asosiy tamoyillari, Mundarija kirish, Orazshayeva Ziuar Satullayevna, Zamonaviy texnologiyalar tibbiyotda, 23-04-2022 10-54-45, 20-04-2022 09-48-31, islomdini, 1-tema Kitapxana, mavzulashtirilgan 2016 (2), KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA, Iqtisodiy tahlil nazariyasi-fayllar.org, Texnik



SOLIQ SIYOSATI UNING STRATEGIYASI VA TAKTIKASI.
REJA:

Soliq siyosatining samaradorligini oshirish uchun uning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish lozim.
Soliq siyosatining strategiyasi – bu davlatning soliqlar va soliqqa tortish sohasidagi uzoq muddatlarga mo‘ljallangan tadbirlari majmuasidir. Soliq strategiyasi 5, 10, 15 va undan ko‘proq muddatlarga mo‘ljallangan konsepsiyalar ko‘rinishida ishlab chiqiladi. Soliq konsepsiyalari asosida soliq strategiyasi, ya’ni barcha yo‘nalishlardagi konsepsiyalarni o‘z ichiga oluvchi yagona soliq strategiyasi ishlab chiqiladi va u ko‘p yillar davomida o‘zgarmaydi.
Soliq siyosatining taktikasi – bu davlatning soliq siyosatining strategiyasini qisqa muddatlar (yil, yil choragi)da amaliyotga kiritish bo‘yicha tadbirlari majmuasidir. Odatda bu tadbirlar soliqlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va kerak bo‘lganda ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat bo‘ladi.
Soliq siyosatining taktikasi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab o‘zgarishi mumkin, masalan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida.
Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatiga nazar tashlasak, mustaqillik yillarida soliq siyosati soliq tushumlari tarkibida egri soliqlar ulushining uzluksiz o‘sib borishiga qaratilganini ko‘rish mumkin. Masalan, 1991 - yilda ularning ulushi hammasi bo‘lib 0,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning ulushi 50 foizga yaqinlashdi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini faollashtirish uchun quyidagi masalalarga diqqatni qaratish lozim:
- o‘tgan davrlardagi xatolarni qaytarmaslik uchun, soliqlar va soliqqa tortish tarixini chuqur o‘rganish lozim;
- soliqqa tortish va undirish xarajatlarini uzluksiz ravishda pasaytirib borish;
- soliq to‘lovchilar va soliqchilar tomonidan soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisoblashlari uchun soliqqa tortish obyekti aniq, sodda, yengil va tushunarli bo‘lishi lozim;
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tkazilgan kichik biznes subyektlarining ulushini uzluksiz o‘stirib borish;
- uzluksiz ravishda yangi ilg‘or soliq tizimlarini ishlab chiqish va soliq amaliyotiga tatbiq etib borish.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini uzluksiz takomillashtirish, uzluksiz ravishda yangi ilg‘or soliq tizimlarini ishlab chiqish va soliq amaliyotiga tatbiq etib borish - mamlakat iqtisodiyotini mo‘tadillashtirishga, xalq farovonligini oshirishga imkon yaratadi. Bu esa hozirgi jahon moliyaviy inqirozi sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonuniylik demokratik davlat tuzumining asosidir. Bu barchaning qonun oldida tengligi, jamiyatning xar qanday a'zosi, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisining unga bir xil buysunishi demakdir.
O'zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq qonuniylikning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- Yuridik hujjatlar tizimida qonunlarning ustunligi, ya'ni ushbu hujjatlarning qonunlarga muvofiq bo'lishi;
- davlat boshqaruvi organlari qonunlar asosida va ularni bajarish yuzasidan
chiqargan qarorlarning davlatning quyi organlari va mansabdor shaxslar
hujjatlaridan ustun bo'lishi;
mahalliy organlar markazvy hokimiyat organlarining huj-jatlarini qatiyan bajarishi, joylarda qonunlarga muvofiq borayotgan operativ faoliyatga markaziy organlarning aralashishiga yul qo'yilmasligiga;
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini og'ishmay amalga oshirish, davlat va
mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarga nisbatan biron-bir zo'ravonlik
qilinishiga yul qo'ymaslik;
fuqarolarning jamiyat, davlat va boshqa fuqarolar oldidagi o'z huquqiy burchlarini qattiq, turib bajarishlari.
Qonuniylik jamiyat normal faoliyatining asosi, mustaqil davlatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishning zarur sharti va g'oyat muhim shartdir. Uning yashashi xuddi ana shunga bog'liq, qonuniylikning jamiyat hayotidagi real roli xuddi ana shundan iborat. U ijtimoiy munosabatdagi barcha ishtirokchilarning harakat birligini, intizom va huquqiy tartibni ta'minlaydiki, bularsiz iqtisodiyotni shakllantirish va mustahkamlashni tasawur etib bulmaydi.
Demokratizm qoidalarini (mansabdor shaxslarning xalq, tomonidan nazorat qilinishini va h.k.) buzish qonunsizlik va o'zboshimchalikka, fuqarolarning demokratik huquqbuzarlari kamsitilishiga ularning tashabbuskorligi va faolligi pasayishiga olib keladi. Lekin chinakam xalq, hokimiyatini qonunlarning fuqarolar, ularning tashkilotlari va birlashmalari tomonidan bir xil tushunilishi va og'ishmay bajarilishini ham tasawur etib bo'lmaydi. Demokratiyasiz qonuniylik yuq, lekin qonunsizlik demokratiya ham yo'q.
Qonuniylikni mustahkamlashning asosiy maxsus vositalari ishontirish, oldini olish, qonunni buzuvchilarga bevosita jamoat ta'siri ko'rsatish, qonuniylikning yuridik kafolatlarini takomillashtirishchdan iboratdir. Qonuniylikni buzishlarga qarshi kurashda huquq, talablarini bajarishga davlat tomonidan majbur qilishdan ham zarur darajada foydalaniladi.
Yuridik javobgarlik - bu talablarning eng asosiy ifodasidir. U tartibbuzarlarga nisbatan qonuniy huquqiy sanktsiyalarni qo'llashdan iboratdir. Jinoiy javobgarlik (jinoyat sodir etganlik uchun), ma'muriy, intizomiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik (ma'muriy huquqbuzarlik uchun, xizmatda yoki ishda intizomiy nojo'ya harakat, fuqarolik huquqbuzarligi) farqlanadi.
.Yuridik javobgarlik-murakkab huquqiy hodisa bo'lib uning mohiyati tushunchasi va mazmuni haqida huquq fanida uzoq va jo'shqin bahslar bormoqda. Ushbu bahslarning mohiyatiga chuqurlashmagan holda yuridik javobgarlik - jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqiy norma sanktsiyasida nazarda tutilgan huquqbu-zarlikni sodir etganlik uchun muayyan shaxsiy yoki mulkiy nomaqbul oqibatlarni boshdan kechirishga majburligidir.
Huquqshunoslikda huquqning biron-bir sohasiga mansubligiga qarab, yuridik javobgarlikning quyidagi turlarini farqlash odat bo'lgan: a) intizomiy javobgarlik, b) yollanma mehnat kishilarining moddiy javobgarligi; v) ma'muriy; g) jinoiy; d) fuqaroviy-huquqiy javobgarlik. Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari va jihatlari bilan ajralib turadi.

  1. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan uning vakolatli organlari orqali tegishli
    huquqiy hujjatlar - asosan qonunlar, ayrim hollarda esa - qonun asosidagi hujjatlarni
    chiqarish yuli bilan joriy etiladi.

  2. U vakil qilingan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan qattiq belgilangan
    protsessual tartibda qo'llaniladi,

  3. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan majbur qilishning bir turi bo'lib, javobgarlik
    huquqiy normalarning sanktsiyalari bilan joriy etilishida ifodalanadi va davlat, uning
    organlari va mansabdor shaxslarning o'z hukmini o'tkazishi, majbur qilishi
    vositasidagina amalga oshirilishi mumkin. Aybdor hatto chiqarilgan qarorni ixtiyoriy
    suratda bajargan yoki o'zi keltirgan zararni tulagan taqdirda ham davlat ko'rgan
    choralarning majburiyligi o'zgarmaydi.

4. Yuridik javobgarlikka huquqbuzarlik, ya'ni sodir etganlik uchun qonunlarda,
boshqa normativ hujjatlarda u yoki bu javobgarlik turi nazarda tutilgan aybli,
qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik sabab bo'ladi. Intizomiy javobgarlikka
intizomiy nojuya harakat, moddiy javobgarlikka moddiy ziyon etkazish, ma'muriy javobgarlikka ma'muriy huquq bo'zarlik, jinoiy javobgarlikka jinoyat, fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka fiiqarolik muomalasi sohasidagi mulkiy munosabatlarga, shuningdek shaxsiy nomulkiy munosabatlarga tajovo'z qiluvchi huquqka xilof harakatlar asos bo'ladi.
5. Yuridik javobgarlik hamma vaqt qonunbuzarga nisbatan muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog'liq bo'lib, salbiy oqibatlar deganda har qanday noqulay natija -masalan litsenziya yoki erkinlikdan maxrum qilish, jarima yoki ishdan bushatishni va xokazolarni tushunmok kerak.
Soliq, to'g'risidagi qonunlarni buzganlik uchun soliq to'lovchilar (xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, ularning mansabdor shaxslari, fuqarolar), ham davlat soliq organlari (ularning mansabdor shaxslari) ham yuridik javobgar bo'lishlari mumkin. Bu hali O'zbekiston Respublikasining Davlat Soliq qo'mitasi to'g'risidagi Nizomda, respublikaning ayrim soliq, turlari to'g'risidagi qonunlarda nazarda tutilgan.
Biroq yuqorida aytilganlardan sanab o'tilgan sub'ektlar javobgarlikning barcha turlariga jalb qilinadilar, degan ma'no chiqmaydi. Masalan, intizomiy va jinoiy javobgarlik sub'ektlari faqat jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Ma'muriy ja­vobgarlik sub'ekta faqat jismoniy shaxslar (fuqarolar va mansabdor shaxslar) gina emas, balki korxona, muassasa, tashkilotlar ham bo'lishi mumkin deb aytish uchun hamma asoslar mavjud.
Soliq to'g'risidagi qonunlar buzilishi munosabati bilan intizomiy, moddiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik masalasi hal qilish chog'ida tegishlicha O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ba'zi boshqa qonun hujjatlari joriy qilgan umumiy huquqiy tartibot amal qilishini nazarda tutish kerak. Xususan, O'zbekiston Respublikasining davlat soliq organlari to'g'risidagi Nizomning 6-bandi "i" kichik bandiga muvofiq mazkur korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar qonunsiz bitimlardan va qonunda belgilanmagan asoslar buyicha olgan mablaglarini davlat daromadiga undirish haqida tegishli sudlarga da'vo bilan murojaat qilish huquqi berilgan.

Download 83.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling